OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-son qarori (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 23-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
6-banddagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida” degan soʻzlar “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchada koʻrsatilgan shaxsning(lar) familiyasi toʻliqligicha, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda ularning imzolari (chek bundan mustasno).”.
ikkinchi xatboshidan “(mikrofirmalar uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzo namunasini taqdim etish talab etilmaydi)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim qilingan hisob-kitob hujjatlariga muhr qoʻyish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.”.
“44. Toʻlov talabnomasi mablagʻlarni oluvchi tomonidan mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi ikki nusxada tuzilgan Reyestr bilan birga unga xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim qilinadi. Reyestrning birinchi nusxasi tashkilot rahbari va buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan hamda tashkilot muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak, bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim qilingan reyestrda muhr izining mavjudligi talab etilmaydi. Reyestrning birinchi nusxasi qabul qilish sanasi koʻrsatilib, bank masʼul xodimining imzosi va bank tomonidan unga biriktirib qoʻyilgan muhr bilan tasdiqlangan holda mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankda qoladi.”.