toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2024-y., 09/24/9/0012-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika maqsadli jamg‘armasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2024-y., 09/24/9/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2025-yil 1-maydan boshlab Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomning 9-bandida belgilangan zararlarni (keyingi o‘rinlarda — zararlar) qoplash bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarining onlayn ro‘yxat shaklida yuritiladigan Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) tizimi joriy etiladi.
b) Reyestrda:
yer uchastkalari kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlar onlayn ro‘yxati hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va ma’naviy zararlar onlayn ro‘yxati alohida-alohida yuritiladi.
Bunda:
yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlar onlayn ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalarning ishchi organlari tomonidan;
jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va ma’naviy zararlar onlayn (ochiq) ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yuritiladi;
v) qonuniy kuchga kirgan sud hujjati asosida tasdiqlangan zararlar va ular haqidagi ma’lumotlar zararlarni qoplash uchun mablag‘lar mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, Reyestrga kiritiladi;
g) zararlar ularning Reyestrda joylashgan navbatiga qat’iy rioya qilgan holda hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
d) sud hujjati bo‘yicha zararlar qoplanganda, zararlarni qoplashga asos bo‘lgan sud hujjati bekor qilinganda, zararlar va ular haqidagi ma’lumotlar Reyestrga kiritiladi.
22. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil 1-mayga qadar Reyestrni elektron yuritish imkoniyatini beradigan dasturiy majmua yaratilishini ta’minlasin.
(21 va 22-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-dekabr,
1047-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qaroriga
ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Bunda respublika darajasida — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika maqsadli jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — respublika kompensatsiya jamg‘armasi);
hududiy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — mahalliy hokimliklar) huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy kompensatsiya jamg‘armalari) tashkil etiladi.
3. Respublika kompensatsiya jamg‘armasi va hududiy kompensatsiya jamg‘armalari O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son hamda “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 24-avgustdagi PF-198-son farmonlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashni moliyalashtirish maqsadida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni qoplab berish 1-ilovadagi;
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zararlarni undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlarini ijro etish 11-ilovadagi;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va ma’naviy zararlarni qoplab berish 2-ilovadagi sxemalarga muvofiq tartibda amalga oshiriladi.
2-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish tartibi
5. Respublika kompensatsiya jamg‘armasi quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi mablag‘larining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va uning qo‘shimcha manbalari mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablag‘lar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
6. Hududiy kompensatsiya jamg‘armalar quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
mahalliy hokimliklar zaxira jamg‘armalari mablag‘larining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni elektron savdo platformasida realizatsiya qilishdan kelib tushgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlarining maxsus g‘azna hisobvaraqlariga qo‘shimcha manbalar sifatida o‘tkaziladigan mablag‘lar;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablag‘lar;
mahalliy budjet parametrlarida mulkiy va ma’naviy zararlarni qoplash uchun nazarda tutilgan mablag‘lar;
davlat foydasiga musodara qilingan mol-mulklarni realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar (hududiy kompensatsiya jamg‘armalariga yo‘naltiriladigan qismi);
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan manba bo‘yicha shakllantirilgan mablag‘lar faqat mulkiy va ma’naviy zararlarni qoplash uchun yo‘naltiriladi.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda ushbu bandning uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan manba bo‘yicha tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlariga tushgan tushumlar yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar, mulkiy va ma’naviy zararlar to‘lovlaridan qarzdorlik mavjud bo‘lganda, qarzdorlik to‘liq bartaraf etilgunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armaga yo‘naltiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
7. Respublika kompensatsiya jamg‘armasi va hududiy kompensatsiya jamg‘armalarga tushgan mablag‘lar tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamg‘ariladi.
3-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish tartibi
8. Respublika kompensatsiya jamg‘armasi mablag‘laridan yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash uchun foydalaniladi.
9. Hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘laridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
a) yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash;
b) jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan quyidagi zararlarni (keyingi o‘rinlarda — mulkiy va ma’naviy zarar) qoplash:
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga noqonuniy yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarning kiritilishi natijasida ularga ishonib harakat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar;
davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan va sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zararlar;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof deb topilgan harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar va ma’naviy ziyonlar;
turar joy insofli egallovchidan qonunchilikda belgilangan tartibda talab qilib olinishiga yo‘l qo‘yilmasligi natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining 229-moddasi.
4-bob. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplab berish tartibi
10. Respublika kompensatsiya jamg‘armasi mablag‘laridan faqat O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklarining yoki respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashabbusiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat yoki Toshkent shahar Kengashi tomonidan kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinganligi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash uchun foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Hududiy kompensatsiya jamg‘armalarining mablag‘laridan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar (shaharlar) hokimliklarining tashabbusiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat yoki Toshkent shahar Kengashi tomonidan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinganligi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash uchun foydalaniladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
12. Respublika kompensatsiya jamg‘armasi va hududiy kompensatsiya jamg‘armalarining kuzatuv kengashlari mazkur jamg‘armalarni boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Respublika kompensatsiya jamg‘armasi va hududiy kompensatsiya jamg‘armalarining kuzatuv kengashlari (keyingi o‘rinlarda — kuzatuv kengashlari) tegishli ravishda mazkur Nizomga 3 va 4-ilovalarga muvofiq tarkibda faoliyat yuritadi.
13. Kuzatuv kengashlari quyidagi vakolatlarga ega:
yer uchastkasini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan asoslantiruvchi materiallarni ko‘rib chiqish va kelishib olish;
yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rni jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
tegishli jamg‘arma mablag‘larining kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, ularni keyingi yil uchun tasdiqlash;
tegishli jamg‘arma daromadlarining barqaror shakllantirilishini hamda yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplab berishni o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlash.
14. Kuzatuv kengashlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar barcha davlat organlari va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Kuzatuv kengashlarining qarorlari kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
15. Respublika kompensatsiya jamg‘armasi va hududiy kompensatsiya jamg‘armalarining ishchi organlari ularning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi respublika kompensatsiya jamg‘armasi kuzatuv kengashining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari esa hududiy kompensatsiya jamg‘armalari kuzatuv kengashlarining ishchi organi hisoblanadi.
16. Respublika kompensatsiya jamg‘armasi va hududiy kompensatsiya jamg‘armalarining ishchi organlari:
tegishli jamg‘armalar mablag‘lari tushumi va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi hamda belgilangan muddatlarda jamg‘armalarning kuzatuv kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
yetkazilgan zararlarni qoplashni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar tushumi jadvallarini ishlab chiqadi, shuningdek, ularning bajarilishini tahlil qiladi va tegishli jamg‘armalar mablag‘larining o‘z vaqtida jamlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;
yetkazilgan zararlarni qoplashni moliyalashtirishga ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi monitoringini tizimli asosda yuritadi;
jamg‘armalar daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi choraklik va har yilgi hisobotlarni tuzadi hamda ko‘rib chiqish uchun tegishli jamg‘armalarning kuzatuv kengashlariga kiritadi.
17. Respublika kompensatsiya jamg‘armasidan mablag‘lar hududiy kompensatsiya jamg‘armalari orqali ajratiladi.
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari respublika kompensatsiya jamg‘armasidan tegishli mablag‘larni hududiy kompensatsiya jamg‘armalariga ajratish to‘g‘risida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda respublika kompensatsiya jamg‘armasining ishchi organiga murojaat qiladi:
Vazirlar Mahkamasining yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish nazarda tutilgan qarori;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidagi hududiy qurilish organlarining tegishli xulosalari;
buzilishga tushgan obyektlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlari;
