1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Keyingi yillarda respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash sohasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, soliq tizimi tubdan isloh qilindi, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshirishlar bekor qilindi.
2019-yilning I choragi yakunlari boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga 16,4 trln soʻm hajmda kreditlar ajratildi, iqtisodiyotda investitsiyalarni oʻzlashtirish hajmlari 1,3 baravarga, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 2,3 baravarga oʻsdi.
Shu bilan birga, tahlil hozirgi vaqtda aholini tadbirkorlik faoliyatiga kengroq va faol jalb etishga toʻsqinlik qiluvchi, birinchi navbatda davlat organlarining tadbirkorlar bilan muloqot qilishning amaliy va shaffof tizimi mavjud emasligi bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha salbiy omillar saqlanayotganligini koʻrsatadi. Xususan:
birinchidan, tadbirkorlarni qabul qilish va murojaatlarini koʻrib chiqishning yagona tizimi mavjud emas, bu esa yuzaga kelayotgan masalalarni toʻliq qamrab olish va tezkorlik bilan hal etish imkonini bermayapti, tadbirkorlarning muammolari va murojaatlarini hal etishga yuzaki munosabatda boʻlish holatlari mavjud;
ikkinchidan, mavjud tizimli muammolarni tahlil qilish boʻyicha ishlarning samarali amalga oshirilmasligi aholining tadbirkorlik faolligini oshirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash masalalarini sifatli hal qilish imkonini bermayapti;
uchinchidan, tadbirkorlikni rivojlantirishga va qulay investitsiya muhitini shakllantirishga toʻsqinlik qiluvchi muhim muammolarni aniqlash va hal etish boʻyicha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning taʼsirchan mexanizmi mavjud emas;
toʻrtinchidan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilishga, shuningdek ularning qonuniy talablarini aniqlash va tezkorlik bilan hal qilishga hamda muammolarni bartaraf etishga yetarlicha eʼtibor berilmayapti;
beshinchidan, tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlashda, ayniqsa joylarda byurokratik toʻsiqlar va gʻovlar uchrab turibdi, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi va tadbirkorlarning kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tashabbuslarini oʻz vaqtida amalga oshirish, ushbu jarayonga yoshlar va xotin-qizlarni jalb qilish, barqaror yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi turli toifalarining moddiy farovonligini oshirish barcha darajadagi hokimliklar va ularning rahbarlari tomonidan zarur darajada qoʻllab-quvvatlanmayapti.
Tadbirkorlarning, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish, ular bilan ochiq va toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni taʼminlash, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali roʻyobga chiqarish va muammoli masalalarni hal etish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga real hissani koʻpaytirish, aholining ish bilan bandligini oshirish va uning moddiy farovonligini oʻstirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarini (keyingi oʻrinlarda — Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
tadbirkorlik subyektlarini hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni oʻtkazish;
tadbirkorlik subyektlarining, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini taʼminlash;
tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni koʻrib chiqish va mavjud byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari va binolar, kreditlar ajratish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi toʻsiqlarni bartaraf etish;
tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida ularni qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish uchun samarali platforma joriy etilishini nazarda tutuvchi “business.gov.uz” yagona interaktiv portali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat) 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
4. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari ishini tashkil etish sxemasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarida tadbirkorlarni, shu jumladan chet ellik investorlarni qabul qilish hokimliklar, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlarning hududiy organlari vakillari ishtirokida tasdiqlangan jadval boʻyicha har kuni amalga oshiriladi;
murojaatda koʻrsatilgan qonuniy talablar va takliflarni tuman va shahar darajasida qanoatlantirish imkoniyati boʻlmasa, ular Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga yuboriladi;
respublika darajasida hal etilishi kerak boʻlgan tadbirkorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning murojaatlari keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasining rahbarlari va boshqa vakolatli organlar ishtirokida koʻrib chiqish uchun Kotibiyatga yuboriladi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri murojaatlari vakolatli organlar tomonidan hal etilmagan tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan chet ellik investorlarni doimiy asosda shaxsan qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining qarori talab etiladigan tadbirkorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning murojaatlari Kotibiyat tomonidan unga koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun kiritiladi;
tadbirkorlarning murojaatlarida koʻrsatilgan masalalarni tartibga soluvchi normalar mavjud boʻlmagan taqdirda, Kotibiyat tomonidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritiladi;
Kotibiyat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan sabablar va sharoitlarni hududlar va sohalar kesimida doimiy ravishda tahlil qiladi va tizimlashtiradi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha har chorakda aniq takliflar kiritadi.
