1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishga koʻmaklashish va moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3892-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida berilishi mumkin boʻlgan davlat mulki obyektlarining roʻyxati 1-ilovaga;
Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun alohida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi mablagʻlarini jamlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga;
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori F.Sh. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-iyul,
570-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 570-son qaroriga 1-ILOVA
Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida berilishi mumkin boʻlgan davlat mulki obyektlarining*
ROʻYXATI
T/r
Obyektlar nomi
Joylashgan manzili
Umumiy yer maydoni (kv.m.)
Shundan, bino va inshootlar maydoni (kv.m.)
Obyektning
balans saqlovchisi
Obyektning davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan qismi (kv.m.)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1.
Klub binosi
Qoʻngʻirot tumani, “Jasliq” MFY
844
811
Tuman madaniyat boʻlimi
844
2.
Klub binosi
Ellikqaʼla tumani, “Saribiy” OFY
1 828
1 562
Tuman madaniyat boʻlimi
1 828
Andijon viloyati
3.
Oʻrmonbek madaniyat markazi
Baliqchi tumani, Mumtoz MFY
1 290
241,9
Tuman madaniyat boʻlimi
1 290
4.
“Onalar va bolalar” madaniyat va istirohat bogʻi
Marhamat shahri, Mustaqillik koʻchasi
16 700
560
Shahar madaniyat boʻlimi
16 700
5.
Shahrixon tumani Madaniyat va istirohat bogʻi
Shahrixon tumani, Amir Temur koʻchasi, 1
30 658,2
3 325,9
Tuman madaniyat boʻlimi
10 000
6.
Qoʻrgʻontepa tumani “Qoʻrgʻontepa” madaniyat va istirohat bogʻi
Qoʻrgʻontepa tumani, Mustaqillik koʻchasi, 39
7 600
1 300
Tuman madaniyat boʻlimi
12 820
7.
Asaka tumani Madaniyat va istirohat bogʻi
Asaka tumani, Imom Buxoriy koʻchasi, 74
8 200
1000
Tuman madaniyat boʻlimi
8 200
8.
Xonobod shahri Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi
Xonobod shahri, Oʻsh koʻchasi
180 500
8 071,4
Shahar hokimligi
180 500
9.
Izboskan tumani “Poytugʻ” madaniyat va istirohat bogʻi
Izboskan tumani, Joʻra Sidiqov koʻchasi, 2
3 700
1 100
Tuman obodonlashtirish boʻlimi
3 700
10.
Andijon shahar “Kamolot” madaniyat va istirohat bogʻi
Andijon shahar, Mashrab koʻchasi
4 000
800
Yoshlar ittifoqi viloyat boʻlimi
4 000
11.
Baliqchi tumani Madaniyat va istirohat bogʻi
Baliqchi tumani, Baliqchi shoh koʻchasi, 7
4 200
900
Tuman obodonlashtirish boʻlimi
4 200
Jizzax viloyati
12.
Jizzax shahri “Oʻrda” ekologik madaniyat va istirohat bogʻi
Jizzaxlik mahallasi, I. Karimov koʻchasi
350 700
538,2
Shahar madaniyat boʻlimi
350 700
13.
Zarbdor tumani “Umid” madaniyat va istirohat bogʻi
Zarbdor tumani, “Ravot” MFY, A. Ikromov koʻchasi
44 000
-
Tuman madaniyat boʻlimi
20 000
Qashqadaryo viloyati
14.
Qarshi tumani madaniyat va istirohat bogʻi
Beshkent shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 53
42 400
-
Tuman madaniyat boʻlimi
2 500
15.
Yakkabogʻ tumani “Yoshlik” madaniyat va istirohat bogʻi
Amir Temur koʻchasi, 31
12 982,5
-
Tuman madaniyat boʻlimi
12 982,5
Navoiy viloyati
16.
Zarafshon shahri madaniyat va istirohat bogʻi
Zarafshon shahri, Quruvchi MFY
40 000
3 500
Shahar madaniyat boʻlimi
20 000
Namangan viloyati
17.
Namangan shahri Kichkintoy bolalar bogʻi
Namangan shahri, Amir Temur koʻchasi, 2
160 000
68 000
Shahar hokimligi
92 000
18.
Maxdumi Aʼzam nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi
Kosonsoy shaharchasi, Alisher Navoiy koʻchasi, 9
38 000
8 600
Tuman madaniyat boʻlimi
10 000
19.
Namangan tumani “Etti buloq” madaniyat va istirohat bogʻi
Namangan tumani, Toshbuloq shaharchasi, Mustaqillikning 5 yilligi koʻchasi, 3
48 400
720,0
Tuman obodonlashtirish boʻlimi
48 400
20.
Mingbuloq tumani “Doʻstlik” madaniyat va istirohat bogʻi
Mingbuloq tumani, Jomashuy shaharchasi
60 000
550
Tuman hokimligi
60 000
21.
