“SUD HUJJATLARI VA BOShQA ORGANLAR HUJJATLARINI MAJBURIY IJRO ETIShDA SUD IJROChILARINING SUDLAR, HUQUQNI MUHOFAZA QILISh, ROʻYXATDAN OʻTKAZISh ORGANLARI, MOLIYA-KREDIT TAShKILOTLARI BILAN HAMKORLIGI TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQQA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 10-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1656-1]
LexUZ sharhi
Mazkur Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-sentabrdagi 391-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1656-2, 09.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2007-yil 5-fevraldagi 21-mh-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qilish, roʻyxatdan oʻtkazish organlari, moliya-kredit tashkilotlari bilan hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1656, 2007-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4–6-son, 56-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Z. Xolmuxamedov zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-oktabr,
226-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 10-oktabrdagi 226-mh-son buyrugʻiga ILOVA
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qilish, roʻyxatdan oʻtkazish organlari, moliya-kredit tashkilotlari bilan hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Buyruqning oʻzbek tilidagi matni nomida va 1-banddagi “huquqni muhofaza qilish, roʻyxatdan oʻtkazish organlari, moliya-kredit tashkilotlari bilan” degan soʻzlar “huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a) 22-banddagi “budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni” degan soʻzlar “soliq qarzini hamda yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“24. Yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni qarzdorning mol-mulki hisobidan undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatini soliq organlari tomonidan sud ijrochilariga taqdim etish Yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 1466, 2005-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 108-modda) nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Sud ijrochilari zarur hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlaridan oʻz vakolatlari doirasida sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.”;
v) quyidagi mazmundagi 241 va 242-bandlar bilan toʻldirilsin:
“241. Soliq qarzini qarzdorning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlarini ijro etish yuzasidan, sud ijrochilarining tuman (shahar) boʻlimlari va soliq organlari quyidagi shakllarda oʻzaro hamkorlik qiladilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti organlari va soliq organlari tomonidan birgalikda tasdiqlangan reja asosida ijro hujjatlari boʻyicha undirilmagan soliq qarzini qisqartirish boʻyicha qoʻshma tadbirlar oʻtkazadilar;
tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimlari va soliq organlari oʻrtasida ushbu toifadagi ijro hujjatlarining ijrosi yuzasidan har oyda keyingi oyning 5-sanasiga qadar tezkor maʼlumot almashib boriladi;
har chorakda mazkur Nizomning 1 va 2-son ilovalariga muvofiq shakllarda taqqoslash dalolatnomalari tuzilib, ular keyingi chorak birinchi oyining 5-sanasiga qadar tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentiga taqdim etib boriladi.
242. Soliq organlari tomonidan soliq qarzini qarzdorning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda) 27-moddasi birinchi qismi 1-bandida nazarda tutilgan muddat ichida tegishli tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimiga kuzatuv xati bilan topshiriladi.
Kuzatuv xatida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
qarzdor tomonidan toʻlab berilgan summa;
ijro hujjati boʻyicha undirilmay qolgan qarz miqdori;
qarzdorlikni undirish boʻyicha ijro hujjati yuzasidan bajarilmagan va bankda mavjud inkasso topshiriqnomalarining raqami, sanasi va summasi;
undirilgan soliq qarzi oʻtkazilishi lozim boʻlgan bank hisobvaraqlari rekvizitlari;
qarzdorning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili);
qarzdorning — soliq toʻlovchining identifikatsion raqami;
qarzdorning bank rekvizitlari.
Taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun soliq organlari javob beradi.”;
g) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 va 2-son ilovalariga muvofiq tahrirda 1 va 2-son ilovalar bilan toʻldirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Oliy sud raisi B. MUSTAFOYEV
2012-yil 10-oktabr
Oliy xoʻjalik sudi raisi D. MIRZAKARIMOV
2012-yil 10-oktabr
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2012-yil 10-oktabr
Moliya vaziri R. AZIMOV
2012-yil 10-oktabr
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2012-yil 10-oktabr
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2012-yil 10-oktabr
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi S. ARABOV
2012-yil 10-oktabr,
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi v. b. A. ABDUHAKIMOV
2012-yil 10-oktabr
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qilish, roʻyxatdan oʻtkazish organlari, moliya-kredit tashkilotlari bilan hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Soliq qarzini jismoniy shaxslarning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlarining ijrosi yuzasidan ____________ viloyati boʻyicha ______ yilning ___-chorak holatiga
TAQQOSLASh DALOLATNOMASI
mln soʻmda
№
Tuman (shahar) nomi
Oldingi hisobot davridan qoldiq boʻlib oʻtgan ijro hujjatlari
Hisobot davrida soliq organi tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha suddan qabul qilib olingan ijro hujjatlari
Sud ijrochilari boʻlimiga taqdim qilingunga qadar bajarilgan ijro hujjati
Hisobot davrida soliq organi tomonidan sud ijrochilari boʻlimiga taqdim qilingan ijro hujjatlari
Shundan
Sud ijrochilari boʻlimi ish yurituvida jami mavjud ijro hujjatlari
Ijro harakatlari toʻxtatilgan yoki kechiktirilgan ijro hujjatlari
Qonun�ing* 24-moddasiga asosan qaytarilgan ijro hujjatlari
ish yurituvi qoʻzgʻatilgan ijro hujjatlari
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
1.
