1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Narxlar va narxlarning hosil boʻlishi;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
SANOATDA ULGURJI NARXLAR VA TARIFLARNI QAYTA KOʻRIB ChIQISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining qimmatlashganligi, chakana narxlar isloh qilinishi sababli aholiga beriladigan kompensatsiya toʻlovlari oshganligi munosabati bilan va xalq xoʻjaligi tarmoqlarining normal xoʻjalik faoliyatini taʼminlash uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yil 1-yanvardan boshlab koʻmir, neft, gaz qazib chiqaruvchi, gazni qayta ishlovchi sanoat, energetika tarmoqlari mahsulotlarining, yuk tashishlar, paxta ip va shtapel ip ulgurji narxlari va tariflarining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Oʻzbekiston Davlat narxlar qoʻmitasi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda mahsulotlarning tegishli guruhlariga yangi ulgurji narxlar va tariflar preyskurantlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularning 1992-yil 1-yanvardan boshlab amal qilishini joriy etsin. 1992-yil 1-yanvardan boshlab koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlar va xizmatlarni realizatsiya qilish yangi narxlar va tariflar boʻyicha amalga oshirilishini nazarda tutib, bu preyskurantlarning chiqarilishini hamda manfaatdor korxonalar va tashkilotlarga yetkazilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narxlar qoʻmitasiga respublikaga boshqa mintaqalardan mahsulotlarni rentabelli ishlab chiqarishni taʼminlamaydigan narxlar boʻyicha xomashyo va moddiy-texnika resurslari yetkazib berilgan taqdirda tasdiqlangan narxlarga vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning taʼlimi boʻyicha oʻzgartishlar kiritish yuklatilsin.
4. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korxonalar va tashkilotlar realizatsiya qilinadigan mahsulotlar va xizmatlarga yangi ulgurji narxlar va tariflarni 1992-yil 1-yanvardan boshlab joriy etish yuzasidan tezlik bilan chora-tadbirlar koʻrsinlar.
5. Korxonalar, tashkilotlar, konsernlarga belgilab qoʻyilgan ulgurji narxlar va tariflar belgilangan mahsulotlar va xizmatlarni respublika tashqarisida Tomonlarning kelishuvi boʻyicha realizatsiya qilishga ruxsat berilsin.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha xomashyo resurslarining respublikada qazib olinadigan va ishlab chiqariladigan muhim turlari (rangli va nodir metallar, gaz, nitron, kaprolaktam va boshqalar) respublika tashqarisiga faqat jahon narxlariga tatbiqan shartnoma narxlarida realizatsiya qilinishi kerak (2-ilova).
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 21-yanvar,
20-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 20-son qaroriga 1-ILOVA
ULGURJI NARXLAR VA TARIFLAR OʻZGARIShINING ChEKLANGAN MIQDORLARI
baravar
Koʻmir qazib chiqaruvchi tarmoq
10,5
shu jumladan:
Koʻmir
11,0
Kumir briketlari
5,8
Neft
10,3
Gaz qazib chiqaruvchi va gazni qayta ishlovchi tarmoqlar
shu jumladan:
Qayta sotuvchilarga sotiladigan tabiiy gaz
5,8
Gaz kondensati
7,9
Qayta sotuvchilarga sotiladigan suyultirilgan gaz
8,9
Barcha isteʼmolchilarga sotiladigan tabiiy gaz
7,2
Suyultirilgan gaz
7,6
Energetika tarmogʻi
7,1
shu jumladan:
Elektr energiyasi
6,8
Issiqlik energiyasi
8,6
Qimmatbaho metall va qotishma, ularning parchalari va chiqindilari, ulardan yasalgan qimmatbaho, yarim qimmatbaho, sintetik va sunʼiy toshlar
maxsus qaror boʻyicha belgilanadi
Avtomobil transporti bilan yuk tashishlar
4,4
Toʻqimachilik sanoati
2,6
shu j�mladan:
Paxta ip va shtapel ip
2,6
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-maydagi 221-sonli qaroriga asosan avtomobil transporti bilan yuk tashishlar uchun tariflarning chegaraviy miqdorlari bekor qilingan.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-oktabrdagi 474-sonli qarori bilan yoqilgʻi-energetika tarmoqlari mahsulotlariga ulgurji narxlar va tariflar oʻzgarishining cheklangan miqdorlariga tegishli qismi oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 20-son qaroriga 2-ILOVA
RESPUBLIKA TAShQARISIGA JAHON NARXLARIGA TATBIQAN ShARTNOMAVIY NARXLAR BOʻYIChA SOTILADIGAN XOM AShYoNING MUHIM TURLARI