1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriati va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-noyabrdagi PQ-3995-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriat va magistraturasiga jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk va intellektual salohiyatga ega nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilishning samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 3-iyundagi 141-son qaroriga3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-aprel,
365-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) bakalavriatiga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Institut bakalavriatiga nomzodlarni oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlash rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat bojxona qoʻmitasi deb ataladi) raisining Institutga qabul oʻrinlarini ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga Institutga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 529-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son)
3. Institutga oʻqishga qabul qilish quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
dastlabki tanlov;
maxsus kasbiy tanlov;
test sinovlari.
Ushbu tadbirlar mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Bir bosqichdan muvaffaqiyatli oʻta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qoʻyilmaydi.
4. Institutda tasdiqlangan Davlat taʼlim standartlari asosida “Bojxona ishi” va “Yurisprudensiya” (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy taʼminlash) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.
5. Institutga oʻqishga kiruvchi nomzodlar uchun:
“Bojxona ishi” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha matematika (informatika va axborot texnologiyalari fani bilan birgalikda) (har bir toʻgʻri javob uchun 3,1 ball), chet tili (har bir toʻgʻri javob uchun 2,1 ball), ona tili va adabiyot (har bir toʻgʻri javob uchun 1,1 ball) fanlaridan;
“Yurisprudensiya” (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy taʼminlash) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tarix (har bir toʻgʻri javob uchun 3,1 ball), chet tili (har bir toʻgʻri javob uchun 2,1 ball), ona tili va adabiyot (har bir toʻgʻri javob uchun 1,1 ball) fanlaridan test sinovlari oʻtkaziladi.
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi maʼlumotiga ega boʻlgan;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga javob beradigan;
harbiy xizmatni oʻtamagan oʻn yetti yoshdan kichik (qabul yilida oʻn yetti yoshga toʻladiganlar) va yigirma bir yoshdan katta boʻlmagan, shu jumladan yigirma bir yoshda boʻlgan;
harbiy ofitserlar tarkibi unvonlariga ega boʻlmagan harbiy xizmatchilar yoki harbiy xizmatni oʻtagan oʻn sakkiz yoshdan kichik va yigirma besh yoshdan katta boʻlmagan, shu jumladan yigirma besh yoshda boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.
Nomzodlarning boʻyi 165 sm.dan (qiz bolalar uchun 160 sm) past boʻlmasligi lozim.
7. Institutga oʻqishga kirishidan oldin nomzodlar va ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar nomzod Institutga oʻqishga qabul qilingandan soʻng davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqida shartnoma imzolashi, shartnoma shartlarini bajarishi, shuningdek, kursantlar safidan chiqarilsa yoki oʻqishni tamomlagandan soʻng besh yil ichida xizmatdan boʻshatilsa, shartnomani muddatdan ilgari bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, oʻqish davrida unga sarflangan barcha budjet mablagʻlarini qoplashi boʻyicha moddiy javobgarlik toʻgʻrisida mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq ogohlantiriladi.
8. Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida (keyingi oʻrinlarda hududiy bojxona boshqarmalari deb ataladi) nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish ishlarini amalga oshirish maqsadida hududiy bojxona boshqarmasi boshliqlari buyruqlari bilan ishchi guruhlari tuziladi.
Ishchi guruh faoliyatiga hududiy bojxona boshqarmasining boshligʻi rahbarlik qiladi va uning tarkibiga boshqarmaning kadrlar xizmati va boshqa boʻlinmalar vakillari, shuningdek, mutaxassis psixologlar kiritiladi.
Ishchi guruhini tuzish boʻyicha buyruqda tarkib aʼzolarining vazifalari belgilab beriladi.
9. Ishchi guruhlari oʻz faoliyatini qabul yilining 1-yanvaridan 31-avgustiga qadar amalga oshiradi.
10. Har yili Institutga oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish boʻyicha Institut qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Qabul komissiyasi deb ataladi) tuziladi va uning tarkibi tasdiqlanadi.
11. Qabul komissiyasiga Institut boshligʻi rahbarlik qiladi. Qabul komissiyasi tarkibiga Davlat bojxona qoʻmitasi va Institutning sohaviy xizmat xodimlari kiritiladi.
Qabul komissiyasi qabul yilining 1-yanvaridan 31-avgustiga qadar faoliyat yuritadi.
12. Qabul komissiyasi tarkibida:
psixofiziologik oʻrganish;
yozma ish (diktant) oʻtkazish;
kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish boʻyicha kichik komissiyalar tuziladi.
13. Qabul komissiyasi raisi:
qabul komissiyasi ishini tashkillashtiradi;
qabul komissiyasi vazifalarini belgilaydi;
kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun oʻz vakolati doirasida buyruqlar qabul qiladi.
14. Institutga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar oʻzlarining doimiy roʻyxatda turgan joyi yoki nomzod tahsil olayotgan oʻquv muassasasi joylashgan hududiy bojxona boshqarmasiga mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi ariza bilan, harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari oʻz xizmat oʻtash joyiga mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladilar.
15. Institutga oʻqishga kirish uchun ariza (bildirgi)lar qabul yilining 1-yanvaridan 1-apreliga qadar qabul qilinadi.
16. Institutga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan hududiy bojxona boshqarmasi ishchi guruhiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
nomzodning arizasi (bildirgi);
nomzodning pasport nusxasi;
nomzodning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yoxud familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa maʼlumotlar oʻzgartirilgan boʻlsa, bu haqda FHDY organining maʼlumotnomasi;
nomzod yaqin qarindoshlarining pasporti, tugʻilganlik haqida guvohnomasi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnomasi, nikohdan ajralganlik haqida guvohnomasi, vafot etganlar boʻlsa, ularning oʻlim haqida guvohnomasi nusxalari;
nomzodning Institutga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari (asli va nusxasi);
nomzodning 3 x 4 sm oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9 x 12 sm oʻlchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
nomzodning tarjimai holi;
anketa — soʻrovnoma;
nomzodning oʻqish, ish (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan boʻlsa) joyidan tavsifnoma;
nomzodning umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi (akademik litsey, kasb-hunar kolleji)ni tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
nomzodning mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma (agar mavjud boʻlsa);
nomzod ota-onasining Institutga oʻqishga kirishga rozilik xati.
Nomzodning ayrim hujjatlariga aniqlik kiritish maqsadida qoʻshimcha ravishda zarur hujjatlar va maʼlumotlar tegishli tashkilotlardan soʻrab olinishi mumkin.
Arizani qabul qilgan ishchi guruh aʼzosi ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlarning aslini tekshirib oladi.
17. Institutga oʻqishga kirish istagini bildirgan bojxona organlari xodimlari tomonidan mazkur nizomning 16-bandi ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etiladi.
18. Tegishli shakl boʻyicha ruxsatnomani kelishish uchun zarur boʻlgan materiallar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
19. Hududiy bojxona boshqarmalari mazkur Nizomda nazarda tutilgan dastlabki tanlov tadbirlarini, Institut maxsus kasbiy tanlov tadbirlari boʻyicha vazifalarni bajarishga masʼuldir. Bunda hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlari va Institut boshligʻi nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish boʻyicha vazifalarni, ularni bajarish muddatlari va masʼul ijrochilarni koʻrsatgan holda tegishli qabul yili uchun chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlashi hamda uning ijrosini nazorat qilib borishlari lozim.
2-bob. Dastlabki tanlovni tashkil etish va oʻtkazish
20. Dastlabki tanlov targʻibot ishlaridan boshlanadi.
Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va Institut tomonidan yoshlarga bojxona organlarida xizmat qilishning mohiyatini va unga qoʻyiladigan talablarni ochib berish, ularda bojxona organi xodimi kasbini ongli ravishda tanlashni shakllantirish, muayyan taʼlim mutaxassisligini tanlashda yordam berish maqsadida targʻibot ishlari olib boriladi.
21. Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
yakka tartibda suhbatlashish;
individual-psixologik oʻrganish;
umum jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
22. Dastlabki tanlov tadbirlari hududiy bojxona boshqarmalari ishchi guruhlari tomonidan qabul yilining 1-yanvaridan 1-mayga qadar oʻtkaziladi.
23. Dastlabki tanlov:
fuqaro yoshlar uchun doimiy roʻyxatda turgan joydagi hududiy bojxona boshqarmasi (nomzod tahsil olayotgan oʻquv muassasasi joylashgan hudud)da;
harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari uchun xizmat qilish joyidagi harbiy qismlarda (muassasalarda), tegishli hududiy bojxona boshqarmalarida oʻtkaziladi.
24. Dastlabki tanlov tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
25. Nomzodlarning hujjatlarini toʻplash va ularning ushbu Nizom talablariga mosligini oʻrganish dastlabki tanlov yakunlangunga qadar amalga oshiriladi.
Ushbu nizomning 16 va 38-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarning haqqoniyligiga, shuningdek, toʻliq va sifatli jamlangan holda Qabul komissiyasiga oʻz vaqtida yetkazilishiga hududiy boshqarma boshliqlari bevosita masʼuldir.
26. Yakka tartibdagi suhbat fuqarolar bilan hududiy bojxona boshqarma boshliqlari tomonidan, harbiy xizmatchilar bilan harbiy qismlar (muassasalar) yoki boʻlinmalar komandirlarining tavsiyasiga koʻra hududiy bojxona boshqarma boshliqlari tomonidan, bojxona organlari xodimlari bilan tegishli hududiy bojxona boshqarma boshliqlari tomonidan oʻtkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat nomzod ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi boʻyicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi toʻldiriladi.
27. Individual-psixologik oʻrganish nomzodlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun ichida hududiy bojxona boshqarmalarning ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan psixologlar tomonidan ularni psixologik test sinovidan oʻtkazish yoʻli bilan mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi.
28. Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
Institutga oʻqishga kirish uchun tavsiya etiladi;
Institutga oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
29. Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha Institutga oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi. Bunda nomzodning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari toʻxtatiladi.
30. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hududiy bojxona boshqarmalari ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan individual-psixologik oʻrganish oʻtkazilgandan keyin 15 kun ichida mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi.
31. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan oldin ularning sogʻligʻi holati toʻgʻrisida tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasini, harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari esa, oʻzlariga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasini taqdim etadi.
32. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha belgilangan talablarga javob bermagan nomzodlar dastlabki tanlovning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi. Bunda nomzodning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari toʻxtatiladi.
33. Umumjismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga ular mazkur Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan zarur hujjatlarni toʻliq topshirganlaridan soʻng, tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma beriladi.
34. Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga (keyingi oʻrinlarda Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom deb ataladi) muvofiq maxsus tashkil etiladigan tibbiy komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
35. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha sogʻligʻiga koʻra nomzodning Institutda oʻqishga yaroqliligi darajasi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga qoʻshib qoʻyiladi.
36. Sogʻligʻining holatiga koʻra Institutda oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar maxsus kasbiy tanlovga qoʻyilmaydi.
37. Dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda shaxsiy hujjatlari yigʻmajildi toʻliq rasmiylashtirilgan nomzodlarni oʻqishga yuborish toʻgʻrisida mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa qabul qilinadi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga tikiladi.
38. Nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi oʻrinlarda Davlat test markazi deb ataladi) qabul jarayoni boʻyicha “Abitur” bazasini shakllantirish maqsadida, hududiy bojxona boshqarmalari ishchi guruhlari dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning maʼlumoti toʻgʻrisida (11-sinf negizidagi umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlim) hujjatlarining asli, oʻqishga imtiyozli kirish uchun harbiy qismlardan berilgan tavsiyanomaning asli (harbiy guvohnomasi bilan birga), mazkur Nizomning 57-bandida nazarda tutilgan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatining asli hamda mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan maʼlumotnomani toʻldirilib, ularning pasport nusxasi va ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan arizalar nusxasi bilan birgalikda Qabul komissiyasiga qabul yilining 20-may kuniga qadar yetkazishlari lozim.
39. Qabul komissiyasi tomonidan qabul yilining 20-mayiga qadar Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqilib hududiy bojxona boshqarmalarga yuboriladi.
40. Hududiy bojxona boshqarmalar ishchi guruhlari reja-jadvalga muvofiq nomzodlarni maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish muddatlari bilan tanishtiradi, ularning belgilangan muddatlarda Institutga hujjatlari toʻliq holda yetib kelishlarini taʼminlaydi.
41. Hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlari nomzodlarni Institutda oʻtkaziladigan maxsus kasbiy tanlov tadbirlariga kadrlar xizmatining masʼul xodimlar rahbarligida yetib kelishlarini taʼminlaydi.
42. Maxsus kasbiy tanlov qabul yilining 25-iyuniga qadar Institutda oʻtkaziladi.
43. Maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
psixofiziologik oʻrganish;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
yozma ish (diktant);
kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish;
yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
44. Qabul komissiyasi dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini roʻyxatga oladi va maxsus kasbiy tanlov jarayoniga tayyorgarlik koʻradi.
45. Psixofiziologik oʻrganish mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq qabul komissiyasi tarkibidagi psixofiziologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya mutaxassislari tomonidan oʻtkaziladi.
46. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish yuqori malakali tibbiyot mutaxassislaridan maxsus shakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
47. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha sogʻligʻining holatiga koʻra nomzodning Institutda oʻqishga yaroqliligi darajasi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
48. Sogʻligʻining holatiga koʻra Institutda oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar maxsus kasbiy tanlovning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
49. Yozma ish nomzodga diktant (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tillarida) yozdirish orqali Institut qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi. Bunda yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tarkibiga oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalari mutaxassislari kelishuv asosida jalb qilinishi mumkin.
50. Nomzodning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish mazkur yoʻnalish boʻyicha tuzilgan kichik komissiya tomonidan ushbu Nizomning 12-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq amalga oshiriladi.
51. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan metodika asosida nomzodlarning psixofiziologik oʻrganish natijalari, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish natijalarini hisobga olingan holda oʻtkaziladi.
52. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat qabul yilining 25-iyuniga qadar kollegial prinsip boʻyicha, Qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
53. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha nomzodni Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilinadi.
55. Test sinovlari oʻtkaziladigan kunda Davlat test markazi vakillari, bino rahbarlari va guruh nazoratchilariga Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan belgilangan tartibda pul mablagʻlari toʻlanadi.
56. Umumtaʼlim muassasalarida boshqa chet tili (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur va boshqa tillar) boʻyicha oʻqigan taqdirda nomzod chet tili fanidan test sinovlari oʻrniga mazkur Nizomda nazarda tutilgan Institutda yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon topshiradi. Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan oʻtkazilgan imtihon mazkur Nizomning 14-ilovasida nazarda tutilgan mezonlarga asosan baholanadi.
Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon topshirgan nomzodlar Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida chet tili fanidan test sinovlaridan ozod etiladilar.
Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon topshirgan nomzodlarning toʻplagan ballari haqidagi maʼlumot qabul yilining 1-iyuliga qadar Davlat test markaziga taqdim etiladi.
57. Chet tilini V1 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi davlat namunasidagi malaka sertifikatiga yoki chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga, tegishlicha CEFR (Common European Framework of Reference) boʻyicha V1 va undan yuqori darajaga, IELTS (International English Language Testing System) 5.5 va undan yuqori ballga, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) boʻyicha 70 va undan yuqori ballga, TestDaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber) boʻyicha TD № 3 darajasiga ega boʻlgan abituriyentlarga chet tili fandan belgilangan maksimal ball beriladi hamda ular ushbu fan boʻyicha test sinovidan ozod etiladilar.
58. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan va harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan nomzodlarga Institut bakalavriatiga oʻqishga imtiyozli kirish uchun test sinovi natijalari boʻyicha oʻzlari toʻplagan ballning 50 foizi miqdorida ball qoʻshish shaklida imtiyoz beriladi.
59. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy akademik litseylar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 17-fevraldagi 21-son qarori talablariga muvofiq respublika harbiy akademik litseylari bitiruvchilariga oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilishda toʻplanishi mumkin boʻlgan eng koʻp balning 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar qoʻshish shaklida imtiyoz beriladi.
60. Agar nomzod bir vaqtning oʻzida ushbu Nizomning 58 va 59-bandlarida koʻrsatilgan imtiyozlarga ega boʻlsa, ular tomonidan toʻplangan ballar yigʻindisiga imtiyozlar boʻyicha eng yuqori ball qoʻshiladi.
61. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlarining farzandlari Institutga dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda tegishli vazirlik yoki idora rahbarining taqdimnomasi asosida, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qarori bilan Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarisiz belgilangan qabul kvotalari ichida Institut bakalavriatiga oʻqishga qabul qilinadilar.
Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari Institutga qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida qabul qilinadilar.
Ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Institutga qabul qilishda oʻrinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ajratilgan besh foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 529-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son)
62. Nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3726-son qaroriga asosan imtiyoz beruvchi tavsiyanomaga ega boʻlsalar, uni qabul yilining 20-iyunigacha Qabul komissiyasiga taqdim etishlari shart.
63. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan maxsus maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari asosida xalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblari, “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari Qabul komissiyasining qaroriga koʻra, Institutga Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarisiz belgilangan qabul kvotalari ichida Institut bakalavriatiga oʻqishga qabul qilinadilar.
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalarining Institutga tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilishga tavsiya etilgan gʻoliblari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
64. Qabul komissiyasi tomonidan qabul yilining 25-iyunigacha boʻlgan muddatda ushbu Nizomning 61 — 63-bandlarida nazarda tutilgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taʼlim mutaxassisligi, shakli va tili koʻrsatilgan holda Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi Davlat bojxona qoʻmitasi taqdimnomalari asosida qabul yilining 4-iyuligacha ular boʻyicha alohida qaror qabul qiladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
5-bob. Institut bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish
65. Institut bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
66. Qabul komissiyasi qabul yilining 10-iyuligacha nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi va mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi. Bayonnoma nomzodlarni Institutga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
67. Institutga oʻqishga qabul qilish jarayonida Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilgan test sinovlari natijalariga koʻra, kvota boʻyicha belgilangan roʻyxatda oxirgi oʻrinda turuvchi nomzodning toʻplagan jami bali bilan undan keyingi oʻrinda turuvchi nomzodlarning toʻplagan ballari bir xil boʻlsa, ularning barchasi oʻqishga qabul qilinadilar.
68. Institut bakalavriatiga qabul qilingan har bir nomzod uchun yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish metodikasi ilovasida keltirilgan qaydnoma (maxsus kasbiy tanlov natijalari qaydnomasi) asosida mazkur nizomning 16-ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma toʻldiriladi va uning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildlariga qoʻshib qoʻyiladi.
69. Institutga oʻqishga qabul qilingan harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlariga oʻz xizmat oʻtash joylariga taqdim etish uchun ularning oʻqishga qabul qilinganligi boʻyicha buyruqdan koʻchirma beriladi.
70. Test sinovlari natijasi boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyatlari Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
71. Qabul komissiyasi nomzodlar belgilangan qoidalarga rioya qilmagan taqdirda ularni oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlashning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
72. Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov paytida Institut hududiga uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirishi va foydalanishi qatʼiy man etiladi.
Nomzod tomonidan sinovlarga mikrokalkulyatorlar, lugʻat, jadvallar, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirilishi, sinovlar paytida bir-biriga yordam berishi, birovning oʻrniga kirishi, sinov oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanib, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi va maxsus kasbiy tanlovdan chetlashtiriladi.
73. Dastlabki tanlov natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar, natijalar eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida hududiy bojxona boshqarmasi boshligʻining tegishli buyrugʻiga asosan tuzilgan apellyatsiya komissiyasiga shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkin.
Apellyatsiya komissiyasi kelib tushgan ariza va shikoyatlarni uch ish kuni ichida murojaat qilgan nomzod ishtirokida koʻrib chiqadi.
74. Maxsus kasbiy tanlov boshlanishidan oldin psixofiziologik oʻrganish, yozma ish (diktant), kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish, yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Qabul komissiyasi raisining buyrugʻiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
75. Apellyatsiya komissiyasiga ariza va shikoyatlar psixofiziologik oʻrganish, yozma ish (diktant), kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish, yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida taqdim etilishi mumkin.
76. Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan ariza va shikoyatlarni ular tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda murojaat qilgan nomzod ishtirokida koʻrib chiqadi.
Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
77. Institutga oʻqishga kirmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildlari test sinovlari natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 10 kun ichida tegishli hududiy bojxona boshqarmalarga qaytarib yuboriladi.
78. Nomzodni oʻqishga qabul qilish uchun asos boʻlgan hujjatlar Institutda saqlanadi.
79. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga oʻqishga qabul qilinsam, davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqida shartnoma imzolash, shartnoma shartlarini bajarish, shuningdek kursantlar safidan chiqarilsam yoki oʻqishni tamomlaganimdan soʻng besh yil ichida intizomiy jazo chorasi sifatida xizmatdan boʻshatilsam, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsam yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsam, oʻqish davrida menga sarflangan barcha mablagʻlarni qoplash boʻyicha moddiy javobgarligim toʻgʻrisida ogohlantirildim.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga oʻqishga kirishga nomzodning ota-onasi (farzandlikka oluvchi va vasiyi), farzandimiz
oʻqishga qabul qilinsa, davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqida shartnoma imzolash, shartnoma shartlarini bajarish, shuningdek kursantlar safidan chiqarilsa yoki oʻqishni tamomlaganidan soʻng besh yil ichida intizomiy jazo chorasi sifatida xizmatdan boʻshatilsa, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, oʻqish davrida unga sarflangan barcha mablagʻlarni qoplash boʻyicha moddiy javobgarligimiz toʻgʻrisida ogohlantirildik.
Menga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga Bojxona institutiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni soʻrayman. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash tartibi va moddiy taʼminoti bilan tanishtirildim.
Tanlovda ______________________________________________ mutaxassisligi boʻyicha ishtirok etaman.
Test sinovlarini _______________________________________________________ tilida topshiraman.
(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)
Chet tilidan test sinovlarini (imtihonni)________________________________tili boʻyicha topshiraman.
Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman. Oilamda oʻzgarishlar boʻlganda hamda yaqin qarindoshlarimdan birortasi jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, belgilangan muddatda boshliqlarimga va shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga yozma ravishda xabar beraman.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
_________________________________ ga
(hududiy bojxona boshqarmasi boshligʻining unvoni va F.I.Sh.)
BILDIRGI
Menga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
Tanlovda ______________________________________________ mutaxassisligi boʻyicha ishtirok etaman.
Test sinovlarini _______________________________________________________ tilida topshiraman.
(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)
Chet tilidan test sinovlarini (imtihonni)________________________________ tili boʻyicha topshiraman.
1. Mazkur Metodika nomzodlarni individual-psixologik oʻrganish maqsadida psixologik test sinovlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Dastlab nomzodlarga individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish tartibi hududiy boshqarmalarning ishchi guruhi tarkibiga kirgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi hamda ularga tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
3. Psixologik testlar, ularning javoblari, javoblar blanklari har yili tegishli qabul yili uchun Qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.
4. Psixologik testlar, ularning javoblari, javoblar blanklari hududiy bojxona boshqarmasi Kadrlar boʻlimi boshligʻining seyfida saqlanadi va u testlarning oshkor boʻlib ketmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
2-bob. Individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish
5. Nomzodlarni individual-psixologik oʻrganish yakka tartibda yoki guruh boʻlib oʻtkazilishi mumkin.
6. Nomzodlarni individual-psixologik oʻrganish guruh boʻlib oʻtkazilganda, xonada nomzodlar 20 nafardan ortiq boʻlmasligi zarur.
7. Nomzodlarni individual-psixologik oʻrganish davomida ularga oltita vazifa boʻyicha bir yuz oʻnta psixologik test beriladi.
8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yoʻnaltiriladi:
aql zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi;
mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkurlarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari;
shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixologik turgʻunligi, samimiyligi;
bojxonachi kasbini tanlashdan maqsadi va bu maqsadning barqarorligi.
9. Birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi vazifalar — oʻntadan savol (jami qirqta), beshinchi vazifaning toʻrtta shkalasi — oʻn toʻrttadan savol (jami ellik oltita), oltinchi vazifa — oʻn toʻrtta savoldan iborat boʻladi. Bunda har bir toʻgʻri javobga bir ball qoʻyiladi.
10. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodning sogʻligʻi surishtiriladi. Oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar individual-psixologik oʻrganish jarayoniga qoʻyilmaydi. Bunday holatda nomzod uchun dalolatnoma tuziladi va unga keyingi individual-psixologik oʻrganishdan oʻtish uchun qayta ruxsat beriladi.
11. Javoblar varaqasining toʻgʻri toʻldirilishi uchun nomzod shaxsan javobgar. Javoblar varaqasidagi tegishli katakchalarni notoʻgʻri belgilagan nomzodning eʼtirozlari koʻrib chiqilmaydi.
12. Psixologik test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
13. Psixologik test oʻtkazish vaqtida masʼul shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
14. Barcha topshiriqlar bajarib boʻlingandan soʻng, nomzodlar javoblar varaqasini oʻrganish oʻtkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. Oʻrganish oʻtkazgan mutaxassislar javoblar varaqasini qabul qilishda ularning toʻgʻri toʻldirilganligiga eʼtibor berishi zarur.
15. Vazifalarning barchasini (beshinchi vazifadagi barcha shkalani) muvaffaqiyatli topshirgan nomzod Institutga kirish uchun tavsiya etiladi hamda unga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.
16. Individual-psixologik oʻrganish natijalari boʻyicha Institutga oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlarga boshqa kuni oʻtkaziladigan individual-psixologik oʻrganish tadbirida psixologik testlarni yana bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
17. Individual-psixologik oʻrganish sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
18. Qaydnoma hududiy boshqarmaning ishchi guruhi raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan imzolanadi. Qaydnoma nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi hududiy boshqarmaning ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga sport kiyimlarida kelishlari lozim.
4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajarishadi.
Oʻgʻil bolalar:
turnikda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.
Qiz bolalar:
kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
100 metrga yugurish;
1000 metrga yugurish.
5. Mashqlar oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
6. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga koʻra topshirmagan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi.
7. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi birinchi marta qoniqarsiz baholangan nomzodlarga boshqa kuni oʻtkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarida mashqlarni yana bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi.
2-bob. Mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
8. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (turnikda osilish holati 1-2 soniya davom etadi).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Turnikda kamida 7-marta tortilgan nomzod ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
9. 100 metrga yugurish mashqi:
yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;
stadionning yugurish yoʻlakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.
100 metrga yugurish mashqini oʻgʻil bolalar 15,0 soniya ichida, qiz bolalar esa 17,3 soniya ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
10. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
3000 metrga yugurish mashqini oʻgʻil bolalar 14,25 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
1000 metrga yugurish mashqini qiz bolalar 5,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
11. Qiz bolalar uchun kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda bir daqiqada ikkita mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniya vaqt ajratiladi.
12. Birinchi mashqni bajarishda:
chalqancha yotiladi;
qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.
13. Birinchi mashq uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi eʼlon qilingandan soʻng, darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishiladi.
14. Ikkinchi mashqni bajarishda:
qoʻlga tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
Kuch ishlatish mashqlari kompleksini nomzod qizlar kamida (umumiy hisobda) 26-marta bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
15. Nomzodlar belgilangan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash turlaridan kamida ikkitasini muvaffaqiyatli bajargan taqdirda, umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
17. Qaydnoma hududiy boshqarmaning ishchi guruhi raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan imzolanadi. Qaydnoma nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash metodikasiga ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
QAYDNOMASI
Nomzod _______________________________________________________________________________
Topshirish joyi: _______________________________________________________________________
Topshirish sanasi: 20__ yil “___” _______________
1. Psixofiziologik oʻrganish nomzodning psixofiziologik xislatlari va individual xususiyatlarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Nomzodlarni psixofiziologik oʻrganish ularga psixologik topshiriqlar berish orqali aniqlanadi.
2. Nomzodlarga psixofiziologik oʻrganish oʻtkazishdan oldin mazkur Metodikada nazarda tutilgan psixofiziologik oʻrganish oʻtkazish tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
3. Psixologik topshiriqlar, ularning javoblari va javoblar varaqasi Qabul komissiyasi tarkibidagi psixofiziologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya tomonidan qabul yilining 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va zarur miqdorda koʻpaytiriladi.
Psixologik topshiriqlar, ularning javoblari va javoblar varaqasi kichik komissiya raisining seyfida saqlanadi. Kichik komissiya raisi psixologik topshiriqlar va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
2-bob. Psixofiziologik oʻrganishni oʻtkazish va natijalarni baholash
4. Psixofiziologik oʻrganish davomida nomzodlarga 3 ta psixologik topshiriq beriladi.
nomzodga topshiriq mazmuniga muvofiq boʻlmagan tushuntirishlar yoki javobga yoʻnaltirilgan savollar berish;
topshiriqlarni bajarish vaqtida nomzodni tanqid qilish, unga tanbeh berish.
6. Psixofiziologik oʻrganishni oʻtkazishda topshiriqlar boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar aniq yetkazilishi hamda oʻrganish nomzodning hissiy (somatik), psixoemotsional holati yaxshi boʻlgandagina oʻtkazilishi lozim.
7. Psixofiziologik oʻrganish maxsus jihozlangan xonada oʻtkaziladi.
8. Ushbu xona:
yetarli darajada tabiiy va sunʼiy yoritilgan boʻlishi;
shovqindan himoyalangan boʻlishi;
nomzodlarga ajratilgan joylar qulay va raqamlangan boʻlishi;
zarur namoyish jadvallari, plakatlar va matritsalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
9. Psixofiziologik oʻrganish oʻtkaziladigan xonada nomzodlar 20 nafardan ortiq boʻlmasligi zarur.
10. Kichik komissiya raisi nomzodlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini shaxsan tekshirib, ularni raqamlangan joylarga oʻtqizadi.
11. Psixofiziologik oʻrganish boshlanishidan oldin oʻzini yomon his qilayotgan yoki sogʻligʻidan shikoyat qilayotgan nomzodlar mazkur tadbirga qoʻyilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va nomzodga keyingi guruhlar tarkibida psixofiziologik oʻrganishdan oʻtish uchun qayta ruxsat beriladi.
12. Psixofiziologik oʻrganish vaqtida uni oʻtkazayotgan masʼul shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
13. Barcha topshiriqlar bajarib boʻlingandan soʻng, nomzodlar javoblar varaqasini psixofiziologik oʻrganish oʻtkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. Psixofiziologik oʻrganish oʻtkazayotgan mutaxassislar javoblar varaqasini qabul qilishda ularning toʻgʻri toʻldirilganligiga eʼtibor berilishi zarur.
14. Nomzodlarning psixofiziologik oʻrganish natijalari “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
nomzod psixologik topshiriqlarning barchasini toʻgʻri bajargan taqdirda — 5 ball;
nomzod psixologik topshiriqlarning ikkitasini toʻgʻri bajargan taqdirda — 4 ball;
nomzod psixologik topshiriqlarning bittasini toʻgʻri bajargan taqdirda — 3 ball;
nomzod psixologik topshiriqlarning birortasini toʻgʻri bajarmagan taqdirda — 0 ball qoʻyiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Psixofiziologik oʻrganish natijalari boʻyicha nomzodlar uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi va Qabul komissiyasi masʼul kotibiga topshiriladi.
16. Nomzodlarni psixofiziologik oʻrganish tadbirlari kompyuter texnologiyalariga asoslangan maxsus avtomatlashtirilgan dastur yordamida ham oʻtkazilishi mumkin.
1. Yozma ish (diktant) yozdirish yoʻli bilan nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonligini baholash amalga oshiriladi.
2. Diktantlarning mavzulari va matnlari Qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tomonidan 1-iyun kuniga qadar shakllantiriladi, Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va zarur miqdorda koʻpaytiriladi.
3. Yozma ish (diktant)larning mavzulari va matnlari kichik komissiya raisining seyfida saqlanadi hamda u ularning oshkor qilinmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
4. Nomzodlarga dastlab mazkur Metodikada nazarda tutilgan yozma ish (diktant) oʻtkazish tartibi tushuntiriladi.
5. Nomzodlarga yozma ish (diktant)ni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. Yozma ish (diktant) qanday baholanishidan qatʼi nazar, nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyiladi.
6. Yozma ish (diktant)lar tekshirib chiqilgandan soʻng, natijalari boʻyicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi va Institut qabul komissiyasi masʼul kotibiga topshiriladi.
7. Yozma ish (diktant) oʻtkaziladigan auditoriyaga lugʻat, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
2-bob. Yozma ish (diktant)ga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
8. Yozma ish (diktant) uchun umumiy oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi fan dasturlari doirasida oʻtilgan mavzularga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
9. Yozma ish (diktant) matnining hajmi 170 — 200 ta soʻzdan iborat boʻladi.
10. Diktant yozishdan oldin nomzodlarga diktant matni toʻliq oʻqib eshittiriladi.
Yozma ish (diktant) yozish vaqtida har bir gap oʻqib eshittirilgandan soʻng, ushbu gapni yozishga kirishiladi. Ushbu gap yozib boʻlingandan soʻng, gap yana bir bor oʻqib eshittiriladi.
