1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5780-son Farmoniga muvofiq:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik):
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda nomoliyaviy yordam turlarini hamma sohalarda kengaytirish, shu jumladan biznes yuritish asoslari va sohadagi qonun hujjatlari, tadbirkorlik faoliyatining xavf-xatarlarini baholash koʻnikmalarini oʻrgatish orqali tadbirkorlarning kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarida muvofiqlashgan tarzda ishtirok etishini, ularning malakasini oshirish, stajirovkalar va boshqalar tashkil etilishini taʼminlasin;
tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda foydalaniladigan uskunalarning texnik xususiyatlari, oʻzini qoplash muddati, mahalliy xom ashyo bilan taʼminlanishi, sarflanadigan materiallar hisob-kitobi va bozorlar, shu jumladan xorijiy bozorlar bahosini oʻz ichiga olgan biznes-loyihalarning elektron katalogini shakllantirsin, keyinchalik salohiyatli loyihalar va biznes tashabbuslarini tanlab olish jarayoni samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida ularni Agentlik va tijorat banklarining veb-saytlariga joylashtirsin.
5. Jamgʻarma boshqaruv kengashining Jamgʻarma ijroiya direksiyasiga oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan 7 nafar boshqaruv xodimlari shtat birligini qoʻshimcha ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Jamgʻarma ijro etuvchi direktoriga Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari hisobidan ularning xizmatlariga haq toʻlagan holda malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish huquqi berilsin.
6. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyaviy yordam olish haqidagi arizalarini koʻrib chiqish boʻyicha elektron hujjat aylanishi sxemalari 2 va 3-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda Jamgʻarma hisobidan loyihalari boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining roʻyxatini tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tizimli ravishda kichik biznes va tadbirkorlikni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish sohasida tumanlar va shaharlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, bandlik va mehnat munosabatlari, iqtisodiyot va sanoat, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklarining tuman boʻlimlari rahbarlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida oʻquv kurslarini, shu jumladan masofadan turib oʻqitish shaklidagi kurslarni tashkil etsin.
9. Jamgʻarma quyidagilarni nazarda tutuvchi “Tadbirkor” axborot tizimini yaratish va ishga tushirishda buyurtmachi etib belgilansin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
tijorat banklari va Jamgʻarma oʻrtasida elektron hujjat aylanishi, shu jumladan elektron raqamli imzo yordamida maʼlumot almashish;
yaratiladigan avtomatlashtirilgan dasturiy taʼminotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasining axborot tizimlari bilan integratsiyalash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
tijorat banklarining kreditlari boʻyicha elektron raqamli imzodan foydalangan holda kafillik va kafolatlar, shuningdek, foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish toʻgʻrisida elektron shartnomalar tuzish;
tijorat banklari va ularning mijozlariga Jamgʻarmaning rasmiy veb-sayti orqali real vaqt rejimida kredit buyurtmalarini koʻrib chiqish va ularning ijrosi holatini kuzatish imkoniyatini berish.
10. Jamgʻarma:
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda loyiha qiymati va tegishli ishlarni moliyalashtirish manbalarini aks ettirgan holda, “Tadbirkor” axborot tizimini tashkil etish, texnik qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha texnik hujjatlarning ishlab chiqilishini hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasiga kelishish uchun kiritilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ishlarni moliyalashtirishga amaldagi mablagʻ ajratilgan sanadan boshlab 6 oy muddatda “Tadbirkor” axborot tizimining yaratilishi va ishga tushirilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning 10-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donor tashkilotlarning grantlari jalb etilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Agentlikning joylashtirilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
a) ikki hafta muddatda belgilangan tartibda Agentlik va Jamgʻarma xodimlarining shtat jadvalini tasdiqlasin;
b) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni kiritsin;
v) Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, shu jumladan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha palataga xos boʻlmagan funksiya va vazifalarni tegishli organlarga berish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qaroriga 2-ILOVA
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamgʻarmalar va b.);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
Tadbirkorlik subyektlarining Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyaviy yordam olish haqidagi arizalarini koʻrib chiqish boʻyicha elektron hujjat aylanishi
sxemasi
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Bosqichlar
Tadbirlarning nomlanishi
Amalga oshirish muddati
Masʼul ijrochilar
1-bosqich
Arizachining murojaatiga asosan uning biznes-rejasi tijorat banklari tomonidan ichki meʼyoriy hujjatlar bilan oʻrnatilgan tartibga muvofiq koʻrib chiqiladi va natijasiga koʻra tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, foiz toʻlovlarini qoplashga kompensatsiyalar taqdim etish toʻgʻrisida tijorat banklarining bosh ofislariga va Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda ― Jamgʻarma) talabnoma yuboriladi.
3 kun
Tijorat banklari
2-bosqich
Tijorat banklarining bosh ofislari tomonidan Jamgʻarma bilan birgalikda tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, foiz toʻlovlarini qoplashga kompensatsiyalar taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish maqsadida loyihalar saralab olinadi.*
Qabul qilingan qaror tijorat banklarining hududiy boʻlinmalariga va arizachiga yuboriladi.
3 kun
Tijorat banklari, Jamgʻarma
3-bosqich
Maʼqullangan loyihalar boʻyicha uch tomonlama shartnoma tuzish.
3 kun
Tijorat banklari, Jamgʻarma, arizachi
* tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, foiz toʻlovlarini qoplashga kompensatsiyalar taqdim etish summasi 5 mlrd soʻmdan oshgan taqdirda, loyihani saralash jarayoniga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi ” DUK jalb qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qaroriga 3-ILOVA
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyaviy yordam olish haqidagi arizalarini koʻrib chiqish boʻyicha elektron hujjat aylanishi
sxemasi
Bosqichlar
Tadbirlarning nomlanishi
Amalga oshirish muddati
Masʼul ijrochilar
1-bosqich
Oilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan arizachiaholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari toifalari roʻyxatiga muvofiq, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga murojaat qiladi.
