toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yilning 5-maydagi PQ-2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan, 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalar va tizimlarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi doirasida keyingi yillarda respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohasida energiya tejamkorligini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Maishiy uskunalarni ishlab chiqarish energetik menejmenti va energetik markirovkalash standartlari joriy etildi. Koʻchalarni yoritish tizimida energiya isteʼmoli boʻyicha samarali texnologiyalarni hamda uy-joy va ijtimoiy binolar uchun energiyani tejaydigan lampalarni joriy qilish ishlari olib borilmoqda, respublika hududida quvvati 40 Vtdan yuqori boʻlgan choʻgʻlanma lampalarni sotish toʻxtatildi.
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalarida energiya sigʻimi yuqori boʻlgan isitish qozonlarini energiya tejamkorlariga almashtirilmoqda. Energetika tarmogʻida zamonaviy gaz va bugʻ turbinali qurilmalarni joriy qilish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga doir qabul qilingan Dastur doirasida 42 ta yangi gidroelektrostansiya qurish va ishlab turgan 32 ta gidroelektrostansiyani modernizatsiya qilish hisobiga 2025-yilga qadar respublikamizning ekologik toza gidroenergiya ishlab chiqarish quvvatlarini 1,7 barobarga oshirish nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, milliy iqtisodiyotning energiya sigʻimi yuqoriligicha qolmoqda, qayta tiklanuvchi manbalarni sanoat ishlab chiqarishiga jalb etish hisobiga yoqilgʻi-energetika balansini diversifikatsiyalash darajasi jahon tendensiyasiga javob bermaydi. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda birlamchi yoqilgʻi sifatida asosan tabiiy gaz va boshqa anʼanaviy uglevodorod yoqilgʻi turlaridan foydalanilmoqda.
Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining (quyosh, shamol va biogaz energiyasi, kichik tabiiy va sunʼiy suv oqimlarining gidroenergiyasi) mavjud yuqori imkoniyatlaridan amalda foydalanilmayapti.
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, ishlab chiqarishning energiya sigʻimini qisqartirish, milliy ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va sinovdan oʻtgan xalqaro energotejamkor ilgʻor texnologiyalar tadqiqotlarini amaliyotga maqsadli joriy etish sohasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlarni roʻyobga chiqarish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) maʼqullansin, Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
(2-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori tahririda— Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)
qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga doir investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)
2017 — 2021-yillarda budjet tashkilotlarida energiya samarador isitish qozonlarini joriy etish jadvali 5-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlari nasos stansiyalarida energiya samarador nasoslar va elektrodvigatellarni joriy etish jadvali 6-ilovaga muvofiq.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlariga mazkur qaror bilan maʼqullangan Dasturdagi chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Tegishli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari har bir parametr va loyiha boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning bir oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Quyosh energiyasi xalqaro instituti, “Oʻzbekenergo” AJ Ilmiy-texnik markazi ikki oy muddatda qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanish, shu jumladan, quyosh energetikasini rivojlantirish, energiya samaradorligi sohasidagi mahalliy ishlanmalar va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, sinovdan oʻtgan xorijiy ilgʻor texnologiyalarni transfer qilish imkoniyatini tahlil qilish asosida iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarida qayta tiklanuvchi manbalar energiyasini maqsadli joriy qilish va quyosh energetikasini rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida, shuningdek, mahalliy budjetlar qoʻrsatkichlarida Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarning bajarilishi uchun zarur mablagʻlarni asoslangan hisob-kitoblarga koʻra nazarda tutsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
belgilangan quvvatlari tegishli ravishda 0,2 MVt va 30 MVt boʻlgan mikro va kichik gidroelektrostansiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi isteʼmolchilar, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan va ikkilamchi energetik resurslardan foydalangan holda energiya ishlab chiqaruvchilar yagona elektr energetikasi va elektr energiyasi isteʼmolchilarining tarmoqlariga qonunchilik talablariga muvofiq blok-stansiyalar shartlarida ulanishlari mumkin;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ikkilamchi energetik resurslardan foydalanadigan qurilmalar yagona elektr energetikasi tizimi operatorining dispetcherlik grafigida elektr energiyasini sotib olish boʻyicha qazilma yoqilgʻilaridan foydalanadigan energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarga nisbatan ustuvorlikka egadir;
mavjud elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va (yoki) kengaytirish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalarini (qurilmalarini) ulash bilan bogʻliq xarajatlar ushbu tarmoq egalari tomonidan, yagona elektr energetikasi tizimiga ulash nuqtasigacha esa — qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi;
yagona elektr energetika tizimiga yetkazib berilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (“Oʻzbekgidroenergo” AJdan tashqari) ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar uchun amaldagi tarif qiymatida (qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda), yagona elektr energetika tizimi boʻyicha elektr energiyasi birligini yetkazib berish tannarxiga kamaytirilgan qiymatda, shuningdek, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr energiyasi birligini taqsimlash va sotish qiymatiga kamaytirilgan holda, amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilish boʻyicha imtiyoz va preferensiyalarning amal qilish davrida amalga oshiriladi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ va mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan kelishgan holda qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr energiya ishlab chiqaruvchi isteʼmolchilardan elektr energiya sotib olish boʻyicha shartnomalar tuzish huquqiga egadir.
(7-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda loyihalar tashabbuskorlariga yer uchastkalarini ajratishda va loyiha tashabbuskorlari murojaatlariga asosan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi uskunalarni qurish loyihalarini vakolatli davlat organlari bilan “yagona darcha” tamoyili orqali kelishishda qonunchilikda belgilangan tartibda koʻmaklashsin;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi uskunalarni qurish va foydalanishga topshirishda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish muddatlariga ijro etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Gʻ.I. Ibragimov) uch oy muddatda uglevodorod yoqilgʻisini qazib olish, qayta ishlash, transportirovka qilish, taqsimlash, uglevodorod yoqilgʻisidan foydalanish, uni qayta ishlash orqali energiyani sanoat turlariga aylantirish, issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish holati ustidan davlat nazorati tizimini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-apreldagi F-4891 farmoyishi bilan tashkil qilingan Tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmi va tarkibini tanqidiy tahlil qilish, import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish Komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan roʻyxatga asosan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun chetdan olib kelinadigan texnologik uskunalar, xom ashyo, materiallar, butlovchi va ehtiyot qismlar, texnologik hujjatlar 2022-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi Dasturni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari murojaatlariga asosan xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy hukumat fondlari va tashkilotlarining grantlari, kreditlari va maqsadli mablagʻlarining jalb qilinishini doimiy ravishda taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJ manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha texnologiyalarni joriy qilish, energiya samaradorligini oshirish, yoqilgʻi-energetika resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish masalalarini doimiy ravishda keng yoritib borsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2343-sonli qarorining 2 — 4, 6-bandlari, shuningdek, qarorga 1 — 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qaror “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 30-maydagi 106 (6800)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-may,
PQ-3012-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qaroriga
2-ILOVA
Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga doir investitsiya loyihalari
ROʻYXATI