11. Nomzodlarning diktanti “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
mutlaqo xatosiz yozilgan yoki bitta orfografik yoxud bitta punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 5 ball qoʻyiladi;
ikkitagacha orfografik va ikkitagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 4 ball qoʻyiladi, xatolar nisbati oʻzgarganda, ularning umumiy miqdori toʻrttadan oshmasligi kerak;
toʻrttagacha orfografik va toʻrttagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 3 ball qoʻyiladi, xatolar nisbati oʻzgarganda, ularning umumiy miqdori sakkiztadan, biroq orfografik xatolar miqdori oltitadan oshmasligi kerak;
yettitagacha orfografik va yettitagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 2 ball;
toʻqqiztagacha orfografik va toʻqqiztagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 1 ball;
oʻnta va undan ortiq orfografik va oʻnta va undan ortiq punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 0 ball qoʻyiladi.
12. Quyidagi mezonlar mavjud boʻlganda xatolar, ularning sonidan qatʼi nazar, bitta xato deb topiladi:
beshta soʻzda “h” yoki “oʻ” harflari oʻrnida tegishlicha “x” yoki “u” harflari yozilgan boʻlsa;
kirish soʻzlarning (masalan, darvoqe, darhaqiqat) yozilishida oltitagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
qaratqich belgisi uchtagacha soʻzda notoʻgʻri qoʻllanilgan boʻlsa.
13. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi:
tasodifiy xatolar (masalan, tushunmoq soʻzi barcha oʻrinlarda toʻgʻri yozilgan, biroq bitta oʻrinda notoʻgʻri yozilgan yoki 1441 oʻrniga 1941 yozilgan boʻlsa);
takroriy xatolar (masalan, qutulmoq soʻzi besh oʻrinda qutilmoq tarzida qoʻllanilgan boʻlsa);
soʻz koʻchirishdagi xatolar (masalan, voqe-a yoki oktya-br);
ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Choʻlpon ota — Choʻpon ota, Yunusobod — Yunus-obod).
14. Diktantdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq boʻlsa, baho bir ballga pasaytiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Tekshirilgan har bir yozma ish (diktant)ga Qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya raisi va diktantni tekshirgan aʼzosi tomonidan imzo qoʻyiladi. Bunda kichik komissiya aʼzolari oʻzlari diktant yozdirgan nomzodlarning diktantlarini tekshirishi taqiqlanadi.
16. Yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya ishi yakunlangach, nomzodlarning yozma ish (diktant)lari kichik komissiya raisi tomonidan Qabul komissiyasi masʼul kotibiga topshiriladi.
Kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasi kompyuter dasturiga kiritilgan test savollarini berish yoʻli bilan tekshiriladi.
2. Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirishdan oldin ularga mazkur Metodikada nazarda tutilgan tekshirish oʻtkazish tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
3. Test savollari, ularning javoblari Institut qabul komissiyasi tarkibidagi kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish kichik komissiyasi tomonidan qabul yilining 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli kompyuterlar dasturiga kiritiladi.
4. Test savollari va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun kichik komissiya raisi javobgar hisoblanadi.
2-bob. Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish
5. Nomzodga yigirmata test savoli va ularni yechish uchun oʻttiz daqiqa vaqt beriladi. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
6. Test sinovlari oʻtkazilayotgan auditoriyaga lugʻat, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
7. Test savollarini shakllantirishda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi fan dasturlariga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
8. Test savollari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tuziladi:
shaxsiy kompyuterdan foydalanish boʻyicha;
idora dasturiy ilovalari (Microsoft Office dasturi) boʻyicha;
internet tarmogʻida, lokal va korporativ tarmoqlarda ishlash va tashkiliy texnikadan foydalanish boʻyicha.
9. Test sinovlari natijasi “5” ballik tizimda quyidagi tartibda baholanadi:
17 — 20 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 5 ball;
13 — 16 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 4 ball;
9 — 12 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 3 ball;
5 — 8 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 2 ball;
1 — 4 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 1 ball;
test savollarining birortasiga ham toʻgʻri javob berilmagan boʻlsa — 0 ball qoʻyiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
10. Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish natijalari boʻyicha qaydnoma mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi va Qabul komissiyasi masʼul kotibiga topshiriladi.
Nomzodlarning kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish metodikasiga ILOVA
Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish boʻyicha test natijalari
QAYDNOMASI
Hududiy bojxona boshqarmasi: ____________________________________________________________
(nomi)
Topshirish joyi: _______________________________________________________________________
Nomzodlarga test oʻtkazilgan sana: 20___ yil “___” __________________________.
T/r
Nomzodning F.I.Sh.
Tanlagan yoʻnalishi va taʼlim tili
Toʻgʻri javoblar soni
Notoʻgʻri javoblar soni
Toʻplagan bali
1.
2.
3.
4.
5.
6.
...
Nomzodlarning umumiy soni_________
Shu jumladan koʻrsatkichlari boʻyicha soni:
“5” ball ___________________________
“4” ball ___________________________
“3” ball ___________________________
“0” ball ___________________________
Test sinovini oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya raisi:
________________(imzo)
_________________________________ (unvoni va F.I.Sh.)
Kichik komissiya aʼzolari:
________________(imzo)
_________________________________ (unvoni va F.I.Sh.)
________________(imzo)
_________________________________ (unvoni va F.I.Sh.)
________________(imzo)
_________________________________ (unvoni va F.I.Sh.)
________________(imzo)
_________________________________ (unvoni va F.I.Sh.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
1. Qabul komissiyasi tomonidan sogʻligining holatiga koʻra, Institutda oʻqishga yaroqli deb topilgan nomzodlar uchun maxsus kasbiy tanlov oxirida yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkaziladi.
2. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodning Institutga oʻqishga kirishi sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatlari va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlash maqsadida yagona metodika boʻyicha psixofiziologik oʻrganish, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish natijalari asosida oʻtkaziladi.
3. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish boʻyicha asosiy tushunchalar, suhbat davomida berilishi mumkin boʻlgan savollarning umumiy yoʻnalishlari va qabulga oid boshqa zarur maʼlumotlar maxsus kasbiy tanlov tadbirlari boshlanishidan oldin Qabul komissiyasi tomonidan beriladi.
4. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida nomzodlarga beriladigan savollar toʻplami umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq holda qabul yilining 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqilib, Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Savollar nomzodning oʻqishga kirish sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatini, dunyoqarashini va boshqa muhim fazilatlarini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim.
6. Savollar roʻyxati Qabul komissiyasi masʼul kotibining seyfida saqlanadi. Masʼul kotib savollarning oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
2-bob. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish
7. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegial prinsip boʻyicha, Qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
8. Nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbatga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan kiritiladi.
9. Qabul komissiyasi aʼzolariga masʼul kotib tomonidan yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻtkazilayotgan nomzod haqidagi barcha maʼlumot (hujjatlarni rasmiylashtirgan hududiy bojxona boshqarmasi, tanlagan yoʻnalishi va taʼlim tili, sogʻligining holatiga koʻra Institutda oʻqishga yaroqliligi, psixofiziologik oʻrganish, yozma ish (diktant), kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasi natijalari)lar taqdim etiladi.
10. Qabul komissiya aʼzolari nomzod haqidagi umumiy maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, unga ogʻzaki tarzda 3 ta savol beradi.
11. Har bir nomzodga 10 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodning barcha savollarga bergan javobi eshitilgandan soʻng, unga auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
3-bob. Yakuniy suhbat natijalarini aniqlash
12. Nomzodlar savollarga bergan javoblariga qarab quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi:
nomzod toʻgʻri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — 5 ball;
nomzod mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 4 ball;
nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 3 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — 2 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — 0 ball qoʻyiladi.
13. Nomzodning berilgan savollarga javobi eshitilgandan soʻng, komissiyaning har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ushbu ballarning oʻrta arifmetigi nomzodning yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan olgan bahosi hisoblanadi.
Maxsus kasbiy tanlovning barcha turdagi tadbir (diktant, psixofiziologik oʻrganish, kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasi, yakka tartibdagi suhbat natijasi)lari boʻyicha nomzod toʻplagan ballarning oʻrta arifmetik miqdori uning uchun yakuniy ball hisoblanadi.
14. Maxsus kasbiy tanlov tadbirlari boʻyicha yakuniy ball shu kunning oʻzida nomzodlarga eʼlon qilinadi va mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma rasmiylashtiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha oʻrtacha uch va undan yuqori yakuniy ball toʻplagan nomzodlarga Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga ruxsat beriladi.
16. Nomzodni Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga ruxsat yoki ruxsat bermaslik toʻgʻrisidagi qaror qaydnomaga yozib qoʻyiladi.
Topshirish sanasi: 20___ yil “___” ________________
T/r
Nomzodning F.I.Sh
Tanlagan yoʻnalishi va taʼlim tili BI / yurisprudensiya oʻzbek/rus
Tibbiy koʻrik natijasi (institutda oʻqishga yaroqli yoki yaroqsiz)
Psixofi- ziologik oʻrganish natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball
Yozma ish (diktant) natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball
Komp. texn va axb-kom. texnologiyalari boʻyicha bilimiga qoʻyilgan ball
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball
Oʻrtacha arifmetik ball
Qabul qilingan qaror: test sinovlarini topshirishga (ruxsat/ ruxsat emas)
1.
2.
3.
4.
5.
6.
...
Tavsiya etilgan jami ______ nafar nomzodlardan______nafariga Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga ruxsat etildi.
Komissiya raisi:
______________________(imzo)
_________________________________ (unvoni va F.I.Sh.)
Qabul komissiyasi aʼzolari:
______________________(imzo)
_________________________________ (unvoni va F.I.Sh.)
______________________(imzo)
_________________________________ (unvoni va F.I.Sh.)
______________________(imzo)
_________________________________ (unvoni va F.I.Sh.)
Qabul komissiyasi masʼul kotibi:
______________________(imzo)
_________________________________ (unvoni va F.I.Sh.)
Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonni baholash
MEZONLARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Imtihon test sinovlari majmuasida chet tili fanining egallagan oʻrnini hisobga olgan holda maksimal 63 ballgacha boʻlgan yagona koʻp balli tizim boʻyicha baholanadi.
2. Imtihonda tegishli chet tili boʻyicha nomzodning matnni oʻqiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, berilgan mavzuni bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi, jumlani grammatik tahlil qila olishi, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantira olishi, talaffuz qila olishi, yoza olishi tekshiriladi va baholanadi.
2-bob. Baholash mezonlari
3. Nomzodlarning imtihonda savollarga bergan javoblari mazkur bobda belgilangan mezonlar boʻyicha baholanadi.
4. Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonda, nomzodning chet tilida matnni oʻqiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, berilgan mavzuni bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi, jumlani grammatik tahlil qila olishi, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantira olishi, talaffuz qila olishi, yoza olishi tekshiriladi va baholanadi.
5. Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tili fani boʻyicha:
a) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 63 ball qoʻyiladi:
matnni oʻqishda xato qilmasa — 15,5 ball;
matnni toʻliq (100 foiz) tarjima qilsa — 11,6 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini toʻliq gapirib bersa — 11,6 ball;
berilgan mavzuni toʻliq bilsa — 2,5 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolga ham javob bersa — 5 ball;
grammatik tahlil qilishda jumlani toʻliq tahlil qilsa — 4,2 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda ikkitagacha grammatik, ikkitagacha leksik xato qilsa — 4,2 ball;
talaffuz qilishda ikkitagacha fonetik xato qilsa — 4,2 ball;
yozganda ikkitagacha orfografik xato qilsa — 4,2 ball qoʻyiladi;
b) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 43 ball qoʻyiladi:
matndagi ikkitagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 11,6 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning bittasiga javob bersa — 2,5 ball;
grammatik tahlil qilishda jumlani chala tahlil qilsa — 2,5 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda toʻrttagacha grammatik, toʻrttagacha leksik xato qilsa — 3,3 ball;
talaffuz qilishda toʻrttagacha fonetik xato qilsa — 2,5 ball;
yozganda toʻrttagacha orfografik xato qilsa — 2,5 ball qoʻyiladi;
v) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 26 ball qoʻyiladi:
matndagi beshtagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 8,4 ball;
matnning 80 foizini tarjima qilsa — 7,4 ball;
matnning (maqolaning) faqat umumiy mazmunini gapirib bersa — 3,4 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda oltitagacha grammatik, oltitagacha leksik xato qilsa — 3,4 ball;
talaffuz qilishda oltitagacha fonetik xato qilsa — 1,7 ball;
yozganda oltitagacha orfografik xato qilsa — 1,7 ball;
berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa — 0 ball qoʻyiladi;
g) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 13 ball qoʻyiladi:
matndagi yettitagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 4,9 ball;
matnning 70 foizini tarjima qilsa — 4,9 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda sakkiztagacha grammatik, sakkiztagacha leksik xato qilsa — 1,6 ball;
talaffuz qilishda sakkiztagacha fonetik xato qilsa — 0,8 ball;
yozganda sakkiztagacha orfografik xato qilsa — 0,8 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa — 0 ball qoʻyiladi;
d) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 3 ball qoʻyiladi:
matnning 60 foizini tarjima qilsa — 3 ball;
matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda xato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda toʻqqiz va undan ortiq grammatik, toʻqqiz va undan ortiq leksik xato qilsa, talaffuz qilishda toʻqqiz va undan ortiq fonetik xato qilsa, yozganda toʻqqiz va undan ortiq orfografik xato qilsa — 0 ball qoʻyiladi;
e) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 2 ball qoʻyiladi:
matnning 50 foizini tarjima qilsa — 2 ball;
matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda xato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda toʻqqiz va undan ortiq grammatik, toʻqqiz va undan ortiq leksik xato qilsa, talaffuz qilishda toʻqqiz va undan ortiq fonetik xato qilsa, yozganda toʻqqiz va undan ortiq orfografik xato qilsa — 0 ball qoʻyiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
7. Nomzodning javoblari qabul qilingandan soʻng, komissiyaning har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga imtihon natijalari boʻyicha mazkur Mezonlarning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnomaga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
8. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik bahosi aniqlanadi. Natijalar shu kunning oʻzida nomzodlarga eʼlon qilinadi.
Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonni baholash mezonlariga ILOVA
Topshirish joyi: _______________________________________________________________________.
Topshirish sanasi: 20__ yil “___” ____________.
Imtihon topshirilgan til: ___________________.
Nomzodga qoʻyilgan ball _____________________.
Imtihon komissiyasi raisi:
________________(imzo)
_________________________________ (unvoni va F.I.Sh.)
Kichik komissiya aʼzolari:
________________(imzo)
_________________________________ (unvoni va F.I.Sh.)
________________(imzo)
_________________________________ (unvoni va F.I.Sh.)
________________(imzo)
_________________________________ (unvoni va F.I.Sh.)
________________(imzo)
_________________________________ (unvoni va F.I.Sh.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 15-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
_______________________________
_______________________________
_______________________________
(qabul komissiyasi raisining unvoni, F.I.Sh. va imzosi)
20 ___ yil “_____”__________________
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI BOJXONA INSTITUTI qabul komissiyasi yigʻilishining ____-son BAYONNOMASI
20__ yil “___”__________
______________________________________(yigʻilish oʻtkazilgan hudud nomi)
Raislik qiluvchi:
______________________________________(qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.Sh.)
Qatnashganlar:
______________________________________ (qabul komissiyasi aʼzolari)
______________________________________ (qabul komissiyasi aʼzolari)
KUN TARTIBI:
(nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona instituti qabul komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalarini koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga asosan qaror qiladi:
__________________________ mutaxassisligi boʻyicha tanlov natijalari:
T/r
Nomzodning F.I.Sh.
Nomzodning maxsus kodi
Test sinovlarida toʻplagan bali
Imtiyoz
Umumiy ball
Oʻqishga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqida yozuv
1.
2.
3.
...
Qabul komissiya raisi:
______________________(imzo)
______________________________(unvoni va F.I.Sh.)
Qabul komissiyasi aʼzolari:
______________________(imzo)
______________________________(unvoni va F.I.Sh.)
______________________(imzo)
______________________________(unvoni va F.I.Sh.)
Qabul komissiyasi masʼul kotibi:
______________________(imzo)
______________________________(unvoni va F.I.Sh.)
Tanlagan yoʻnalishi va taʼlim tili __________________________________________________________
(bojxona ishi / bojxona huquqi , rus / oʻzbek)
Topshirish sanasi: 20___ yil “___” _________________
Psixofiziologik oʻrganish natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball
Yozma ish (diktant) natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball
Kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball
Oʻrtacha arifmetik ball
Qabul qilingan qaror:Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga ruxsat ________________________________________________________________________________
Komissiya raisi:
_________________________(imzo)
_________________________(unvoni va F.I.Sh.)
Qabul komissiyasi masʼul kotibi:
_________________________(imzo)
_________________________(unvoni va F.I.Sh.)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) magistratura bosqichiga tinglovchilarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Institut magistraturasiga yillik kvota Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat bojxona qoʻmitasi deb ataladi) mutaxassis kadrlarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi tomonidan belgilanadi.
3. Iqtisodiyot va yurisprudensiya (shu jumladan bojxona ishi va bojxona huquqi mutaxassisligi) taʼlim yoʻnalishlarini, shuningdek, magistraturaga qabul boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilangan turdosh taʼlim yoʻnalishlarini tamomlagan bojxona organlari xodimlari magistraturaga tanlov asosida qabul qilinadilar.
4. Institut magistraturasiga tanlov va oʻqishga qabul qilish teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida ikki bosqichda tashkil etiladi:
dastlabki tanlov;
kasbiy tanlov.
Ushbu tadbirlar mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
5. Dastlabki tanlov qabul yilining 1-maydan 30-iyungacha boʻlgan vaqt oraligʻida amalga oshiriladi.
Davlat bojxona qoʻmitasining markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazida (keyingi oʻrinlarda hududiy bojxona boshqarmalari deb ataladi) har oʻquv yili uchun magistratura taʼlim yoʻnalishida oʻqish istagini bildirgan nomzodlar roʻyxati tuziladi.
Nomzodlarning xizmat faoliyatlari oʻrganib chiqilib, ularning magistraturada oʻqishga layoqatliligi, shuningdek soha boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishga qobiliyati hududiy boshqarmalarning Attestatsiya komissiyalarida koʻrib chiqiladi. Komissiya tomonidan nomzod magistraturada oʻqishga munosib deb topilganda, uning tegishli hujjatlari Institutga taqdim etiladi.
6. Nomzodlar boʻyicha quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
hududiy bojxona boshqarmasi boshligʻining nomzodga bergan tavsifnomasi (Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosarining Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati xodimiga bergan tavsifnomasi);
7. Nomzodlarning tegishli hujjatlari qabul yilining 5-iyul kuniga qadar Institut qabul komissiyasiga yuboriladi.
8. Kasbiy tanlovning asosiy maqsadi nomzodlarning intellektual salohiyati, bojxona sohasidagi amaliy koʻnikmalarini hamda chet tillarini oʻzlashtirganlik darajalarini xolisona baholashdan iboratdir.
Kasbiy tanlov qabul yilining 10-iyuldan 25-iyulgacha boʻlgan vaqt oraligʻida quyidagi shaklda olib boriladi:
mutaxassislik fanlari boʻyicha yozma imtihon (kamida 2 ta fandan);
9. Institut magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari oʻzbek yoki rus tilida oʻtkaziladi. Nomzodning magistraturaga kirish toʻgʻrisidagi bildirgisida imtihonni qaysi tilda topshirish koʻrsatilishi lozim.
10. Magistraturaga kirish imtihonlari mutaxassisliklar boʻyicha alohida oʻtkaziladi.
11. Chet tili va mutaxassislik fanlaridan imtihonlar oʻtkazish jadvallari Institut boshligʻi buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Ushbu buyruqqa imtihonga kiruvchi nomzodlar roʻyxati ilova qilinadi.
Yozma imtihonlar oʻtkazish jadvallari ushbu tadbirlar boshlanishidan kamida 10 kun oldin nomzodlarga tegishli tartibda yetkaziladi.
12. Institutning magistratura taʼlim yoʻnalishiga qabul qilingan xodimlar Institut tinglovchisi hisoblanadi. Magistraturada oʻqish davrida tinglovchilarning oxirgi egallab turgan lavozimi, shuningdek, pul taʼminoti (lavozim maoshi, unvon maoshi, koʻp yillik xizmatlari uchun ustama) saqlanadi.
13. Institut magistraturasiga oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida, har oʻquv yili uchun Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan Institut magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasi tuziladi va uning tarkibi tasdiqlanadi.
14. Qabul komissiyasining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi.
15. Qabul komissiyasiga Institut boshligʻi rahbarlik qiladi. Qabul komissiyasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Institut xodimlari tarkibidan shakllantiriladi.
Qabul komissiyasi:
kasbiy tanlov oʻtkazish tadbirlarini tashkil qiladi;
kasbiy tanlov boʻyicha imtihonlar savollari, qaydnomalar va boshqa materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi.
16. Qabul komissiyasi oʻz faoliyatini qabul yilining 1-iyulidan 30-avgustiga qadar olib boradi.
17. Qabul komissiyasi tarkibida kasbiy tanlovni oʻtkazuvchi komissiya (imtihon komissiyasi, maxsus komissiya)lar tuzilishi mumkin. Ushbu komissiyalar tarkibiga Davlat bojxona qoʻmitasi va Institutning yetakchi mutaxassis xodimlari, shuningdek respublika oliy oʻquv yurtlarining mutaxassislari kiritilishi mumkin.
2-bob. Institut magistraturasiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
18. Institut magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlov tegishli tartibda eʼlon qilinadi. Eʼlonda tanlovni oʻtkazish muddatlari, oʻtkazish joyi, oʻqishga qabul qilish shartlari hamda tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.
19. Institut magistraturasiga oʻqishga kirish istagini bildirgan Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati xodimi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi nomiga, hududiy bojxona bojxona boshqarmasi xodimi hududiy bojxona boshqarmasi boshligʻi nomiga mazkur Nizomning 2-ilovasi va Institut boshligʻi nomiga mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.
