Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 30-apreldagi 18/B-1-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1966, 2009-yil 11-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 279-modda) bilan tasdiqlangan Ikkilamchi xom ashyo tayyorlash omborxonalari, baza va punktlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadagi “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda)” degan soʻzlar (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 441-modda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.”.
4.
99-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.