6. Belgilansinki:
Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarida tadbirkorlarning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shuningdek boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqiladi;
qarori yoki harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga murojaatlarni koʻrib chiqish uchun asossiz topshirish taqiqlanadi;
Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari oʻz faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy markazlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradi;
Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi oʻrinlarda — sektorlar), davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarining muammolarini aniqlaydilar va ularning hal etilishini taʼminlaydilar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlarining tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida muhokama qilish uchun kiritadilar, ushbu axborot boʻyicha masʼul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitiladi.
7. Quyidagi hisobot tizimi amaliyotga joriy etilsin, unga muvofiq:
a) tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari har oyning 5 sanasigacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotni hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga va investitsiyalarni jalb qilishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklar toʻgʻrisidagi axborotni kiritadilar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari rahbarlari har oyning 7 sanasigacha Kotibiyatga amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi yigʻma-tahliliy axborotni hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga va investitsiyalarni jalb qilishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha asoslangan takliflarni kiritadilar;
Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyati natijalari har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining raisligida alohida yigʻilishlarda, shu jumladan, videokonferensaloqa orqali koʻrib chiqiladi;
b) Kotibiyat Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tadbirkorlardan, shu jumladan chet ellik investorlardan Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarning koʻrilishi jarayoni haqida har haftada axborot kiritadi;
v) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri har chorakda Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentini:
Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarining ishi natijalari, tadbirkorlar hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash yuzasidan davlat organlari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida;
qabul qilingan qarorlar yoki mansabdor shaxslarni ragʻbatlantirish yoxud ularni tadbirkorlik subyektlarining, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini yuzaki koʻrib chiqqanligi yoki koʻrib chiqishdagi harakatsizligi uchun shaxsiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
8. Quyidagilarga:
adliya vaziri R. Davletovga — Davlat xizmatlari agentligi boʻlinmalarining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari bilan samarali oʻzaro hamkorligi, qonun hujjatlaridagi boʻshliqlar va kamchiliklarni hal etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari taʼminlanishi boʻyicha choralar koʻrilishi uchun;
Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikramovga — Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari tomonidan tadbirkorlarning qabul qilinishini tashkil etishda yordam berish, hududlar va boshqaruv organlari kesimida tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. Qosimovga — Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga murojaat qilgan tadbirkorlarga yordam berish boʻyicha amaliy choralar koʻrilishi hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi uchun nazorat qiluvchi va boshqa organlarning aybdor mansabdor shaxslarining javobgarlikka tortilishi uchun;
investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqovga — Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga chet el investitsiyalarini jalb qilish va ular ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq muammolarni hal etishda, shuningdek tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirishiga koʻmaklashish uchun;
Hisob palatasi raisiga — Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga kelib tushgan tadbirkorlar murojaatlarining vakolatli organlar tomonidan oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qilish, ularning murojaatlari boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar sifati va Vazirlar Mahkamasiga aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritilishi uchun;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga — Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari bilan samarali oʻzaro hamkorlik qilinishi, tadbirkorlar muammolarining xolisona va adolatli hal etilishi, murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida tegishli Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga, shu jumladan, “business.gov.uz” yagona interaktiv portalidan foydalangan holda xabar berilishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarining shtat birligi tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari apparatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boʻlinmalarining shtat birliklarini 5-ilovaga muvofiq qisqartirish hisobiga shakllantiriladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, shuningdek tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari va ular mehnatiga haq toʻlash fondi tarkibi 6 va 6a-ilovalarga muvofiq belgilanadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, shuningdek tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari xodimlariga ilgari ishlagan joyida koʻp yillik mehnati uchun berilgan ustamalar va qoʻshimcha haq, harbiy (maxsus) unvonlar va martaba darajalari saqlanib qoladi;
Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarining boshqaruv xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarini tegishli davlat xizmatlari markazlari binolarida joylashtirish yuzasidan bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarini zarur mebel va anjomlar, axborot-kommunikatsiya vositalari (kompyuter, printer, nusxa koʻchirish apparati, internet), aloqa vositalari (telefon, faks) bilan jihozlash yuzasidan oʻn kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish uchun asoslangan takliflar kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarini moliyalashtirish, shu jumladan, ular xodimlari mehnatiga haq toʻlash, moddiy-texnika taʼminoti va ularning faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan zarur mablagʻlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari uchun 14 ta avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “business.gov.uz” yagona interaktiv portalini ishlab chiqsin va ishga tushirsin, unda quyidagi asosiy imkoniyatlarning mavjud boʻlishi nazarda tutilsin:
tadbirkorlar tomonidan hududlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa parametrlar kesimida muammo kelib chiqqan aniq biznes-jarayonni aks ettiruvchi murojaat qilinishi;
ariza beruvchi tomonidan oʻzining shaxsiy kabineti orqali murojaatning koʻrib chiqilishi jarayonini real vaqt rejimida kuzatib borilishi;
qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni avtomatik rejimda aniqlash imkonini beruvchi tadbirkorlar murojaatlarining tizimlashtirilgan yagona maʼlumotlar bazasi yaratilishi.
13. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi nizomni;
tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — A.J. Ramatov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D.S. Qosimov, Adliya vazirligi (R.K. Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi (B.A. Musayev), Savdo-sanoat palatasi (A.I. Ikramov) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda oʻn kun muddatda Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarini ularga yuklangan vazifalarni yuksak professional darajada hal etilishini taʼminlashga qodir boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlashga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarining maqsad va vazifalarini, shuningdek ularning faoliyat natijalarini yoritish yuzasidan maqolalar va mavzuli eshittirishlar tashkil etsinlar.
“Uzbekistan Airports” AJ Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi axborot bannerlarini aeroportlarning terminallarida joylashtirilishini taʼminlasin.
17. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov ushbu Farmonda belgilangan talablar va vazifalarni oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar kompleksi — “Yoʻl xaritasi”ni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-may,
PF-5718-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PF-5718-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining
tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 5 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PF-5718-son Farmoniga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarining
namunaviy tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 3 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PF-5718-son Farmoniga 3-ILOVA
Tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarining
namunaviy tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 2 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PF-5718-son Farmoniga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari ishini tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlari
1-bosqich
Tadbirkorlik subyekti, chet ellik investor
Tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga (keyingi oʻrinlarda — Qabulxonalar) murojaat qilish.
Zarurat boʻlganda
2-bosqich
—
3-bosqich
Tumanlar va shaharlardagiQabulxonalar
–––––––––––––––––––
Vakolatli organlar
1. Tadbirkorlik subyekti va chet ellik investorni hokimlik hamda Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida qabul qilish.
Har kuni, jadval boʻyicha
2. Tadbirkor va chet ellik investorning murojaati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “business.gov.uz” axborot tizimiga kiritish.
Murojaat qilingan kunda
3. Tadbirkorlik subyekti va chet ellik investorning murojaatlarini koʻrib chiqish va masalani hal qilish.
Qabul davomida
4. Murojaatlarni joyida hal qilish imkoniyati boʻlmaganda — ularni vakolatli organlarga yuborish.
Qabuldan keyin 2 kun muddatda
5. Vakolatli organlarning birinchi rahbarlari Q�bulxona topshirigʻini koʻrib chiqadilar hamda natijalari va qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida Qabulxonaga yozma ravishda axborot beradilar.
7 kun muddatda
4-bosqich
Tumanlarva shaharlardagi Qabulxonalar
1. Murojaatda koʻrsatilgan qonuniy talablar va takliflarni tuman va shahar darajasida hal qilish imkoniyati boʻlmaganida, murojaat yuqori turuvchi Qabulxonaga yuboriladi.
Belgilangan muddatlarda
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Qabulxonalarga amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot va tadbirkorlikning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan aniqlangan tizimli kamchiliklar xususida axborot kiritish.
Har oyning 5-sanasigacha
3. Tegishli Xalq deputatlari Kengashiga hududiy tashkilotlar rahbarlarini va faoliyati, ularning tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga doir ishlari holati toʻgʻrisida axborot kiritish hamda masʼul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish.
Har chorakda
5-bosqich
—
6-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Qabulxonalar
–––––––––––––––––––
Vakolatli organlar
1. Tadbirkorlik subyektini va chet ellik investorni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli organlarining vakillari ishtirokida qabul qilish.
Har kuni, jadval boʻyicha
2. Tadbirkorlik subyekti va chet ellik investorning murojaati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “business.gov.uz” axborot tizimiga kiritish.
Qabul kunida
3. Tadbirkorlik subyekti va chet ellik investorning murojaatlarini koʻrib chiqishva masalani hal qilish.
Qabul davomida
4. Murojaatlarni joyida hal qilish imkoniyati boʻlmaganda — ularni vakolatli organlarga yuborish.
Qabuldan keyin 2 kun muddatda
5. Vakolatli organlarning birinchi rahbarlari Qabulxona topshirigʻini koʻrib chiqadilarva natijalari va qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida Qabulxonaga yozma ravishda axborot beradilar.
7 kun muddatda
6. Murojaatda koʻrsatilgan qonuniy talablarva takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida hal qilish imkoniyati boʻlmaganda — ularni Vazirlar Mahkamasi Kotibiyatiga yuborish.