Bildirgilar qabul yilining 1-mayidan 30-mayiga qadar qabul qilinadi. Bildirgiga mazkur Nizomning 107-bandida nazarda tutilgan hujjatlar nusxasi ilova qilinadi (mavjud boʻlsa).
3-bob. Dastlabki tanlov
20. Dastlabki tanlov doirasida Institut magistraturasiga kirish uchun hujjat topshirgan nomzodlarning nazariy bilim va amaliy salohiyatlari hamda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanish uchun zarur boʻlgan qobiliyat va koʻnikmalariga ega ekanliklari aniqlanadi.
21. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
nomzodning maʼnaviy-axloqiy xislatlarini va kasbiy malakasini, egallab turgan lavozimidagi erishgan yutuqlarini baholash;
nomzodning faol fuqarolik pozitsiyasi va respublikada oʻtkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha dunyoqarashlarini aniqlash;
nomzodning kelgusida bojxona sohasida ilmiy, ilmiy-pedagogik faoliyatni davom ettira olishiga yoki tanlagan sohaviy yoʻnalishi boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlib chiqishiga baho berish;
nomzodning kasbiy tanlovda ishtirok etish masalasini kollegial tarzda hal qilish.
22. Dastlabki tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
23. Dastlabki tanlov hududiy bojxona boshqarmalarning Attestatsiya komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi.
Attestatsiya komissiyalari tomonidan quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
nomzod “kasbiy tanlovda ishtirok etishga tavsiya etiladi”;
nomzod “kasbiy tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilmaydi”.
4-bob. Yozma imtihonlarni oʻtkazish tartibi
24. Yozma imtihonlarni ushbu Nizomga qatʼiy rioya qilgan holda tashkil etish va oʻtkazish masʼuliyati Qabul komissiyasi raisi, masʼul kotib, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari, imtihon komissiyasi va maxsus komissiya aʼzolariga yuklanadi.
25. Yozma imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida amalga oshiriladi.
26. Yozma imtihonlarni oʻtkazish jarayonlari boʻyicha quyidagilar Qabul komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
yozma imtihon oʻtkazish jarayonining xolisona va adolatli oʻtishini taʼminlash;
yozma imtihon oʻtkazish uchun bino va auditoriyalarni tayyorlash;
yozma imtihonni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha zarur sharoitlarni yaratish;
nomzodlarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, shuningdek, yozma imtihon natijalari toʻgʻrisida ularga toʻliq maʼlumotlarni taqdim etish.
27. Yozma imtihonni oʻtkazish jarayoni videotasvirga olish orqali amalga oshiriladi. Yozma imtihon tugagach 1 soat ichida videotasvirlar Qabul komissiyasi raisiga topshiriladi. Videotasvirdan nusxa koʻchirish taqiqlanadi.
28. Yozma imtihon olinadigan fanlar dasturi, qoida tariqasida, imtihon boshlanishidan bir oy oldin Davlat bojxona qoʻmitasi Kadrlar boshqarmasi orqali belgilangan tartibda nomzodlarga yetkaziladi.
29. Yozma imtihonlar oʻtkazilishiga qadar Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq qabul komissiyasi tomonidan fanlardan konsultatsiyalar tashkil etiladi.
30. Yozma imtihon, qoida tariqasida, Institutga tegishli binolarda oʻtkaziladi.
Yozma imtihon oʻtkaziladigan binolar va auditoriyalarni tayyorlash boʻyicha javobgarlik masʼul kotib zimmasiga yuklanadi.
31. Qabul komissiyasi yozma imtihon oʻtkaziladigan kunda soat 7:00 gacha nazoratdan oʻtish joylari xizmatchilariga Institut boshligʻi tasdiqlagan bino hududiga kirishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxatini topshiradi.
Imtihon oʻtkaziladigan binoga kirish eshigi oldida nomzodlarni tartibli va oʻz vaqtida binoga kiritish uchun nazorat-ruxsat punktlari tashkil etilishi lozim.
32. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan binoda imtihon materiallarini tarqatish va yigʻib olish uchun imtihon vaqtida ushbu materiallarni saqlash uchun seyflar bilan jihozlangan maxsus xona (keyingi oʻrinlarda Shtab deb ataladi) tayyorlanishi lozim.
33. Yozma imtihon oʻtkaziladigan binoda uni oʻtkazish uchun sanitariya va yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻliq javob beradigan zarur texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishi kerak.
34. Auditoriyalarni tayyorlashda yorugʻlik tushishi, shamollatish, nomzodlarni tikka tushuvchi quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.
35. Har bir auditoriya kamida 15 nafar nomzodni joylashtirish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Barcha auditoriyalardagi oʻrinlar raqamlangan boʻlishi lozim.
36. Auditoriyalarning eshiklarida nomzodlar joylashtiriladigan guruh mutaxassisligi shifri va mutaxassislik nomi yozilgan koʻrsatkichlar boʻlishi lozim.
37. Har bir auditoriya soat, boʻr yoki marker, doska va yelim bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
38. Auditoriyalarda yozma imtihonlar oʻtkaziladigan fanlarga taalluqli boʻlgan koʻrgazmali vositalar boʻlmasligi lozim.
39. Yozma imtihon oʻtkaziladigan binolarda imtihon jarayonida foydalanilmaydigan, shu jumladan nusxa koʻchirish va turli aloqa vositalari mavjud xonalar, shuningdek qavatlarning kirish-chiqish eshiklari 1 kun oldin masʼul kotib tomonidan qulflanib muhrlanishi lozim.
40. Yozma imtihon oʻtkaziladigan auditoriyalar sifatida oshxona, yoʻlak va shunga oʻxshagan xonalardan foydalanish taqiqlanadi.
41. Har 15 kishilik guruhga bir nafardan auditoriya rahbari va kuzatuvchisi biriktiriladi.
Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari sifatida qabul jarayoniga Institutning shahodatlangan xodimlari jalb qilinishlari mumkin.
5-bob. Yozma imtihonlar savollarini shakllantirish
42. Magistraturaga tegishli mutaxassisliklar boʻyicha yozma imtihon savollari ekspert guruhi tomonidan tuziladi:
mutaxassislik fanlari boʻyicha — har bir mutaxassislik boʻyicha savollar shaklida;
chet tili boʻyicha — ilmiy matnlarni tushunish va bilish, shuningdek yozma (ogʻzaki) nutq koʻnikmalari darajasini aniqlaydigan vazifalar shaklida.
43. Savollarni tuzishda quyidagi talablarga alohida eʼtibor qaratiladi:
mutaxassislik fanlari boʻyicha:
savollar nomzodlarda tahliliy fikrlash darajasini, bojxonaga oid iqtisodiy-huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash, shuningdek, qoʻyilgan muammolar boʻyicha xulosalarni bayon etish qobiliyatini aniqlashga qaratilgan boʻlishi lozim;
savollar tegishli fan oʻquv dasturiga, shuningdek, tegishli sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi lozim;
savollar mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlarning maqsadlari va vazifalarini aks ettirishi lozim;
savollar loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi lozim;
savollarda foydalanilgan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi, shuningdek, ular qonun hujjatlarida va fanda qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllanilishi lozim;
savollar umumiy qabul qilingan grammatik, orfografik, punktuatsiya qoidalariga muvofiq rasmiy til uslublari va iqtisodiy hamda yuridik terminologiyadan foydalangan holda tuzilishi lozim.
chet tili boʻyicha:
savollar nomzodlarda ilmiy matnlar va maxsus atamalarni tushunish va foydalana olish darajasini, shuningdek, chet tilida tahlil qilish va oʻz fikrini bayon etish qobiliyatini aniqlashga qaratilgan boʻlishi lozim;
savollar mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlarning maqsadlari va vazifalarini aks ettirishi va V2 darajasiga muvofiq kelishi lozim;
savollar qisqa, aniq va tushunarli til bilan ifodalanishi lozim;
savollar umumiy qabul qilingan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuzilishi lozim.
44. Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni boʻyicha masʼuliyat ekspert guruhi aʼzolariga yuklanadi. Ekspert guruhi faoliyatini Qabul komissiyasi raisi boshqaradi.
45. Ekspert guruhi tomonidan tuzilgan yozma imtihon savollari Qabul komissiyasi raisiga topshiriladi va imtihon biletlari shakllantirilguniga qadar unda saqlanadi.
46. Tuzilgan savollar yozma imtihon oʻtkazilishidan bir kun oldin yozma imtihon biletlarini shakllantirish uchun masʼul kotibga topshiriladi.
Har bir bilet:
mutaxassislik fanlari boʻyicha 3 ta savoldan (ikkita nazariy va bitta amaliy) iborat;
chet tili fani boʻyicha uchta vazifadan (oʻqish darajasini aniqlash; yozma nutq koʻnikmalarini aniqlash; gapirish koʻnikmalarini aniqlash) iborat boʻlishi lozim.
47. Chet tili fanidan imtihon oʻtkazish uchun topshiriqlar Oʻzbekiston Respublikasi uzluksiz taʼlim tizimining davlat taʼlim standartiga muvofiq holda chet tilini bilishning V2 darajasiga mos holda ishlab chiqiladi.
48. Shakllantirilgan imtihon biletlari konvertlarga solinadi, ular oʻz navbatida tegishli mutaxassisliklar boʻyicha auditoriyalar sonini hisobga olgan holda alohida paketlarga solinadi. Konvertlar va paketlar Qabul komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi va shtabda saqlanadi.
6-bob. Yozma imtihonlarni oʻtkazishda auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning vazifalari
49. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan kuni auditoriyalar rahbarlari va kuzatuvchilari biriktirilgan binoga soat 7:30 dan kechikmasdan yetib kelishlari shart.
50. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar tomonidan yozma imtihon oʻtkaziladigan binoga aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob, shpargalka va shu kabilarni olib kirish taqiqlanadi.
51. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan kuni Shtabda soat 7:30 dan 7:50 gacha auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari auditoriyalarga taqsimlanadi. Ular biriktirilgan auditoriyalarga borishadi hamda oʻzlarining ismi, otasining ismi va familiyalarini doskaga yozib qoʻyadilar.
52. Kuzatuvchilar soat 7:50 dan 8:00 gacha auditoriyaning imtihonga tayyorlik holatini tekshiradi, imtihon jarayoniga salbiy taʼsir etuvchi omillar aniqlanganda, zudlik bilan ularni bartaraf etish choralarini koʻradi. Shuningdek, kuzatuvchilar auditoriyadagi oʻrindiqlarning toʻgʻri raqamlanganini ham tekshiradi.
53. Auditoriya rahbari soat 8:00 dan 8:15 gacha Shtabda imtihon komissiyasi raisidan nomzodlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatini qabul qilib oladi, imtihon biletlari boʻlgan paketlarning muhri buzilmaganligini tekshiradi va imtihon komissiyasi aʼzolaridan birining ishtirokida auditoriyaga olib keladi.
54. Kuzatuvchilar soat 8:30 gacha auditoriya rahbaridan guruh boʻyicha roʻyxatni oladi, shuningdek, nomzodlarni guruhlar roʻyxati asosida pasporti (xizmat guvohnomasi) bilan tekshirib, auditoriyaga kiritadi. Nomzodlar roʻyxatda koʻrsatilgan raqamli joyga borib oʻtiradi.
