toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2019
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI boshqaruvining
Qarori
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 27-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1788-3]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 6-martdagi 2019-13, 300-V-5-sonli “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1788-5, 03.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 10-martdagi 2008-16, 300-V-son qarori (roʻyxat raqami 1788, 2008-yil 9-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 14-15-son, 112-modda) bilan tasdiqlangan Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasi ilovada keltirilgan tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-may,
2015-15-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-may,
300-1-3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 2015-15,300-1-3-son qaroriga
ILOVA
“Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎__________ manzildagi ________________________ nomli soliq toʻlovchida oʻtkazilgan xronometrajlar toʻgʻrisida

‎MAʼLUMOT

Xronometraj oʻtkazilgan sana, boshlangan va tugallangan vaqti‎‏ Xodimlar soni‎‎ Umumiy ovqatlanish tashkiloti boʻyicha‎‎ Haqiqatda xronometraj kunigacha topshirilgan summa (ming soʻm) ‎‏ Xronometraj oʻtkazilgan kundan bir kun oldingi topshirilgan summa (ming soʻm)‎‏ Xronometraj kunlari topshirilgan naqd pul summasi (ming soʻm)‎‏ Oʻtgan haftaning shu kuni topshirilgan naqd pul summasi (ming soʻm)‎‏ Bir kun oldingi tushumga nisbatan farqi (+ yoki-)‎‏ Oʻtgan haftaning shu kuniga nisbatan farqi (+ yoki -)‎‏
rahbar‎ hisobchi‎ asosiy ishchi (xizmatchi) lar soni‎ yordamchi ishchi (xizmatchi) lar ‎ boshqa ishchilar‎ umumiy ovqatlanish tashkilotining shakli (turi)* 4 ta oʻringa moʻljallangan xizmat koʻrsatadigan stollar soni**‎ Haftalik ish rejimi (haftasiga jami soatlarda)‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎
‎‎Izoh:
‎* Umumiy ovqatlanish tashkilotining shakli (turi) restoran, kafe, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish yoʻnalishi mavjud boʻlgan kafe, choyxona, oshxona, kafeteriy, kichik oshxona, bufet va boshqa turdagi tashkilot (oshxona mavjud boʻlmaganda) boʻlishi mumkin;
‎**Agar umumiy ovqatlanish tashkiloti 4 ta oʻrindan ortiq oʻtirish joyiga moʻljallangan stollarga ega boʻlsa, 8-ustun koʻrsatkichi barcha oʻrinlar sonini qoʻshish va olingan summani 4 ga boʻlish yoʻli bilan hisoblab toʻldiriladi. Masalan, tashkilot 10 oʻringa moʻljallangan 6 ta stolga ega boʻlsa, 8-ustunda 15 (6*10/4) koʻrsatiladi.

‎‎Xronometraj oʻtkazgan xodimlar‎‎ ______________________________________________‎

‎‎F.I.Sh.

Soliq toʻlovchi‎‎ ______________________________________________‎ ‎

‎‎F.I.Sh.”.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 21-son, 283-modda)