1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
AVIATSIYA VA AVTOMOBILDA TAShISh TARIFLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yoqilgʻi, aviatsiya va avtomobil texnikasi, asbob-uskunalar va boshqa moddiy resurslar narxlari oshgan sharoitda respublika fuqaro aviatsiyasi va avtotransport korxonalarining normal ish rejimini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yilning 6-mayidan boshlab aviatashishlar va fuqaro aviatsiyasi xizmatlarini, avtomobil transportida bajariladigan shaharlararo avtobus marshrutlarida yuk va yoʻlovchilar tashishni shartnomaviy (erkin) narxlarga oʻtkazish amalga oshirilsin.
2. Aviatsiya va avtomobil transporti yoʻlovchilarining alohida toifalari uchun qonunchilik bilan nazarda tutilgan, 1992-yilning 6-mayigacha amalda boʻlgan imtiyozlar saqlab qolinsin.
3. Aviatsiya va avtotransport korxonalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi budjetiga oʻtkaziladigan ajratmalarning miqdori saqlab qolinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-yanvardagi 4-son va 1992-yil 21-yanvardagi 20-son qarorlari bilan tasdiqlangan havo transportida tashish, yuk avtomobillarida yuk, shaharlararo avtobus marshrutlarida yoʻlovchilar tashish uchun tariflarning chegaraviy miqdorlari bekor qilinsin.