Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining
Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 10-martdagi 2008-16, 300-V-son “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1788, 2008-yil 9-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 14-15-son, 112-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-son “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1788-1, 2010-yil 21-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 28-29-son, 250-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 2-martdagi 2013-9, 5/3-son “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1788-2, 2013-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 11-son, 149-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 2015-15, 300-1-3-son “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1788-3, 2015-yil 27-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-yil, 21-son, 283-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-sentabrdagi 2017-49, 23/10-son “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1788-4, 2017-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil, 39-son, 1049-modda).