1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoyishi
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi doirasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlashni taʼminlash hamda shu munosabat bilan yetkazilgan zararlarni qoplashda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarma tashkil etilganligi hamda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishini mazkur jamgʻarma bilan majburiy tarzda kelishish tartibi joriy etilganligi;
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 5-avgustdan boshlab, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, boshqa maqsadlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan yer uchastkalarini olib qoʻyish hamda koʻchmas mulk obyektlarini buzish ishlari quyidagi bosqichlardan iborat tartibda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan buzilishi rejalashtirilgan hudud boʻyicha materiallar toʻplami Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
ikkinchi bosqichda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida shaharsozlik talablari boʻyicha — Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A. Ramatov va moliyaviy hisob-kitoblar boʻyicha Bosh vazirning oʻrinbosari — moliya vaziri J. Qoʻchqorov tomonidan xulosa tayyorlanadi;
uchinchi bosqichda — tayyorlangan xulosa Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritiladi.
Mazkur tartib ushbu farmoyishning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan Hukumat qarori qabul qilinguniga qadar amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kelgusida shaharsozlik faoliyatini rejalashtirish va hududlarni kompleks rivojlantirishda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli yer uchastkalarini olib qoʻyish hamda koʻchmas mulk obyektlarini buzish ishlari eng kam darajada amalga oshirilishini hisobga olsin.
5. Quyidagilar:
Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan oʻtkazish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda Respublika ishchi guruhi deb yuritiladi) tarkibi va hududiy ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan oʻtkazishga koʻmaklashish uchun hududlarga biriktiriladigan masʼullar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Respublika hududlarida yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni xatlovdan oʻtkazish hamda ularni qoplashda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Respublika ishchi guruhi (J. Qoʻchqorov) ikki hafta muddatda:
hududiy ishchi guruhlar, hududlarga biriktiriladigan masʼullar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni joylarga chiqqan holda xatlovdan oʻtkazib, ularning qonunchilikka muvofiq bozor qiymati asosida haqqoniy va adolatli miqdori belgilanishini;
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda yetkazilgan zararlarni qoplashning aniq manbalari belgilanishini, shu jumladan olib qoʻyilgan yer uchastkalari tegishli tashkilotlarga ajratilgan taqdirda yetkazilgan zararlar qonun hujjatlariga muvofiq ular tomonidan qoplanishini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini, shuningdek, agar zarar mansabdor shaxsning noqonuniy qarori qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan boʻlsa — mazkur mansabdor shaxslardan regress tartibida undirib olinishini;
aniqlangan muammolarning bartaraf etilishini, shu jumladan aybdor mansabdor shaxslarga javobgarlik choralari koʻrilishini, qonun hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
a) davlat va jamiyat ehtiyojlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda investitsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalar amalga oshirilishi doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi yer uchastkalarini olib qoʻyish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibini belgilovchi hukumat qarorini qabul qilsin:
muayyan hududda fuqarolarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda talab yuqori boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik obyektlarni qurishni nazarda tutuvchi davlat dasturlari, yirik investitsiya va boshqa loyihalarni hududdagi koʻpchilik aholining fikrini inobatga olgan holda amalga oshirish;
yer uchastkalari olib qoʻyilishida ularda joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining mulkdorlari bilan ochiq muhokamalar oʻtkazgan holda, birinchi navbatda, eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan foydalanilmayotgan obyektlar (madaniy meros toifasiga kiradigan obyektlardan tashqari) bilan band boʻlgan yer uchastkalarini tanlab olish;
tegishli hokimlar tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, investitsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkalarini olib qoʻyish haqida qaror qabul qilish uchun ushbu hududda joylashgan turar va noturar koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarining roziligini olish hamda yer uchastkasi olib qoʻyilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi, turlari, miqdori va muddatlarini, tomonlarning huquq va majburiyatlarini koʻchmas mulk obyektlarining mulkdori, manfaatdor tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organi oʻrtasida tuziladigan yozma kelishuv bilan belgilash;
b) yer uchastkalari noqonuniy olib qoʻyilganligi va shu munosabat bilan mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari, investorlar va mustaqil ekspertlar oʻrtasida keng muhokama qilinishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi yer uchastkalarini olib qoʻyish, bino va inshootlarni buzish, fuqarolarni koʻchirish hamda mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, bu borada qonunga zid qarorlar qabul qilinishi va xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, yetkazilgan zararlarni aybdor mansabdor shaxslardan undirish masalalari ustidan doimiy qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
9. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-avgust,
F-5491-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga 1-ILOVA
Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan oʻtkazish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi
TARKIBI
1.
