1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qo‘shimcha qiymat solig‘i / 07.10.03.04 (Кучини йукотган) Qo‘shimcha qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Sementga va klinkerga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-fevralda 1908-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 25-martdagi 45, 2019-21-sonli “Sementga va klinkerga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1908-6, 08.04.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1024-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Sementga va klinkerga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 8-fevraldagi 13 va 2008-10-son bilan tasdiqlangan “Sementga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Adliya vazirligida 2008-yil 21-fevralda 1772-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 8-9-son, 48-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-fevral,
20-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-fevral,
2009-9-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2009-yil 9-fevraldagi 20, 2009-9-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Sementga va klinkerga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida
(nizomning nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq sementga va klinkerga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom oq sementga, shuningdek muqobil yoqilg‘i — ko‘mirda ishlab chiqarilgan sement va klinkerga tatbiq etilmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 4-martdagi 20, 2014-7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1908-3, 06.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 119-modda)
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
sementni (klinkerni) realizatsiya qilishdan olingan sof tushum — qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holda sementni (klinkerni) realizatsiya qilishdagi tushum;
hisob-kitob bahosi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining navbatdagi yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi qarori bilan har yili tasdiqlanadigan sementning (klinkerning) baholar darajasi;
qo‘shimcha foyda — sementni (klinkerni) qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qo‘shilgan holda) chegirib tashlangan holdagi sementni (klinkerni) realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan barcha realizatsiya qilingan sement (klinker) hajmining hisob-kitob bahosi o‘rtasidagi ijobiy farq;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 20-iyuldagi 53, 2016-31-sonli (ro‘yxat raqami 1908-4, 28.07.2016-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 373-modda)
qo‘shimcha foyda solig‘i to‘langandan keyin soliq to‘lovchi ixtiyorida qoladigan mablag‘ — soliq solinadigan baza bilan qo‘shimcha foyda solig‘i o‘rtasidagi farq;
sof qo‘shimcha foyda — qo‘shimcha foyda qismiga to‘g‘ri keladigan, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni chegirib tashlangan, hisobot davridagi qo‘shimcha foyda summasidir.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 28-fevraldagi 42 va 2018-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1908-5, 09.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1908-5/0869-son)
3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda sof qo‘shimcha foyda summasi soliq solinadigan bazaga qo‘shilmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 28-fevraldagi 42 va 2018-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1908-5, 09.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1908-5/0869-son)
4. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish obyekti paydo bo‘ladigan, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiradigan yuridik shaxslar qo‘shimcha foyda solig‘ini to‘lovchilar bo‘ladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
III. Soliq solish obyekti
5. Soliq to‘lovchining hisobot davridagi qo‘shimcha foyda solig‘i, qo‘shimcha foyda solig‘ini solish obyekti hisoblanadi.
IV. Soliq solinadigan baza
6. Hisobot davrida realizatsiya qilingan sementning (klinkerning) barcha hajmi bo‘yicha aniqlanadigan sof qo‘shimcha foyda soliq solinadigan bazadir.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 20-iyuldagi 53, 2016-31-sonli (ro‘yxat raqami 1908-4, 28.07.2016-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 373-modda)
V. Soliq stavkasi
7. Qo‘shimcha foyda solig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka bo‘yicha to‘lanadi.
VI. Soliq davri. Hisobot davri
8. Soliq davri — bir oy.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 14-iyuldagi 58, 2010-30-son qarori (ro‘yxat raqami 1908-2, 20.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 249-modda)
9. Hisobot davri oy hisoblanadi.
VII. Soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash tartibi
10. Qo‘shimcha foyda solig‘i summasi soliq solinadigan bazaning miqdoridan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
11. Qo‘shimcha foyda solig‘i respublika budjetiga milliy valyuta — so‘mda o‘tkaziladi.
12. Qo‘shimcha foyda solig‘ining hisob-kitobi davlat soliq xizmati organlariga har bir mahsulotning turi bo‘yicha hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha, ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalari shaklida taqdim etiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 14-iyuldagi 58, 2010-30-son qarori (ro‘yxat raqami 1908-2, 20.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 249-modda)
13. Soliq to‘lovchilar qo‘shimcha foyda solig‘ini hisobot davrida mahsulotni realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay to‘laydilar.
VIII. Qo‘shimcha foyda solig‘i hisobini yuritish tartibi
14. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”ga muvofiq (2002-yil 23-oktabr, ro‘yxat raqami 1181 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 20-son; 2003-yil, 21-22-son) qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblash bilan bog‘liq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblashda:
soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qo‘shimcha ochiladigan 9811 “Qo‘shimcha foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar” hisobvarag‘ining debeti;
6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” hisobvaraqning krediti”;
b) soliq summasini budjetga o‘tkazishda:
6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” hisobvaraqning debeti;
pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqning krediti.