Jadvalning davomi
shundan
Jami ijrosi tamomlangan ijro hujjatlari
Shundan
Keyingi hisobot davriga qoldiq boʻlib oʻtgan jami ijro hujjatlari
Keyingi hisobot davriga qoldiq boʻlib oʻtgan harakatdagi ijro hujjatlari (kechiktirilgan va toʻxtatilgan ijro hujjatlaridan tashqari)
sud tomonidan
sud ijrochisi tomonidan
amalda undirilib ijrosi toʻliq taʼminlangan ijro hujjatlari
hisobot davrining oxiriga tamomlanmagan ijro hujjatlari boʻyicha qisman undirilgan miqdor
Qonunning* 37-moddasiga asosan ijro ishi yuritish tugatilgan ijro hujjatlari
Qonunning* 40-moddasiga asosan qaytarilgan ijro hujjatlari
Qonunning* 64-moddasiga asosan qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratilgan ijro hujjatlari
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
* Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni
_________Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi __________________________________ (F.I.O., imzo) _______yil “__” _______________
Sud departamenti _______________ hududiy boshqarmasi boshligʻi _________________________________ (F.I.O., imzo) _____yil “__” _______________”.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qilish, roʻyxatdan oʻtkazish organlari, moliya-kredit tashkilotlari bilan hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Soliq qarzini yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi ____________ viloyati boʻyicha ______ yilning ___-chorak holatiga
TAQQOSLASh DALOLATNOMASI
mln soʻmda
№
Tuman (shahar) nomi
Oldingi hisobot davridan qoldiq boʻlib oʻtgan ijro hujjatlari
Hisobot davrida soliq organlari tomonidan xoʻjalik sudidan qabul qilib olingan ijro hujjatlari
Sud ijrochilari boʻlimiga taqdim qilingunga qadar bajarilgan ijro hujjati
Hisobot davrida soliq organi tomonidan sud ijrochilari boʻlimiga taqdim qilingan ijro hujjatlari
Shundan
Sud ijrochilari boʻlimi ish yurituvida jami mavjud ijro hujjatlari
Ijro harakatlari toʻxtatilgan yoki kechiktirilgan ijro hujjatlari
Qonunning* 24-moddasiga asosan �aytarilgan ijro hujjatlari
ish yurituvi qoʻzgʻatilgan ijro hujjatlari
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
1.
Jadvalning davomi
shundan
Jami ijrosi tamomlangan ijro hujjatlari
Shundan
Keyingi hisobot davriga qoldiq boʻlib oʻtgan jami ijro hujjatlari
Keyingi hisobot davriga qoldiq boʻlib oʻtgan harakatdagi ijro hujjatlari (kechiktirilgan va toʻxtatilgan ijro hujjatlaridan tashqari)
sud tomonidan
sud ijrochisi tomonidan
amalda undirilib ijrosi toʻliq taʼminlangan ijro hujjatlari
hisobot davrining oxiriga tamomlanmagan ijro hujjatlari boʻyicha qisman undirilgan miqdor
Qonunning* 37-moddasiga asosan ijro ishi yuritish tugatilgan ijro hujjatlari
Qonunning* 40-moddasiga asosan qaytarilgan ijro hujjatlari
Qonunning* 62-moddasiga asosan tugatish komissiyasiga topshirilgan ijro hujjatlari
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
* Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni
_________Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi __________________________________ (F.I.O., imzo) _______yil “__” _______________
Sud departamenti _______________ hududiy boshqarmasi boshligʻi _________________________________ (F.I.O., imzo) _____yil “__” _______________”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 488-modda)