

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;30.05.2001
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-445064" id="onLBC-445064">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6094"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-445064" id="onLS-445064">[<b>TSZ:</b><div id="LS3684"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-445066" id="-445066">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-445067" id="-445067">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-445068" id="-445068">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YoShLARINING “KAMOLOT” JAMGʻARMASINI QOʻLLAB-QUVVATLASh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-778774" id="-778774">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-maydagi 240-sonli “Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-328187?ONDATE=30.05.2001 00#-328258">qaroriga </a>muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-445069" id="-445069"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445070" id="-445070">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” Jamgʻarmasi toʻgʻrisida” 1996-yil 17-apreldagi PF-1425-son <a href="/mact/-175454">Farmonini </a>bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445072" id="-445072">1. Respublika jamoat tashkilotlari, muassasalari va idoralari tomonidan yoshlarning “Kamolot” Jamgʻarmasi tuzilganligi va uning Ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin va keng jamoatchilikning mazkur Jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445073" id="-445073">2. Oʻzbekiston yoshlari “Kamolot” Jamgʻarmasining Nizomi hamda tashkiliy tuzilmasi<a href="/mact/-445064#-445103"> 1 </a>va <a href="/mact/-445064#-445232">2-ilovalarga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445075" id="-445075">3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamgʻarmaning boʻlimlari tashkil qilinganligi inobatga olinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445077" id="-445077">4. Oʻzbekiston Respublikasining bir qator vazirliklari, davlat qoʻmitalari, konsernlari, korporatsiyalari, korxonalari, xoʻjaliklari, tijorat banklari va jamoat tashkilotlarining “Kamolot” Jamgʻarmasiga muassis sifatida aʼzo boʻlib kirganligi hamda unga moliyaviy, moddiy-texnikaviy yordam koʻrsatayotganligi maʼqullansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445079" id="-445079">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan “Kamolot” Jamgʻarmasiga 50 mln. soʻm, “Biznes-fond” — 15 mln. soʻm va Oʻzbekiston Respublikasi aholini ish bilan taʼminlash Jamgʻarmasi — 20 mln. soʻm oʻtkazsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445082" id="-445082">5. Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi ixtiyoriy ravishda Jamgʻarma tarkibiga kirganligi va tasarrufidagi binolar, transport, aloqaga va boshqa moddiy-texnika vositalariga boʻlgan barcha egalik huquqlarini “Kamolot” Jamgʻarmasiga berganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445083" id="-445083">6. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma oʻz Ustav maqsadlari va vazifalariga toʻla mos kelgan ishlab chiqarish, tijorat va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir. Jamgʻarma, uning boʻlimlari va ularning tasarrufidagi korxonalarning Ustav doirasida faoliyat koʻrsatib olgan daromadlari soliqlardan 5 yil muddatga ozod qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445084" id="-445084">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Jamgʻarmaning milliy va chet el valyutasidagi hisob-kitob schyotlarini ochsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445086" id="-445086">7. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, xoʻjaliklar va tashkilotlar, muassasalar hamda jamoat tashkilotlari, boshqa barcha yuridik shaxslar Jamgʻarmaning Ustav vazifalarini bajarishga doir faoliyatiga muttasil ravishda amaliy yordam bersinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445087" id="-445087">8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasi Jamgʻarmaning xorijiy mamlakatlar jamoatchiligi bilan aloqalar oʻrnatishi va hamkorlik qilishida hamda boshqa dasturiy maqsadlarni amalga oshirishida unga har tomonlama koʻmaklashsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445089" id="-445089">9. “Kamolot” Jamgʻarmasi raisi va uning oʻrinbosarlarining maqomi Oʻzbekiston Respublikasi vazirlari va vazir oʻrinbosarlari maqomiga tenglashtirilsin va ular uchun tegishli ravishda belgilangan moddiy-maishiy hamda tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari tatbiq etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445091" id="-445091">10. Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari Jamgʻarma faoliyatini muntazam yoritib borsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445093" id="-445093">11. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Jamgʻarmani zamonaviy, shu jumladan Hukumat aloqasi vositalari bilan taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445094" id="-445094">12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Alimov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-445096" id="-445096">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-445097" id="-445097">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-445099" id="-445099">1996-yil 31-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-445101" id="-445101">207-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-445103" id="-445103"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-445107" id="-445107">Vazirlar Mahkamasining 1996-yil <br />31-maydagi 207-son <a href="/mact/-445064#-445066">qaroriga </a><br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-445110" id="-445110">Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” jamgʻarmasi </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-445112" id="-445112">NIZOMI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-445113" id="-445113"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-445116" id="-445116">I. