1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda madaniyat va sanʼat sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, madaniyat va sanʼat muassasalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, madaniyat va sanʼat muassasalari binolarini qurish va taʼmirlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hududlarini obodonlashtirish, aholining madaniy ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar talab darajasida emas.
Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish, ushbu sohadagi muassasalar tarmogʻini kengaytirish va ularning moddiy-texnik ahvolini mustahkamlash, aholiga sifatli xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish hamda davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllarini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun davlat sherigiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
mavjud davlat madaniyat va sanʼat muassasalari binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi nodavlat muassasalari obyektlarini qurish uchun davlat sherigiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyundagi 454-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
davlat madaniyat va sanʼat muassasalarining foydalanilmayotgan binolarini (yoki ularning bir qismini) tekin foydalanish huquqi asosida maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga berish;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini moddiy-texnik, moliyaviy va metodik taʼminlash;
otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish.
Belgilansinki, madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
2. Davlat-xususiy sheriklik shakliga qarab xususiy sherikka quyidagi investitsiya majburiyatlari yuklanishi mumkinligi belgilab qoʻyilsin:
madaniy xizmat koʻrsatishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasiga imtiyozlar berish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
madaniyat va sanʼat muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash borasidagi ishlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutiladigan boshqa majburiyatlarni bajarish.
3. Belgilansinki, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Kinematografiya agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tuziladi. Bunda ushbu qarorning 1-bandi sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda tanlov oʻtkazilmaydi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi yoki “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tegishli ravishda oʻz tizimlarida davlat tomonidan xususiy sherik bilan bitim tuzadi va bitim shartlarini xususiy sherik qanday bajarayotgani boʻyicha monitoring olib boradi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklikni ragʻbatlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasida ochiladigan alohida hisobvaraqda (keyingi oʻrinlarda maxsus hisobvaraq deb yuritiladi) jamlash toʻgʻrisidagi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil qilingan shunday muassasalarga davlat madaniyat va sanʼat muassasasining yillik daromadlari va xarajatlaridan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
5. Quyidagilar maxsus hisobvaraqni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan ekvivalenti 100,0 million AQSH dollari miqdoridagi kreditlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
davlat madaniyat va sanʼat muassasalari negizida madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida tijorat banklaridan ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining 7 foizdan oshgan qismini qoplab berish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining maqsadli mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning xayriyalari, kreditlari (qarzlari) va grantlari;
maxsus hisobvaraqning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlar tuman va chekka qishloq joylardagi teatrlar, kinoteatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bogʻlari, konsert zallari, hayvonot bogʻlari va boshqa madaniy obyektlar negizida madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga imtiyozli kredit berish uchun tijorat banklariga taqdim etiladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
maxsus hisobvaraq mablagʻlari hisobidan kreditlar tijorat banklari tomonidan madaniyat va sanʼat sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddatga, jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan, 2019-yil 31-dekabrga qadar yillik 7 foiz stavkada, 2020-yil 1-yanvardan — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda ajratiladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
7. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar amal qilishining quyidagi muddatlari belgilansin:
madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi nodavlat muassasalarning binolarini qurish uchun bepul asosda ijaraga yer uchastkalari ajratish bitimi — kamida 30 yil;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
mavjud davlat madaniyat va sanʼat muassasalari binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi nodavlat muassasalari obyektlarini qurish uchun bepul asosda yer uchastkalarini taqdim etish bitimi — kamida 30 yil;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyundagi 454-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
davlat madaniyat va sanʼat muassasalarining foydalanilmayotgan binolarini (yoki ularning bir qismini) tekin foydalanish huquqi asosida maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga berish bitimi — 30 yilgacha;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish bitimi — 15 yilgacha;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini moddiy-texnik, moliyaviy va metodik taʼminlash bitimi — kamida 10 yil;
otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish bitimi — kamida 1 yil.
Olingan imtiyozli kredit asosida yoki davlat-xususiy sheriklik shartlarida tadbirkorlik subyektlariga topshirilgan obyektlarda madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi faoliyati tashkil etilgan kundan boshlab davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar amal qilishining muddatlari mobaynida uni qayta ixtisoslashtirish taqiqlanadi.
8. Davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashkil etilgan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalari:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
asosiy faoliyati boʻyicha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj toʻlovlarining umumiy qoidalari]
oʻzlarining ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan texnik vositalar va boshqa jihozlar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 3 yil muddatga bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Belgilansinki, ushbu bandda koʻrsatilgan soliq va bojxona imtiyozlari madaniyat va sanʼat sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlardan olinadigan sof tushum ulushi umumiy realizatsiya hajmida hisobot (soliq) davri yakunlariga koʻra kamida 80 foizni tashkil etadigan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalariga nisbatan qoʻllaniladi.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi va mukammal taʼmirlanishi lozim boʻlgan davlat madaniyat va sanʼat muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlarini xatlovdan oʻtkazib, ularning roʻyxatini tuzsin;
har yili 1-fevralga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlarida madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga ajratilishi mumkin boʻlgan yer uchastkalarini aniqlab, ularning tasdiqlangan roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “Oʻzbekkino” Milliy agentligiga taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda qisqa muddatlarda madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasini tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratilishini, shuningdek, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini qurishda ularni mahalliy budjetlarning mablagʻlari hisobiga loyiha xarajatlari hamda barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida nizomni tasdiqlasin;
madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan davlat mulki obyektlari roʻyxatini tasdiqlasin va uning har yili yangilab borilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
maxsus hisobvaraq mablagʻlaridan foydalanish tartibi;
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va sanʼat muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan monitoring olib borilishini taʼminlasin hamda bajarilgan ishlar toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda madaniyat va sanʼat sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini koʻrsin.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi davlat-xususiy sheriklik bitimini amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi va shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi hamda xususiy sheriklar tomonidan oʻz zimmalariga olingan majburiyatlarga rioya qilinishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mazkur qarorda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar, madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari haqida tadbirkorlik subyektlari orasida keng qamrovli tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
17. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari mazkur qarorning mazmuni va ahamiyati keng yoritilishini hamda aholiga yetkazilishini tashkil etsin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
19. Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2018-y., 07/18/3892/1610-son, 20.12.2018-y., 07/18/4068/2349-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)