toggle_night_mode
Hujjat 14.05.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sogʻlom, faol, toʻlaqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, oʻsishida turli nuqsonlari boʻlgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sogʻlomlashtirishga muhtoj bolalarni oʻqitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Bolalarni koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yoʻllash boʻyicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini oʻrganishni taʼminlasin.
Oʻrganish yakunlariga koʻra:
2019-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda — Toshkent shahri davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini maqbullashtirish boʻyicha;
2019-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini maqbullashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
2019-yil 1-iyundan boshlab davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi;
2019-yil 1-sentabrdan boshlab davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, shuningdek, qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi oʻsishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi uch oy muddatda umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining namunaviy shtat birliklarini qayta koʻrib chiqsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qarori 1-bandining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari va unga 1 — 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 7-son, 153-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-may,
391-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga
1-ILOVA
Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinda maktabgacha taʼlim tashkilotlari deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
maktabgacha taʼlim tashkiloti — umumiy tipdagi davlat yoki nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatadigan tashkilot;
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida, shuningdek, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha taʼlim sohasida taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
bolaning qonuniy vakillari — bolaning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Nizom koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
4. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga va oʻz ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Maktabgacha taʼlim tashkiloti vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va shtampga, mustaqil balansga, budjet va budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega.
8. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega, oʻz majburiyatlari boʻyicha ixtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, oʻz nomi yozilgan muhr va shtampga ega boʻlishi mumkin.
2-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotining maqsadlari va vazifalari
9. Quyidagilar maktabgacha taʼlim tashkilotining maqsadlari hisoblanadi:
bolaning taʼlim olishga boʻlgan huquqini amalga oshirishni taʼminlash;
bolaning jismoniy, aqliy va maʼnaviy kamolotini saqlash va mustahkamlash;
umumtaʼlim muassasalarida bolaning jamiyatga moslashishini va taʼlim olishni davom ettirishga tayyorligini taʼminlash.
10. Quyidagilar maktabgacha taʼlim tashkiloti vazifalari hisoblanadi:
bolalarga, shu jumladan, oʻziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda taʼlim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, oʻz vaqtida inklyuziv maktabgacha taʼlim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish;
bolalarda Vatanga muhabbat tuygʻusini, oilaga, oʻz xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish;
bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini taʼminlash;
bolaning jamiyatga moslashishini va boshlangʻich taʼlimga tayyorligini taʼminlash;
taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish.
3-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi
11. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va oʻz faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.
12. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining muassislari boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Yuridik shaxslar — xususiy mulk huquqi subyektlari va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining muassislari boʻlishi mumkin.
14. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolari va inshootlarini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishmasdan xususiylashtirish, oʻzgaga berish va qayta ixtisoslashtirish mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash
16. Maktabgacha taʼlim sohasidagi nodavlat taʼlim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyin beriladi.
17. Maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab bergan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
18. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturi asosida oʻz taʼlim dasturini ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturida koʻrsatilgandan tashqari qoʻshimcha pulli taʼlim xizmatlari koʻrsatish, ishlanmaydigan kunlarda yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolaning qonuniy vakillari bilan kelishuv asosida bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;
maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha innovatsion faoliyatda qatnashish.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari:
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq taʼlim-tarbiya jarayonini amalga oshirishi;
maktabgacha taʼlimning tegishli sifatini taʼminlashi;
bolani tarbiyalash va oʻqitish masalalari boʻyicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berishi;
bolalarni kamol toptirish, tarbiyalash va oʻqitish uchun xavfsiz shart-sharoitlarni yaratishi;
maktabgacha taʼlim sifati taʼminlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga koʻmaklashishi shart.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari quyidagilar uchun javob beradi:
bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi;
bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va sogʻligʻini mustahkamlashni tashkil etish;
taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qoʻllaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiq kelmasligi;
bolalarni umumtaʼlim muassasalaridagi boshlangʻich taʼlimga shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllagan holda tayyorlash sifati;
taʼlim dasturlari tegishli sifatda va belgilangan hajmda amalga oshirilishini taʼminlash;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish.
21. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish vakolatli davlat organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Oʻquv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki taʼlim olayotgan bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Pedagog xodimlar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun javob beradilar.
6-bob. Maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini tashkil etish
24. Maktabgacha taʼlim tashkiloti maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, oʻqitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va sogʻlomlashtirishni taʼminlaydi.
25. Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi taʼlimning mazmun-mohiyati Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim davlat taʼlim dasturi asosida ishlab chiqilgan taʼlim dasturida belgilab beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi taʼlim-tarbiya jarayoni mashgʻulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.
27. Maktabgacha taʼlim tashkiloti “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq taʼlim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy shakli oʻyin hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Har bir yosh guruhidagi mashgʻulotlar, oʻyinlarning har kungi soni, davom etadigan davri va izchilligi maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻquv rejasida belgilab beriladi.
Bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlish vaqtiga qarab u yerdagi guruhlar quyidagicha boʻlishi mumkin:
bolalar qisqa muddat (kuniga 3-4 soat) boʻladigan guruh;
qisqa kunli guruh (bir kunda 9 soatgacha);
toʻliq kunli guruh (kuniga 10,5 va 12 soat);
bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruh.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Maktabgacha taʼlim tashkilotining ishlash tartibi va bolalarning unda boʻlish vaqti uning ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
31. Maktabgacha taʼlim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga oʻtkazilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.
Shartnomada bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga boradigan rejim, necha marta ovqatlanish va boshqa shartlar koʻrsatiladi.
32. Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi oʻquv yili joriy yilning 2-sentabridan keyingi yilning 31-mayigacha boʻlgan davrni, yozgi sogʻlomlashtirish davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.
33. Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarga taʼlim berish va tarbiyalash “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat tilida va boshqa tillarda olib boriladi.
7-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish
34. Bolani maktabgacha taʼlim tashkilotlariga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish ushbu tashkilotda boʻsh joylar boʻlsa, kalendar yil davomida quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