buziladigan ko‘chmas mulk obyektlarini, shuningdek olib qo‘yiladigan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni baholash bo‘yicha hisobot nusxalari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari va mulkdor o‘rtasidagi notarial tasdiqlangan kelishuv shartnomasi yoki sud qarori nusxalari.
19. Respublika kompensatsiya jamg‘armasining ishchi organi taqdim etilgan hujjatlarni to‘liqligini ko‘rib chiqib, ularni respublika kompensatsiya jamg‘armasi kuzatuv kengashiga kiritadi.
20. Respublika kompensatsiya jamg‘armasi kuzatuv kengashi taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash uchun tegishli hududiy kompensatsiya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish yoki mablag‘ ajratishni rad etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
21. Tuman (shahar) hokimliklari yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplab berish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda, tegishli hududiy kompensatsiya jamg‘armasi kuzatuv kengashi ishchi organiga murojaat qiladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlari bilan ochiq muhokama o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlari;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidagi hududiy qurilish organlarining tegishli xulosalari;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining (filiallarining) yer uchastkasiga nisbatan huquq egalari hamda unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari haqidagi tegishli ma’lumotlari;
kadastr hujjatidan nusxalar;
buziladigan ko‘chmas mulk obyektlarini, shuningdek, olib qo‘yiladigan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni baholash bo‘yicha hisobot nusxalari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari va mulkdor o‘rtasidagi notarial tasdiqlangan kelishuv shartnomasi yoki sud qarori nusxalari.
22. Hududiy kompensatsiya jamg‘armalarining ishchi organi taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligini ko‘rib chiqib, ularni hududiy kompensatsiya jamg‘armalarining kuzatuv kengashlariga kiritadi.
23. Hududiy kompensatsiya jamg‘armalarining kuzatuv kengashi taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish yoki moliyalashtirishni rad etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
24. Kuzatuv kengashlarining qarorlari asosida mahalliy hokimliklarning (shuningdek, tuman va shahar hokimliklarining) hisob-kitob bo‘limi hududiy kompensatsiya jamg‘armasidan yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar summasini qoplab beradi.
25. Respublika kompensatsiya jamg‘armasi va hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘larini boshqarish hamda taqsimlash ushbu jamg‘armalarning kuzatuv kengashlari raislari tomonidan amalga oshiriladi.
26. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni, kuzatuv kengashlarining qarorlari loyihalarini va boshqa zarur hujjatlarni tayyorlash hamda rasmiylashtirish tegishli jamg‘armalar kuzatuv kengashlari kotiblari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
41-bob. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zararlarni undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlarini ijro etish tartibi
261. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zararlarni qoplab berish bo‘yicha kelib tushgan sud hujjati hududiy kompensatsiya jamg‘armalari ishchi organiga bir ish kuni davomida taqdim qilinadi.
262. Hududiy kompensatsiya jamg‘armalari ishchi organi yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi natijasida yetkazilgan mulkiy zararlarni sud hujjatiga asosan qoplab berish uchun zaruratga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslardan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olishga haqli.
263. Hududiy kompensatsiya jamg‘armalarining ishchi organi quyidagi hollarda ijro hujjatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ijro etmaslik yuzasidan tegishli sudlarga ariza kiritish bo‘yicha taklif kiritadi:
sud hujjati asosida berilgan ijro varaqa O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
sud hujjati asosida berilgan ijro varaqa O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasida nazarda tutilgan ijroga topshirish muddati o‘tgandan keyin taqdim etilganda;
ijro varaqani berishga asos bo‘lgan sud hujjati bekor qilinganda.
Ushbu bandda nazarda tutilmagan hollar bo‘yicha ijro varaqani ijro etmaslikka yo‘l qo‘yilmaydi.
264. Hududiy kompensatsiya jamg‘armalarining ishchi organi taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligini ko‘rib chiqib, ularni mazkur sud hujjati kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) va tegishli hududiy kompensatsiya jamg‘armasining kuzatuv kengashiga kiritadi.
Reyestr onlayn (ochiq) ro‘yxat shaklida yuritiladi. Reyestrda yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi natijasida (sud hujjatlari asosida undirish belgilangan) mulkdorga yetkazilgan zararlarni ro‘yxati hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va ma’naviy zararlar ro‘yxati alohida-alohida yuritiladi.
Bunda yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash sud hujjati kelib tushgan sanaga muvofiq ketma-ketlikda hududiy kompensatsiya jamg‘armalarida mavjud mablag‘lar doirasida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
265. Hududiy kompensatsiya jamg‘armalarining kuzatuv kengashi taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish to‘g‘risida qaror qiladi yoki yetarli asoslar mavjud bo‘lganda tegishli sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taklif kiritadi.
