Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
“Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq
kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining
7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 9-fevraldagi 20, 2009-9-son “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1908, 2009-yil 24-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 97-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-son “Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1908-1, 2010-yil 25-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 12-son, 90-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 14-iyuldagi 58, 2010-30-son “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1908-2, 2010-yil 20-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 249-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 4-martdagi 20, 2014-7-son “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1908-3, 2014-yil 6-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 119-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 20-iyuldagi 53, 2016-31-son “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1908-4, 2016-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 30-son, 373-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 42, 2018-14-son “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1908-5, 2018-yil 9-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 10-son, 185-modda).