bola qonuniy vakilining arizasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yoʻllanma (davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
bola sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Bola davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Bola nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ustaviga muvofiq qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Bolani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Bolaning qonuniy vakili bilan tuzilgan shartnoma bolani nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8-bob. Maktabgacha taʼlim tashkiloti guruhlarini toʻldirish
40. Guruh maktabgacha taʼlim tashkilotining tarkibiy birligi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan toʻldirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini toʻldirish va bir guruhdan boshqasiga oʻtkazish har yili oʻquv yili boshlanishidan oldin amalga oshiriladi.
43. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida guruhlar quyidagi miqdorda toʻldiriladi:
3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan guruhlarda — kamida 20 nafar va koʻpi bilan 30 nafar bola;
bolalar qisqa vaqt boʻladigan guruhlarda — koʻpi bilan 30 nafar bola;
turli yoshdagi guruhlarda — kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola;
bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlarda — koʻpi bilan 10 nafar bola.
Agar davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti joylashgan joyda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafar boladan kam boʻlsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida guruhlarni toʻldirish tartibi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini saqlab turish, tuzish va ularda ishlash tartibini tashkil etishga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablarini hisobga olgan holda muassis tomonidan belgilanadi.
9-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish
45. Maktabgacha taʼlim tashkilotida ovqatlanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.
10-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchilar sogʻligʻini asrash
47. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga moddiy yordam maktabgacha taʼlim tashkiloti shtatiga kiradigan tibbiyot xodimlari yoki sogʻliqni saqlash muassasalarining maktabgacha taʼlim tashkilotiga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan taʼminlanadi, ular bolalarning hayoti, sogʻligʻi va jismoniy kamoloti, davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga yuklanadi.
49. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish uning rahbariga yuklanadi.
50. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining shtatdagi xodimlari sogʻliqni saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan oʻtadi.
51. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tibbiy yordam qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish bepul asosda sogʻliqni saqlash tizimining malaka oshirish muassasalarida 3 yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
11-bob. Maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish
53. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlarida saqlash uchun olinadigan ota-onalar toʻlovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati ularning muassislari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qoʻshimcha budjet mablagʻlarini jalb qilish budjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
12-bob. Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotida saqlash uchun ota-onalar toʻlovi
56. Tarbiyalanuvchilarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida saqlash deganda tarbiyalanuvchilarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish tushuniladi.
57. Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida saqlash uchun ota-onalar toʻlovi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
58. Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida saqlash uchun ota-onalar toʻlovi miqdori va uni toʻlash shakli ularning muassislari tomonidan belgilanadi.
59. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini saqlash uchun ota-onalar toʻlovi imtiyozli shartlarda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotini boshqarish
60. Maktabgacha taʼlim tashkiloti qonun hujjatlarida, ushbu Nizomda, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkiloti ustavida nazarda tutilgan tartibda boshqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
61. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishuv boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha taʼlim muassasasi Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan mudir rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
62. Maktabgacha taʼlim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining rahbari hisoblanadi.
63. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatiga mudir joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassisi oldida hisob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
64. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi va muassis oldida hisob beradi.
65. Quyidagilar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining boshqaruvi organlari hisoblanadi:
Pedagogika kengashi;
Keyingi tahrirga qarang.
Kuzatuv kengashi.
66. Maktabgacha taʼlim tashkilotining Pedagogika kengashi:
Keyingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi;
maktabgacha taʼlim tashkilotining ish rejasini va pedagog xodimlarining pedagogik yuklamasini belgilaydi;
maktabgacha taʼlim tashkiloti taʼlim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
maktabgacha taʼlim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi;
maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, taʼlim jarayoniga fan yutuqlarini va ilgʻor pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama etadi;
maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish masalalarini koʻrib chiqadi;
maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari va pedagog xodimlar hisobotlarini eshitadi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining Pedagogika kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bolani tarbiyalash, shakllantirish va oʻqitishda koʻmaklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari orasidan tuziladi.
67. Maktabgacha taʼlim tashkilotining Kuzatuv kengashi:
maktabgacha taʼlim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
maktabgacha taʼlimning tuman (shahar) boʻlimi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek, uni egallab turgan lavozimidan ozod qilish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitadi;
maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi;
tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlariga maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2018-yil 21-noyabrdagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom.
68. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarining huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlarida, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
69. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14-bob. Yakunlovchi qoidalar
70. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga va faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi.
71. Xalqaro hamkorlik, pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlar amaliyotini oʻtkazish va malakasini oshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga
2-ILOVA
Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar qisqa muddatli guruhlari maqsadlari, vazifalar va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Qisqa muddatli guruhlar faoliyati maktabgacha taʼlim tashkilotlari ustavi bilan tartibga solinadi.
3. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha taʼlim tashkilotiga bormaydigan bolalarning toʻlaqonli kamol topishini taʼminlash, ularni tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish uchun moʻljallangan.
4. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning boʻlishi uchun toʻlov qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning boʻlishi uchun toʻlov muassis tomonidan belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha belgilanadi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari va vazifalari
6. Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari bolalarning maktabgacha taʼlimga toʻliq jalb etilishini va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bormaydigan bolalar maktabgacha taʼlim olishda teng imkoniyatlardan foydalanishini taʼminlashdan iborat.
7. Qisqa muddatli guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bolaning jismoniy, aqliy va maʼnaviy kamol topishini saqlash va mustahkamlash;
bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning ijtimoiy tajriba orttirishini taʼminlash;
bolaning yosh va oʻziga xos imkoniyatlari, qobiliyatlari va ehtiyojlariga qarab har tomonlama kamol topishini taʼminlash;
bolani shakllantirishda, tarbiyalashda va oʻqitishda oilaga har tomonlama yordam berish;
bolalarning bilim orttirishini, ijtimoiy-shaxsiy, badiiy-estetik va jismoniy kamol topishini taʼminlash.
3-bob. Qisqa muddatli guruhlar tashkil etish, ularga qabul qilish va ularni toʻldirish tartibi
8. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida foydalanilmaydigan xonalar boʻlganda tashkil etiladi.
9. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (keyingi oʻrinlarda qonuniy vakillar deb ataladi) arizasi va bola sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa asosida qabul qilinadi.
10. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:
bolaning qonuniy vakili arizasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yoʻllanma;
bola sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma.
11. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar oʻz faoliyatini davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining buyrugʻi asosida amalga oshiradi.
12. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar oʻz faoliyatini bolaning qonuniy vakillari bilan shartnoma asosida amalga oshiradi.
13. Bitta xonada koʻpi bilan 3 ta qisqa muddatli guruh faoliyatini uchta smenada tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
14. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena talablariga va yongʻin xavfsizligi qoidalariga javob beradigan xonalarida tashkil etiladi.
15. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadi.
16. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadi.
17. Qisqa muddatli guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan toʻldirilishi mumkin.
18. Bolalarni qisqa muddatli guruhlardan chiqarib yuborish maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi va:
bola qonuniy vakilining arizasi boʻyicha;
tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha;
bola maktabgacha taʼlim tashkilotining toʻliq kunli guruhiga joylashtirilganda amalga oshiriladi. Bu haqda qisqa muddatli guruhga boradigan bolaning qonuniy vakillari maktabgacha taʼlim tashkilotiga yoʻllanma olgan kundan boshlab 14 kun ichida maktabgacha taʼlim tashkilotining rahbarini xabardor qilishi shart.
19. Qisqa muddatli guruhlarning ishlash tartibi maktabgacha taʼlim tashkilotining ustavida va bolaning qonuniy vakili bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
20. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlarning quyidagi turlari faoliyat koʻrsatishi mumkin:
rivojlantirish guruhi;
bolalarni boshlangʻich taʼlimga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi;
inklyuziv guruh;
kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh.
Rivojlantirish guruhi 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ularni har tomonlama kamol toptirish, tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi. Rivojlantirish guruhi kamida 20 nafar va koʻpi bilan 30 nafar bola bilan toʻldiriladi.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi 5-6 yoshdagi bolalar uchun (umumtaʼlim muassasalariga qabul qilishdan bir yil avval) maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bormaydigan bolalarga maktabgacha taʼlim va tarbiya olishida yordam berish maqsadida, shuningdek, bolalarni umumtaʼlim muassasalarida oʻqishga tayyorlash va teng imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi koʻpi bilan 30 nafar bola bilan toʻldiriladi.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi koʻpincha maktabgacha taʼlim tashkilotlari negizida, shuningdek, boʻsh turgan xonalar boʻlsa — umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari negizida tashkil etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Inklyuziv guruh 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻziga xos ehtiyojlari bor bolani jamiyatga moslashtirishni taʼminlash, bolaning qonuniy vakillariga maslahat-metodik koʻmaklashish, oʻziga xos ehtiyoji bor bolalarning bunday zaiflikka ega boʻlmagan bolalar bilan birga oʻqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar uchun bolalarni tarbiyalash, taʼlim berish, parvarishlash va ularga qarab turish masalalarida qonuniy vakillarga yordam berish maqsadda tashkil etiladi. Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh koʻpi bilan 15 nafar bola bilan toʻldiriladi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qisqa muddatli guruhlar turiga qarab 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinishi mumkin.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qonun hujjatlariga muvofiq qisqa muddatli guruhlarning boshqa turlari tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar uchun quyidagi shtat birliklari belgilanadi:
bitta guruh uchun — 0,5 birlik tarbiyachi va 0,5 birlik tarbiyachi yordamchisi;
ikkita guruh uchun — 0,25 birlik tibbiy hamshira va 0,25 birlik musiqa rahbari.
22. Qisqa muddatli guruhlar faoliyati tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti quyidagilar uchun javob beradi:
bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash;
bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlgan vaqtida ularning hayoti himoya qilinishini va sogʻligʻi mustahkamlanishini tashkil etish;
taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qoʻllaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiqligi;
bolalarni umumtaʼlim muassasalaridagi boshlangʻich taʼlimga shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllagan holda tayyorlash sifati;
umumtaʼlim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda taʼminlamaslik.
4-bob. Qisqa muddatli guruhlarda taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish
23. Qisqa muddatli guruhlardagi taʼlim-tarbiya jarayonining mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturiga hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti dasturida belgilab beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Qisqa muddatli guruhlardagi taʼlim-tarbiya jarayonining mazmuni moslashuvchan xususiyatga ega, shuningdek, bolaning oʻziga xos, shaxsga yoʻnaltirilgan kamol topishini taʼminlaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.
25. Qisqa muddatli guruhlardagi taʼlim-tarbiya jarayoni yakka tartibdagi va birgalikdagi faoliyatning har xil shakllarini — ham katta yoshdagilarning bolalar bilan, ham bolalarning oʻzlari ishtirokidagi shakllarini oʻz ichiga oladi.
26. Negizida qisqa muddatli guruh tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining rahbari bolalar bilan metodik ishlarni tashkil etadi, qisqa muddatli guruhlarda taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini va hujjatlar yuritilishini nazorat qiladi.
27. Qisqa muddatli guruhlarda bolalar bilan mashgʻulotlarni tashkil etishda taʼlim yuklamasi bir haftalik taʼlim yuklamasining eng koʻp ruxsat etilgan hajmidan va mashgʻulotlarning eng koʻp ruxsat etilgan sonidan oshmasligi kerak.
28. Uzluksiz taʼlim faoliyati muddati sanitariya talablariga muvofiq hisoblab chiqiladi.
5-bob. Qisqa muddatli guruhlarni moliyalashtirish
29. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlarida saqlash uchun olinadigan ota-onalar toʻlovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Taʼlim faoliyatini olib boruvchi qisqa muddati guruhlarning pedagog xodimlari mehnatiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga
3-ILOVA
Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar deb ataladi) va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlar deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga hamda oʻz ustaviga amalga qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning faoliyati jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarning maktabgacha taʼlim olishiga, shuningdek, ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan.
Qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari boʻlmagan bolalarning bir tashkilotda alohida guruhlarda birgalikda oʻqishini va tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan.
Qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlarda inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlar davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar boʻlishi mumkin.
5. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilot akkreditatsiyasi attestatsiya asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilot yuridik shaxslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda shtampga, mustaqil balansga, budjet va budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega.
7. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilot yuridik shaxslar hisoblanadi, ajratilgan mol-mulkka, mustaqil balansga ega, oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻz ixtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, oʻz nomi yozilgan muhrga va shtampga ega boʻlishi mumkin.
8. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilot litsenziya olgan vaqtdan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼlim faoliyatini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotning maqsadlari hamda vazifalari
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilot maqsadlari quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
bolaning taʼlim olishga boʻlgan huquqi amalga oshirilishini taʼminlash;
bolalarni oʻqitish va tarbiyalash, jamiyatga moslashtirish, shuningdek, rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning yosh va oʻziga xos imkoniyatlariga, qobiliyatlari va ehtiyojlariga muvofiq ularning jismoniy, aqliy va maʼnaviy kamol topishini taʼminlash;
bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, uning ijtimoiy tajriba orttirishini taʼminlash.
10. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotning vazifalari quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga, shuningdek, ular asosida ishlab chiqilgan taʼlim-tarbiya va korreksion ishlarni tashkil etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya va korreksiya-pedagogik yordam berilishini taʼminlash;
bolalarda Vatanga muhabbat, oilaga hurmat bilan munosabatda boʻlish, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga hurmat, oʻziga va atrof-muhitga ongli munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;
tibbiy abilitatsiya va reabilitatsiya oʻtkazish, bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni kompensatsiya va korreksiya qilish;
bolalarga sifatli maktabgacha taʼlim va tarbiya olish imkonini beradigan shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligini hamda taʼlim va tarbiya olishni davom ettirishga tayyorligini taʼminlash;
bolalarni umumtaʼlim muassasalarida oʻqishga tayyorlash;
oʻquv jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish.
3-bob. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
11. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotning muassislari boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni 6 tani tashkil etadi.
Qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etishi kerak:
a) kamida 4 ta inklyuziv guruh;
b) quyidagi ixtisosliklardan biri boʻyicha rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun kamida 4 ta guruh:
eshitishda ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun;
koʻrishda ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun;
psixik rivojlanishi kechikkan bolalar uchun;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan 5 yoshga boʻlgan bolalar kontingenti mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili yigʻib boradi va bu maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda maktabgacha taʼlim hududiy boshqaruv organlari, deb ataladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda sogʻliqni saqlash hududiy boshqaruv organlari deb ataladi) bilan birgalikda bunday muassasalarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish yakunlari boʻyicha tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar mavjud boʻlsa, maktabgacha taʼlimning hududiy boshqaruv organlari sogʻliqni saqlashning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga murojaat qiladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif oxirgi 5 yil har yilga boʻlib chiqilgan va tegishli hududdagi 5 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida qayd etilgan kasalliklar oʻsishini koʻrsatadigan sogʻliqni saqlash organlarining rasmiy statistika maʼlumotlari bilan asoslangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni yoki qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olganidan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli taklif bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni yoki qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotni tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarining va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining bino hamda inshootlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishilmasdan xususiylashtirilishi, oʻzgaga berilishi va qayta ixtisoslashtirilishi mumkin emas.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilot oʻquv yili tugaganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bolalarni boshqa davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻtkazish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi tomonidan bolaning qonuniy vakillari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qoʻshma tipdagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash
Keyingi tahrirga qarang.
19. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan litsenziyani olgan vaqtdan boshlab amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Keyingi tahrirga qarang.
20. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan moslashtirilgan taʼlim dasturi asosida mustaqil ravishda oʻz taʼlim dasturini ishlab chiqish;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;
maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha innovatsion faoliyatda qatnashish.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlar:
Keyingi tahrirga qarang.
bolalarning jismoniy oʻsishi va sogʻligʻi mustahkamlanishi uchun sanitariya-gigiyena meʼyorlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratishi va ularga rioya etilishini taʼminlashi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nozologiyalarni davolash standartlariga muvofiq bolalarning abilitatsiyasi va reabilitatsiyasini oʻtkazish uchun shart-sharoitlarni yaratishi;
taʼlim-tarbiya va korreksion-pedagogika jarayonini tashkil etishda qoʻllaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, psixik va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga mos kelishini taʼminlashi;
bolalar toʻgʻri ovqatlanishini va ularga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
bolalarni shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllagan holda umumtaʼlim muassasalarida oʻqishga sifatli tayyorlashni taʼminlashi;
maktabgacha taʼlim sifatini taʼminlash ustidan nazorat olib borishda, salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash, abilitatsiya va reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazishda vakolatli davlat organlariga koʻmaklashishi;
ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan toʻldirilishi;
qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi inklyuziv guruhlar uchun moʻljallangan guruhlarni umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga qoʻyiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan toʻldirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlarning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlar quyidagilar uchun javob beradi:
Keyingi tahrirga qarang.
bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash;
bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda yoki qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda boʻlgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va sogʻligʻini mustahkamlashni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan talablarga muvofiq taʼlim-tarbiya, korreksion-pedagogika hamda reabilitatsiya jarayonlarini amalga oshirish;
bolani tarbiyalash va taʼlim berish masalalari boʻyicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berish;
umumtaʼlim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda taʼminlash;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish.
23. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring hamda nazorat vakolatli davlat organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Oʻquv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki taʼlim olayotgan bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish hamda ulardan chiqarish
Keyingi tahrirga qarang.
25. Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotga qabul qilish ushbu tashkilotda boʻsh joylar boʻlsa, kalendar yil davomida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish:
tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida amalga oshiriladi.
Qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlariga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlmagan bolalar:
Keyingi tahrirga qarang.
bola qonuniy vakilining arizasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yoʻllanma (qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul qilinadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarga, shuningdek, qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlariga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar:
Keyingi tahrirga qarang.
bola qonuniy vakilining arizasi;
tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul qilinadi.
26. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda, qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan hamda inklyuziv guruhlarda boʻlish davri, korreksion ishlari muddati tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotga quyidagi nuqsonlari boʻlgan bolalar qabul qilinmaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
ogʻir va chuqur darajadagi aqli zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlar;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning ogʻir shakllari;
asab tizimining organik shikastlanganligi sababli siydik va najas ushlab turolmaslik;
yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining xuruj va dekompensatsiya bosqichi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish
Keyingi tahrirga qarang.
28. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilot maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan belgilangan davlat talablariga muvofiq bolalar taʼlim olishi, tarbiyalanishi, parvarishlanishi va sogʻlomlashtirilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotdagi taʼlim-tarbiya jarayonining mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan taʼlim dasturi asosida, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan (shu jumladan, mualliflik, moslashtirilgan va boshqa) dastur bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Taʼlim-tarbiya jarayoni mashgʻulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.
31. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilot qonun hujjatlariga hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarga taʼlim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda taʼlim-tarbiya jarayoni ishlab chiqiladigan yakka tartibdagi yoʻnalish asosida bolalarning oʻziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi. Mashgʻulotlar frontal, kichik guruh va yakka tartibda olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga quyidagi tamoyillar asosida taʼlim beriladi va tarbiyalanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlimning korreksion yoʻnaltirilganligi;
ijtimoiy moslashuvi;
taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda taʼlimning maxsus metodologiyasidan va toifalangan yondashuvdan foydalanish.
34. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda besh kunlik ish haftasi belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Bolalar tashkilotda boʻladigan muddatga qarab ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotdagi guruhlar:
qisqa muddatli guruhlar (kuniga 3,5 — 4 soat);
toʻliq kunli guruhlar (kuniga 10,5 va 12 soatgacha);
bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlar boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda ishlash tartibi hamda tarbiyalanuvchilarning boʻlish muddati uning ustavida va muassis qarorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va bolaning qonuniy vakillari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilot va bolaning qonuniy vakillari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar bola ushbu tashkilotga joylashtirilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda taʼlim-tarbiya jarayoni maxsus maktabgacha taʼlim boʻyicha tegishli malakaga ega pedagog xodimlar tomonidan oʻtkaziladi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotdagi taʼlim-tarbiya jarayonining psixologik-pedagogik kuzatuvi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda taʼlim-tarbiya davlat tilida hamda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda reabilitatsiya jarayonini tashkil etish
Keyingi tahrirga qarang.
40. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi tibbiyot xodimlari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotga hududiy biriktirilgan sogʻliqni saqlash organlari tibbiyot xodimlari tomonidan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qoʻshma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlarda reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi tibbiyot xodimlari, shuningdek, boshqa tibbiyot xodimlari tomonidan shartnoma asosida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Tibbiyot xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan davolash standartlariga muvofiq tarbiyalanuvchining rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilishga, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarni tibbiy reabilitatsiya qilish, abilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashuvga qaratilgan davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazadi.
43. Davolashning belgilangan kursi doirasida tibbiy reabilitatsiya muolajalarini oʻtkazish har bir tarbiyalanuvchi uchun mashgʻulotlar jadvalini hisobga olib yakka tartibda oʻtqaziladi.
44. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda bolaning boʻlish muddati tugaganidan soʻng uning qonuniy vakillari yashash joyidagi tibbiyot muassasasi uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan har bir bolaning tibbiy kartasidan koʻchirma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Tibbiy jismoniy tarbiya boʻyicha mashgʻulotlar tibbiy jismoniy tarbiya instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega oʻqituvchi tomonidan oʻtkaziladi.
46. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda barcha sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlari toʻgʻri tashkil etilishi hamda oʻtkazilishi ustidan nazorat ushbu tashkilot joylashgan joydagi sogʻliqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotining shtatidagi xodimlar sogʻliqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy tekshiruvdan oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlar xodimlari sogʻliqni saqlash organlarining muassasalari tomonidan shartnoma asosida tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda guruhlarni toʻldirish
Keyingi tahrirga qarang.
49. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan 2 yoshdan 7 yoshgacha tarbiyalanuvchilar kontingentiga muvofiq quyidagi guruhlar tuziladi:
Keyingi tahrirga qarang.
nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;
eshitishida ogʻir nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;
koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;
psixik rivojlanishda kechikayotgan tarbiyalanuvchilar uchun;
aqlik zaiflik bilan tarbiyalanuvchilar uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
tayanch-harakat apparatida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun.
50. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab toʻldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etadi:
kar tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
zaif eshituchi tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
koʻzi ojiz tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
zaif koʻruvchi yaxshi koʻrmaydigan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 15 nafar va koʻpi bilan 18 nafar tarbiyalanuvchi;
gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
bolalar serebral falaji sindromi asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
yengil darajada aqli zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; oʻrta darajada aqliy zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 6 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
psixik rivojlanishda kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi.
51. Qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlarda inklyuziv guruhlar yoshi boʻyicha toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlarda uch yoshdan katta bolalarga moʻljallangan inklyuziv guruhlar jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarning toifasiga qarab toʻldiriladi hamda quyidagini tashkil etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan jismoniy yoki psixik rivojlanishda nuqsonlari boʻlgan (zaif koʻruvchilar yoki zaif eshituvchilar yoki tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan) 3 nafar bola;
Keyingi tahrirga qarang.
kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan (ambliopiya bilan, koʻzi gʻilaylik, yoki nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan yoki autizm bilan) 2 nafar bola;
Keyingi tahrirga qarang.
kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan 3 nafar bola;
kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan psixik rivojlanishda kechikayotgan 3 nafar bola.
Qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlarda guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab toʻldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagini tashkil etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
kar bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar bola;
zaif eshituvchi bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar bola;
koʻzi ojiz bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar bola;
zaif koʻruvchi bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar bola;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda –kamida 15 nafar va koʻpi bilan 18 nafar bola;
gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar bola;
bolalar serebral falaji sindromi asoratlari bilan bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar bola;
yengil darajada aqli zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; oʻrta darajada aqliy zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 6 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
Keyingi tahrirga qarang.
autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
psixik rivojlanishda kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi.
53. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida guruhlarni toʻldirish tartibi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini saqlab turish, tuzish va ularda ishlash tartibini tashkil etishga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablarini hisobga olgan holda muassis tomonidan belgilanadi.
10-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlarda ovqatlanishni tashkil etish
Keyingi tahrirga qarang.
54. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda ovqatlanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda tarbiyalanuvchilar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik ushbu tashkilotning rahbari zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
56. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilot faoliyati quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlgan davri uchun olinadigan ota-onalar toʻlovi;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
57. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qoʻshimcha budjet mablagʻlarini jalb qilish budjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni va qoʻshma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotni moliyalashtirish hamda moddiy-texnik taʼminlash muassis mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida bolalarning boʻlgan davri uchun olinadigan ota-onalar toʻlovi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
60. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qoʻshma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlarda bolalarning boʻlgan davri uchun olinadigan xizmatlar haqi muassis tomonidan shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha toʻlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
61. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalardan kelgan tarbiyalanuvchilar uchun ota-onalar toʻlovi imtiyozli shartlar asosida qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda olinadi.
62. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida ota-onalar toʻlovi undirilmaydigan tarbiyalanuvchilarning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
63. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni moliyalashtirish ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tomonidan tasdiqlangan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining inklyuziv guruhlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyxatga olingan umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
Qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlarning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlar boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyxatga olingan ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
64. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotida xodimlar ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rahbarlar, pedagogik va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi.
Qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda ishlovchi pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
65. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilot tegishli davlat organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va statistik hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
66. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotining moliya-xoʻjalik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqaruvi
Keyingi tahrirga qarang.
67. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqarish qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga va mazkur tashkilotning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
68. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqarish organlari quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
Pedagogik kengashi;
Kuzatuv kengashi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari.
Keyingi tahrirga qarang.
Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va nodavlat qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlar oʻz boshqaruv organlari tizimini mustaqil belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
69. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti pedagogika kengashi:
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotida taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti ish rejasini hamda pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti taʼlim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, taʼlim jarayoniga fan yutuqlarini va ilgʻor pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish masalalarini koʻrib chiqadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari va pedagogik xodimlari hisobotlarini eshitadi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotining Pedagogik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
70. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va taʼlim berishda koʻmaklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tuziladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotining Kuzatuv kengashi:
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek uni egallagan lavozimidan ozod qilish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi davriy hisobotlarini eshitadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi;
tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlariga davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti xodimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotining Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
71. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
72. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga yoki qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan mudir rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
73. Maktabgacha taʼlim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning yoki qoʻshma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotning rahbari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
74. Mudir davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassis oldida hisob beradi
Keyingi tahrirga qarang.
75. Direktor nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot yoki qoʻshma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilot faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi va muassis oldida hisob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
76. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilot rahbarining huquqlari hamda majburiyatlari qonun hujjatlarida, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
77. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilot rahbarining lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
78. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda psixolog, tibbiyot va pedagog xodimlardan iborat tibbiy-psixologik-pedagogik kengash tuziladi hamda faoliyat koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotning tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi:
bola qabul qilinganda uning oʻziga xos va yosh xususiyatlarini, sogʻligʻi holati va rivojlanish darajasini hisobga olib korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan individual yoʻnalishni ishlab chiqadi;
individual yoʻnalishni amalga oshirish jarayonida bola rivojlanishi dinamikasini aniqlaydi va zarurat boʻlsa, unga oʻzgartishlar kiritadi;
korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalari, bolaning oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish koʻnikmalari darajasi va ijtimoiy moslashuv dinamikasi, taʼlim-tarbiya dasturlarini oʻzlashtirishi monitoringini olib boradi va baholaydi;
bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda boʻlgan muddat davomida uni Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga qayta tekshiruvga yuborish zarurati haqidagi masalani koʻrib chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasida koʻrsatilgan bolaning boʻlish muddati tugashidan kamida bir oy oldin bolaning qonuniy vakillarini tarbiyalanuvchining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda boʻlish muddati tugaganidan xabardor qiladi hamda ushbu tashkilotlarda boʻlishini davom ettirish yuzasidan uni Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga tekshiruvga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
79. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga va faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
80. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda xalqaro hamkorlik, pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari amaliyotini oʻtkazish va malakasini oshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga
4-ILOVA
Bolalarni koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yoʻllash boʻyicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom bolalarni koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlari deb ataladi), qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi (keyingi oʻrinlarda qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilot deb ataladi) jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarga, shuningdek, inklyuziv guruhlarga yoʻllash boʻyicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Komissiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda maktabgacha taʼlim hududiy boshqaruv organlari deb ataladi) huzurida tashkil etiladi.
Komissiya oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
3. Komissiya quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarni aniqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
kompleks tibbiy-psixologik-pedagogik tekshiruv (keyingi oʻrinlarda tekshiruv deb ataladi) oʻtqazish va tekshiruv natijalari boʻyicha ularga tibbiy-psixologik-pedagogik yordam koʻrsatishga doir tavsiyalar tayyorlash, ularni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga, qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarga va inklyuziv guruhlarga joylashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
avval berilgan tavsiyalarni tasdiqlash, ularga aniqlik kiritish yoki ularni oʻzgartirish.
4. Komissiya oʻz faoliyatini xolislik, shaffoflik, oshkoralik va bamaslahat ishlash tamoyillari asosida amalga oshiradi.
5. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
6. Komissiya rais, rais oʻrinbosari, Komissiya aʼzolari va kotibidan iborat tarkibda tuziladi.
7. Komissiya tarkibi va ish jadvali maktabgacha taʼlim hududiy boshqaruv organlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining qoʻshma buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
8. Komissiyaga rais — maktabgacha taʼlim hududiy boshqaruv organining rahbari rahbarlik qiladi.
Sogʻliqni saqlash hududiy boshqaruv organining onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshligʻi oʻrinbosari Komissiya raisi oʻrinbosari etib tayinlanadi.