Pop tumani M.Rahimov nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi
Pop shaharchasi, Doʻstlik koʻchasi
42 000
300
Tuman hokimligi
42 000
22.
Uchqoʻrgʻon tumani madaniyat va istirohat bogʻi
Uchqoʻrgʻon tumani, Doʻstlik koʻchasi, 35
25 000
200
Tuman hokimligi
22 000
23.
Chortoq tumani Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi
Chortoq tumani, Istiqlol koʻchasi, 47
72 000
2 000
Tuman hokimligi
72 000
24.
Yangiqoʻrgʻon tumani madaniyat va istirohat bogʻi
Yangiqoʻrgʻon shahar, Namangan koʻchasi, 8-uy
50 000
4 600
Tuman madaniyat boʻlimi
27 000
Samarqand viloyati
25.
Bulungʻur tumani madaniyat va istirohat bogʻi
Bulungʻur tumani, Sayilgoh koʻchasi, 5
44 200
500
Tuman madaniyat boʻlimi
44 200
26.
Narpay tumani “Oqtosh” madaniyat va istirohat bogʻi
Oqtosh shahri, A. Xaqnazarov MFY, I. Nazar koʻchasi, 38
30 200
500
Tuman madaniyat boʻlimi
2 100
27.
Pastdargʻom tumani “Yoshlar” madaniyat va istirohat bogʻi
Pastdargʻom tumani, Juma shahri A. Temur koʻchasi 2
48 000
500
Tuman madaniyat boʻlimi
48 000
Surxondaryo viloyati
28.
Qiziriq tumani “Bolajon” madaniyat va istirohat bogʻi
Qiziriq tumani, “Doʻstlik” mahallasi
35 500
-
Tuman hokimligi
35 500
29.
Oltinsoy tumani madaniyat va istirohat bogʻi
Oltinsoy tumani, Boʻston mahallasi
100 000
200
Tuman madaniyat boʻlimi
100 000
30.
Termiz tumani “Doʻstlik” madaniyat va istirohat bogʻi
Termiz tumani, Uchqizil MFY
40 000
-
Tuman madaniyat boʻlimi
40 000
31.
Uzun tumani Yangi roʻzgʻor madaniyat markazi
Uzun tumani, Yangiroʻzgʻor mahallasi
983,9
686,4
Tuman madaniyat boʻlimi
983,9
Sirdaryo viloyati
32.
Sardoba tumani “Gulzor” madaniyat markazi
Sardoba tumani, “Otayurt” MFY
5 070
1 364,3
Tuman madaniyat boʻlimi
5 070
33.
Mirzaobod tumani Gʻ. Yunusov nomidagi madaniyat markazi
Mirzaobod tumani, Bahoriston MFY
20 580
19 802
Tuman madaniyat boʻlimi
20 580
Toshkent viloyati
34.
Qibray tumani “Yonariq” madaniyat markazi
Qibray tumani, Ziyokor MFY
1 163
267,8
Tuman madaniyat boʻlimi
1 163
35.
Oqqoʻrgʻon tumani “Orom” madaniyat va istirohat bogʻi
Oqqoʻrgʻon tumani, Birlik MFY
50 190
1 744,5
Tuman hokimligi
50 190
Fargʻona viloyati
36.
Rishton tumani “Zoxidon” madaniyat markazi
Rishton tumani, Navbahor MFY, Navbahor koʻchasi
1 484
593,5
Tuman hokimligi
1 484
37.
Fargʻona tumani“Yambaroq” madaniyat markazi
Fargʻona tumani, Yambaroq MFY, Yangi avlod koʻchasi
1 205,51
267
Tuman madaniyat boʻlimi
1 205,51
38.
Fargʻona shahar “Yormozor” madaniyat markazi
Fargʻona shahar, B. Margʻiloniy koʻchasi, 121-uy
2 200
800
Adliya boshqarmasi
2 200
39.
Beshariq tumani “Shodlik” nomli madaniyat va istirohat bogʻi
Beshariq tumani, Sirdaryo koʻchasi
2 700
850,5
Tuman madaniyat boʻlimi
2 700
40.
Beshariq tumani “Qashqar” madaniyat markazi
Beshariq tumani, Ropqon qishlogʻi
800
530
Tuman madaniyat boʻlimi
800
41.
Toshloq tumani “Naymanboʻston” madaniyat markazi
Toshloq tumani, Xonariq MFY, Xonariq qishlogʻi
1 400
800
Tuman madaniyat boʻlimi
1 400
42.
Oltiariq tumani “Markaziy” madaniyat markazi
Oltiariq shaharchasi, Mustaqillik koʻchasi, 2 uy
1 500
1 200
Tuman madaniyat boʻlimi
1 200
43.
