1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.03 Gʻallachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
DONNI QABUL QILISh VA QIShLOQ XOʻJALIGI IShLAB ChIQARUVChILARI BILAN HISOB-KITOB TARTIBI BOʻYIChA YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 27-fevralda 936-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur boʻyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-avgustdagi 316-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 936-2, 05.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 95-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2000-yil 6-iyundagi 160-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Donni qabul qilish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob tartibi boʻyicha yoʻriqnoma”ga (2000-yil 20-iyun, roʻyxat raqami 936) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.