J.A. Qoʻchqorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri, muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi rahbari
2.
M.R. Abdullayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari
3.
S.S. Saidkarimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari
4.
B.A. Xodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri
5.
B.I. Zokirov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari
6.
X.X. Meliyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari
7.
B.A. Musayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi
8.
A.X. Abdullayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi
9.
A.Y. Xaydarov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
10.
D.M. Ziyomuxamedova
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi direktori
11.
T.R. Niyozov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizligi xizmati masʼul xodimi
12.
R.X. Tursunov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi
Izoh: Ishchi guruhiaʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga 2-ILOVA
Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan oʻtkazish boʻyicha hududiy ishchi guruhlarning
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakili, ishchi guruh rahbari
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari boshliqlari
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari boshliqlari
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari
Izoh: Hududiy ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga 3-ILOVA
Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan oʻtkazishga koʻmaklashish uchun hududlarga biriktirilgan masʼullar
ROʻYXATI
T/r
Hududlar nomi
Biriktirilgan shaxs
Lavozimi
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
X.X. Meliyev
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari
2.
Andijon viloyati
N.M. Sobirov
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti direktori
3.
Buxoro viloyati
R.K. Davletov
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri
4.
Jizzax viloyati
B.I. Zokirov
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari
5.
Qashqadaryo viloyati
A.X. Abdullayev
Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi
6.
Navoiy viloyati
B.B. Ashrafxanov
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari
7.
Namangan viloyati
B.A. Musayev
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi
8.
Samarqand viloyati
S.S. Saidkarimov
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari
9.
Surxondaryo viloyati
B.T. Turabov
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
10.
Sirdaryo viloyati
B.A. Xodjayev
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri
11.
Toshkent viloyati
M.R. Abdullayev
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari
12.
Fargʻona viloyati
A.Y. Xaydarov
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
13.
Xorazm viloyati
Y.E. Tursunov
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari
14.
Toshkent shahri
O.B. Rustamov
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga 4-ILOVA
Respublika hududlarida yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni xatlovdan oʻtkazish hamda ularni qoplashda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Tadbir nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
1.
Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini xatlovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish.
Respublika ishchi guruhi aʼzolari, hududiy ishchi guruhlar vakillari va hududlarga biriktirilgan masʼullar ishtirokida tashkiliy yigʻilish oʻtkazish va har bir hudud boʻyicha amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlarni belgilash.
2019-yil 5-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov)
2.
Respublika ishchi guruhi aʼzolari, hududiy ishchi guruhlar vakillari va hududlarga biriktirilgan masʼullar tomonidan joylarga chiqqan holda olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini xatlovdan oʻtkazish ishlarini rejalashtirish.
Respublika ishchi guruhi uchun viloyatlar kesimida, hududiy ishchi guruhlar va hududlarga biriktirilgan masʼullar uchun tuman va shaharlar kesimida xatlovdan oʻtkazish reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2019-yil
6-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov),
hududiy ishchi guruhlar, hududlarga biriktirilgan masʼullar
3.
Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazish.
1. Har bir tuman va shahar kesimida olib qoʻyilgan yer uchastkalarining roʻyxatini tuzish.
2019-yil 15-avgust
Hududiy ishchi guruhlar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar belgilangan tartibda qoplanmagan yoki qisman qoplangan mulkdorlarning roʻyxatini shakllantirish.
2019-yil
17-avgust
4.
Har bir olib qoʻyilgan yer uchastkasi kesimida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga qoplanmagan zararning haqqoniy miqdorini aniqlash.
Har bir olib qoʻyilgan yer uchastkasi boʻyicha tuman va shaharlar kesimida qoplanmagan yoki qisman qoplangan zararning haqqoniy miqdorini nazarda tutuvchi yigʻma jadvallarni shakllantirish. Bunda:
qoplanmagan zarar qaysi davrda (yilda) yuzaga kelganligini;
buzilgan turar va noturar joy binolari va boshqa koʻchmas mulk obyektlarining buzilishi sabablari (buzilishga asos, davlat va jamiyat ehtiyojlari va boshqa maqsadlarda);
buzilgan turar va noturar joy binolari va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini baholashning haqqoniyligini oʻrganish.