Oʻzbekiston tumani “Nursoʻx” madaniyat markazi
Oʻzbekiston tumani, Nursoʻx qishlogʻi
950
780
Tuman madaniyat boʻlimi
950
44.
Oʻzbekiston tumani madaniyat va istirohat bogʻi
Yaypan shaharchasi, Toshkent koʻchasi
22 400
-
Tuman madaniyat boʻlimi
22 400
45.
Bogʻdod tumani “Matqulobod” madaniyat markazi
Bogʻdod tumani, Matqulobod qishlogʻi
800
600
Tuman madaniyat boʻlimi
800
46.
Yozyovon tumani Madaniyat va istirohat bogʻi
Yozyovon shaharchasi, Mustaqillik koʻchasi, 71-uy
2 530
2 270
Tuman hokimligi
2 270
Xorazm viloyati
47.
Gurlan tumani Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi
Gurlan tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi
180 000
9 963
Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi
25 000
48.
Shovot tumani K. Otaniyozov nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi
Shovot tumani, Komiljon Otaniyozov koʻchasi
87 000
-
Tuman madaniyat boʻlimi
87 000
49.
Xazorasp tumani “Ovshar” madaniyat markazi
Xazorasp tumani, Ovshar qishlogʻi
1 363,6
794,3
Tuman madaniyat boʻlimi
1 363,6
50.
Yangiariq tumani “Qoʻriqtom” madaniyat markazi
Yangiariq tumani, Qoʻriqtom qishlogʻi
5 284
1 092
Tuman madaniyat boʻlimi
5 284
Toshkent shahri
51.
Mirzo Ulugʻbek tumani 2-son madaniyat markazi
Mirzo Ulugʻbek tumani, Qizilsuv koʻchasi, 186
1 512
967
Tuman madaniyat boʻlimi
1 512
52.
Yunusobod tumani madaniyat markazi
Yunusobod tumani, Osiyo koʻchasi, 40-uy
415
415
Tuman madaniyat boʻlimi
415
53.
Madaniyat mehmonxonasi
Yakkasaroy tumani Sh. Rustaveli kuchasi, 18-uy
2399
1907
Madaniyat vazirligi huzuridagi binolardan foydalanish va ularni ekspulatatsiya qilish direksiyasi davlat unitar korxonasi
2399
54.
Olmazor tumani Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi
Olmazor tumani Zarqaynar koʻchasi, 6-uy
226000
900
Ichki ishlar vazirligi
3000
55.
Yakkasaroy tumani “Doʻstlik bogʻi” istirohat bogʻi
Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 33-uy
123000
560
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi
3000
56.
Mirzo Ulugʻbek tumani “EKO BOGʻ” nomli madaniyat va istirohat bogʻi
Mirzo Ulugʻbek tumani, X. Olimjon va I. Gandi koʻchalari kesishuvi
57000
200
Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi
3000
57.
Chilonzor tumani Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi
Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 21-uy
180000
660
Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi
180000
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida berilishi mumkin boʻlgan davlat mulki obyektlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 570-son qaroriga 2-ILOVA
Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun alohida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi mablagʻlarini jamlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3892-son qaroriga muvofiq Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi Gʻaznachiligida alohida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi (keyingi oʻrinlarda maxsus hisobvaraq deb ataladi) mablagʻlarini jamlash va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga imtiyozli kredit berish uchun tuman va chekka qishloq joylardagi teatrlar, kinoteatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bogʻlari, konsert zallari, hayvonot bogʻlari va boshqa madaniy obyektlar negizida madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida foydalaniladi.
3. Maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadigan madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida berilishi mumkin boʻlgan davlat mulki obyektlarining roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda obyektlar roʻyxati deb ataladi) hamda tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Davlat sherigi deb ataladi) tomonidan belgilangan tartibda oʻtkazilgan tanlov yakunlari boʻyicha shakllantirilgan bitimlarning yagona reyestriga (keyingi oʻrinlarda bitimlar yagona reyestri deb ataladi) kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining davlat-xususiy sheriklik loyihalarini imtiyozli kreditlar asosida moliyalashtirish uchun tijorat banklariga oʻtkazib beriladi.
2-bob. Maxsus hisobvaraq mablagʻlarini jamlash
4. Quyidagilar maxsus hisobvaraqni shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan 100,0 million AQSh dollari ekvivalentidagi kreditlar;
davlat madaniyat va sanʼat muassasalari negizida madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovining 7 foizdan oshgan qismini qoplab berish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining maqsadli mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning xayriyalari, kreditlari (qarzlari) va grantlari;
maxsus hisobvaraqning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3-bob. Maxsus hisobvaraqdan tijorat banklariga mablagʻlar ajratish tartibi
5. Obyektlar roʻyxatiga asosan xususiy sherik bilan bitimlar davlat sherigi tomonidan tuziladi va bitimlar yagona reyestriga kiritiladi.
