

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4249768" id="onLBC-4249768">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6065"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4249768" id="onLS-4249768">[<b>TSZ:</b><div id="LS3683"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4254948" id="-4254948">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4254955" id="-4254955">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4254960" id="-4254960">“Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4254962" id="-4254962"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4254965" id="-4254965">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son <a href="/mact/-4149765">Farmoni</a> ijrosini taʼminlash, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4254969" id="-4254969">1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son <a href="/mact/-4149765">Farmoni</a> bilan “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4254973" id="-4254973">2. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4254981" id="-4254981">“Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida nizom <a href="/mact/-4249768#-4255043">1-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4254987" id="-4254987">“Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari tegishlicha <a href="/mact/-4249768#-4255211">2 </a>va <a href="/mact/-4249768#-4255279">3-ilovalarga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4254992" id="-4254992">3. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining buyurtmasiga asosan “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5959185" id="edi-5959185"><a href="/mact/-4249768?ONDATE=23.03.2019 00#-4254995">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5959185" id="-5959185"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5959187" id="-5959187">4. “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5959191" id="-5959191">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939598">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4254997" id="-4254997">5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255003" id="-4255003">6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4255008" id="-4255008">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4255010" id="-4255010">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4255012" id="-4255012">2019-yil 22-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4255014" id="-4255014">240-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4255019" id="-4255019"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4255043" id="-4255043">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 240-son <a href="/mact/-4249768">qaroriga <br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4255044" id="-4255044">“Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4255045" id="-4255045">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4255046" id="-4255046"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4255051" id="-4255051">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255053" id="-4255053">1. Ushbu Nizom “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255054" id="-4255054">2. Koʻkrak nishoni bilan jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlari aholining huquqiy savodxonligini oshirishda koʻrsatgan xizmatlari uchun taqdirlanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255055" id="-4255055">Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255074" id="-4255074">3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga <a href="/mact/-4249768#-4255198">ilova</a> qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4255078" id="-4255078">2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255082" id="-4255082">4. Davlat organlari va tashkilotlar har yili 1-oktabrga qadar oʻz xodimlarini koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda hududiy adliya organlari deb ataladi) taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255085" id="-4255085">Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlar har yili 1-oktabrga qadar oʻz xodimlarini koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda vazirlik deb ataladi) taqdim etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255087" id="-4255087">Nomzod boʻyicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzodning obyektivka-maʼlumotnomasi, soʻnggi uch yil davomida u tomonidan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilgan ishlar taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255090" id="-4255090">5. Hududiy adliya organlari tomonidan nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqiladi va nomzodlar yuzasidan xulosalar har yili 20-oktabrga qadar vazirlikka taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255093" id="-4255093">Hududiy adliya organlari rahbarlari mazkur Nizomning 4-bandi <a href="/mact/-4249768#-4255082">birinchi xatboshisida </a>belgilangan holatlarni istisno qilgan holda oʻz tashabbusiga koʻra ham nomzodlar toʻgʻrisida har yili 20-oktabrga qadar vazirlikka taklif kiritishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255097" id="-4255097">6. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255100" id="-4255100">Komissiya yigʻilishida nomzodlar boʻyicha hujjatlar oʻrganilib, har yili 20-noyabrga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255106" id="-4255106">7. Komissiya tomonidan nomzodlarni koʻkrak nishoni bilan taqdirlashda quyidagilar inobatga olinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255116" id="-4255116">nomzodning aholi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga bagʻishlangan ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari soni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255119" id="-4255119">huquqiy madaniyatni targʻib qilishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan videoroliklarning tayyorlanganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255120" id="-4255120">jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni targʻib qilish boʻyicha turli innovatsion samarali uslublarning ishlab chiqilganligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255121" id="-4255121">8. Oʻzbekiston Respublikasining adliya vaziri (keyingi oʻrinlarda adliya vaziri deb ataladi) oʻz tashabbusi bilan ham davlat organlari va tashkilotlar xodimlarini koʻkrak nishoni bilan taqdirlashi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4255125" id="-4255125">3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255128" id="-4255128">9. Komissiya xulosasi asosida adliya vazirining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 1-dekabrga qadar chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255131" id="-4255131">10. Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi har yili 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni bayrami arafasida adliya vaziri (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255132" id="-4255132">11. