Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 27-iyuldagi 222-V, 89, 2002-62-son qarori (roʻyxat raqami 1165, 2002-yil 12-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 15-16-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Quyidagi mazmundagi “k2” kichik band bilan toʻldirilsin:
“k2) jismoniy shaxs — norezident tomonidan tashqi savdo shartnomasi boʻyicha debitor qarzdorliklarni soʻndirish uchun;”
2. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Mazkur Nizomning 1-bandi “j”, “z”, “k1” va “k2” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda jismoniy shaxs — norezident tomonidan quyidagi hujjatlardan biri taqdim etilganda naqd chet el valyutasi bank kassasiga qabul qilinadi:
jismoniy shaxs — norezident tomonidan naqd chet el valyutasini chet eldan olib kelganligini tasdiqlovchi yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi;
mablagʻlar bankomat (terminal) orqali jismoniy shaxs — norezidentning bank kartalaridan echilganligini tasdiqlovchi cheklar;
jismoniy shaxs — norezident nomiga uning Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlariga chet eldan kelib tushgan mablagʻlarning echilganligini tasdiqlovchi bank maʼlumotnomalari.
Naqd chet el valyutasi norezident tomonidan berilgan ishonchnoma asosida jismoniy shaxs — rezidentlardan qabul qilinganda, pul mablagʻlari ushbu jismoniy shaxs-rezident tomonidan chet eldan olib kelganligini tasdiqlovchi yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasining taqdim etilishi majburiy sharti boʻlib hisoblanadi.”.