15. Qo‘shimcha foyda solig‘ini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun qo‘shimcha foyda solig‘i bo‘yicha hisob-kitob asos bo‘ladi.
16. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl)da 9811 “Qo‘shimcha foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar” hisobvarag‘ida hisobga olingan, qo‘shimcha foyda solig‘i summasi qo‘shimcha ochiladigan “Qo‘shimcha foyda solig‘i” 251-satrida ko‘rsatiladi.
IX. Soliq to‘lovchilarning javobgarligi va davlat soliq xizmati organlari nazorati
17. Soliq to‘lovchilar qo‘shimcha foyda solig‘ining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
18. Qo‘shimcha foyda solig‘ining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sementga va klinkerga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) muvofiq 1-ilova deb hisoblansin — O‘R QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
Yuridik shaxs shtampi
_____________________________ tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga
Soliq to‘lovchi _____________________________________________________
(korxona, tashkilotning nomi)
STIR
Telefon ___________________________
To‘lovchi manzili ___________________________________________________
Hisob-kitob raqami _____________________________________________-son
(bank muassasasi nomi, kodi)
Sementga qo‘shimcha foyda solig‘i
HISOB-KITOBI
Ko‘rsatkichlar
Satr kodi
O‘lchov birligi
Summasi
Jami realizatsiya qilingan sement hajmi
010
tonna
Sementni qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qo‘shilgan holda) va qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi
020
ming so‘m
1 tonna sementning hisob-kitob bahosi
030
so‘m
Realizatsiya qilingan sementning barcha hajmi hisob-kitob bahosi (010-satr x 030-satr)
040
ming so‘m
Barcha hajmga qo‘shimcha foydaning jami summasi (020-satr- 040-satr)
050
ming so‘m
Qo‘shimcha foydaga to‘g‘ri keladigan qismi bo‘yicha davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar, jami __% stavkada: (050-satr x __%)
060
ming so‘m
Soliq solinadigan baza (050-satr-060-satr)
070
ming so‘m
Qo‘shimcha foyda solig‘ining belgilangan stavkasi
080
%
Budjetga to‘lanadigan qo‘shimcha foyda solig‘i summasi (070-satr x 080-satr)
090
ming so‘m
Qo‘shimcha foyda solig‘i to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan summa (070-satr- 090-satr)
100
ming so‘m
Rahbar
________________
_______________
(imzosi)
(F.I.Sh.)
Bosh buxgalter
________________
_______________
(imzosi)
(F.I.Sh.)
200__ yil “___”___________________
M.O‘.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 28-fevraldagi 42 va 2018-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1908-5, 09.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1908-5/0869-son)
Sement va klinkerga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Yuridik shaxs shtampi
______________________________ tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga
To‘lovchi manzili ____________________________________________________
Hisob-kitob raqami ______________________________________________-son
(bank muassasasi nomi, kodi)
Klinkerga qo‘shimcha foyda solig‘i
HISOB-KITOBI
Ko‘rsatkichlar
Satr kodi
O‘lchov birligi
Summasi
Jami realizatsiya qilingan klinker hajmi
010
tonna
Klinkerni qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qo‘shilgan holda) va qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi
020
ming so‘m
1 tonna klinkerning hisob-kitob bahosi
030
so‘m
Realizatsiya qilingan klinkerning barcha hajmi hisob-kitob bahosi (010-satr x 030-satr)
040
ming so‘m
Barcha hajmga qo‘shimcha foydaning jami summasi (020-satr– 040-satr)
050
ming so‘m
Qo‘shimcha foydaga to‘g‘ri keladigan qismi bo‘yicha davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar, jami __% stavkada: (050-satr x __%)
060
ming so‘m
Soliq solinadigan baza (050-satr – 060-satr)
070
ming so‘m
Qo‘shimcha foyda solig‘ining belgilangan stavkasi
080
%
Budjetga to‘lanadigan qo‘shimcha foyda solig‘i summasi (070-satr x 080-satr)
090
ming so‘m
Qo‘shimcha foyda solig‘i to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan summa (070-satr – 090-satr)
100
ming so‘m
Rahbar ___________
____________________________
(imzosi)
(F.I.Sh.)
Bosh buxgalter ______________
____________________________
(imzosi)
(F.I.Sh.)
20___ yil “___” _____________
M.O‘.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 28-fevraldagi 42 va 2018-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1908-5, 09.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1908-5/0869-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 9-son, 97-modda; 2010-y., 12-son, 90-modda, 28-29-son, 249-modda; 2014-y., 10-son, 119-modda; 2016-y., 30-son, 373-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1908-5/0869-son)