Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 555-son “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/21-son qarori (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2018-y., 10/18/3028/1418-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 79-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “ichki ishlar organining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 81-bandning
uchinchi xatboshisidagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 159-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “ichki ishlar organlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.