Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 26-avgustdagi 21/8-son qarori (roʻyxat raqami 2933, 2017-yil 29-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y., 10/17/2933/0036-son) bilan tasdiqlangan Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 74-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqi” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 119-bandning
uchinchi xatboshisidagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.