1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.03.00 Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi organ;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR, QOʻShIMChALAR KIRITISh VA BAʼZI QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
b) Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”dagi (2-ilova):
14-band “xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalarini sotib olish uchun xususiylashtirish investitsiya fondlariga berilgan davlat zayomi mablagʻlari bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 30-martdagi 126-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 3-son, 11-modda) qarorining 3-bandidagi uchinchi xatboshi “mehnatga haq toʻlash” soʻzlaridan soʻng “va tibbiy xizmat koʻrsatish” soʻzlari bilan toʻldirilsin — davomi matn boʻyicha;
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisida nizom”dagi (3-ilova):
“zarur hollarda qonunchilikka muvofiq tegishli qaror qabul qilingunga qadar depozitariydagi, vakolat beruvchilardagi va kompaniyalarni boshqaruvchilardagi qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining schyotlari boʻyicha operatsiyalarni, qonunchilik buzilgan holda tuzilgan qimmatli qogʻozlar muomalasi bilan bogʻliq oldi-sotdi, vakolatli boshqaruvga berish, saqlashga oid bitishuvlar va boshqa bitishuvlarning amalda boʻlishini bir yoʻla toʻxtatgan holda qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarini koʻrib chiqishlari va bajarishlari uchun majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalarni kiritish”;
“aksionerlarning investitsiyalarini himoya qilish maqsadida investitsiya institutlari va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining rioya qilishlari majburiy boʻlgan iqtisodiy normativlarni belgilash;
emitentlar, investitsiya institutlari va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari tomonidan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilgan hollarda qimmatli qogʻozlar bozori haqidagi qonunchilikka muvofiq iqtisodiy sanksiyalar qoʻllash”.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qaroriga 7-ilova;
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-avgustdagi 439-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 42-modda) qarori.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 7-fevral,
68-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-yil, 2-son, 4-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 97-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)