mln dollar ekvivalentida

T/r

Loyihalarning nomi

Loyiha quvvati

Amalga oshirish muddatlari

Loyihaning umumiy qiymati*

shu jumladan moliyalashtirish manbalari boʻyicha:

oʻz mablagʻlari

OʻzTTJ

tijorat banklari kreditlari

xorijiy investitsiyalar, kreditlar

Jami (810 ta loyiha)

5 338,9

2 634,1

389,0

139,0

2 176,8

shu jumladan:

yangi qurilish (778 ta loyiha)

4 260,1

2 222,5

389,0

139,0

1 509,7

modernizatsiya (32 ta loyiha)

1 078,8

411,7

667,2

I.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalar

5 220,7

2 593,7

389,0

67,2

2 170,8

yangi qurilish

4 141,9

2 182,1

389,0

67,2

1 503,7

“Oʻzbekenergo” AJ

879,3

110,1

389,0

67,2

313,0

1.

Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish

100 MVt

2017-2018 yy.

233,1

13,1

110,0

110,0

2.

Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish

100 MVt

2017 — 2019 yy.

233,1

35,0

114,0

9,1

75,0

3.

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish

100 MVt

2019 — 2021 yy.

233,1

35,0

114,0

9,1

75,0

4.

Navoiy viloyatida 102 MVt quvvatga ega shamol stansiyasini qurish

102 MVt

2018–2021 yy.