266. Hududiy kompensatsiya jamg‘armalari kuzatuv kengashlarining yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlari asosida mahalliy hokimliklarning hisob-kitob bo‘limi uch ish kuni davomida hududiy kompensatsiya jamg‘armasidan yetkazilgan zarar summasini yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Bunda hududiy kompensatsiya jamg‘armalari ishchi organi yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rni jismoniy va yuridik shaxslarga qoplangani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritadi.
267. Hududiy kompensatsiya jamg‘armalari kuzatuv kengashlari tomonidan tegishli sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish to‘g‘risida taklif kiritilganda, tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bunday taklif kiritilgan kundan boshlab protsessual muddatlarni inoabatga olgan holda sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritadi.
268. Sud hujjati ustidan sudga shikoyat kiritilgan va ijro ishini yuritish sud tomonidan to‘xtatib turilgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki ish kuni ichida yuridik va jismoniy shaxslarga hamda hududiy kompensatsiya jamg‘armalari ishchi organga ijro ishini yuritish to‘xtatilganligi haqida sudning tegishli qarorini (ajrimini) ilova qilgan holda xat yuboradi. Bunda sud hujjati asosida berilgan ijro varaqani ijro etish bo‘yicha barcha harakatlar sud tomonidan ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risida qaror (ajrim) qabul qilingunga qadar to‘xtatib turiladi.
Hududiy kompensatsiya jamg‘armalari ishchi organi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklarining xatiga asosan Reyestrga tegishli sud hujjati bo‘yicha ish yuritish to‘xtatilganligi haqida ma’lumot kiritadi.
269. Sudning ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi qarori (ajrimi) qabul qilinganda, zararlarni qoplash ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Sud hujjati belgilangan tartibda bekor qilinganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklari bir ish kuni ichida hududiy kompensatsiya jamg‘armasidan mablag‘ to‘lashni rad etish to‘g‘risida tegishli hududiy kompensatsiya jamg‘armasi ishchi organiga xat yuboradi.
2610. Hududiy kompensatsiya jamg‘armalari ishchi organi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar yoki Toshkent shahri hokimliklarining hududiy kompensatsiya jamg‘armasidan mablag‘ to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi xatiga asosan tegishli ma’lumotlarni Reyestrga kiritadi.
Hududiy kompensatsiya jamg‘armalari ishchi organi undirishning har qanday bosqichida yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi natijasida mulkdorga yetkazilgan zararlar haqidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritishi mumkin.
Yetkazilgan zarar to‘liq qoplab berilgandan yoki zararni qoplab berish to‘g‘risida sud hujjati bekor qilingandan so‘ng sud hujjatini ko‘rib chiqish tamomlangan hisoblanadi.
(41-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
5-bob. Mulkiy va ma’naviy zararlarni qoplab berish tartibi
27. Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy va ma’naviy zararlarni qoplab berish bo‘yicha arizasi (murojaati) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim qilinadi.
28. Mulkiy va ma’naviy zararlarni qoplab berish bo‘yicha arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
sud hujjati (hukm, hal qiluv qarori, ajrim, qaror) nusxasi;
sud hujjati asosida berilgan ijro varaqaning asl nusxasi (agar sud hujjati asosida berilgan ijro varaqa sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida taqdim etilgan bo‘lsa, uning asl nusxasini ilova qilish talab etilmaydi);
hududiy kompensatsiya jamg‘armasi hisobidan mablag‘lar o‘tkazish uchun arizachining tegishli bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari haqida ma’lumot.
29. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari quyidagi hollarda arizani qaytaradi:
ushbu Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan hujjatlar arizaga ilova qilinmaganda;
sud hujjati asosida berilgan ijro varaqa O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
sud hujjati asosida berilgan ijro varaqa O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasida nazarda tutilgan ijroga topshirish muddati o‘tgandan keyin taqdim etilganda;
ijro varaqani berishga asos bo‘lgan sud hujjati bekor qilinganda;
ariza beruvchining tegishli bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari to‘liq taqdim etilmaganda.
Ariza va unga ilova qilingan tegishli hujjatlarni ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha ko‘rib chiqmasdan qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Ariza qabul qilingandan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yuridik xizmati uch ish kuni ichida mulkiy va ma’naviy zarar va u haqidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritadi hamda ariza va unga ilova qilingan tegishli hujjatlarni o‘rganib chiqib, quyidagi takliflardan birini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki hokimga kiritadi:
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
ariza va unga ilova qilingan hujjatlarga asosan unda ko‘rsatilgan mablag‘larni to‘lab berish to‘g‘risida;
arizaga ilova qilingan sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish to‘g‘risida (shikoyat loyihasini ilova qilgan holda).
31. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari uch ish kuni ichida yuridik xizmatning tegishli taklifi asosida quyidagi harakatlardan birini amalga oshiradi:
hisob-kitob bo‘limiga sud hujjatida ko‘rsatilgan mablag‘larni qoplab berish bo‘yicha ko‘rsatma beradi;
sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisob-kitob bo‘limi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki tegishli hokimning ko‘rsatmasi kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida hududiy kompensatsiya jamg‘armasida mavjud mablag‘lar doirasida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan mablag‘larni ariza beruvchining bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik xizmati tegishli sud hujjati bo‘yicha zarar qoplangani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritadi.
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda mulkiy va ma’naviy zararlarni qoplash sud hujjati qabul qilingan sanaga muvofiq ketma-ketlikda hududiy kompensatsiya jamg‘armalarida mavjud mablag‘lar doirasida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy kompensatsiya jamg‘armasida yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda, ikki ish kuni ichida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda nazarda tutilgan mablag‘larni mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplab berish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashiga taklif kiritadi.
33. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
34. Arizaga ilova qilingan sud hujjati ustidan sudga shikoyat kiritilgan va ijro ishini yuritish to‘xtatib turilgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki ish kuni ichida ariza beruvchiga ijro ishini yuritish to‘xtatilganligi haqida sudning tegishli qarorini (ajrimini) ilova qilgan holda xat yuboradi. Bunda sud hujjati asosida berilgan ijro varaqani ijro etish bo‘yicha barcha harakatlar sud tomonidan ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risida qaror (ajrim) qabul qilingunga qadar to‘xtatib turiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklarining yuridik xizmati tegishli sud hujjati bo‘yicha ish yuritish to‘xtatilganligi haqida ma’lumotni bir ish kuni ichida Reyestrga kiritadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
35. Sudning ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi qarori (ajrimi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida sud hujjatida ko‘rsatilgan mablag‘lar ariza beruvchining tegishli bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
36. Sud hujjati belgilangan tartibda bekor qilinganda bir ish kuni ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy kompensatsiya jamg‘armasidan mablag‘lar to‘lashni rad etish to‘g‘risida ariza beruvchiga xat yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklarining yuridik xizmati tegishli sud hujjati bekor qilingani to‘g‘risida ma’lumotni bir ish kuni ichida Reyestrga kiritadi.
Ariza bo‘yicha yetkazilgan zarar to‘liq qoplab berilgandan yoki zararni qoplab berish to‘g‘risida sud hujjati bekor qilingandan so‘ng, murojaatni ko‘rib chiqish tamomlangan hisoblanadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
37. Sud hujjatida regress tartibida undirish nazarda tutilgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy kompensatsiya jamg‘armalari hamda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplab berilgan mablag‘larni keyinchalik aybdor deb topilgan davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilaridan to‘liq miqdorda regress tartibida undirib olish choralarini ko‘radi.
Bunda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organi, uning mansabdor shaxsi va xizmatchisining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararlar, birinchi navbatda, tegishli davlat organining budjetdan tashqari maxsus hisobvarag‘iga tushadigan mablag‘lari hisobidan qoplanadi va keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinadi.
6-bob. Respublika va hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobot, nazorat va javobgarlik
38. Respublika kompensatsiya jamg‘armasi va hududiy kompensatsiya jamg‘armalari kuzatuv kengashlari hamda mahalliy hokimliklar respublika va hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘laridan maqsadli va tejab foydalanishni belgilangan tartibda nazorat qiladi.
39. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘lari hisobini, Iqtisodiyot va moliya vazirligi respublika kompensatsiya jamg‘armasi mablag‘larining hisobini yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari shakllanishi va ulardan foydalanilishini nazorat qilish tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan to‘lovlar va ularning regress tartibida undirib olinishiga oid hisobotni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar taqdim etib boradi.
40. Iqtisodiyot va moliya vazirligi respublika va hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan to‘lovlar va ularning regress tartibida undirib olinishiga oid hisobotlarni umumlashtirib boradi.
41. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni qoplab berish
SXEMASI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati asosida yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra tegishli hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar kuzatuv kengashlarining (keyingi o‘rinlarda — kuzatuv kengashlari) ishchi organlariga murojaat qiladi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Kuzatuv kengashlari

