toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KORXONALAR (TAShKILOTLAR)GA FAOLIYATNING AYRIM TURLARI BILAN ShUGʻULLANISh HUQUQINI BERUVChI MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-fevraldagi 68-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining baʼzi qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika qiymatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachilari, kompaniyalar, fondlar, maslahatchilar, depozitariylar va boshqa tashkilotlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan korxonalar (tashkilot) ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 2-bandi oʻttiz uchinchi xat boshidagi jadvaldagi “Markaziy bank” soʻzlari “Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 29-avgust,
439-son