1. Arizachini aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari toifasiga kirishini oʻrganib chiqish ― 4 soat.
2. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari toifasiga mansub arizachining murojaatlarini tijorat banklariga yuborish ― 1 kun.
Tijorat banklari, tuman va shaharlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, Mehnat vazirligining tuman va shahar boʻlimlari, Savdo-sanoat palatasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari
2-bosqich
Tijorat banki ichki meʼyoriy hujjatlarda belgilangan tartibda murojaatlarni koʻrib chiqadi, namunaviy katalog asosida biznes-reja tuzadi va uni Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) yuboradi.
3 kun
Tijorat banklari
3-bosqich
Jamgʻarma tijorat bankning tegishli boʻlinmasiga va arizachiga tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, foiz toʻlovlarini qoplashga kompensatsiyalar shaklida moliyaviy yordam berish toʻgʻrisidagi xulosani yuboradi.
2 kun
Jamgʻarma
4-bosqich
Jamgʻarmani xabardor qilgan holda arizachi va tijorat banki oʻrtasida shartnoma tuziladi.
1 kun
Tijorat banklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qaroriga 4-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3225-son qarorida:
a) nomlanishidan “rivojlantirishni” soʻzi chiqarib tashlansin;
v) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Jamgʻarma” soʻzi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda ― Jamgʻarma)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
zamestitel ministra finansov Respubliki Uzbekistan
Yakubov N.G.
―
i.o. zamestitelya ministra zanyatosti i trudovix otnosheniy Respubliki Uzbekistan
Artikov A.J.
―
zaveduyushiy Sekretariatom po voprosam makroekonomicheskogo analiza, strukturnix preobrazovaniy, finansovo-bankovskoy sistemi i chastnogo predprinimatelstva Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan
Podoljnosti
―
direktor Agentstva po razvitiyu malogo biznesa i predprinimatelstva pri Ministerstve ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan
Po doljnosti
―
ispolnitelniy direktor Gosudarstvennogo fonda podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti, sekretar Soveta
Primechaniye: pri perexode chlenov Soveta na druguyu rabotu v yego sostav vklyuchayutsya litsa, vnov naznachennie na eti doljnosti, libo litsa, na kotorix vozlojeno vipolneniye sootvetstvuyushiye funksiy”;
(1-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4105-son qarorida:
a) 7-bandning ikkinchi xatboshi “Urbanizatsiya agentligi” soʻzlaridan keyin “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 1-ilova quyidagi mazmundagi bloklar bilan toʻldirilsin:
“
”;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining markaziy apparati tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 206 nafar.
* Vazirlik markaziy apparatining umumiy shtat birligiga kirmaydi”;
“31. Naznacheniye na doljnost i osvobojdeniye ot doljnosti:
zamestiteley direktora, vklyuchaya pervogo zamestitelya direktora Agentstva po razvitiyu malogo biznesa i predprinimatelstva pri Ministerstve, osushestvlyayetsya Kabinetom Ministrov Respubliki Uzbekistan v ustanovlennom poryadke;
zamestiteley direktora, vklyuchaya pervogo zamestitelya direktora Agentstva urbanizatsii pri Ministerstve, direktora i zamestiteley direktora GUP “Sentr kompleksnoy ekspertizi proyektov i importnix kontraktov”, direktora i zamestiteley direktora Instituta prognozirovaniya i makroekonomicheskix issledovaniy, direktora i zamestitelya direktora Sentra issledovaniya otraslevix rinkov i eksportooriyentirovannogo proizvodstva i nachalnika Upravleniya ekspluatatsii administrativnogo zdaniya Ministerstva ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan osushestvlyayetsya ministrom ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan;
zamestitelya ispolnitelnogo direktora Gosudarstvennogo fonda podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti osushestvlyayetsya direktorom Agentstva po razvitiyu malogo biznesa i predprinimatelstva pri Ministerstve po soglasovaniyu s ministrom ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan;
ministra ekonomiki i promishlennosti Respubliki Karakalpakstan, yego zamestitelya ― Jokargi Kenesom Respubliki Karakalpakstan po soglasovaniyu s ministrom ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan;
nachalnikov territorialnix upravleniy Ministerstva, ix zamestiteley — sootvetstvenno xokimami oblastey po soglasovaniyu s ministrom ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan;
nachalnikov rayonnix i gorodskix otdelov Ministerstva — xokimami sootvetstvuyushix rayonov (gorodov) po predstavleniyu nachalnikov territorialnix upravleniy Ministerstva i po soglasovaniyu s ministrom ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan”;
“Rabotnikam sentralnogo apparata Ministerstva, yego territorialnix upravleniy, rayonnix i gorodskix otdelov, Agentstva urbanizatsii i Agentstva po razvitiyu malogo biznesa i predprinimatelstva, Instituta prognozirovaniya i makroekonomicheskix issledovaniy, Sentra issledovaniya otraslevix rinkov i eksportooriyentirovannogo proizvodstva pri Ministerstve, Upravleniya ekspluatatsii administrativnogo zdaniya Ministerstva za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan viplachivayetsya yejemesyachnaya nadbavka za vislugu let v sleduyushix razmerax (v koeffitsiyentax k doljnostnomu okladu s uchetom koeffitsiyenta stimulirovaniya)”;
d) 8a-ilovaning “bosh mutaxassis” qatori “yuriskonsult, buxgalter, devonxona mudiri” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)