Bitimlar yagona reyestri obyektlar roʻyxati va xususiy sherikka xizmat koʻrsatuvchi tegishli tijorat banklari kesimida davlat sherigi tomonidan yuritiladi.
6. Bitimlar yagona reyestriga kiritilgan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bitimlar tuzilgan kunidan boshlab oʻn kun mobaynida davlat sherigi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yozma hamda elektron shaklda yuboriladi.
7. Davlat sherigi hamda tegishli tijorat banklari oʻrtasida bitimlar yagona reyestrida koʻrsatilgan davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun maxsus hisobvaraqdan kredit mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida bosh kelishuv imzolanadi.
8. Bosh kelishuvga asosan tegishli tijorat bankiga maxsus hisobvaraqdan ajratilgan mablagʻlar xususiy sheriklarga tuman va chekka qishloq joylarida faqatgina teatr, kinoteatr, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bogʻlari, konsert zallari, hayvonot bogʻlari va boshqa madaniyat obyektlari asosida nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik bitimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya, taʼmirlash va jihozlash loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit berish maqsadlariga yoʻnaltiriladi.
9. Maxsus hisobvaraqdan tijorat banklariga xususiy sheriklarning loyihalariga kredit uchun ajratiladigan mablagʻlar kredit ajratish muddatiga qarab, tegishli balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
10. Xususiy sherik kredit olish ehtiyoji boʻlganda, davlat madaniyat va sanʼat muassasalari negizida davlat-xususiy sheriklik asosida madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit ajratish toʻgʻrisida tegishli tijorat bankiga ariza bilan murojaat qiladi.
11. Tijorat banklari tomonidan xususiy sherikka madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun tijorat banklarining kreditlari loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari va biznes-rejalari puxta va har tomonlama oʻrganilgandan soʻng maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
12. Bosh kelishuvga asosan maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlar tijorat banklariga oʻtkazib beriladi va tegishli tijorat banki tomonidan tadbirkorlik subyektlariga kreditlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 7 foizli stavkada ajratiladi.
13. Tijorat banklari kelib tushgan arizalar boʻyicha buyurtmanomalarni shakllantiradi va bosh kelishuv hamda tijorat banki kredit qoʻmitasining ijobiy qaroriga asosan ularni davlat sherigiga taqdim etadi.
14. Davlat sherigi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan maxsus hisobvaraqqa kelib tushgan zarur mablagʻlarni uch ish kuni mobaynida Moliya vazirligi Gʻaznachiligi orqali tijorat banklarining tegishli balans hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi yoki xato va kamchiligi boʻlsa rad etadi.
15. Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar maxsus hisobvaraqdan tijorat banklariga ajratilgan mablagʻlar doirasida ajratiladi.
16. Tijorat banklari maxsus hisobvaraqdan ajratilgan mablagʻlar hisobidan berilgan imtiyozli kreditlar va ularning maqsadli sarflanishi yuzasidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot topshiradi.
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan maxsus hisobvaraqqa mablagʻlarni ajratish tartibi
17. Davlat sherigi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) oʻrtasida mazkur Nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan mablagʻlarni maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazish boʻyicha shartnoma tuziladi.
Bunda Jamgʻarma maxsus hisobvaraqqa davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun 5 foizli kredit stavkasiga asosan mablagʻlarni oʻtkazadi va maxsus xisobvaragʻidan ushbu mablagʻlar tijorat banklariga 5 foizli kredit stavkasiga asosan oʻtkazib beriladi.
18. Davlat sherigi tijorat banklaridan kelib tushgan buyurtmanomalarga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jamgʻarmaga tegishli ravishda buyurtmanoma yuboradi.
19. Jamgʻarma davlat sherigi tomonidan kelib tushgan buyurtmanomalarni ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi va zarur mablagʻlarni maxsus xisobvaraqqa oʻtkazib beradi.
20. Davlat sherigi tomonidan Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga maxsus xisobvaragʻidan tijorat banklarining tegishli xisobraqamlariga (resurs) mablagʻlarni oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
bosh kelishuv;
tijorat banklari tomonidan tasdiqlangan buyurtmanomalar;
xususiy sheriklar va tijorat banklari oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomalar;
21. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni davomida tijorat banklarining tegishli hisobraqamlariga oʻtkazadi yoki xato va kamchiligi boʻlsa rad etadi, bunda mablagʻlarni oʻtkazish kuniga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan qoʻshimcha foiz toʻlanmaydi.
5-bob. Tijorat banklari tomonidan maxsus hisobvaraq mablagʻlarini qaytarish
22. Maxsus hisobvaraq mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi tijorat banklari tomonidan davlat sherigi bilan birgalikda doimiy ravishda monitoring qilib boriladi.
23. Tijorat banklari tomonidan maxsus hisobvaraqdan jalb etilgan mablagʻlar tijorat banklari va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan grafik asosida qaytariladi.
