Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasining “
Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi, “
Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2007-yil 27-avgustdagi 11, 01-02/15-23, 31 va EG-01/10-4715-son qarori (roʻyxat raqami 1717, 2007-yil 20-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 396-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
5-banddagi “15-sanasida esa” degan soʻzlar “har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-yanvarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
7 va
8-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.