Maktabgacha taʼlim hududiy boshqaruv organining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mutaxassis Komissiya kotibi etib tayinlanadi.
Komissiya tarkibiga pediatr, nevrolog, psixonevrolog, ortoped-travmatolog, oftalmolog, otolaringolog, defektolog, pedagog-psixolog, shuningdek maktabgacha taʼlim hududiy boshqaruv organining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mutaxassis kiradi.
Zarurat boʻlsa, raisning qarori bilan Komissiya tarkibiga boshqa mutaxassislar kiritiladi.
9. Komissiya raisi:
ushbu Nizomga muvofiq Komissiya ishini tashkil etadi va faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Komissiya mutaxassislariga ijro etish majburiy boʻlgan topshiriqlar beradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
bolaning ota-onalarini yoki ularning oʻrnini bosadigan shaxslarni (keyingi oʻrinlarda qonuniy vakillar deb ataladi) Komissiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, joylashgan joyi, Komissiya ish tartibi va jadvali haqida xabardor qiladi;
Komissiya ishini tashkil etishni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda, qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda va inklyuziv guruhlarda bolalarni oʻqitish va tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan Komissiya tavsiyalari hisobga olinishi ustidan monitoring olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya raisi quyidagilar uchun javob beradi:
Komissiya faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq tashkil etish;
vazifalarni bajarishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan va bolalar hamda ularning qonuniy vakillari huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oshkor etmaslik;
tekshiruv oʻtkazishda bolalar hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlash.
10. Komissiya yigʻilishi bir oyda kamida toʻrt marta oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya yigʻilishini oʻtkazish davriyligi murojaatlar soniga va ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlarda boʻsh joylar borligiga qarab jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarning maʼlumotlar bazasi tahlili asosida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya yigʻilishi unda Komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida toʻrtdan uch qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Komissiya kotibi Komissiya aʼzolarini Komissiya yigʻilishi oʻtkaziladigan sana haqida kamida uch kun oldin xabardor qiladi.
Komissiya sayyor yigʻilishlar oʻtkazishga haqli.
11. Komissiya aʼzolari Komissiya ishida qatnashadi va uning qarori qabul qilinishida ovoz beradi. Komissiyaning har bir aʼzosi bitta ovoz berish huquqiga ega. Ovozlar teng boʻlib qolganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
12. Tekshiruv natijalari, shuningdek, Komissiyada bolalarni tekshirish bilan bogʻliq maʼlumot maxfiy hisoblanadi. Bolalarning qonuniy vakillari roziligisiz ushbu maʼlumotning berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Bolalarni tekshirish, ularning qonuniy vakillariga Komissiya mutaxassislari tomonidan maslahat berish bepul amalga oshiriladi.
14. Komissiya faoliyatini amalga oshirish uchun maktabgacha taʼlim hududiy boshqaruv organlari tomonidan tegishli jihozlar va inventar bilan jihozlangan alohida xona ajratiladi.
3-bob. Komissiyaning tekshiruvi va xulosasini berish tartibi
15. Bolani tekshiruvdan oʻtkazish uchun Komissiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) bolaning qonuniy vakili arizasi;
b) bolaning qonuniy vakillari pasportining asl nusxasi va koʻchirma nusxasi;
v) bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasining asl nusxasi va koʻchirma nusxasi;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi;
d) davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bolaning rivojlanishi tarixidan mufassal koʻchirma, quyidagi mutaxassislarning xulosalari bilan birga:
pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati toʻgʻrisidagi xulosasi;
psixonevrologning xulosasi (faqat nutqiy, psixik va aqliy rivojlanishda nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun), unga psixonevrologik dispanserning gerb tushirilgan muhr bilan tasdiqlangan maʼlumotnomasi ilova qilinadi;
otolaringologning xulosasi (faqat eshitishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun), unga quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulyatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi, nutq va shivirlab aytilgan gapni qabul qilish haqidagi maʼlumotlar, audiogramma maʼlumotlari ilova qilinadi;
oftalmologning xulosasi (faqat koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun), unga tashxisning keng izohi bilan koʻrish organlarining tavsifi ilova qilinadi;
ortoped-travmatologning xulosasi (faqat tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun), unga tashxisning keng izohi bilan rentgenologik tadqiqot maʼlumotlari ilova qilinadi;
defektolog-logopedning xulosasi (faqat nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun), unga til tizimining har bir komponenti shakllanish darajasi koʻrsatilgan holda nutq rivoji tavsifi ilova qilinadi.
Komissiyaga taqdim etiladigan bolaning rivojlanishi tarixidan koʻchirmaning ishonchliligi uchun davolash-profilaktika muassasasining uni tasdiqlagan bosh vrachi shaxsan javob beradi.
Bolalar tegishli hujjatlar taqdim etilgandan keyin bir oy davomida Komissiyadan oʻtadi.
16. Bolaning tibbiy kartasida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida bolalar Komissiyaning har bir mutaxassisi tomonidan yakka tartibda yoki bir nechta mutaxassislar tomonidan bir vaqtda tekshiruvdan oʻtkaziladi.
17. Komissiya, zarurat boʻlsa, qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazish uchun bolani ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga yuboradi, bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot soʻraydi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Tekshiruvlar natijalariga koʻra Komissiyaning yigʻilishida bolani ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotga yuborish boʻyicha xulosa berish yoki buni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Komissiyaning xulosasi, agar Komissiyaning yigʻilishida bolaning asosiy tashxisi boʻyicha tegishli mutaxassis qatnashmagan boʻlsa, haqiqiy emas deb hisoblanadi.
20. Komissiyaning xulosasida quyidagilar koʻrsatiladi:
bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi maʼlumotlari;
bola qonuniy vakillarining pasportiga oid maʼlumotlar;
bolaning yashash manzili;
xulosa, bolaga qoʻyilgan tashxisi bilan;
bolaning ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda yoki qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda boʻlish muddati;
Keyingi tahrirga qarang.
bola oʻqitiladigan til.
Xulosa bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonning ogʻirlik darajasiga qarab 6 oy, 1 yil va 2 yil muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Bu muddat davomida bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning yoki qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotning tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi yoʻllanmasi boʻyicha Komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan oʻtqazilishi mumkin.
Xulosada koʻrsatilgan bolaning tashkilotda boʻlish muddati tugaganidan keyin ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda yoki qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda uning boʻlish muddatini uzaytirish yoki uni umumiy tipdagi maktabgacha tashkilotga oʻtqazish masalasi Komissiya tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Komissiyaning bolani ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotga yuborish toʻgʻrisidagi xulosasi ushbu Nizomga ilovada koʻrsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar boʻlgan quyidagi yosh toifalaridagi bolalarga beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun — 2 yoshdan 7 yoshgacha;
Keyingi tahrirga qarang.
eshitishda ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun — 2 yoshdan 7 yoshgacha;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan bolalarga — 2 yoshdan 7 yoshgacha;
nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
psixik rivojlanishda kechikayotgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
aqli rivojlanishda nuqsonlari boʻlgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha.
22. Komissiyaning bayonnomalari va xulosasi tekshiruv oʻtkazilgan kun rasmiylashtiriladi, mutaxassislar va Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
23. Komissiyaning xulosasi rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida bolaning qonuniy vakillariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Komissiyaning xulosasi bolani ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotga rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Komissiya xulosalari va ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan hujjatlar maktabgacha taʼlim hududiy boshqaruv organlarida, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotda 5 yil davomida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Komissiya faoliyatini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Bolalarni koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yoʻllash boʻyicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos boʻladigan tibbiy koʻrsatmalar
roʻyxati