Kuzatuv kengashlarining ishchi organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Uch ish kuni mobaynida

3-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari

Yetkazilgan zararlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalar hisobidan qoplab beradi.

Uch ish kuni mobaynida

4-bosqich

Kuzatuv kengashlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Mablag‘lardan maqsadli tejab foydalanishni belgilangan tartibda nazorat qilib boradi, mablag‘lardan foydalanish hisobini yuritadi hamda belgilangan tartibda hisobotini shakllantiradi.

Doimiy

Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
11-ILOVA
Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zararlarni undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlarini ijro etish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zararlarni undirish to‘g‘risidagi kelib tushgan sud hujjatlarini hududiy kompensatsiya jamg‘armalari ishchi organiga taqdim qiladi.

Bir ish kuni davomida

2-bosqich

Hududiy kompensatsiya jamg‘armalari ishchi organi

Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zararlarni qoplab berish bo‘yicha kelib tushgan sud hujjatini Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli dasturiy majmuasida yaratilgan Reyestrga kiritadi hamda hududiy kompensatsiya jamg‘armalari kuzatuv kengashlariga (keyingi o‘rinlarda — Kuzatuv kengashlari) ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.

Uch ish kuni mobaynida

3-bosqich

Kuzatuv kengashlari

Kuzatuv kengashlarining ishchi organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rnini jismoniy
va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish to‘
g‘risida qaror qabul qiladi yoki tegishli sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taklif kiritadi.

Uch ish kuni mobaynida

4-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari

1. Yetkazilgan zararlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalar hisobidan qoplab beradi.

Uch ish kuni mobaynida

2. Kuzatuv kengashi tomonidan tegishli sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish to‘g‘risida taklif kiritilgan taqdirda, sud organiga qabul qilingan sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritadi.

Besh ish kuni davomida

Sud hujjati ustidan shikoyat kiritilgan taqdirda, bu haqida yuridik va jismoniy shaxslarga hamda hududiy kompensatsiya jamg‘armalari ishchi organga xat yuboradi.

Shikoyat taqdim etilgan kundan boshlab ikki ish kuni davomida

5-bosqich

Hududiy kompensatsiya jamg‘armalari ishchi organi

Kuzatuv kengashi qaroriga asosan yetkazilgan zarar qoplab berilgani yoki sud organiga shikoyat kiritilgani to‘g‘risida hujjatlarni Reyestrga kiritadi.

Ikki ish kuni mobaynida

6-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari

1. Sudning ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi qarori (ajrimi) kelib tushgan kundan boshlab, sud hujjatida ko‘rsatilgan mablag‘lar yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli bank hisobvarag‘iga o‘tkazib berish choralarini ko‘radi.

2. Sud hujjati asosida zarar qoplab berilganda yoki bekor qilinganda, hududiy kompensatsiya jamg‘armalari ishchi organga yetkazilgan zarar qoplab berilgani yoki sud hujjati bekor qilingani to‘g‘risida ma’lumotlarni ilova qilgan holda xat yuboradi.

Ikki ish kuni mobaynida

7-bosqich

Hududiy kompensatsiya jamg‘armalari ishchi organi

Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zarar qoplab berilgani yoki sud hujjati bekor qilingani to‘g‘risida hujjatlarni Reyestrga kiritadi.