24. Maxsus hisobvaraq mablagʻlaridan ajratilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha xususiy sherik tomonidan toʻlangan foizlarning:
2 foizi tegishli tijorat bank marjasi;
5 foizi tegishli tijorat banki tomonidan maxsus hisobvaraqqa oʻtkaziladi.
25. Xususiy sherik tomonidan kredit oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda jalb etilgan mablagʻlar tijorat banklari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan maxsus hisobvaraqqa qaytariladi.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tegishli tijorat banklari tomonidan maxsus xisobvaraqqa qaytarilgan mablagʻlarni ikki ish kuni ichida Jamgʻarmaga belgilangan grafik asosida qaytaradi. Bunda mablagʻlarni qaytarish kuniga tijorat banklari tomonidan Jamgʻarmaga qoʻshimcha foiz toʻlanmaydi.
6-bob. Maqsadli budjet mablagʻlarini ajratish tartibi
27. Tijorat banklari oʻz mablagʻlari hisobidan obyektlar roʻyxatiga kiritilgan davlat madaniyat va sanʼat muassasalari negizida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalarini tashkil etish uchun imtiyozli kredit ajratishi mumkin.
Bunda ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining:
7 foizi xususiy sherik tomonidan qoplanadi;
7 foizdan oshgan qismi, biroq kredit ajratilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan holda, har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining maqsadli mablagʻlari (keyingi oʻrinlarda maqsadli mablagʻlar deb ataladi) hisobidan qoplanadi.
28. Tijorat banklari oʻz mablagʻlari hisobidan xususiy sherikka berilgan imtiyozli kredit boʻyicha maqsadli mablagʻlarni toʻlab berish zaruratidan kelib chiqib, xususiy sherik va tijorat banki oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasi va toʻlov grafiklari nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat sherigiga taqdim etadi.
29. Davlat sherigi har yili budjet soʻrovini taqdim etish muddatlarida xususiy sherik va tijorat banki oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomalariga muvofiq maqsadli mablagʻlarni toʻlab berish uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi maqsadli mablagʻlar uchun zarur mablagʻlarni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davlat sherigiga ajratadi.
31. Davlat sherigi xususiy sheriklar va tijorat banklari oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomalarining toʻlov grafigiga asosan har oyning 5 sanasiga qadar maqsadli mablagʻlar uchun zarur budjet mablagʻlarini maxsus hisobvaraqqa koʻchirib beradi va koʻchirib berilgan mablagʻlari toʻgʻrisida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi har oyning 8 sanasiga qadar maxsus hisobvaraqqa kelib tushgan maqsadli mablagʻlar uchun budjet mablagʻlarini xususiy sheriklar va tijorat banklari oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomalar raqami va sanasi koʻrsatilgan holda tegishli tijorat banklarning xisobraqamiga oʻtkazadi.
33. Maxsus hisobvaraqdan tijorat banklariga ajratilgan maqsadli mablagʻlar uchun budjet mablagʻlarini kredit shartnomalarida belgilangan ortiqcha hisoblangan foiz toʻlovlarini, shuningdek, penya va jarimalarni qoplashga yoki mazkur Nizomda belgilanmagan boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish taqiqlanadi.
7-bob. Maxsus hisobvaraq mablagʻlarining hisobi, hisoboti va nazorati
34. Davlat sherigi:
maxsus hisobvaraq tushumi va xarajatlari prognozini manbalar, hududlar va choraklar boʻyicha tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil qiladi;
maxsus hisobvaraq budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tuzadi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxsus hisobvaraq mablagʻlarining ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
(34-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
35. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy-nazorat bosh boshqarmasi maxsus hisobvaraq xarajatlarining maqsadli ishlatilishini nazorat qiladi.
36. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 570-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalariga (keyingi oʻrinlarda madaniyat va sanʼat muassasalari deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar (keyingi oʻrinlarda budjetdan subsidiyalar deb ataladi) ajratish tartibini belgilaydi.
Nizomning amal qilishi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida tashkil etilgan nodavlat teatr va sirklar, hayvonot bogʻlari, madaniyat saroylari, konsert zallari, madaniyat markazlariga (keyingi oʻrinlarda madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalari deb ataladi) tatbiq etiladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
madaniy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnoma — madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari oʻrtasida madaniy xizmatlar koʻrsatishni va zarurat boʻlganda, budjetdan subsidiyalar miqdorini nazarda tutuvchi tegishli yil uchun tuziladigan shartnoma;
madaniy xizmatlar — madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatilishi (ishlar amalga oshirilishi) mumkin boʻlgan, har yil Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan madaniy xizmatlar (ishlar) roʻyxati (spektakl, toʻgaraklar, gastrollar, koʻchma koʻrgazmalar, bayram va konsert tadbirlari va boshqalar).