Kasalliklar nomi

I. Psixik rivojlanishdagi nuqsonlar

1. Psixik rivojlanishda kechikish F83

2. Psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish F83

3. Bolalar autizmi F84.0

II. Aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar

1. Yengil darajadagi aqliy zaiflik F70

2. Oʻrta darajadagi aqliy zaiflik F71

III. Nutqdagi nuqsonlar

1. Ekspressiv nutqning buzilishi (nutq rivojlanishining birinchi darajali motor alaliyasi) F80.1

2. Retseptiv nutqning buzilishi (sensor alaliya) F80.2

3. Rinolaliya (nutq apparatining korreksiya boʻyicha operatsiyalardan keyingi holat) R49.2

4. Oʻrtacha va ogʻir darajadagi duduqlik F98.5

5. Dizartriya (markaziy nerv tizimining organik shikastlanishi bilan) R47.1

6. Bolalar afaziyasi F80.3

IV. Koʻrishdagi nuqsonlar

1. Koʻzi ojizlik (amovroz)

2. Tugʻma nuqsonlar:

mikroftalm, mikrokornea, anoftalm;

Toʻr pardaning rivojlanishidagi tugʻma nuqsonlar;

koʻrish nervining atrofiyasi;

koʻrish nervi disk va makulasining ogʻir darajadagi gipoplaziyasi;

albinizm;

aniridiya, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha

3. Katarakta:

markaziy zonada toʻliq yoki qisman xiralashish, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha;

afakiya (koʻz gavhari yoʻqligi, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha);

koʻz gavhari siljishi (joyi oʻzgarishi).

4. Glaukoma (tugʻma, ikkilamchi)

5. Refraksion anomaliyalar:

kuchayib boradigan uzoqni yaxshi koʻra olmaslikning har qanday darajasi (kuchayish tezligi yil davomida — 0,5 Ddan ortiq);

taxmin qilingan ambliopiyalar, anizometriyada refraksiyaning 3,0D farqi bilan.

6. Ambliopiyalar:

ambliopiyalar (disbinokulyar, refraksion, obskuratsion) tibbiy (pleoptik) davolashga muhtoj boʻlgan koʻrish pasayishining xar qanday darajasida;

uzoqni yaxshi koʻra olmaslikning, yaqinni yaxshi koʻra olmaslikning, astigmatizmning yuqori darajasidagi taxmin qilingan ambliopiyalar;

gʻilaylik (koʻrish oʻtkirligi sezilarli pasaygan holda).

7. Toʻr pardaning koʻchgan qatlami

V. Eshitishda buzilish N90.3

1. Ikkinchi darajali neyrosensor eshitish pastligi (eshitishning 41 55 db gacha pasayishi (binaural quloq protezlash))

2. Uchinchi darajali neyrosensor eshitish pastligi (eshitishning 56 — 70 db gacha pasayishi (quloq protezlash))

3. 3-4 darajali neyrosensor eshitish pastligi (eshitishning 71 — 90 db gacha pasayishi (agar miyaining eshitish markazi jarohat olmagan boʻlsa, koxlear implantatsiya operatsiyasigacha))

4. 4 darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik (eshitishning 91 db gacha pasayishi (agar miyaining eshitish markazi jarohat olmagan boʻlsa, koxlear implantatsiya operatsiyasigacha)

5. Karlik yoki kar-soqovlik (eshitishning 91 db dan ortiq pasayishi (koxlear implantatsiya operatsiyasigacha)

6. 2-3 darajali neyrosensor eshitish pastligi oʻrta va ogʻir darajada psixik rivojlanishning kechikishi bilan (gidrotsefaliya)

7. 3-4 darajali neyrosensor eshitish pastligi oʻrta va ogʻir darajada psixik rivojlanishning kechikishi bilan

8. Karlik yoki kar-soqovlik oʻrta va ogʻir darajada psixik rivojlanishning kechikishi bilan

9. Koxlear implantatsiyadan keyin

VI. Tayanch-harakat apparati buzilishi

1. 2,3 va 4 darajali skolioz (tugʻma va orttirilgan)

2. Koʻkrak qafasining 2, 3 va 4 darajali girdobsimon deformatsiyasi

3. Koʻkrak qafasining 2, 3 va 4 darajali kilsimon deformatsiyasi

4. Artrogripoz

5. Bolalar serebral falaji (BSF) va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari

6. Osteomiyelit asoratlari (jarrohlik muolajasidan keyingi holatlar)

7. Tugʻma maymoqlik (jarrohlik muolajasidan keyingi holatlar)

8. Qoʻl va oyoqlarda jaroxatdan keyingi boʻgʻimlar kontrakturasi

9. Ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya)

10. Raxit asoratida oyoqlarning ogʻir darajali deformatsiyalari (valgus va varus deformatsiyalar)

11. Tugʻma son chiqishi (konservativ davolashdan keyingi xolat, operativ davolashdan keyingi holat)

VII. Ikki va undan ortiq buzilishi bor bolalar

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/391/3120-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son; 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son; 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son; 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son; 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)