1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xarbiy xizmatni oʻtash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlarini oʻz kuchini yoʻkotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-sentabr,
PF-5821-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PF-5821-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim Farmonlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-4209-son Farmoniga 1-ilovaning 3-bandi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5040-son Farmoniga ilovaning 4-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5159-son Farmoniga 1-ilovaning 4-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5456-son Farmoniga 1-ilovaning 27-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 06/19/5821/3748-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)