Ikki ish kuni mobaynida

(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

2-ILOVA

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va ma’naviy zararlarni qoplab berish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxs

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va ma’naviy zararlarni qoplash bo‘yicha ariza, sud qarori va boshqa tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

Ixtiyoriy

2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yuridik xizmati uch ish kuni ichida mulkiy va ma’naviy zarar va u haqidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritadi hamda ariza va unga ilova qilingan tegishli hujjatlarni o‘rganib chiqib, quyidagi takliflardan birini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki hokimga kiritadi:

1) ariza va unga ilova qilingan hujjatlarga asosan unda ko‘rsatilgan mablag‘larni to‘lab berish;

2) arizaga ilova qilingan sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish (shikoyat loyihasini ilova qilgan holda).

Uch ish kuni ichida

3-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi

Yuridik xizmatning tegishli takliflari asosida quyidagi harakatlardan birini amalga oshiradi:

1) hisob-kitob bo‘limiga sud hujjatida ko‘rsatilgan mablag‘larini qoplab berish bo‘yicha ko‘rsatma beradi;

2) sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritadi.

Uch ish kuni ichida

4-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Hisob-kitob bo‘limi:

a) hududiy kompensatsiya jamg‘armasida mavjud mablag‘lar doirasida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan mablag‘larni ariza beruvchining bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi;

Bir ish kuni ichida

b) hududiy kompensatsiya jamg‘armasida yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashiga taklif kiritadi.

Ikki ish kuni ichida

2. Yuridik xizmat:

a) ariza beruvchiga ijro bo‘yicha ish yuritish to‘xtatilganligi haqida sudning tegishli qarorini (ajrimini) ilova qilgan holda xat yuboradi hamda tasdiqlovchi hujjatlarni Reyestrga kiritadi;

b) mulkiy va ma’naviy zarar qoplab berilgani to‘g‘risida hujjatlarni Reyestrga kiritadi.

Ikki ish kuni ichida

5-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Sudning ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi qarori (ajrimi) kelib tushgan kundan boshlab, sud hujjatida ko‘rsatilgan mablag‘lar ariza beruvchining tegishli bank hisobvarag‘iga o‘tkazib berish choralarini ko‘radi.

Yuridik xizmat:

a) sud hujjati belgilangan tartibda bekor qilinganda hududiy kompensatsiya jamg‘armasidan mablag‘lar to‘lashni rad etish to‘g‘risida ariza beruvchiga xat yuboradi;

b) mulkiy va ma’naviy zarar qoplab berilgani yoki sud hujjati bekor qilingani to‘g‘risida hujjatlarni Reyestrga kiritadi.

Ikki ish kuni mobaynida

6-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan to‘lovlarni davlat organlarining budjetdan tashqari maxsus hisobvarag‘idan qoplash uchun talabnoma kiritadi.

Uch ish kuni mobaynida

(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

3-ILOVA

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika maqsadli jamg‘armasidan mablag‘ ajratish bo‘yicha respublika kuzatuv kengashining
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

J. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Kengash raisi

2.

Sh. Xidoyatov

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri

3.

A. Ortiqov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

4.

F. Pulatov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

5.

A. Xaydarov

iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari

6.

S. Sadullayev

Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari

7.

lavozimi bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi, Kengash kotibi

Izoh. Respublika kompensatsiya jamg‘armasi kuzatuv kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

4-ILOVA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy kompensatsiya jamg‘armalaridan mablag‘ ajratish bo‘yicha hududiy kuzatuv kengashlarining
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari , Toshkent shahar va viloyatlar hokimlarining birinchi o‘rinbosari, Kengash raisi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshliqlari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalari boshliqlari.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining mas’ul o‘rinbosari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasidagi Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish shu’balari rahbari, Kengash kotibi.
Izoh. Hududiy kompensatsiya jamg‘armalar kuzatuv kengashlari a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2024-y., 09/24/9/0012-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1047/2384-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2019-y., 09/19/911/4028-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 10.01.2024-y., 09/24/9/0012-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)