Yozma imtihonga kelmagan nomzodlarning oʻrni yozma imtihon oʻtkazish jarayonida boʻsh qoldiriladi.
55. Kuzatuvchilar ikki nafar nomzod guvohligida imtihon biletlari solingan paketlar muhrlanganiga ishonch hosil qilgach, konvertlarni ochadi.
Kuzatuvchilar nomzodlarga qatʼiy hisobda turuvchi raqamlanib muhrlangan yozma ish yoziladigan daftarlarni tartib bilan tarqatadilar.
Bunda daftarlarning varaqlari almashtirish imkonini istisno qiladigan tarzda Qabul komissiyasi raisida saqlanadigan muhr va masʼul kotib imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
56. Auditoriya rahbari nomzodlarga daftar muqovasida oʻz familiyasi, ismi, otasining ismini koʻrsatishi, daftar varaqlarini bukmaslik, farq qiluvchi belgilar qoʻymaslik, yozuvlar tagiga chizmaslik, javoblarni belgilashda koʻk havorang sharikli ruchkadan boshqa ruchkadan foydalanmaslik haqida tushuntirish berishi, shuningdek, ushbu talablarni buzish yozma imtihon oʻtkazish talablarini buzish deb hisoblanishi haqida nomzodlarni ogohlantirishi lozim.
57. Kuzatuvchi soat 9:00 gacha nomzodlarni roʻyxat boʻyicha oldiga chaqirib ularga imtihon biletlarini tarqatadi va ularning tartib raqamini koʻrsatgan holda bilet va daftarlarni qabul qilib olganligi toʻgʻrisida qaydnomaga imzo qoʻyishini taʼminlaydi.
Yozma imtihonlarga kelmagan nomzodlar haqida guruh roʻyxatiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritiladi.
58. Auditoriya rahbari soat 9:00 da yozma imtihon boshlanganligini eʼlon qiladi hamda yozma imtihonning boshlanish va tugash vaqtini doskaga yozib qoʻyadi.
59. Auditoriya rahbari soat 11:00 da yozma imtihon savollariga javob yozish uchun ajratilgan vaqt tugaganligini eʼlon qiladi va kuzatuvchiga daftarlarni javobi bilan yigʻib olish boʻyicha koʻrsatma beradi.
Daftarlar yigʻib olingandan soʻng auditoriya rahbari daftarlarning ushbu Nizom 56-bandida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirib, nomzodlarga auditoriyadan chiqishga ruxsat beradi.
60. Barcha daftarlar, shu jumladan imtihon oʻtkazish vaqtida foydalanilmay qolgan daftarlar hamda yozma imtihondan chetlashtirish boʻyicha tuzilgan dalolatnomalar tegishli daftarlarga yelimlangan holda alohida-alohida qutiga solinadi.
61. Auditoriya rahbari soat 11:15 dan kechikmay barcha qutilarni imtihon komissiyasi raisiga topshiradi hamda u ushbu qutilarni topshirgan vaqtini tasdiqlatib, tegishli joyiga imzo qoʻyadi.
62. Chet tili fanidan imtihon soat 9:00 da boshlanadi. Bunda biletning 1 va 2 topshiriqlariga yozma shaklda, 3 topshiriqqa esa, yakka tartibda ogʻzaki shaklda javob beriladi.
1 va 2 topshiriqlarning yozma shakli mazkur nizomning 49 — 56-bandlari asosida tashkil qilinadi.
63. Auditoriya rahbari soat 10:10 da yozma imtihon savollariga javob yozish uchun ajratilgan vaqt tugaganligini eʼlon qiladi va kuzatuvchiga daftarlarni yigʻib olish boʻyicha koʻrsatma beradi.
Daftarlar yigʻib olingandan soʻng auditoriya rahbari daftarlarning ushbu Nizom 56-bandida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirib, nomzodlarga auditoriyadan chiqishga ruxsat beradi.
64. Barcha daftarlar, shu jumladan imtihon oʻtkazish vaqtida foydalanilmay qolgan daftarlar hamda yozma imtihondan chetlashtirish boʻyicha tuzilgan dalolatnomalar tegishli daftarlarga yelimlangan holda alohida-alohida qutiga solinadi.
65. Auditoriya rahbari soat 10:25 dan kechikmay barcha qutilarni imtihon komissiyasi raisiga topshiradi hamda u ushbu qutilarni topshirgan vaqtini tasdiqlatib, tegishli joyiga imzo qoʻyadi.
7-bob. Yozma va ogʻzaki imtihon jarayonini tashkil etish
66. Nomzodlar yozma imtihon oʻtkaziladigan binoga pasporti (xizmat guvohnomasi) bilan tegishli tartibda kiritiladi. Kirishda videokuzatuv olib boriladi.
Nomzodlar auditoriyalarga mutaxassisliklariga qarab joylashtiriladi.
67. Yozma imtihon soat 9:00 da boshlanadi va 2 soat davom etadi.
68. Nomzodlar yozma imtihon oʻtkaziladigan binoga soat 8:00 gacha, auditoriyaga soat 8:30 gacha kiritiladi. Soat 8:30 dan keyin nomzodlar auditoriyaga kiritilmaydi.
69. Yozma imtihonga kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha imtihonlar oʻtkazilmaydi.
70. Yozma imtihon boshlanganidan keyin nomzodlar bilan imtihon biletlari yuzasidan suhbatlashish taqiqlanadi.
71. Imtihon biletlariga javoblar daftarga koʻk havorang sharikli ruchkada tushunarli qilib yozilishi lozim.
72. Nomzodlarga soʻzlarni qisqartirib yozish, soʻzlarning osti yoki ustiga chizish, daftarga, xususan, hoshiya qismiga tushunarsiz belgilar qoʻyish, shuningdek, berilgan savollarning javobi bilan bogʻliq boʻlmagan soʻzlarni yozish, yozma imtihon materiallarini bir-biriga uzatish, boshqalarga yordam berish taqiqlanadi.
Imtihon jarayoniga nomzodlar tomonidan uyali telefon yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirish va foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
73. Yozma imtihonga uyali telefon, kompyuter va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini, lugʻat, kitoblar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan, imtihon jarayonida imtihon materiallarini boshqaga uzatgan yoki yordam bergan, yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin imtihon materiallarini topshirmagan, imtihon materiallarini auditoriya tashqarisiga olib chiqqan nomzod yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi.
74. Yozma imtihon davomida nomzodlarga auditoriyadan chiqish taqiqlanadi. Oʻzboshimchalik bilan auditoriyani tark etgan nomzodlar yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi. Sogʻligʻining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda imtihon materiallarini qoldirib, kuzatuv ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
75. Yozma imtihon oʻtkazishning belgilangan tartibini buzgan nomzodlar yozma imtihondan chetlashtiriladi, yozma imtihondan chetlashtirish boʻyicha mazkur Nizomning 4-ilovasida berilgan shaklga muvofiq auditoriya rahbari va kuzatuvchi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
76. Yozma imtihondan chetlashtirilgan nomzodlarning yozma ishlari baholanmaydi va bunday nomzodlar yozma imtihonda ishtirok etmagan hisoblanadi.
77. Auditoriya rahbari tomonidan yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganligi eʼlon qilinganda nomzodlar imtihon materiallarini topshiradilar. Nomzodlar belgilangan muddatdan oldin javob yozishni tugatganda ushbu Nizomning 56-bandida nazarda tutilgan tartibda muddatidan oldin imtihon materiallarini topshirishlari mumkin.
78. Imtihon komissiyasi raisi imtihon yakunlangach daftarlar solingan qutilarni auditoriya rahbarlaridan qabul qilib oladi, daftarlarning muqovasi va birinchi varagʻiga maxsus shifrlar qoʻyib, daftar muqovasini ajratib oladi va ushbu Nizomning 7-ilovasi shaklida yozma imtihonlar qaydnomasining 2 va 3-ustunlarini toʻldirib yozma imtihon olish boʻyicha maxsus komissiyasi raisiga topshiradi.
Qoʻyilgan shifrlarning sir saqlanishi uchun imtihon komissiyasi raisi shaxsan javob beradi.
79. Nomzodlar chet tili fanidan imtihonning 3-vazifasini yakka tartibda ogʻzaki shaklda topshiradi. Bunda nomzodlar guruhlar boʻyicha roʻyxat asosida ketma-ket auditoriyaga taklif qilinadilar.
8-bob. Yozma imtihon javoblarini tekshirish va baholash
81. Maxsus komissiya yozma imtihonlar oʻtkazilishidan bir kun oldin tuziladi. Maxsus komissiya raisi Institut boshligʻining tavsiyasiga koʻra, Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan, maxsus komissiyaning boshqa aʼzolari esa Institut boshligʻining buyrugʻi bilan tayinlanadi. Maxsus komissiya aʼzolarining soni har bir mutaxassislik boʻyicha nomzodlarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda Institut boshligʻi tomonidan belgilanadi.
Lozim boʻlganda maxsus komissiya tarkibiga Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa oliy taʼlim muassasalari yoki idoralardan mutaxassislar taklif qilinadi.
82. Maxsus komissiya aʼzolari yozma imtihon oʻtkaziladigan kuni soat 10:00 dan kechikmay oʻz pasport (xizmat guvohnoma)lari bilan tegishli mutaxassislik boʻyicha yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan va videokuzatish tizimi bilan jihozlangan xonaga kelishlari lozim.
83. Maxsus komissiya aʼzolari tomonidan yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan xonaga uyali telefonlar va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirish taqiqlanadi.
84. Maxsus komissiya raisi maxsus shifrlangan muqovasiz daftarlar solingan qutilarni imtihon komissiya raisidan qabul qilib oladi hamda maxsus komissiya aʼzolari ishtirokida ochadi va daftarlarning muqovalari ajratilganligi va shifrlanganligini tekshiradi.
Muqovasi ajratilmagan, shifrlanmagan yoki nomzodning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi boshqa belgilari mavjud boʻlgan daftarlar aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuziladi. Bunday ishlar tekshirilmaydi.
85. Maxsus komissiya raisi tekshirish va baholarni qoʻyish maqsadida imtihon natijalari yozilgan daftarlarni komissiya aʼzolariga taqsimlab beradi:
mutaxassislik fanlari boʻyicha — tegishli bojxona ishi va yurisprudensiya sohasidagi malakali mutaxassislar tomonidan tekshiriladi;
chet tili boʻyicha — tegishli chet tili fani boʻyicha malakali mutaxassislar tomonidan tekshiriladi.
86. Yozma javoblar maxsus komissiya aʼzolari tomonidan ushbu Nizomning 5 va 6-ilovalarida nazarda tutilgan baholash mezonlariga muvofiq tekshiriladi va baholanadi.
87. Mutaxassislik fanlardan biletdagi har bir savol yoki vazifaga qoʻyilgan ballar qoʻshiladi va 3ga boʻlinadi, hosil boʻlgan qiymat yozma imtihondan olingan yakuniy ball hisoblanadi.
