Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/3-son qarori (roʻyxat raqami 1642, 2006-yil 23-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mikrokredit tashkilotlari banklar, sugʻurta kompaniyalari va boshqa moliya tashkilotlarning agenti sifatida agentlik xizmatlarini faqat naqdsiz shaklda koʻrsatish va agentlik bitimining mavjudligi toʻgʻrisida axborotlarni oshkor qilish, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlari normalarini bajarish sharti bilan qatnashish huquqiga ega.”.
2.
6-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada mikrokreditlar (mikroqarzlar) berish va mikrokreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olishga;
ilgari olingan mikrokreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishga.”.
3.
71-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
“9. Bir qarzdorga berilgan mikroqarz miqdori 50 mln soʻmdan oshishi mumkin emas.
Bir qarzdorga berilgan mikrokredit miqdori 300 mln soʻmdan oshishi mumkin emas.
91. Mikrokredit tashkilotlari barcha ishonchli (blankli) kreditlarning ular shakllantirgan ustav fondiga foiz nisbatini mustaqil ravishda belgilaydi.”.
5.
10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, mikrokredit tashkilotlariga jismoniy shaxslardan qisqa muddatli mikromoliyaviy xizmatlar taʼminotiga koʻchmas turar joy mulkini garov sifatida qabul qilish taqiqlanadi.”.
6. Quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
“101. Mikrokredit tashkilotlari potensial qarz oluvchini masofadan turib identifikatsiyalash, maʼlumotlar xavfsiz almashuvini amalga oshirish va skoring modeli asosida qarz oluvchining kredit qobiliyatini baholashni taʼminlash sharti bilan jismoniy shaxslarga onlayn-kreditlar (mikroqarzlar) berish huquqiga ega.”.
7.
12-banddagi “eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan” degan soʻzlar “600 mln soʻmdan” degan soʻz bilan almashtirilsin.