1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.17.00 Bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalaridan foydalanish tartibi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini maqbullashtirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5780-son Farmoniga muvofiq:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, joriy etiladigan tartibga muvofiq:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalari (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkalari) tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion orqali beriladi, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yer uchastkalarini ijaraga berish hollari bundan mustasno;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
jismoniy va yuridik shaxslarga “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “YERELEKTRON” AAT) yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keyinchalik ularni elektron onlayn-auksionga qoʻyish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun joylashtirish boʻyicha takliflar kiritish huquqi beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
2. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
(2-bandning “a” — “v” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
g) arxitektura va qurilish ishlarini amalga oshirish qismi boʻyicha:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
qurilish obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini majburiy ekspertiza qilish talab etilmaydi, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari bundan mustasno;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining boʻlinmalari tomonidan loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish hamda obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertiza qilish bir vaqtda amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.12.00 Boshqa obyektlar qurilishi]
loyiha tashkilotlari tomonidan (muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tashkilotlaridan tashqari) ishlab chiqilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini kelishish qurilish organlari tomonidan bino, inshoot va boshqa obyektlarning qurilish loyiha-smeta hujjatlarini kelishish jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
bino va inshootlarning kadastr yigʻmajildini tayyorlash ularni foydalanishga qabul qilishga qadar Davlat xizmatlari markazlariga berilgan arizalarga asosan amalga oshiriladi. Qabul qilish yakunlanganidan soʻng Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma beriladi.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
auksion gʻolibi yoki yer uchastkasiga nisbatan huquqqa ega boʻlgan shaxsning aybi boʻlmagan taqdirda, maʼmuriy tartib-taomillarga rioya qilinmaganligi uchun elektron onlayn-auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani bekor qilish yoki oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari tomonidan har chorakda yer uchastkasiga nisbatan investitsiya majburiyatlari bajarilishi monitoringi amalga oshirilib, natijalari zarur hollarda tegishli choralar koʻrish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
4. Belgilansinki, ushbu qarorning 2-bandida belgilangan tartibning buzilishi davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilikning buzilishi deb hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishga oid qonunchilikka soʻzsiz rioya etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslarga nisbatan taʼsirchan javobgarlik choralarini qoʻllasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 2019-yil 1-oktabrga qadar tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin boʻlmagan hududlar koordinatalarini koʻrsatgan holda elektron xaritalarni “Davergeodezkadastr” qoʻmitasiga taqdim etsin va kelgusida uni har oyda yangilab borsin.
6. “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi elektron xaritani shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi huzuridagi “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasining uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida oʻrnatilgan tartibda yer uchastkalari ustidan majburiy nazorat uchib oʻtishlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
7. “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi 2020-yil 1-martga qadar:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat]
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish boʻyicha “YER AUKSION” elektron savdo maydonchasini ishlab chiqish loyihasi amalga oshirilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda yer uchastkalarini sotish jarayonlarining “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasidan “YER AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
Davlat xizmatlari markazlarida jismoniy shaxslarga faqatgina “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionda ishtirok etish maqsadida bepul asosda foydalanish imkonini beruvchi Internet tarmogʻiga ulangan kompyuter vositalari bilan jihozlangan maxsus xonalarni tayyorlasin;
“E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionda ishtirok etish tartibi va qoidalarini yoritib beruvchi tarqatma axborot materiallarini ishlab chiqsin va Davlat xizmatlari markazlarining maxsus xonalarini ular bilan jihozlasin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Davlat xizmatlari markazlarining maxsus xonalarini kompyuterlar va zarur mebellar bilan taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga elektron onlayn-auksionga qoʻyilgan yer uchastkalari haqidagi maʼlumotlarni hududiy teleradiokanallarda translyatsiya qilish uchun belgilangan tartibda efir vaqtini ajratish tavsiya etilsin.
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi ommaviy axborot vositalarining soʻroviga asosan elektron onlayn-auksionga qoʻyilgan yer uchastkalari haqidagi maʼlumotlarni taqdim qilsin.
10. “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda “YERELEKTRON” AAT va “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasining ishlashini takomillashtirish choralarini koʻrsin, bunda quyidagi imkoniyatlar nazarda tutilsin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
barcha manfaatdor shaxslar, shu jumladan uchinchi shaxslar tomonidan Internet tarmogʻi orqali kirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkalari haqidagi maʼlumotlarni kiritish, shuningdek, yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish jarayonini kuzatish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan mansabdor shaxslarning harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat]
elektron onlayn-auksionning nohalol ishtirokchilari, jumladan yer uchastkasi bahosining toʻliq toʻlanishini ketma-ket ikki marta taʼminlamagan ishtirokchilarning roʻyxatini shakllantirish hamda ularni keyingi elektron onlayn-auksionga vaqtinchalik qoʻymaslik;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligiga materiallarni tayyorlash va kelishish jarayonini masofadan turib har haftalik monitoring qilish, shuningdek, yer uchastkasi materiallarini kelishishda vakolatli tashkilotlarning rad etishi qonuniyligini oʻrganish maqsadida tizimga kirish imkoniyatini berish.
11. Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli organlar (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) davlat kadastri geoaxborot tizimlarini tayyorlash ishlarini tezlashtirsin hamda har oyda kadastr obyektlari toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni “Davergeodezkadastr” qoʻmitasiga taqdim etib borsin.
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi raisi mazkur band ijrosini taʼminlamagan yoki lozim darajada taʼminlamagan vakolatli organlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish haqidagi masalani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatli organlarning asoslantirilgan hisob-kitoblariga koʻra davlat kadastrini yuritish uchun Davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
oʻz vaqtida oʻzlashtirilmagan yer uchastkalarini ishlatilmayotgan obyektlarga tenglashtirish haqidagi takliflarni;
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni, shuningdek, qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yer uchastkalarini ushbu qarorga muvofiq berish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilash toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gʻulomov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-avgust,
PQ-4427-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 07/19/4427/3653-son; 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)