88. Mutaxassislik fanlar boʻyicha yozma imtihon ballari maxsus komissiyalar tomonidan tegishli shifrlar bilan ushbu nizomning 7-ilovasi shaklidagi qaydnomaga kiritiladi. Toʻldirilgan qaydnomalar imtihon komissiyasi raisiga topshiriladi.
Imtihon komissiyasi raisi ushbu nizomning 7-ilovasi asosida 8-ilova shaklidagi qaydnomani shakllantiradi va uni Qabul komissiyasi raisi yoki masʼul kotibga topshiradi.
89. Chet tili fanidan yozma imtihondagi har bir savol yoki vazifaga qoʻyilgan ballar ushbu nizomning 9-ilovasi shaklidagi qaydnomaga kiritiladi.
Toʻldirilgan qaydnomalar imtihon komissiyasi raisiga topshiriladi.
90. Daftarlar va yozma imtihon natijalari qaydnomalari qutilarga solinadi hamda maxsus komissiya raisi tomonidan imtihon komissiyasi raisiga topshiriladi.
91. Institut magistraturasiga kirish uchun yozma imtihonni qayta oʻtkazish taqiqlanadi.
92. Yozma imtihon natijalari imtihonlar oʻtkazilgan kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
93. Chet tili fanidan imtihonda berilgan 3-vazifa boʻyicha ogʻzaki javob ushbu nizomning 6-ilovasida keltirilgan “Chet tili fani boʻyicha imtihon savollarga javoblarni baholash mezonlari”ning “Speaking” boʻlimi boʻyicha baholanadi.
94. Chet tili fanidan ogʻzaki imtihon yakunida maxsus komissiya raisi tomonidan mazkur nizomning 10-ilovasi shaklidagi imtihon qaydnomasi toʻldirilib imtihon komissiyasi raisiga topshiradi.
Imtihon komissiyasi raisi ushbu nizomning 9 va 10-ilovalari asosida 11-ilova shaklidagi qaydnomani shakllantiradi va uni Qabul komissiyasi raisi yoki masʼul kotibga topshiradi.
95. Chet tili va mutaxassislik fanlaridan imtihon natijalari har bir nomzodning kasbiy tanlovda umumiy toʻplagan ballarini aniqlash uchun asos boʻladi.
9-bob. Yozma imtihon natijalari boʻyicha shikoyat qilish
96. Agar nomzod yozma imtihon natijalariga rozi boʻlmasa, Qabul komissiyasi tomonidan yozma imtihon natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida apellyatsiya komissiyasiga shikoyat berish huquqiga ega.
97. Shikoyat qiluvchi nomzodga imtihon boʻyicha apellyatsiya kuni va vaqti haqida xabarnoma beriladi.
98. Zarur hollarda apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayoniga tegishli masalalar boʻyicha maxsus komissiya aʼzolari, auditoriya rahbari va kuzatuvchilar jalb qilinishi mumkin.
99. Shikoyat tushgan kuni masʼul kotib tomonidan shikoyat yozgan nomzodning yozma imtihon materiallari apellyatsiya komissiyasiga topshiriladi.
100. Nomzod xabarnomada nazarda tutilgan vaqtda xizmat guvohnomasi bilan yetib kelishi va apellyatsiya komissiyasida shikoyatini koʻrib chiqishda oʻzining ishtirokini taʼminlashi shart.
101. Shikoyatni koʻrib chiqishda nomzodning soʻroviga asosan unga yozma ishi berilishi mumkin.
102. Nomzod oʻz eʼtirozlarini yozma ravishda yozadi va unga berilgan materiallar bilan birga apellyatsiya komissiyasiga topshiradi.
103. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatni koʻrib chiqish muddati shikoyat berilgan sanadan boshlab 2 ish kunidan oshmasligi lozim, natija boʻyicha qaror qabul qilinishi shart.
104. Nomzodning shikoyatida koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmagan taqdirda, apellyatsiya komissiyasi yozma imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
105. Nomzodning shikoyatida koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topgan taqdirda, apellyatsiya komissiyasi shikoyatchining yozma imtihon ishiga uzil-kesil ball qoʻyadi va qabul qilingan yakuniy qaror haqida nomzodga xabar beradi.
10-bob. Kasbiy tanlov natijalarini aniqlash va eʼlon qilish
106. Yozma imtihonlar boʻyicha maksimal ball 150 ballni tashkil etadi, ushbu ballar quyidagilardan tashkil topadi:
mutaxassislik fanlari boʻyicha — 0 baldan 100 balgacha;
107. Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi V2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlardan CEFR (Common European Framework of Reference) boʻyicha V2, IELTS (International English Language Testing System) boʻyicha 6.0 ball (bunda writing modulidan 6.0 ball), TOEFL (Test of English as a Foreign Language) boʻyicha 95 ball (bunda writing modulidan 27 ball) yoki TestDaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber) boʻyicha TD № 3 ball darajasidan kam boʻlmagan ballga ega nomzodlar chet tili fani boʻyicha imtihon topshirishdan ozod qilinadilar. Ularga chet tili fanidan eng yuqori ball qoʻshiladi.
108. Nomzodlarning kasbiy tanlovning bosqichlari boʻyicha jami toʻplagan ballarining umumiy qaydnomasi mazkur nizomning 12-ilovasiga muvofiq shaklda masʼul kotib tomonidan rasmiylashtiriladi va nomzodlarga toʻplagan ballari eʼlon qilinadi.
109. Umumiy qaydnomada nomzodlar roʻyxati har bir mutaxassislik boʻyicha toʻplangan eng yuqori baldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi.
111. Kasbiy tanlov boʻyicha nomzodning jami toʻplagan ballari uni Institutga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilishga asos boʻladi.
112. Kasbiy tanlov bosqichlari boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar belgilangan kvotalar asosida mutaxassisliklar boʻyicha magistraturaga tinglovchi sifatida qabul qilinadilar.
113. Institutga oʻqishga qabul qilish jarayonida kasbiy tanlov natijalariga koʻra, kvota boʻyicha belgilangan roʻyxatda oxirgi oʻrinda turuvchi nomzodning toʻplagan jami bali bilan undan keyingi oʻrinda turuvchi nomzodlarning toʻplagan ballari bir xil boʻlsa, ularning barchasi oʻqishga qabul qilinadilar.
114. Qabul komissiyasi nomzodlarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha tegishli bayonnomani rasmiylashtiradi.
115. Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nomzodlarni Institutga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Har yili 1-avgustga qadar Institut boshligʻining nomzodlarni magistratura tinglovchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi chiqariladi.
116. Kasbiy tanlov natijalari asosida Institut magistraturasiga qabul qilingan har bir nomzod uchun mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma toʻldiriladi va ularning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildlariga qoʻshib qoʻyiladi.
117. Institutga oʻqishga qabul qilingan bojxona organlari xodimlariga oʻz xizmat oʻtash joylariga taqdim etishlari uchun ularning oʻqishga qabul qilinganligi boʻyicha buyruqdan koʻchirma beriladi.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
118. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(hududiy boshqarma boshligʻining unvoni va F.I.Sh.)
BILDIRGI
Menga Bojxona instituti magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga va dastlabki tanlovda ishtirok etish uchun ruxsat berishingizni soʻrayman.
Tanlovda ______________________________________________ mutaxassisligi boʻyicha ishtirok etaman.
_________________________(imzo)
_________________________________(lavozimi, unvoni va F.I.Sh.)
20___ yil “____” _____________
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti boshligʻi
_________________________________ga
(unvoni va F.I.Sh.)
BILDIRGI
Menga Bojxona instituti magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga va kasbiy tanlovda ishtirok etishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
Tanlovda ______________________________________________ mutaxassisligi boʻyicha ishtirok etaman.
Kasbiy tanlovlarni _____________________________________________________ tilida topshiraman.
(oʻzbek, rus)
Chet tilidan imtihonni _______________________________________________ tili boʻyicha topshiraman.
_________________________(imzo)
_________________________________(lavozimi, unvoni va F.I.Sh.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Chet tili fani boʻyicha imtihonning savollarga javoblarni
BAHOLASH MEZONLARI
Har bir savolga berilgan javoblar quyidagi mezonlar asosida 50 balgacha baholanadi:
Ball
Javob tavsifi
1-vazifa: reading (oʻqib yozma javob berish)
43 dan 50 ballgacha
matndagi har bir toʻgʻri javob uchun 2 ball qoʻyiladi. 22 — 25 ta toʻgʻri javob berilgan.
36 dan 42 ballgacha
matndagi har bir toʻgʻri javob uchun 2 ball qoʻyiladi. 18 — 21 ta toʻgʻri javob berilgan.
28 dan 35 ballgacha
matndagi har bir toʻgʻri javob uchun 2 ball qoʻyiladi. 14 — 17 ta toʻgʻri javob berilgan.
0 dan 27 ballgacha
matndagi har bir toʻgʻri javob uchun 2 ball qoʻyiladi. 0 — 13 ta toʻgʻri javob berilgan.
2-vazifa: writing (yozish)
43 dan 50 ballgacha
bayon etilgan fikr berilgan mavzuga toʻliq mos keladi, har bir tushuncha dalillar bilan asoslantirilgan. Mavzu tegishli xulosalar bilan toʻliq ochib berilgan. Gaplar grammatik va mantiqiy toʻgʻri tuzilgan, mantiqan paragraflarga boʻlingan. Turli xil nutq iboralari va maxsus atamalarni qoʻllay olish qobiliyatini namoyon qilgan, uncha koʻp boʻlmagan (2-3) mantiqiy va grammatik xatolarga yoʻl qoʻyilgan.
36 dan 42 ballgacha
bayon etilgan fikr berilgan mavzuga mos keladi, tushunchalar toʻliq hajmda dalillar bilan asoslanmagan. Mavzu toʻliq ochib berilmagan. Turli xil nutq iboralari va maxsus atamalardan toʻgʻri foydalanilmagan yoki bir qator (5 — 7) mantiqiy va grammatik xatolar bilan noakademik soʻzlar qoʻllanilgan.
28 dan 35 ballgacha
bayon etilgan fikr berilgan mavzuga qisman mos keladi, yozma vazifaning barcha talablariga rioya qilinmagan. Nutq iboralari va maxsus atamalardan toʻgʻri foydalanilmagan yoki bir qator (10 tagacha) mantiqiy va grammatik xatolar bilan noakademik soʻzlar qoʻllanilgan.
0 dan 27 ballgacha
15 dan 27 ballgacha:
bayon etilingan fikr berilgan mavzuga muvofiq kelmaydi. Turli xil nutq iboralari va maxsus atamalar notoʻgʻri qoʻllanilgan yoki umuman qoʻllanilmagan. 250 ta soʻz yozilishi kerak boʻlgan holatda 200 dan kam soʻz yozilgan. 10 dan ortiq mantiqiy va grammatik xatolar mavjud.
1 dan 14 ballgacha:
250 ta soʻz yozilishi kerak boʻlgan holatda 150 dan kam soʻz yozilgan. 15 dan ortiq mantiqiy va grammatik xatolar mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 3-iyundagi 141-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandidan “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomda:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi alohida nizomlar bilan belgilanadi”;
b) 1-ilovaning oʻn beshinchi xatboshisidagi “Oliy harbiy bojxona instituti” soʻzlari “Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;