1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.04 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 6-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1908-3]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-martdagi 45, 2019-21-sonli “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1908-6, 08.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 690-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 9-fevraldagi 20, 2009-9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908, 2009-yil 24-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-mart,
20-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-mart,
2014-7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 4-martdagi 20, 2014-7-son qaroriga ILOVA
Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“1. Ushbu Nizom oq sementga, shuningdek muqobil yoqilgʻi — koʻmirda ishlab chiqarilgan sement va klinkerga tatbiq etilmaydi.”.
2. 2-bandning oltinchi xatboshisidagi “budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
060-satrda “budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“* Izoh: korxona ixtiyorida qolgan summa Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobining 240-satrini kamaytiradi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 119-modda)