Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2012-yil 24-iyuldagi 2012-13-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2383, 2012-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 369-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadagi “Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 1-bandning
oʻninchi xatboshisidagi “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 18-bandning
ikkinchi xatboshisidan “uning asosiy muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.