2019-yil 18-avgust
Hududiy ishchi guruhlar,
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov), Adliya vazirligi (R. Davletov)
5.
Yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar vatadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni qoplashning aniq manbalari va mexanizmlarini belgilash.
1. Yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar Davlat budjeti va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori bilan tashkil etilgan jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan qoplanadigan mulkdorlarning manzilli roʻyxati va qoplanishi lozim boʻlgan zararning hajmi va turini belgilash.
2. Yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar mazkur yer uchastkalari ajratilgan tashkilotlar mablagʻlari hisobidan qoplanadigan mulkdorlarning manzilli roʻyxati va qoplanishi lozim boʻlgan zararning hajmi va turini belgilash.
2019-yil
19-avgust
Hududiy ishchi guruhlar, Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi (Y. Tursunov)
6.
Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazish natijasi boʻyicha umumlashgan maʼlumotni shakllantirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni qoplash ishlarini tashkil etish.
1. Tuman (shahar) kesimida yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar belgilangan tartibda qoplanmagan yoki toʻliq qoplanmagan mulkdorlarning yakuniy roʻyxatini tuzish va Respublika ishchi guruhiga taqdim etish.
2019-yil
20-avgust
Hududiy ishchi guruhlar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni tuman (shahar) kesimida har bir mulkdor boʻyicha qoplash grafigini moliyalashtirishning aniq manbasi, zararni qoplash miqdori, turi va muddati koʻrsatilgan holda tasdiqlash.
2019-yil
31-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov)
7.
Yer uchastkalarini olib qoʻyishda mulkdorlarning buzilgan huquqlarini tiklash va aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish.
1. Yer uchastkalarini olib qoʻyishning qonuniyligini oʻrganish.
2. Yer uchastkalarini olib qoʻyishda mulkdorlarning buzilgan huquqlarini tiklash va aybdor mansabdor shaxslarga tegishli javobgarlik choralarini koʻrish.
3. Agar yer uchastkalarini olib qoʻyishda mulkdorlarga zarar mansabdor shaxsning noqonuniy qarori yoki xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan boʻlsa, mazkur mansabdor shaxslardan qoplangan zarar miqdorini regress tartibida undirib olish.
2019-yil avgust — oktyabr
Respublika ishchi guruhi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuraturasi (N. Yoʻldoshev)
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori asosida tashkil etilgan hududiy jamgʻarmalarning daromadlari toʻliqligini oʻrganish.
1. Oʻtgan davrda jamgʻarmalarning daromad manbalarini, jamgʻarmaga oʻtkazilmasdan qolgan daromadlarni oʻrganish.
2. Tahlillar natijasiga asoslangan holda daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
2019-yil 20-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Y. Tursunov), Hisob palatasi (M. Abdullayev)
9.
Tashkil etilgan hududiy jamgʻarmalar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarning asoslanganligini oʻrganish.
1. Jamgʻarmalar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlarni tahlil qilish.
2. Xarajatlarning jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar davri boʻyicha oʻz vaqtida amalga oshirilganligini oʻrganish.
3. Xarajatlarning jamgʻarma orqali yoki jamgʻarmadan tashqari amalga oshirilganligi va asosliligini tahlil qilish.
4. Amalga oshirilgan xarajatlardan ortiqcha xarajatlar aniqlangan taqdirda jamgʻarmaga qaytarish choralarini koʻrish.
2019-yil
20-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Y. Tursunov), Hisob palatasi (M. Abdullayev)
10.
Ilgʻor xorijiy amaliyotni oʻrgangan holda davlat va jamiyat ehtiyojlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, investitsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkalarini olib qoʻyish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplashning yangi tartibini belgilash.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish.
2019-yil
5-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov),
Moliya vazirligi (Y. Tursunov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev)
11.
Yer uchastkalari noqonuniy olib qoʻyilganligi va shu munosabat bilan mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish.
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.
2019-yil
5-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), Adliya vazirligi (R. Davletov)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 08/19/5491/3513-son)