1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari;
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi;
2.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGINING
Qarori
Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 18-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1781-4]
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2008-yil 21-yanvardagi 1 va 1/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1781, 2008-yil 26-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 12-13-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomgailovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-mart,
33-son
Qishloq xo‘jaligi vaziri J. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-mart,
58-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019-yil 6-martdagi 33, 58-son qaroriga ILOVA
Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 14-bandning ikkinchi xatboshisi va 15-banddan “va muhr bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 25-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “lizing shartnomasi” degan so‘zlar “moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/1781-4/2779-son)