3. Budjetdan subsidiyalar quyidagi hollarda ajratiladi:
madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun yillik daromadlari va xarajatlari hajmidan, madaniy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnomalardan kelib chiqib;
qonunchilikda belgilangan tartibda madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarida tuzilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan normalar va talablar asosida qurilish (rekonstruksiya, mukammal taʼmirlash) va jihozlash ishlari toʻliq yakunlanib, belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalariga.
Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga budjetdan subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi oʻrtasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida imzolangan shartnomada koʻrsatilgan muddat davomida ajratiladi.
4. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish va toʻlash mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ajratiladi va toʻlanadi.
2-bob. Subsidiyalarni hisoblash tartibi
5. Budjetdan subsidiyalar madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga uning tuman (shahar) madaniyat boʻlimiga yoʻnaltirilgan tegishli arizasiga asosan hisoblanadi va ajratiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
ariza beruvchining — yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shaklini tasdiqlovchi guvohnoma, tijorat bankidagi hisobraqamlar rekvizitlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida imzolangan shartnoma nusxasi;
madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi toʻgʻrisida maʼlumotlar: roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, kadastr hujjati, quvvati, tegishli yilda madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi tomonidan amalga oshirishi rejalashtirilgan madaniy xizmatlar koʻrsatish roʻyxati va ushbu faoliyatdan kelib tushadigan daromadlar prognozi, faoliyati boshlangan sana toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, joylashgan bino va yer maydonlari hajmi, barcha xarajatlar, shuningdek, kommunal xizmatlar boʻyicha kutilayotgan xarajatlar miqdorlari, tegishli hisob-kitoblar va maʼlumotlar;
mazkur Nizomning 3-bandi uchinchi xatboshida belgilangan talablar toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
6. Tuman (shahar) madaniyat boʻlimi madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining buyurtmanomasi kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida uning mazkur Nizomda belgilangan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda ushbu muassasaga budjetdan subsidiyalar ajratish yoki arizani rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan holda yozma shaklda, shu jumladan elektron axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
7. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga budjetdan subsidiyalar ajratish toʻgʻrisidagi qaror tuman (shahar) madaniyat boʻlimi rahbarining tegishli buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi va ushbu buyruqqa tuman (shahar) moliya organi bilan kelishilgan budjetdan subsidiyalar miqdori va toʻlash grafigini nazarda tutuvchi jadval ilova qilinadi.
8. Budjetdan subsidiyalar miqdorini belgilash uchun tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari tegishli hududda joylashgan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarining (mazkur muassasalar kesimida) tegishli moliya yili uchun daromadlari va xarajatlari hajmi prognozini ishlab chiqadi va tuman (shahar) moliya boʻlimi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
Bunda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida tashkil etilgan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarining:
xarajatlari (har bir xarajat turi boʻyicha ish haqi va boshqa xarajatlar) tegishli yoʻnalishdagi davlat madaniyat va sanʼat muassasalari uchun belgilangan tartib va normalar (qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan lavozim maoshlari va bazaviy mehnatga haq toʻlash stavkalari, ularga qoʻshimcha haq toʻlash va ustamalar hamda amaldagi namunaviy shtatlar va shtat normativlari, kommunal xizmatlar va boshqa xarajatlar normalari) asosida;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
yagona ijtimoiy toʻlovi miqdori xoʻjalik hisobidan faoliyat yurituvchi tashkilotlar uchun belgilangan miqdorlarda hisoblanadi.
9. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi xarajatlarining summasini hisoblashda “Asosiy vositalar boʻyicha xarajatlar” (sahna-tomosha vositalari, dekoratsiyalar, mebel va rekvizitlar, butaforiya, teatr kostyumlari va milliy kostyumlar, bosh kiyimlar, ichki kiyimlar, poyabzallar, pariklar va boshqalar bundan mustasno) hisobga olinmaydi.
10. Budjetdan subsidiyalar mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan tartibda hisoblangan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining tegishli yildagi xarajatlariga nisbatan quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
a) teatr va sirklarda:
Toshkent shahrida — 30 foiz;
Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 40 foiz;
qolgan hududlarda — 50 foiz;
b) hayvonot bogʻlarida:
Toshkent shahrida — 40 foiz;
Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 50 foiz;
v) madaniyat saroylari, konsert zallari:
Toshkent shahrida — 40 foiz;
Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 50 foiz;
qolgan hududlarda — 60 foiz;
g) I tipdagi madaniyat markazlarida:
Toshkent shahrida — 30 foiz;
Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 40 foiz;
qolgan hududlarda — 50 foiz;
d) II va III tipdagi madaniyat markazlarida:
Toshkent shahrida — 40 foiz;
Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 50 foiz;
qolgan hududlarda — 60 foiz.
