1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI REZERVIDAGI XIZMAT TO‘G‘RISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.03.00.00 Qurolli Kuchlar / 15.03.01.00 Qurolli Kuchlarni boshqarish;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi]
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (bundan buyon matnda – fuqarolar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (bundan buyon matnda – Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) rezervidagi xizmatni o‘tashi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat to‘g‘risidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Qurolli Kuchlar rezervi (bundan buyon matnda – rezerv deb yuritiladi) – O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz tahdidi yuzaga kelgan, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda tinchlik va urush davrida harakatdagi qo‘shin guruhlarini kuchaytirish hamda yangi qo‘shin guruhlarini tuzish uchun, shuningdek mamlakat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta’minlashga doir boshqa vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan harbiy ta’lim olgan odam resurslari hamda moddiy-texnika vositalari zaxiralari;
rezervdagi xizmat – haqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar jumlasidan bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar uchun Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan fuqarolarning harbiy xizmati;
rezervchilar – harbiy xizmatni o‘tagan va rezervda turgan harbiy xizmatga majburlar.
4-modda. Rezervga kiritish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.03.00 Safarbarlik;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi;
4.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni o‘tash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish;
5.15.00.00.00 Mudofaa / 15.15.00.00 Harbiy ilm]
Salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli quyidagi fuqarolar rezervdagi harbiy xizmatga kiritiladi:
muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan va xizmatni o‘tash davrida harbiy hisobdagi ixtisoslikni egallagan fuqarolar;
muddatli harbiy xizmatni hamda oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarida (harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslarda) ofitserlar tayyorlash dasturi asosida ta’limning to‘liq kursini o‘tagan fuqarolar.
(4-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Rezervchilarni harbiy ro‘yxatga olish mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Rezervdagi xizmatni o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
(4-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bobi.
5-modda. Rezerv toifalari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi]
Harbiy tayyorgarlik darajasi va yoshiga qarab, rezervchilar birinchi va ikkinchi toifali rezervga bo‘linadi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Rezerv toifalari va rezervda bo‘lish yoshining chegarasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
6-modda. Birinchi toifali rezerv safini to‘ldirish
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni o‘tash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
Birinchi toifali rezerv safi harbiy xizmatni chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, serjantlar lavozimlarida o‘tagan — o‘ttiz besh yoshgacha bo‘lgan, kichik ofitserlar lavozimlarida o‘tagan — qirq yoshgacha bo‘lgan, katta ofitserlar lavozimlarida o‘tagan — ellik yoshgacha bo‘lgan, generallar tarkibi lavozimlarida o‘tagan — ellik besh yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar orasidan to‘ldiriladi.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Birinchi toifali rezerv birinchi va ikkinchi navbatga bo‘linadi.
Birinchi navbatdagi rezerv safi Qurolli Kuchlarning tegishli qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalariga biriktirib qo‘yiladigan, eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan rezervchilar orasidan Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilmalari, qismlari va jangovar ta’minot bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning tarkibida bunday rezervchilarning jangovar tayyorgarligi amalga oshiriladi va jangovar maqsadlarda qo‘llanilishi rejalashtiriladi.
Ikkinchi navbatdagi rezerv safi Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilmalari, qismlari, jangovar ta’minot bo‘linmalariga biriktirib qo‘yilmagan rezervchilar orasidan to‘ldiriladi hamda zarurat bo‘lganda birinchi navbatdagi rezerv safini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni o‘tash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
Birinchi toifali rezervda turgan harbiy xizmatga majburlar rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetganda yoki salomatligiga ko‘ra ikkinchi toifali rezervga yohud zaxiraga o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 319-bandi.
7-modda. Ikkinchi toifali rezerv safini to‘ldirish
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.08.00 Harbiy lavozim]
Ikkinchi toifali rezerv safi harbiy xizmatni chaqiruv, kontrakt bo‘yicha yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida oddiy askarlar, serjantlar lavozimlarida o‘tagan — qirq besh yoshgacha bo‘lgan, kichik ofitserlar lavozimlarida o‘tagan — ellik yoshgacha bo‘lgan, katta ofitserlar lavozimlarida o‘tagan — ellik besh yoshgacha bo‘lgan, generallar tarkibi lavozimlarida o‘tagan — oltmish yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar orasidan to‘ldiriladi.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ikkinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlar harbiy qo‘shilmalar, qismlar hamda ichki va texnik ta’minot bo‘linmalariga biriktirib qo‘yiladi, hamda ularning safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish uchun, favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yuz bergan taqdirda esa urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun mo‘ljallanadi.
