Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 12-iyundagi 335-V, 02-02/12-26-son qarori (roʻyxat raqami 2694, 2015-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 365-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
6-banddagi “muhr va shtamplar hamda blankalar” degan soʻzlar “shtamp va blankalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Yigʻimlardan tushgan mablagʻlar (bundan buyon matnda mablagʻlar deb yuritiladi) tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.”.
3.
25-banddagi “Jamgʻarmaning” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
28-banddagi “, Davlat bojxona qoʻmitasi va Jamgʻarmaga” degan soʻzlar “va Davlat bojxona qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.