Qabuldan keyin 2 kun muddatda
7 Qabulxonalar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish Kotibiyatiga (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat) amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida yigʻma-tahliliy axborot va tadbirkorlikning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar kiritish.
Har oyning 7-sanasigacha
7-bosqich
—
8-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kotibiyati
–––––––––––––––––––
Vakolatli organlar
1. Tadbirkorlik s�byektlari va chet ellik investorlarning murojaatlari toʻgʻrisidagi, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Qabulxonalardan tushgan maʼlumotlarni “business.gov.uz” axborot tizimiga kiritish.
Murojaat tushgan kunda
2. Respublika darajasida hal etiladigan murojaatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli organlarning vakillari ishtirokida koʻrib chiqish.
Har kuni, jadval boʻyicha
3. Murojaatlarni joyida hal qilish imkoniyati boʻlmaganda — ularni vakolatli organlarga yuborish.
Murojaat tushgandan keyin 2 kun muddatda
4. Vakolatli organlarning birinchi rahbarlari Kotibiyat topshirigʻini koʻrib chiqadilar hamda natijalari va qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida Kotibiyatga yozma ravishda axborot beradilar.
7 kun muddatda
5. Kotibiyatda hal etilmagan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga qaror qabul �ilish uchun takliflar kiritish.
3 kun muddatda
6. Murojaatlarda koʻrsatilgan masalalarni tartibga soluvchi normalar mavjud boʻlmaganda, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga kiritish.
Belgilangan muddatlarda
7. Tadbirkorlar, shu jumladan chet ellik investorlardan Qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi holati toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga kiritish.
Har haftada
9-bosqich
Hisob palatasi,Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil
1. Tadbirkorlik subyekti va chet ellik investorning murojaatlari amalda hal etilishini oʻrganish va monitoring olib borish.
2. Oʻrganish va monitoring natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga kiritish.
Muntazam ravishda
10-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri
1. Qabulxonalar faoliyati natijalarini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri raisligidagi alohida yigʻilishlarda, shu jumladan videokonferensaloqa orqali koʻrib chiqish.
Har chorakda
2. Vakolatli organlar tomonidan murojaatlari qanoatlantirilmagan tadbirkorlik subyektlariva chet ellik investorlarni shaxsan qabul qilishni tashkil etish.
Jadval boʻyicha
3. Qabulxonalar ishlarining natijalari, tadbirkorlik subyektlari va chet ellik investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish.
Har chorakda, 15-sanagacha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PF-5718-son Farmoniga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari xodimlarining
Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari boʻlinmalari nomi
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni (nafar)
Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga shtat birliklari oʻtkaziladigan organlar nomi
Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga oʻtkaziladigan shtat birliklari soni (nafar)
Boʻlinmalar taʼminotini moliyalashtirish manbalari
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati
5
Qoʻshimcha ajratiladi
5
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari — 3 nafardan
42
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Tadbirkorlikni va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash guruhi
14
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahar budjeti
Davlat soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmalari
14
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Iqtisodiyot va sanoat vazirligining hududiy boshqarmalari
14
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
3.
Tumanlar va shaharlaridagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari — 2 nafardan
400
Tumanlar va shaharlar soliq inspeksiyalari
200
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining tuman va shahar Davlat xizmatlari markazlari
200
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Jami
447
447
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PF-5718-son Farmoniga 6-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari xodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash
RAZRYaDLARI
T/r
Lavozimning nomi
Shtat birliklari soni
Razryad
Guruhdan tashqari
1-guruh
2-guruh
3-guruh
1.
Mudir
14
18
17
16
15
2.
Bosh mutaxassis
28
13
12
11
10
Tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari xodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash
RAZRYaDLARI
T/r
Lavozimning nomi
Shtat birliklari soni
Razryad
1-guruh
2-guruh
1.
Mudir
200
14
13
2.
Yetakchi mutaxassis
200
10
9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PF-5718-son Farmoniga 6a-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hamda tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash fondi
TARKIBI
T/r
Nomi
Izoh
1.
Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari boʻyicha lavozim maoshlariga koeffitsiyent qoʻllash
1,35
2.
Alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlariga har oylik ustamalar (qonun hujjatlariga muvofiq mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisoblab chiqarishda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi)
20 foiz
3.
Lavozim maoshlariga har oylik ustamalar (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti)
40 foiz
4.
Koʻp yillik mehnat uchun lavozim maoshlariga har oylik ustamalar miqdori
Xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish
Yiliga uch oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdo�ida**
6.
Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi
Yiliga mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdorida shakllantiriladi
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 123-son qaroriga muvofiq.
** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi 147-son qaroriga muvofiq.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 06/19/5718/3131-son)