Ikkinchi toifali rezervda bo‘lish yoshining chegarasi tegishincha rezervda bo‘lish yoshining chegarasi hisoblanadi.
Zarurat bo‘lganda Qurolli Kuchlarning urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasidagi ichki hamda texnik ta’minot qismlari va bo‘linmalari, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalar safini Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilmalari, qismlari va jangovar ta’minot bo‘linmalariga biriktirib qo‘yilmagan birinchi toifali rezervchilar bilan to‘ldirishga yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 321-bandi.
8-modda. Rezervchilarni tanlab olish
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.04.00 Zaxiradagi xizmat]
Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun mo‘ljallangan rezervchilarni tanlab olish harbiy okruglar qo‘shinlarining qo‘mondonlari buyrug‘i bilan tuziladigan tanlov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Komissiyalar tarkibiga harbiy okruglar shtablarining, safi to‘ldirilayotgan qo‘shilmalar, qismlar va bo‘linmalar qo‘mondonligining, mudofaa ishlari organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakillari hamda tegishli qo‘shin turlari va xizmatlarning mutaxassislari kiritiladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.04.00 Zaxiradagi xizmat]
Rezervchilarni Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalariga biriktirib qo‘yish uchun tanlab olish harbiy xizmatga majburlarning harbiy hisobdagi ixtisosligi, oilaviy ahvolini, shuningdek harbiy tayyorgarlik darajasini, intellektual qobiliyatini va jismoniy ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda yakka tarzda o‘rganib chiqish yo‘li bilan, qoida tariqasida, hududiy prinsip asosida amalga oshiriladi.
Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun zarur bo‘ladigan rezervdagi ofitserlar yetishmay qolsa, oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik bo‘yicha tegishli o‘quv bo‘linmalarida (harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslarda) ofitserlar tayyorlash dasturi asosida ta’limning to‘liq kursini o‘tgan, eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan zaxiradagi ofitserlar rezervga tanlab olinishi mumkin. Mazkur toifadagi shaxslar rezervga tanlab olinganidan keyin rezervdagi ofitserlarni qayta tayyorlash harbiy yig‘inlariga yuboriladi.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Rezervchilarni tanlab olish, tanlov komissiyalari ishi hamda rezervchilarni biriktirib qo‘yishni rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(8-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqami to‘g‘risida”gi nizom.
9-modda. Rezervchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi]
Rezervchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni mudofaa ishlari organlari huzuridagi tibbiy komissiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Qurolli Kuchlarda tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tashkil etadi va o‘tkazadi.
(9-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida nizom.
10-modda. Rezervchilarni tayyorlash
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.05.00 Harbiy yig‘inlar]
Rezervchilarni tayyorlash harbiy qismlar, o‘quv markazlari huzurida harbiy yig‘inlar tashkil etish va o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek safarbarlik o‘quv-mashqlari va mashg‘ulotlarini o‘tkazish vaqtida amalga oshiriladi.
Rezervchilarni tayyorlashning asosiy mohiyati rezervchilar biriktirib qo‘yilgan bo‘linmalar tarkibida jangovar tayyorgarlik yuzasidan shaxsiy bilim, ko‘nikma va mahoratni takomillashtirish, harakatlar taktikasini puxtalab olishdan iborat.
Rezervchilarni tayyorlashga quyidagilar kiradi:
oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlarni safarbarlikda ular uchun belgilab qo‘yilgan shtat lavozimlariga tayyorlash;
safarbarlik rejasiga ko‘ra oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlarni Qurolli Kuchlar safini to‘ldirish uchun zarur ixtisosliklar bo‘yicha qayta tayyorlash;
Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalarini urush davri shtatlari darajasida jangovar tartibga solish;
Qurolli Kuchlar qo‘shilmalari va qismlarining safarbarlik rejalarida nazarda tutilgan ayrim chora-tadbirlarning bajarilishi muqarrarligini tekshirish;
harbiy yig‘inlarni o‘tkazish va jangovar vazifalarni hal etish davrida belgilangan qurol-yarog‘ va texnikalarni o‘rganish, ulardan foydalanish, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ularni saqlash, ularni ishlatish ko‘nikmalarini orttirish, qurol-yarog‘ va texnikalarning yangi turlarini o‘zlashtirish.
