Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
1. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyruq (roʻyxat raqami 1656, 2007-yil 5-fevral) hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qilish, roʻyxatdan oʻtkazish organlari, moliya-kredit tashkilotlari bilan hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyruqni (roʻyxat raqami 1656-1, 2012-yil 10-oktabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2019-yil 13-apreldagi 7/12-19-24-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2007-yil 5-fevraldagi 21-mh-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1656, 2007-yil 5-fevral) hamda 2012-yil 10-oktabrdagi 226-mh-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qilish, roʻyxatdan oʻtkazish organlari, moliya-kredit tashkilotlari bilan hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1656-1, 2012-yil 10-oktabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.