180,0

27,0

51,0

49,0

53,0

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

3 262,6

2 072,0

1190,7

5.

18 ta yangi gidro elektr stansiyalarini qurish

984,7 MVt

2017 — 2025 yy.

2 038,8

1 369,2

669,7

6.

Yangi gidro elektr stansiyalarini qurish boʻyicha 24 ta istiqbolli loyihalarni amalga oshirish

637,3 MVt

2021 — 2030 yy.

1 223,8

702,8

521,0

modernizatsiya

1 078,8

411,7

667,2

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

1 078,8

411,7

667,2

7.

Mavjud 14 ta gidro elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish

1384,9 MVt

2017 — 2025 yy.

609,8

271,0

338,9

8.

Mavjud gidro elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish boʻyicha 18 ta istiqbolli loyihalarni amalga oshirish

588 MVt

2018 — 2030 yy.

469,0

140,7

328,3

II.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha loyihalar

83,9

23,4

60,5

yangi qurilish

83,9

23,4

60,5

“Oʻzqurilishmateriallari” AJ

2,0

2,0

9.

“Qizilqumsement” AJning ijtimoiy va maʼmuriy binolarida quyosh foto elektr stansiyalarini joriy etish

100 kVt

2017-2018 yy.

2,0

2,0

“Oʻzbekneftgaz” MXK

14,9

7,4

7,5

10.

“Oʻzneftgazqazibchiqarish” AKning obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida fotoelektr panellarni joriy etish

7,3 ming.

kVt. soat

elektr energiyani iqtisod qilish

2018 — 2020 yy.

9,9

4,9

5,0

11.

“Oʻzneftgazqazibchiqarish” AKning xoʻjalik obyektlarini issiq suv bilan taʼminlash maqsadida quyosh suv isitgichlari joriy etish

4,75 Gkal

issiqlik

energiyasini iqtisod qilish

2018 — 2020 yy.

5,0

2,5

2,5

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

67,0

14,0

53,0

Quyidagilarni qurish boʻyicha 726 ta loyihalarni amalga oshirish

12.

respublikaning yirik chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarida biogaz uskunalarini qurish

60,8 mln.

kub. metr

biogaz

2017 — 2019 yy.

67,0

14,0

53,0

III.

Qayta tiklanuvchi energetika uchun uskunalar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish boʻyicha loyihalar

34,3

17,0

11,3

6,0

Yangi qurilish

34,3

17,0

11,3

6,0

“Oʻzeltexsanoat” AK

17,8

10,0

7,8

13.

Kichik quvvatli fotoelektr stansiyalari qurishni (yangi korxonalar tashkil etish

500 kVt gacha

2017 — 2019 yy.

17,8

10,0

7,8

“Toshkent rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” AJ

6,5

2,0

3,5

1,0

14.

Kalsiylangan qoʻrgʻoshin qotishmasi va gel akkumulyatorlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

100 ming dona

2017 — 2019 yy.

6,5

2,0

3,5

1,0

“Oʻzbekneftgaz” MXK

10,0

5,0

5,0

15.

Xitoylik yetakchi hamkorlar bilan birga biogaz uskunalarini ishlab chiqarish va ularga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish (“Agro bank” ATB bilan birgalikda)

200 dona

2017-2018 yy.

10,0

5,0

5,0

*Loyihalarning yakuniy qiymati va moliyalashtirish manbalariga loyihaning LTIA/TIAni tasdiqlash va tender savdolarini oʻtkazish natijalari boʻyicha aniqlik kiritilishi lozim.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qaroriga
5-ILOVA
2017 — 2021-yillarda budjet tashkilotlarida energiya samarador isitish qozonlarini joriy etish
JADVALI

birlik

Hududlar kesimidagi obyektlar nomi

2017 — 2021-yillarda jami

Shu jumladan yillar boʻyicha:

2017-yil

2018-yil

2019-yil

2020-yil

2021-yil

muassasalar

qozonlar

muassasalar

qozonlar

muassasalar

qozonlar

muassasalar

qozonlar

muassasalar

qozonlar

muassasalar

qozonlar

Jami

6 333

17 251

1 755

4 950

1503

4 053

1 232

3 337

974

2 599

869

2 312

Shu jumladan obyektlar boʻyicha:

