Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
1. “Tugatilayotgan iqtisodiy nochor qurilish tashkilotlarining qurilish texnikasi, transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalari, shuningdek mol-mulkini realizatsiya qilish natijasida kelib tushgan mablagʻlarni ularning budjetga soliq toʻlovlari boʻyicha qarzlarini qoplash hisobiga “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasiga berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarorni (roʻyxat raqami 1476, 2005-yil 28-may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019-yil 14-avgustdagi 04/06-02-32/2602-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining 2005-yil 12-apreldagi 39, 2005-34, 01/06-15/01 va GS 05/02-84-son “Tugatilayotgan iqtisodiy nochor qurilish tashkilotlarining qurilish texnikasi, transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalari, shuningdek mol-mulkini realizatsiya qilish natijasida kelib tushgan mablagʻlarni ularning budjetga soliq toʻlovlari boʻyicha qarzlarini qoplash hisobiga “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasiga berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1476, 2005-yil 28-may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.