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida va boshqa axborot vositalarida eʼlon qilinadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5959196" id="edi-5959196"><a href="/mact/-4249768?ONDATE=29.12.2019 00#-4702323">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5959196" id="-5959196"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5959198" id="-5959198">12. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladi. Biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan topshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5959209" id="-5959209">(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939600">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255136" id="-4255136">13. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255140" id="-4255140">14. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4255145" id="-4255145">4-bob. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255154" id="-4255154">15. Vazirlik ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5959210" id="edi-5959210"><a href="/mact/-4249768?ONDATE=23.03.2019 00#-4255160">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5959210" id="-5959210"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5959211" id="-5959211">16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5959212" id="-5959212">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939600">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4255195" id="-4255195"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4255198" id="-4255198">“Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida <a href="/mact/-4249768#-4255044">nizomga <br /></a>ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4255200" id="-4255200">“Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4255201" id="-4255201">SXEMASI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4255203" id="-4255203"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4255205" id="-4255205"><img src="/files/4256880" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4255206" id="-4255206"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4255211" id="-4255211">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 240-son <a href="/mact/-4249768">qaroriga</a> <br />2-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4255212" id="-4255212">“Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishonining </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4255213" id="-4255213">TAVSIFI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4255214" id="-4255214"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255215" id="-4255215">“Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255216" id="-4255216">Koʻkrak nishonining old tomoni markaz qismida odam shaklidagi tilla rangda adolat ramzi boʻlgan tarozi tasvirlangan. Tarozi adolat, odillik va qonuniylikni anglatadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255217" id="-4255217">Tarozining pastki qismida beshta chiziqdan iborat yoʻl tasvirlangan boʻlib, ular adolat va haqiqatga eltuvchi yoʻllarni bildiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255218" id="-4255218">Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan sariq rangdagi doira ichida “NUQUQIY TARGʻIBOT ISNLARI AʼLOCNISI” soʻzlari tilla rangda yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi dafna yaproqlari tasvirlangan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255219" id="-4255219">Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida olti qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “Nuquqiy madaniyatni yuksaltirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun” soʻzlari yozilgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255220" id="-4255220">Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255221" id="-4255221">Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255222" id="-4255222">Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255223" id="-4255223">Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255240" id="-4255240">Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning markazidan eni 6 millimetrli koʻk yoʻl oʻtgan. Uning har ikki tarafidan eni 1 millimetrli koʻk, eni 2 millimetrli yashil va eni 5 millimetr boʻlgan oq rangdagi yoʻllar tushirilgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255246" id="-4255246">Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan. </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4255264" id="-4255264">“Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” <br />koʻkrak nishoni </div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4255266" id="-4255266"><img src="/files/4255410" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4255271" id="-4255271"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4255279" id="-4255279">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 240-son<a href="/mact/-4249768"> qaroriga <br /></a>3-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4255286" id="-4255286">“Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4255288" id="-4255288">TAVSIFI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4255291" id="-4255291"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255297" id="-4255297">“Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255301" id="-4255301">Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255303" id="-4255303">Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq yashil rangli hoshiya bilan oʻralgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255304" id="-4255304">Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “NUQUQIY TARGʻIBOT”, ikkinchi satrda “ISNLARI AʼLOCNISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255306" id="-4255306">Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255308" id="-4255308">Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och yashil rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255311" id="-4255311">Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255314" id="-4255314">Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255317" id="-4255317">“GUVONNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255319" id="-4255319">Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Adliya vazirining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255326" id="-4255326">Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-son buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255329" id="-4255329">Undan 5 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi catrda “NUQUQIY TARGʻIBOT ISNLARI AʼLOCNISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlanadi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4255331" id="-4255331">Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “Vazir” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi yozilgan. </div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4255341" id="-4255341"><img src="/files/4255433" /></div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4254961" id="-4254961">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2019-y., 09/19/240/2805-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