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445117" id="-445117">1. Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” Jamgʻarmasi (bundan keyin Jamgʻarma deb yuritiladi) yosh avlodning har tomonlama kamol topishi, ularning chuqur bilim olishlari, yuksak maʼnaviyat egasi boʻlishlari, vatanparvarlik, mehnatsevarlik fazilatlarini yuksaltirish, zamonaviy ishbilarmonlik, tadbirkorlik va omilkorlikni shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan xayriya jamoat birlashmasidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445119" id="-445119">2. Jamgʻarma oʻzini oʻzi mustaqil boshqaruvchi, mablagʻ bilan taʼminlovchi va mustaqil faoliyat yurituvchi nohukumat jamoat birlashmasi sifatidagi yuridik shaxs huquqiga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445121" id="-445121">3. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445124" id="-445124">4. Jamgʻarma va uning boʻlimlari yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga va alohida mulkiga ega boʻladi, respublikaning butun hududida va uning tashqarisida zarur xoʻjalik-moliyaviy va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi, bank muassasalarida ham milliy, ham chet el valyutasida oʻz schyotlariga ega boʻladi, qonunchilikda belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445125" id="-445125">5. Jamgʻarma oʻz muhriga va shtampiga, shuningdek, emblemaga va tashkilot ramziga ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-445128" id="-445128">II. JAMGʻARMANING MAQSAD VA VAZIFALARI </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445130" id="-445130">1. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi quyidagilardir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445132" id="-445132">yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularning barkamol va komil inson boʻlib yetishishlari uchun teng shart-sharoitlar yaratib berish masalalarida davlat va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445134" id="-445134">yosh avlodning jismoniy, aqliy va maʼnaviy jihatdan kamol topishi, oʻz davrining sharqona odob, umuminsoniy qadriyatlar, demokratik tamoyillar asosida voyaga yetgan yetuk farzandlari, istiqlol ishining davomchilari boʻlib yetishishlari uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilishiga, ularning Vatan, xalq oldidagi konstitutsiyaviy burch va vazifalarini bajarishlariga, oʻz huquqlaridan toʻla foydalanishlariga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445136" id="-445136">yoshlarning oʻqishi, mehnat qilishi uchun yaratilgan imkoniyatlarning samaradorligini oshirishni, ularning mustaqil ravishda huquqiy-iqtisodiy bilim olishlarini, tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445138" id="-445138">yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilishda ishtirok etish, ularning manfaatlarini himoya qilish, oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini namoyon qila olishlari uchun davlat, jamoat tashkilotlari, barcha turdagi mulk egalari bilan hamkorlikda zarur shart-sharoitlar yaratish, isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445139" id="-445139">eski kommunistik mafkuraviy mahdudlik va mutelik ruhiyatidan poklangan, ona tili va adabiyoti, tarix, maʼnaviy va madaniy merosni chuqur egallagan, jismoniy va maʼnaviy pok, genefondi sogʻlom avlodning maʼrifatli, dunyoqarashi keng yoshlarning kamol topishi borasida Hukumat, uning organlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445142" id="-445142">yoshlarni tabiatga mehr, yurt boyligini asrab-avaylash va koʻpaytirish ruhida tarbiyalashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445143" id="-445143">2. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari quyidagilardir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445144" id="-445144">yoshlarning iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy, madaniy, huquqiy manfaatlari va ehtiyojlarini oʻrganish va qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va ularni hayotga joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445145" id="-445145">davlat va hukumat dasturlari va islohotlari bajarilishiga koʻmaklashish, milliy mustaqillikni mustahkamlashda bevosita ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445146" id="-445146">yoshlarni Konstitutsiya, qonunlar, davlat va hukumat qarorlarini hurmat qilish va ularga amal qilish ruhida tarbiyalash, jamiyatda qonunning ustun boʻlishiga erishishida faol qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445147" id="-445147">yoshlarga doir davlat va hukumat qonunlari, qarorlari va boshqa hujjatlar qabul qilinishida bevosita ishtirok etish, oʻtish davrida yoshlar muammolarini oʻrganish va ularni hal etish yuzasidan qonunchilik va ijroiya organlariga takliflar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445149" id="-445149">yoshlar uchun yangi ish joylari yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilish masalalarini oʻrganish va ushbu masalalarda hukumat, hokimliklar, boshqa manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445150" id="-445150">yoshlar oʻrtasida yangi jamiyatga yot boʻlgan boqimandalik, loqaydlik, ijtimoiy passivlik illatlarining barham topishiga koʻmaklashish va ularning bilimdonlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik fazilatlari va tajribalarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445151" id="-445151">yoshlar oʻrtasida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish gʻoyalarini yoyish, bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning taʼminlanishiga bevosita hissa qoʻshish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445152" id="-445152">yoshlarning yangi shakllanayotgan demokratik jamiyat va davlat toʻgʻrisidagi tasavvurlari va dunyo qarashini boyitishga harakat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445153" id="-445153">yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini oʻzida aks ettiruvchi jamoat birlashmalari bilan oʻz dasturiy maqsadlari doirasida hamkorlik qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445154" id="-445154">Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, madaniyati va maʼnaviyatini xorijiy mamlakatlar yoshlari oʻrtasida tashviq va targʻib qilish, rivojlangan mamlakatlar yoshlar tashkilotlari ish tajribasini oʻrganish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445155" id="-445155">Jamgʻarmaga yoshlar muammolari yuzasidan Hukumat, vazirliklar, hokimliklar, jamoat tashkilotlari, xorijiy va boshqa manfaatdor tashkilotlarning buyurtmalarini bajaradi. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda dasturlar, loyihalar tuzadi, ularni ular uchun ajratilgan mablagʻlar va grantlar yordamida amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-445157" id="-445157">III. JAMGʻARMANING HUQUQLARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445159" id="-445159">Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan quyidagi huquqlarga egadir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445160" id="-445160">1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va xorijiy mamlakatlarda oʻz nomidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻz vakolati doirasida shartnomalar va boshqa yuridik hujjatlarni tuzish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445161" id="-445161">2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va xorijiy mamlakatlarda korxonalar, firmalar, binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari hamda har xil koʻchirib boʻladigan va koʻchmas mulklarni qurish, sotish yoki sotib olish, almashtirish, ijaraga berish yoki ijaraga olish, qarzga yoki kiraga olish va berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445162" id="-445162">3. Qonunlarda belgilangan tartibda xorijiy mamlakat vakillari bilan qoʻshma korxonalar tashkil etish va chet ellik sheriklar bilan soʻm va valyutada hisob-kitob qilish hamda xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445164" id="-445164">4. Respublika hududida va uning tashqarisida koʻrgazmalar, turli festivallar, koʻrik tanlovlar, sport musobaqalari, kimoshdi savdolari, konferensiyalar va boshqa tadbirlar majmuini tayyorlash va oʻtkazish. Lotereyalar, aksiyalar, maqsadli zayomlar va boshqa qimmatli qogʻozlar chiqarish hamda ularni sotib olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445165" id="-445165">5. Qonunlarda belgilangan tartibda noshirlik va reklama faoliyatini amalga oshirish, respublikada tashkil etiladigan turli jamoat tashkilotlarining muassisi va hammuassisi boʻlish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445166" id="-445166">6. Mavjud qonunchilik doirasida Oʻzbekiston mualliflarining yoshlar va bolalarga bagʻishlagan adabiyot va sanʼat asarlarini chet ellarda, xorijiy mualliflar asarlarini esa mamlakatimizda nashr etish imkoniyatlaridan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445174" id="-445174">7. Respublikada yoshlar turizmini rivojlantirish, yoshlardan iborat sayyorlar guruhlarini tashkil etish va ularda xorijiy mamlakatlarga yuborish, yoshlar va bolalar guruhlari delegatsiyalarini ayirboshlash, chet el yoshlar tashkilotlari bilan aloqalarni har tomonlama kuchaytirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445175" id="-445175">8. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan boshqa har qanday qonuniy huquqlarga egadir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-445176" id="-445176">IV. JAMGʻARMAGA AʼZOLIK MAQOMI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445177" id="-445177">1. Jamgʻarmaning maqsad va vazifalarini maʼqullagan, Jamgʻarmani moddiy yoki maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlovchi muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, ilmiy, ijodiy va jamoat birlashmalari mehnat jamoalari, aksionerlik jamiyatlari va uyushmalar, shuningdek Jamgʻarmaning faoliyatiga koʻmak berish istagini bildirgan respublika hududida yashovchi har qanday jismoniy shaxslar Jamgʻarma aʼzolari boʻla oladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445178" id="-445178">2. Jamgʻarmaga aʼzo boʻlish va uning tarkibidan chiqish masalalari ixtyoriylik asosida Jamgʻarma boshqaruvi va boʻlimlari, yakka tartibda esa jamoatchilik markazlari qaroriga binoan hal etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-445179" id="-445179">V. JAMGʻARMANING BOShQARUV ORGANLARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445181" id="-445181">1. Jamgʻarmaning yuqori boshqaruv organi muassislar konferensiyasi boʻlib, u oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishini Jamgʻarma Ustavi asosida belgilaydi. Konferensiya Jamgʻarma boshqaruvini va boshqaruv raisini, shuningdek, uning oʻrinbosarlarini, ijrochi direktorni, taftish komissiyasini saylaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445182" id="-445182">2. Boshqaruv raisi Jamgʻarma faoliyatini boshqaradi. Unga Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari asosida Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish huquqi beriladi. Boshqaruv raisi boʻlmagan vaqtda va raisning topshirigʻiga binoan uning vazifalarini rais oʻrinbosarlari bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445184" id="-445184">3. Boshqaruv raisi quyidagilarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445186" id="-445186">boshqaruv va rayosat qarorlarini hamda dasturiy maqsadlarini bajarish doirasida farmoyishlar beradi va asosiy yoʻnalishlar boʻyicha Jamgʻarma faoliyatini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445188" id="-445188">direksiya, Jamgʻarma boʻlimlari va filiallari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, boshqaruv va rayosat tomonidan berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445189" id="-445189">u turli idora, muassasa va tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda, Jamgʻarmaning vakolatli vakili hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-445191" id="-445191">VI. JAMGʻARMANING MOL-MULKI VA MABLAGʻLARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445193" id="-445193">Jamgʻarma oʻzining mustaqil balansi, pul mablagʻlari, mol-mulkiga egalik qilish va ulardan erkin foydalanish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445195" id="-445195">Jamgʻarmaning mol-mulkini quyidagilar tashkil etadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445197" id="-445197">binolar, inshootlar, uy-joy fondi, uskunalar, turli asboblar, madaniy-maʼrifiy va sogʻlomlashtirish maskanlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445198" id="-445198">pul mablagʻlari, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar, shuningdek, qonun hujjatlarida ruxsat berilgan Jamgʻarma faoliyatini moddiy taʼminlash uchun zarur mol-mulk va mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445200" id="-445200">Jamgʻarma tasarrufidagi nashriyotlar, korxonalar, qoʻshma korxonalar, xayriya muassasalari, tadbirkorlik firmalari va boshqalarning mol-mulki.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445203" id="-445203">Jamgʻarma mablagʻlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445205" id="-445205">tashkilotlar, korxonalar, homiylar, xususiy firmalar va fuqarolarning ixtiyoriy ravishda oʻtkazgan pul mablagʻlari va xayriyalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445207" id="-445207">xorijiy fuqarolar, firmalar, tashkilotlar, korxonalarning xayriyalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445208" id="-445208">Jamgʻarmaning ishlab chiqarish, xoʻjalik, noshirlik va boshqa faoliyatidan tushgan daromadlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445210" id="-445210">leksiyalar, konsertlar, loteriya oʻyinlari, turli xil koʻrgazmalar va boshqa maʼrifiy tadbirlardan tushgan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445212" id="-445212">hukumat, vazirliklar, hokimliklar, xususiy firmalar dasturlari va buyurtmalarini bajarishdan tushgan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445213" id="-445213">qonunlar bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445215" id="-445215">Jamgʻarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulki bilan javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445217" id="-445217">Jamgʻarmaning mulkiy huquqlari Oʻzbekiston jamoat tashkilotlari uchun belgilangan amaldagi qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-445219" id="-445219">VII. JAMGʻARMA FAOLIYATINI TOʻXTATISh TARTIBI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445221" id="-445221">Jamgʻarmaning faoliyati uning konferensiyasi qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining <a href="/mact/-20596#-39197">62-moddasiga</a> binoan toʻxtatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445228" id="-445228">Jamgʻarma tugatilgan taqdirda uning mol-mulki va mablagʻlari Jamgʻarmaning dasturiy maqsadlari uchun sarflanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-445229" id="-445229">Jamgʻarma boshqaruvining manzili: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-898122" id="-898122">Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 11-uy, telefon: 39-17-00.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-445232" id="-445232"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-445235" id="-445235">Vazirlar Mahkamasining 1996-yil <br />31-maydagi 207-son <a href="/mact/-445064#-445066">qaroriga </a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-445237" id="-445237">Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” Jamgʻarmasi boshqaruvi </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-445238" id="-445238">TUZILMASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-445239" id="-445239"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-445255" id="-445255"><img src="/files/445253" /></div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