Xalq taʼlimi vazirligi

4 694

13 967

1 316

3 975

1 106

3 277

913

2 724

716

2 112

643

1 879

Sogʻliqni saqlash vazirligi

1260

2 061

321

582

302

446

229

344

216

360

192

329

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

379

1 223

118

393

95

330

90

269

42

127

34

104

Hududlar kesimidagi obyektlar:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

930

2 841

301

910

248

717

171

534

110

355

100

325

Xalq taʼlimi vazirligi

737

2 181

231

663

169

507

137

411

105

315

95

285

Sogʻliqni saqlash vazirligi

151

291

60

150

67

107

24

34

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

42

369

10

97

12

103

10

89

5

40

5

40

Andijon viloyati

659

1 809

177

544

150

413

125

337

108

270

99

245

Xalq taʼlimi vazirligi

545

1 686

154

513

131

393

106

318

81

243

73

219

Sogʻliqni saqlash vazirligi

84

93

14

22

14

15

11

11

23

23

22

22

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

30

30

9

9

5

5

8

8

4

4

4

4

Buxoro viloyati

603

1 671

164

499

139

385

114

313

99

251

87

223

Xalq taʼlimi vazirligi

505

1 548

147

470

120

360

97

291

74

224

67

203

Sogʻliqni saqlash vazirligi

70

93

10

22

12

18

10

15

21

21

17

17

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

28

30

7

7

7

7

7

7

4

6

3

3

Jizzax viloyati

187

536

55

174

43

119

37

97

28

76

24

70

Xalq taʼlimi vazirligi

142

465

35

142

36

108

29

87

22

66

20

62

Sogʻliqni saqlash vazirligi

28

50

14

26

4

8

4

6

4

6

2

4

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

17

21

6

6

3

3

4

4

2

4

2

4

Qashqadaryo viloyati

411

1 424

30

171

107

380

101

351

93

281

80

241

Xalq taʼlimi vazirligi

335

1 034

13

68

91

273

87

261

79

237

65

195

Sogʻliqni saqlash vazirligi

46

138

9

23

7

17

8

30

10

32

12

36

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

30

252

8

80

9

90

6

60

4

12

3

10

Navoiy viloyati

160

374

40

111

41

87

34

75

26

59

19

42

Xalq taʼlimi vazirligi

62

210

14

64

16

48

13

39

10

32

9

27

Sogʻliqni saqlash vazirligi

93

152

25

43

24

37

20

34

15

25

9

13

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

5

12

1

4

1

2

1

2

1

2

1

2

Namangan viloyati

460

1 037

138

298

105

237

92

202

66

161

59

139

Xalq taʼlimi vazirligi

306

846

108

261

66

198

54

162

41

123

37

102

Sogʻliqni saqlash vazirligi

150

187

28

35

39

39

37

39

24

37

22

37

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

4

4

2

2

1

1

1

1

Samarqand viloyati

685

1 765

185

511

162

429

139

350

104

252

95

223

Xalq taʼlimi vazirligi

519

1 363

144

388

119

326

99

264

81

202

76

183

Sogʻliqni saqlash vazirligi

131

263

33

68

34

65

32

66

17

34

15

30

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

35

139

8

55

9

38

8

20

6

16

4

10

Surxondaryo viloyati

684

1 900

172

547

168

423

126

358

117

302

101

270

Xalq taʼlimi vazirligi

451

1 477

115

440

112

336

91

301

70

211

63

189

Sogʻliqni saqlash vazirligi

174

352

43

93

31

62

23

45

43

81

34

71

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

59

71

14

14

25

25

12

12

4

10

4

10

Sirdaryo viloyati

352

870

93

251

79

188

67

155

55

138

58

138

Xalq taʼlimi vazirligi

241

725

68

226

58

164

47

131

36

108

32

96

Sogʻliqni saqlash vazirligi

100

132

23

23

18

21

16

20

18

28

25

40

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

11

13

2

2

3

3

4

4

1

2

1

2

Toshkent viloyati

422

1 072

143

326

91

245

73

200

62

160

53

141

Xalq taʼlimi vazirligi

354

983

126

299

76

228

62

186

47

141

43

129

Sogʻliqni saqlash vazirligi

62

73

15

22

14

14

10

10

14

17

9

10

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

6

16

2

5

1

3

1

4

1

2

1

2

Fargʻona viloyati

546

1 331

182

410

120

290

102

242

75

209

67

180

Xalq taʼlimi vazirligi

313

892

106

271

69

207

56

168

43

129

39

117

Sogʻliqni saqlash vazirligi

162

221

42

45

35

38

33

33

27

56

25

49

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

71

218