Budjetdan subsidiyalar mazkur bandda koʻrsatilgan miqdorlarda, biroq madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining prognoz xarajatlari oʻz daromadlari bilan qoplanmagan qismidan oshmagan holda ajratiladi.
11. Mazkur Nizomning 8 — 10-bandlarida koʻrsatilgan talablar faqat madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga budjetdan ajratiladigan budjet subsidiyalar miqdorini hisob-kitob qilish maqsadida qoʻllaniladi.
Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining haqiqiy shtat birliklari soni va xarajatlari, shu jumladan ish haqi xarajatlari miqdorlari ushbu muassasa rahbarining qaroriga koʻra, tegishli yoʻnalishdagi davlat madaniyat va sanʼat muassasalari uchun belgilangan shtatlar va xarajatlar normalaridan farqlanishi mumkin.
Bunda madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining ortiqcha xarajatlari uning oʻz daromadlari hisobidan qoplanadi.
12. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining madaniy xizmatlar shartnomasiga tegishli yil xarajatlari hajmining prognozidan kelib chiqib, oyma-oy taqsimlangan budjetdan subsidiyalar va oʻz daromadlari hisobidan (manbalar kesimida) yoʻnaltiriladigan mablagʻlar boʻyicha jadval ilova qilinadi.
13. Moliya yili davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqi miqdorlari va shartlari oʻzgargan holatlarda, madaniyat va sanʼat muassasasiga budjetdan ajratiladigan subsidiyalar summasi miqdorining tegishli qismi qayta koʻrib chiqiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Budjetdan ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tuman (shahar) mahalliy budjetlari parametrlarida “Madaniyat va sport” sohasi boʻyicha nazarda tutiladi.
3-bob. Budjetdan subsidiyalarni ajratish tartibi
15. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi budjetdan subsidiyalar ajratish uchun tegishli tuman (shahar) moliya boʻlimiga budjetdan subsidiyalar olish uchun buyurtmanomani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda mazkur nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda hisobot oyi uchun hisobot oyidan keyin har oyning 5 sanasiga qadar taqdim etadi:
buyurtmanoma beruvchining — yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shaklini tasdiqlovchi guvohnoma, tijorat bankidagi hisobraqamlari rekvizitlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida imzolangan shartnoma nusxasi;
tuman (shahar) madaniyat boʻlimi bilan belgilangan tartibda tuzilgan madaniy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnoma nusxasi;
hisobot oyida oʻz faoliyatidan olingan haqiqiy daromadlar (tushumlar) toʻgʻrisida tegishli tijorat banki tomonidan tasdiqlangan maʼlumot.
Mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotlar madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi tomonidan budjetdan subsidiyani birinchi marta olganda taqdim etiladi.
16. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga hisobot oyi uchun budjetdan ajratiladigan subsidiyalar miqdorlari quyidagi formula asosida hisoblanadi:
BSh = BSp * Dh / Dp
bunda:
BSh — madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining hisobot oyida budjetdan ajratiladigan subsidiyaning haqiqiy miqdori;
BSp — madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining madaniy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomasiga ilova qilingan jadvalda hisobot oyi uchun budjetdan ajratilishi belgilangan subsidiyaning prognoz miqdori;
Dh — madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining hisobot oyidagi oʻz faoliyatidan olingan haqiqiy daromadlar (tushumlar);
Dp — madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining madaniy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomasiga ilova qilingan jadvalda hisobot oyi uchun belgilangan daromadlar prognoz koʻrsatkichi.
17. Hisob-kitoblar natijasida madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga hisobot oyi uchun budjetdan ajratiladigan subsidiyaning haqiqiy miqdori ushbu subsidiyaning prognoz miqdorlaridan oshganida, budjetdan subsidiya uning prognoz miqdorlari doirasida toʻlanadi.
18. Tuman (shahar) moliya boʻlimi hududdagi madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalari tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarga asosan amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijasini umumlashtirib, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda budjetdan subsidiyalar ajratiladigan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarining reyestrini tuzadi va hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga toʻlovni amalga oshirish uchun taqdim etadi.
19. Gʻaznachilik boʻlinmasi ikki ish kuni mobaynida tuman (shahar) moliya boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan reyestr asosida tegishli madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining tijorat banklardagi hisobraqamiga budjetdan subsidiyalarni belgilangan tartibda oʻtkazadi.
20. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi budjetdan subsidiya olishga buyurtmanomani hisobot oyi uchun hisobot oyidan keyin ikki oy davomida taqdim etishi mumkin.
Mazkur bandda belgilangan muddatdan kechikib topshirilgan buyurtmanomalar toʻlovga qabul qilinmaydi.
21. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining madaniy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomasiga ilova qilingan jadvalda belgilangan oʻz faoliyatidan daromadlari prognozining ketma-ket olti oy davomida 50 foiz va undan past miqdorlarda bajarilishi tuman (shahar) moliya boʻlimi tomonidan aniqlanganda, mazkur holat toʻgʻrisida tuman (shahar) madaniyat boʻlimiga va madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Bu holatda madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga budjetdan subsidiyalar ajratilishi vaqtinchalik toʻxtatiladi hamda mazkur daromadlar prognozining haqiqiy koʻrsatkichlari 51 foiz va undan yuqoriroq boʻlgan oydan boshlab qayta tiklanadi.
Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga budjetdan subsidiyalar ajratishni vaqtinchalik toʻxtatish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi qaror tuman (shahar) madaniyat boʻlimi rahbarining tegishli buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Tuman (shahar) moliya boʻlimlariga budjetdan subsidiya ajratish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning asosliligi, toʻgʻriligi va haqqoniyligiga madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi hamda tegishli madaniyat boʻlinmalari rahbarlari shaxsan javob beradi.
23. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi tomonidan budjetdan subsidiya olish uchun tuman (shahar) moliya boʻlimiga taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning soxtaligi aniqlanganda, ushbu muassasa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalarining reyestridan chiqariladi hamda buning hisobiga ortiqcha olingan subsidiyalar mahalliy budjetga qaytariladi.
24. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi tuman (shahar) madaniyat boʻlimlariga budjetdan subsidiyalar va xususiy sherik tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan madaniyat va sanʼat muassasasi faoliyatiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar toʻgʻrisida choraklik (yillik) hisobot taqdim etadi.
25. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat yuritish, shuningdek, madaniy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomaga ilova qilingan jadvalda belgilangan daromadlari prognozining bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniyat va sanʼat muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi va davlat-xususiy sheriklik loyihalari monitoringi boʻlimi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida doimiy monitoring amalga oshiriladi.
26. Budjetdan subsidiya mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va sanʼat muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish va toʻlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish
muddati
1-bosqich
Nodavlat madaniyat va sanʼat muassasasi
Subsidiyalar ajratish uchun moliya organiga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Moliya organi
Ariza moliya organiga kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida uning belgilangan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda nodavlat madaniyat va sanʼat muassasasiga budjetdan subsidiyalar ajratish yoki arizani rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan holda yozma shaklda, shu jumladan elektron axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
Shuningdek, nodavlat madaniyat va sanʼat muassasasiga budjetdan subsidiyalar ajratish moliya organi rahbarining tegishli buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi hamda buyruqda budjetdan subsidiyani ajratish grafigi va miqdori koʻrsatiladi.
5 ish kuni davomida
3-bosqich
Nodavlat madaniyat va sanʼat muassasasi
Tegishli tuman (shahar) moliya boʻlimlariga oʻtgan oyda haqiqatda ishlatilgan mablagʻlar toʻgʻrisida hamda Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq budjetdan subsidiyalar olish uchun buyurtmanomani tegishli madaniyat boʻlinmalari bilan kelishilgan holda moliya organlariga taqdim etadi.
hisobot
oyidan
keyingi
oyning
5-sanasigacha
4-bosqich
Tuman (shahar) moliya boʻlimlari
Nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalari tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarni umumlashtirib, budjetdan subsidiyalarni ajratish uchun belgilangan tartibda budjetdan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalarining reyestrini tuzadi hamda gʻaznachilik boʻlinmasiga toʻlovni amalga oshirish uchun va yuqori moliya organiga maʼlumot uchun taqdim etadi.
hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha
5-bosqich
Gʻaznachilik boʻlinmasi
Gʻaznachilik boʻlinmasi viloyat, tuman (shahar) moliya boshqarmalari va boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan reyestr asosida tegishli nomadaniyat va sanʼat muassasasining tijorat banklardagi hisobvaraqlariga subsidiyalarni belgilangan tartibda oʻtkazadi.
hisobot oyidan keyingi oyning 12-sanasigacha
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va sanʼat muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
20__ yil _______ oyi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalarining
REESTRI
T/r
Subsidiyalar ajratiladigan nodavlat madaniyat va sanʼat muassasasi nomi
Joylashgan joyi (pochta manzili)
STIR
Bank
rekvizitlari
Nodavlat madaniyat va sanʼat muassasasining oʻtgan oydagi kassa xarajatlari
Budjetdan
ajratiladigan
subsidiya
Nodavlat madaniyat va sanʼat muassasasi hisobidan ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻ
A
1
2
3
4
5
6
7=5*__%
8
9=5*__%
JAMI:
Tuman (shahar) moliya boʻlimi mudiri
(imzo)
(F.I.O)
Tuman (shahar) moliya boʻlimi bosh hisobchisi
(imzo)
(F.I.O)
Gʻaznachilik boʻlinmasi masʼul xodimi
(imzo)
(F.I.O)
20__ yil “____” ___________
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 09/19/570/3399-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)