Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
1. Donni qabul qilish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilish boʻyicha
yoʻriqnomani (roʻyxat raqami 936, 2000-yil 20-iyun) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2019-yil 31-iyuldagi 02/012-1471-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan 2000-yil 6-iyunda 160-son bilan tasdiqlangan Donni qabul qilish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilish boʻyicha
yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 936, 2000-yil 20-iyun) hamda “Donni qabul qilish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob tartibi boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyruq (roʻyxat raqami 936-1, 2007-yil 27-fevral) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.