Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
(buyruqning nomi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3094]
O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShIN
Toshkent sh.,
2018-yil 21-noyabr,
2-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2018-yil 21-noyabrdagi 2-mh-son buyrug‘iga ILOVA
Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi
NAMUNAVIY NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Mazkur Namunaviy nizom (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tatbiq etiladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
2. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
Kengash tashkilotni boshqarishda strategik organ hisoblanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
3. Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
tashkilotning ustuvor vazifalarini belgilash;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi (bundan buyon matnda hududiy bo‘lim deb yuritiladi) tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorini saylash;
tashkilotning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;
tashkilotda amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
4. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek tashkilotning Ustavi hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
hududiy bo‘lim tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot direktorini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
tashkilot direktorining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet mablag‘laridan, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni tashkilot direktorining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;
tashkilot direktorining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar, jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish;
tashkilotni rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta’lim tashkiloti direktorining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘limga takliflar kiritish;
tashkilotning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘limga takliflar berish.
Kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkin.
(5-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish
6. Tashkilotda bolalarning sifatli ta’lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkilot direktoriga ko‘maklashish uchun har bir tashkilotda Kengash tashkil etiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
7. Kengash 11 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga tashkilotning pedagoglari orasidan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilari orasidan 2 nafar, tashkilot ma’muriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy bo‘limdan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan 2 nafar hamda har bir guruhida tarbiyalanuvchilarning ota-onalaridan kamida 3 nafar, a’zo kiritiladi.
Kengash a’zolarining soni cheklanmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
8. Kuzatuv kengashi har bir guruhdagi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rinini bosuvchi shaxslar, pedagoglar, tarbiyachilar yordamchilari, tashkilot ma’muriyati, hududiy bo‘lim xodimlari orasidan shakllantiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
9. Kengashning birinchi yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolar umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ochiq ovoz berishi orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash a’zosi hisoblangan ota-onalar orasidan saylanadi.
10. Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har o‘quv yili boshida ko‘rib chiqilishi mumkin.
11. Kengash a’zolarining saylashda tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (ulardan biri) ishtirok etishi mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
12. Kengash a’zolari tashkilot tarbiyalanuvchilari ota-onalarining umumiy yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
13. Kengash a’zosi etib saylangan ota-onalarning farzandlari tashkilotda tarbiyalanuvchilar qatoridan chiqarilganda, kengashning ushbu a’zosi kengash a’zolari qatoridan chiqariladi va uning o‘rniga ota-onalar orasidan boshqa a’zo saylanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
14. Tashkilot ma’muriyati xodimlari, pedagoglar, tarbiyachilar, tarbiyachi yordamchilari Kengashga yashirin ovoz berish orqali saylanadi va tashkilot pedagogik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
15. Kengash a’zoligiga hududiy bo‘lim vakili tegishli hududiy bo‘lim boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
16. Tashkilotning direktori yoki uning o‘rinbosarlari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari Kengash a’zolari sifatida saylanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
17. Kengash a’zosi Kengashning yig‘ilishlarida surunkali 3-marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, u Kengash a’zolari tarkibidan chiqariladi.
4-bob. Kengash yig‘ilishlarini tashkil qilish va o‘tkazish
18. Kengashning birinchi yig‘ilishi tashkilot direktori tomonidan tashkillashtiriladi va o‘tkaziladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
19. Kengash har chorakda kamida bir marta yig‘iladi.
20. Kengash yig‘ilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
21. Kengash yig‘ilishida uning umumiy a’zolaridan 60 foizi ishtirok etganda Kengash qaror qabul qilishi mumkin.
22. Kengash o‘z faoliyatini daxlsizlik, oshkoralik, shaffoflilik, adolatlilik tamoyillariga muvofiq amalga oshiradi.
23. Kengash qarorlari a’zolarning teng huquqliligi asosida oddiy ko‘pchilik ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan hollarda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
24. Kengash yig‘ilishlariga Kengash raisi raislik qiladi.
25. Kengash raisi o‘z vakolatini vaqtincha bajarish imkoniyati bo‘lmagan hollarda (xizmat safari, ta’til va kasallik davrida), uning vazifasini bajarish Kengash a’zolaridan biriga vaqtincha yuklatiladi. Bunda, tashkilot va hududiy bo‘lim xodimlariga yuklatilishi mumkin emas.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
26. Kengash yig‘ilishida tashkilot direktori yoki uning o‘rinbosarlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
27. Kengash yig‘ilishlari mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkillashtirishi va o‘tkazilishi hamda hujjatlarning to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilishi uchun Kengash raisi mas’ul hisoblanadi.
28. Kengash yig‘ilishi o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin yig‘ilish o‘tkaziladigan kun, vaqti, joyi va muhokama etiladigan masalalar haqida Kengash a’zolari xabardor qilinishi lozim. Kengash a’zolarini xabardor qilish uchun Kengash raisi mas’ul hisoblanadi.
29. Tashkilot rahbari Kengash yig‘ilishlarini o‘tkazish va uning ishini tashkil qilish (hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash uchun zarur bo‘lgan xona, tashkilot faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar va kanselyariya jihozlari) uchun mas’ul hisoblanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
30. Kengashning faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni har chorakda tashkilotning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida yoki tashkilotning barcha ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyiga joylashtirish tavsiya etiladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
31. Kengash yig‘ilishlari o‘tkazilganligi haqidagi bayonnomalar Kengash yig‘ilishi o‘tkazilgan kundan boshlab 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda hududiy bo‘limga taqdim etilishi lozim.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
32. Kengash o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
tashkilotning tegishli davrdagi faoliyati bo‘yicha tashkilot direktoridan ma’lumotlar so‘rash va olish;
tashkilotning moliyaviy hisobotlari bilan tanishish;
homiylik va xayriya mablag‘larining kirim qilinishi va sarflanishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish;
tashkilot pedagog xodimlarining sha’ni, qadr-qimmati, obro‘sini himoya qilish bo‘yicha takliflar kiritish.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
33. Kengashning faoliyatiga tashkilot direktori, hududiy bo‘lim, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlarning aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
34. Tashkilotda tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan tashkilot direktori, Kengash a’zolari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablag‘larini yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
36. Kengash raisi, kotibi va a’zolari jamoatchilik asosida amalga oshiradigan kuzatuv kengashidagi faoliyati yuzasidan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
37. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
2018-yil 21-noyabr,
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
2018-yil 21-noyabr,
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 10/18/3094/2265-son; 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)