Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 16-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga asosan, buyuraman:
1. “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarorni (roʻyxat raqami 1337, 2004-yil 16-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yil 7-avgustdagi 17-25/367-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 1-martdagi 563-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1337, 2004-yil 16-aprel);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 9-apreldagi 6/3-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1337-1, 2005-yil 30-aprel);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/4-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1337-2, 2012-yil 22-iyun);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 6-iyundagi 12/10-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1337-3, 2015-yil 18-iyun);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 27-fevraldagi 4/2-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1337-4, 2016-yil 22-mart).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.