Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
Farmoni, 2019-yil 7-martdagi PQ-4231-son “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-iyundagi 20/1-son qarori (roʻyxat raqami 3022, 2018-yil 9-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2018-y., 10/18/3021/1333-son) bilan tasdiqlangan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida, viloyat iqtisodiyot va sanoat, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, statistika boʻlinmalari, hududiy Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy boʻlinmalari rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan markazlar (bundan buyon matnda Hududiy markazlar deb yuritiladi);”;
“tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari — tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida, tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, statistika boʻlinmalari, tuman Savdo-sanoat palatasi boʻlimi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tuman boʻlinmalari rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan markazlar (bundan buyon matnda tuman (shahar) markazlari deb yuritiladi)”;
yettinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining 150 baravarigacha” va “eng kam ish haqining 1000 baravarigacha” degan soʻzlar tegishlicha “bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha” va “bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 15-bandning
birinchi xatboshisidagi “eng kam ish haqining 150 baravarigacha” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
16-banddagi “eng kam ish haqining 1000 baravaridan ortiq miqdorda yillik 7 foiz” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan ortiq miqdorda yillik 8 foiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
17-banddagi “hududiy ishchi guruhlar” va “ishchi guruhlarning” degan soʻzlar tegishlicha “tuman (shahar) markazlari” va “tuman (shahar) markazlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Tuman (shahar) markazlarining samarali loyihani amalga oshirish boʻyicha xulosasi Hududiy markazlarga imtiyozli kredit ajratish uchun qaror qabul qilishga taqdim etiladi.”.
6.
19-banddagi “Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar” va “hududiy ishchi guruhlarning” degan soʻzlar tegishlicha “Hududiy markazlar” va “tuman (shahar) markazlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7.
20-banddagi “Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar” degan soʻzlar “Hududiy markazlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8.
21-banddagi “Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarning” degan soʻzlar “Hududiy markazlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9.
22 va
26-bandlardagi “tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarning” degan soʻzlar “Hududiy markazlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10.
25-banddagi “tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar” degan soʻzlar “Hududiy markazlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11.
32-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, kreditlar tovarlar (xizmatlar) shartnoma asosida kelishilgan narxda yetkazib berilgandan (xizmatlar koʻrsatilgandan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan soʻng ajratiladi va mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat koʻrsatuvchi)ning hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.”.
12.
33-banddagi “hududiy ishchi guruhlarning” degan soʻzlar “tuman (shahar) markazlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.