11-modda. Harbiy yig‘inlarning turlari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.05.00 Harbiy yig‘inlar]
Rezervchilar tinchlik davrida qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini saqlab turish, harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha majburiyatlarni bajarishi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarini saqlab qolish va takomillashtirish maqsadida harbiy qismlar bazasida, qoida tariqasida, hududiy prinsip asosida tashkil etiladigan harbiy yig‘inlarda qatnashishga jalb etilishi mumkin.
Harbiy yig‘inlar o‘quv-mashq, sinov yig‘inlari va maxsus yig‘inlarga bo‘linadi.
O‘quv-mashq harbiy yig‘inlari harbiy qismlarning bo‘linmalari tarkibidagi ixtisosliklar hamda shtat lavozimlari bo‘yicha birinchi va ikkinchi toifali rezerv tayyorlash maqsadida, rezervchilarning xizmatni o‘tashi nazarda tutilgan vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadigan dasturlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Sinov harbiy yig‘inlari Qurolli Kuchlarning urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasidagi qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalarining safarbarlik tayyorgarligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Maxsus harbiy yig‘inlar O‘zbekiston Respublikasining normal hayotiy faoliyatiga tahdid soluvchi favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladi.
Rezervchilarni harbiy yig‘inlarga jalb etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(11-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
12-modda. Harbiy yig‘inlarning muddatlari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.05.00 Harbiy yig‘inlar]
Birinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yiliga ko‘pi bilan uch marta o‘quv-mashq harbiy yig‘inlariga jalb etilishi mumkin. Bu harbiy yig‘inlarning umumiy muddati bir yil ichida o‘ttiz sutkadan oshmasligi kerak.
Ikkinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yiliga ko‘pi bilan ikki marta o‘quv-mashq harbiy yig‘inlariga jalb etilishi mumkin. Bu harbiy yig‘inlarning umumiy muddati bir yil ichida o‘n besh sutkadan oshmasligi kerak.
Birinchi va ikkinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlarning muddati besh sutkagacha bo‘lgan sinov harbiy yig‘inlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabining rejasi asosida, qoida tariqasida, besh yilda ko‘pi bilan bir marta o‘tkaziladi.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Maxsus harbiy yig‘inlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq o‘tkaziladi. Rezervchilar bu harbiy yig‘inlarga bir yil ichida ko‘pi bilan ikki oy muddatga jalb etiladilar.
(12-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Rezervchi mudofaa ishlari organidan harbiy yig‘inlar o‘tadigan joyga jo‘nab ketgan kun harbiy yig‘inlarning boshlanishi hamda u harbiy qism qo‘mondoni tomonidan berilgan buyruqda ko‘rsatilgan mudofaa ishlari organiga borib uchrashgan kun yig‘inlarning tugashi deb hisoblanadi.
13-modda. Harbiy yig‘inlarda qatnashishdan ozod qilish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.05.00 Harbiy yig‘inlar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatda belgilanadigan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bronlashtirib qo‘yilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashishdan ozod etiladi.
(13-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
14-modda. Rezervchilarni tayyorlashga rahbarlik
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]
Rezervchilarni hisobga olish va ularni harbiy yig‘inlarga jalb etish mudofaa ishlari organlari zimmasiga yuklatiladi.
Rezervchilarning harbiy tayyorgarligini tashkil etish va o‘tkazish ular Qurolli Kuchlarning qaysi qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalariga biriktirib qo‘yilgan bo‘lsa, shu qo‘shilma, qism va bo‘linma qo‘mondonligi tomonidan tayyorgarlik dasturlari hamda rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Rezervchilarni tayyorlashga rahbarlik, o‘tkazilayotgan tayyorgarlikning sifati hamda samaradorligini nazorat qilish harbiy okruglar qo‘mondonligi tomonidan, rezervchilar xizmat o‘tashi nazarda tutilgan vazirliklar va idoralarning bo‘linmalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rezervchilar tayyorlashga umumiy rahbarlikni hamda bu boradagi ishlarni rejalashtirishni amalga oshiradi, tinchlik va urush davrida, favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz tahdidi yuzaga kelgan taqdirda, rezervchilardan qonunchilikka muvofiq foydalanilishi tartibini belgilaydi.