34

94

16

45

13

41

5

24

3

14

Xorazm viloyati

227

607

72

192

48

136

49

119

31

85

27

75

Xalq taʼlimi vazirligi

184

557

55

170

43

129

35

105

27

81

24

72

Sogʻliqni saqlash vazirligi

9

16

5

10

3

5

1

1

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

34

34

12

12

2

2

13

13

4

4

3

3

Toshkent shahri

7

14

3

6

2

4

2

4

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

7

14

3

6

2

4

2

4

Izoh: maqsadli koʻrsatkichlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish yakunlari boʻyicha aniqlanadi va ularga Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan aniqlik kiritilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
5-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qaroriga
6-ILOVA
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlari nasos stansiyalarida energiya samarador nasoslar va elektr dvigatellarni joriy etish
JADVALI

birlik

T/r

Hududlar nomi

2017 — 2021-yillarda jami

Shu jumladan yillar boʻyicha:

2017-yil

2018-yil

2019-yil

2020-yil

2021-yil

nasoslar

elektr dvigatellar

nasoslar

elektr dvigatellar

nasoslar

elektr dvigatellar

nasoslar

elektr dvigatellar

nasoslar

elektr dvigatellar

nasoslar

elektr dvigatellar

Jami

879

1 523

127

320

181

350

245

420

163

214

163

219

shu jumladan:

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

59

133

8

25

13

38

16

48

11

11

11

11

2.

Andijon viloyati

164

155

12

20

24

30

30

50

48

30

50

25

3.

Buxoro viloyati

25

45

2

18

3

15

7

0

8

6

5

6

4.

Jizzax viloyati

22

63

3

15

3

14

5

17

5

8

6

9

5.

Qashqadaryo viloyati

40

104

8

26

12

25

14

27

3

12

3

14

6.

Navoiy viloyati

25

34

4

14

6

0

6

5

5

7

4

8

7.

Namangan viloyati

152

218

23

45

29

42

40

58

27

35

33

38

8.

Samarqand viloyati

72

173

14

24

21

51

24

45

7

25

6

28

9.

Surxondaryo viloyati

101

132

19

10

22

14

29

50

16

30

15

28

10.

Sirdaryo viloyati

12

22

2

7

3

10

3

0

3

3

1

2

11.

Toshkent viloyati

56

100

9

23

9

16

18

34

10

12

10

15

12.

Fargʻona viloyati

85

199

13

51

27

58

36

55

5

20

4

15

13.

Xorazm viloyati

66

145

10

42

9

37

17

31

15

15

15

20

 LexUZ sharhi
6-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qaroriga
7-ILOVA
Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi
TARKIBI

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi

Gʻ.I. Ibragimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

J.A. Qoʻchqorov

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

B.K. Roʻziboyev

suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

N.S. Joʻrayev

adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

D.D. Asomov

iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari

E.B. Iskandarov

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari

B.T. Kuchkarov

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi

R.A. Gulyamov

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

M.I. Shadiyev

Arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

A.A. Yuldashev

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

B.S. Yuldashev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

A.S. Sultanov

“Oʻzbekneftgaz” MXK raisi

F.I. Salomov

“Oʻzbekenergo” AJ raisi

A.A. Sanginov

“Oʻzbekgidroenergo” AJ raisi

A.A. Abdullayev

“Oʻzkimyosanoat” AJ raisi

I.Yu. Abduraxmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

A.A. Xaitov

“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori

V.V. Ismailov

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi

V.E. Chub

Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi bosh direktori

L.T. Akbarxodjayev

“Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI boshligʻi

A.D. Nimatullayev

“Oʻzdavenergonazorat” DI boshligʻi

B.V. Gulyamov

“Sanoatgeokontexnazorat” DI boshligʻi

J.T. Mirzamaxmudov

Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari ATD

lavozimi boʻyicha

Moliya vazirligining Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilgʻi-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi boshligʻi

L.A. Yevdokimov

Iqtisodiyot vazirligining Energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi, komissiya kotibi.

Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
 LexUZ sharhi
7-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga
SHARH

Soʻnggi yillarda respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohasida energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2013-yil 1-martdagi Farmoni va “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida”gi 2015-yil 5-maydagi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan:

energiya samaradorligi va energiyaning qayta tiklanuvchi manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etildi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tarkibida respublika komissiyasining ishchi organi sifatida energiya samaradorligini oshirish boʻlimi tashkil etildi;

Toshkent shahrida Quyosh energiyasi xalqaro instituti faoliyat koʻrsata boshladi;

Osiyo taraqqiyot banki koʻmagida Oʻzbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirishning “yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi;

Namangan viloyatining Pop tumanida Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi koʻmagida 2014-yilning dekabr oyida quvvati 130 kVt boʻlgan quyosh fotoelektrik stansiyasi qurildi va ishga tushirildi, ushbu stansiya yagona elektr energetikasi tarmogʻiga ulangan va yiliga 234,3 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega;

Surxondaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida yirik quyosh fotoelektrik stansiyalarini qurish boʻyicha loyihalar tayyorlanmoqda;

Jahon banki ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining shamollar Atlasi ishlab chiqildi, Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida quvvati 750 kVt boʻlgan tajribaviy shamol energoqurilmasini qurish boʻyicha investitsiya loyihalari yakunlovchi bosqichiga kirdi.

2016-yil yakunlari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlarida 2016/2017-yil kuz-qish mavsumida energoresurslarni tejash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni hisobga olgan holda, 1210,3 million kVt.soat elektr energiyasi va 991,2 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilishga erishildi, bu esa tarmoqlarning 2016-yildagi isteʼmolining mos ravishda 5,1 va 3,6 foizini tashkil etadi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2015-yilda yalpi ichki mahsulotning energiya sigʻimini 10,8 foizga, 2016-yilda 7,2 foizga va 2017-yilning birinchi choragida 12,7 foizga qisqarishiga erishildi.

Shu bilan birga, hozirgi kunda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni jadal rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator oʻz yechimini kutayotgan masalalar mavjud.

Respublika hududlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari energiyasidan foydalanish boʻyicha zaxiralar toʻlaligicha ishga solinmagan, ular boʻyicha hududiy manzilli dasturlar ishlab chiqilishi zarur.

2030-yilga borib 2016-yilga nisbatan yalpi ichki mahsulotning energiya sigʻimini ikki barobarga qisqartirish boʻyicha qoʻyilgan topshiriqlarni hisobga olgan holda, korxona va tashkilotlarga energiya sarfi hajmini qisqartirish boʻyicha aniq maqsadli parametrlarni belgilash zarurati mavjud.

Ushbu muhim vazifalarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2017 — 2021-yillarda yalpi ichki mahsulotning energiya sigʻimini yanada qisqartirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanishni kengaytirishga yoʻnaltirilgan.

Iqtisodiyotni energiya resurslari bilan ikkita vazifani hal etish orqali taʼminlanishi nazarda tutilmoqda. Birinchidan, qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan keng foydalanish orqali yoqilgʻi balansini diversifikatsiyalash. Bunda anʼanaviy yoqilgʻi turlarini qayta tiklanadigan energiya turlariga almashtirish hisobiga ularning elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi hissasini kamaytirish nazarda tutilmoqda. Ikkinchidan, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning energiya sigʻimini qisqartirishning uzoq muddatli dasturini amalga oshirish, sanoat faoliyati hududlarining ekologik holatini yaxshilash orqali erishiladi.

Yaqin istiqbolda ustuvor vazifa sifatida iqtisodiyotning energiya va resurs sigʻimini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiyani tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, mehnat samaradorligini oshirish koʻzda tutilmoqda.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan jadal foydalanish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish issiqlik va elektr energiyasi kabi energiyaning sanoat turlarini olishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, bu uglevodorodlarning oʻrnini bosishga va ularni yuqori likvidli mahsulotlar, xususan, polimerlar, yoqilgʻining sintetik turlarini ishlab chiqarishga yoʻnaltirish imkonini beradi.

Xususan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Quyosh energiyasi xalqaro instituti, “Oʻzbekenergo” AJ Ilmiy-texnik markazi ikki oy muddatda qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanish, jumladan, quyosh energetikasini rivojlantirish, energiya samaradorligi sohasidagi mahalliy ishlanmalar va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, sinovdan oʻtgan ilgʻor xorijiy texnologiyalarni transfer qilish imkoniyatini tahlil qilish asosida iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini maqsadli joriy qilish va quyosh energetikasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritishi belgilangan.

Bundan tashqari, qarorda quyidagilar tasdiqlangan:

qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirishning maqsadli parametrlari, bunda 2025-yilga kelib elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlari tarkibida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining hissasini 12,7 foizdan 19,7 foizga yetkazish koʻzda tutilmoqda, jumladan, gidroelektrostansiyalar boʻyicha 12,7 foizdan 15,8 foizga, quyosh energetikasi boʻyicha 2,3 foizga, shamol energetikasi boʻyicha 1,6 foizga;

qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining roʻyxati, bunda 2017-2025-yillarda umumiy qiymati 5,3 milliard dollar boʻlgan 810 ta loyihani amalga oshirish koʻzda tutilmoqda;

2017 — 2021-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari, unda normativ-huquqiy hujjatlarni, manzilli dasturlarni ishlab chiqish va boshqa ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha 28 ta chora-tadbir koʻzda tutilgan;

2017 — 2021-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning energiya sarf hajmini qisqartirishning maqsadli parametrlari, bunda 25 ta yirik tashkilot va korxona boʻyicha sanoat mahsulotlari (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishda energiya sarfining solishtirma normalarini qisqartirishning prognoz koʻrsatkichlari belgilangan;

2017 — 2021-yillarda budjet tashkilotlarida energiya isteʼmoli jihatidan samarador isitish qozonlarini joriy qilish jadvali, bunda Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 6333 ta budjet tashkilotining 17251 ta isitish qozonini almashtirish koʻzda tutilgan;

2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlari nasos stansiyalarida energiya isteʼmoli jihatidan samarador nasoslar va elektrodvigatellarni joriy qilish grafigi, bunda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlarida 879 ta nasos va 1523 ta elektrodvigatelni almashtirish koʻzda tutilgan.

Ushbu ishlarni moliyalashtirish uchun 2017 — 2021-yillarda davlat budjetidan 314,1 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi.

Ushbu qaror doirasida qabul qilingan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi quyidagilarni taʼminlash imkonini beradi:

qonunchilik va normativ bazani takomillashtirish, shuningdek, energiya tejaydigan texnologiyalarni, zamonaviy hisoblash uskunalarini joriy qilishga va yoqilgʻi-energetika resurslaridan yanada oqilona foydalanishga aholini va xoʻjalik yurituvchi subyektlarni keng jalb qilish;

2025-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari tarkibida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 12,7 foizdan 19,7 foizga yetkazish;

ishlab chiqarishning energiya sigʻimini keskin qisqartirish (9 792,0 tonna shartli yoqilgʻi yoki yiliga 8 — 10 foizdan kam boʻlmagan miqdorda);

Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 6333 ta budjet tashkilotida 17251 ta isitish qozonini zamonaviy energiyani tejaydiganlariga almashtirish va 56,5 million kub metrdan ortiq tabiiy gazni tejash;

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlarida 1523 ta energiyani koʻp isteʼmol qiluvchi elektrodvigatelni va 879 ta nasosni almashtirish va 807,3 million kVt.soatdan ortiqroq elektr energiyasini tejab qolish;

energiyani tejaydigan texnologiyalarning kirib kelishini kengaytirish, soliq va bojxona imtiyozlari berish hisobiga qayta tiklanuvchi manbalardan energiya hosil qiluvchi uskunalarni qoʻllagan holda energiyadan foydalanishni ragʻbatlantirish;

qayta tiklanmaydigan uglevodorod resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatdoshligini oshirish, shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarini va aholini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlab borish;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya isteʼmoli jihatidan samarador texnologiyalarni transfer qilish, ushbu sohadagi uskunalar va butlovchi qismlarni mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish;

aholi uchun kafolatlangan energiya resurslarining ochiqligini taʼminlash, ayniqsa, uzoq qishloq hududlarida aholining hayot sifatini yaxshilash va ularning farovonligini oshirish.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 424-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)