(14-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 321-bandi.
15-modda. Rezervchilarning harbiy unvonlari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar]
Rezervchilarning harbiy unvonlariga “rezervdagi” degan so‘z qo‘shiladi.
O‘quv-mashq harbiy yig‘inlarida qatnashgan va ta’lim dasturi bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan rezervchilarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda navbatdagi harbiy unvonlar – rezervdagi podpolkovniklikka qadar bo‘lgan va podpolkovnik unvonlari berilishi mumkin.
Harbiy unvonga ega bo‘lmagan fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan rezervga kiritilishi bilan bir paytning o‘zida ularga oddiy askar yohud matros harbiy unvoni beriladi.
Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.08.00.00 Davlat ta’minlash organlarining o‘zaro va chet davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan bo‘lgan munosabatlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.03.00 Jazo va uning tayinlanishi. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish]
Rezervchilar tayyorlashni qurol-yarog‘, texnika, o‘q-dori hamda boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash Qurolli Kuchlar qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalarining joriy ta’minoti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Rezervchilarni tayyorlashda moddiy-texnika vositalari, qurol-yarog‘ va texnika zaxiralaridan foydalanish tartibi, ishlatiladigan resurslar normalari, shuningdek rezervchilarni tayyorlashda foydalanilgan moddiy vositalarning o‘rnini to‘ldirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi]
Harbiy yig‘inlarga jalb etilgan rezervchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda pul hamda boshqa turdagi ta’minot oladilar. Harbiy yig‘inlar davrida, shu jumladan, ular o‘tkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish davrida rezervchilarning ish joyi (lavozimi) hamda ish joyidagi o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. Mazkur shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi chaqiruv qog‘ozi olingan kundan harbiy yig‘inlardan qaytilgunga qadar bo‘lgan davrda ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin emas, korxona, muassasa va tashkilot tugatilgan hollar bundan mustasno.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Agar harbiy yig‘inlar vaqtida rezervchi kasal bo‘lib qolsa va yig‘in tugaganidan keyin ham kasalligi davom etsa, uning ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi, harbiy yig‘inlar tugagan kundan boshlab qonunchilikka muvofiq unga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 291-moddsi.
Rezervchilar harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida quyidagi huquqlarga ega:
harbiy yig‘inlar o‘tkaziladigan joyga temir yo‘l hamda avtomobil transportida (taksidan tashqari) bepul borish va qaytib kelish;
harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan xatlarni bepul yuborish;
harbiy-tibbiy muassasalarda bepul tibbiy xizmat bilan ta’minlanish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.02 Majburiy sug‘urta;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.01.00 Umumiy qoidalar]
Revervchilar harbiy yig‘inlarda qatnashayotgan davrda ularning hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy sug‘urtalanadi. Rezervchilarni davlat tomonidan majburiy sug‘urtalash tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-yanvardagi 38-sonli “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qarori.
Harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida rezervchilar muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan boshqa huquqlar va imtiyozlardan ham foydalanadilar.
Harbiy yig‘inlarda qatnashib, har jihatdan o‘zini ko‘rsata olgan birinchi navbatdagi birinchi toifali rezervchilarga harbiy qismlarning qo‘mondonlari taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti to‘lanishi mumkin. Bunda ular mazkur pul mukofoti bo‘yicha jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq to‘lovidan ozod etiladi.
(17-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Tinchlik davrida jangovar harakatlarda ishtirok etgan rezervchilarning mehnat stajini hisoblashda jangovar harakatlarning har bir kuni uch kunga hisoblanadi.
18-modda. Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.03.00 Ma’muriy jazolar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 232 — 238-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 279 — 302-moddalari.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.
2003-yil 25-aprel,
478-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 65-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)