toggle_night_mode
Hujjat 16.03.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlash, ularning faoliyatida qonuniylikni taʼminlash, respublikada investitsiya iqlimini va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, shuningdek prokuratura organlariga xos boʻlmagan vazifa va funksiyalarni chiqarib tashlash yoʻli bilan ularning faoliyatini optimallashtirish maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-apreldan:
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil) tomonidan amalga oshiriladi;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarga oid qarorlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish sohasidagi faoliyatini taʼminlashda ishtirok etadi.
2. Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tasarrufidan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tasarrufiga oʻtkazilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda bir oy muddatda Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimining ishlash imkoniyatini taʼminlovchi axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarning begʻaraz oʻtkazilishini;
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
3. Belgilansinki, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻz vakolatlarini amalga oshirish doirasida:
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyurtmalarini koʻrib chiqadi va ularning asosliligini oʻrganadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishga rozilik berish yoki rad etish, shuningdek, ularning muddatlarini uzaytirish yoki koʻchirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun nazorat qiluvchi organlarning aybdor mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish boʻyicha choralar koʻradi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida yagona hisob va hisobot yuritilishini, shuningdek ushbu sohada nazorat qiluvchi organlarning yagona huquqni qoʻllash amaliyoti yuritilishini taʼminlaydi;
nazorat qiluvchi organlar va tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish sohasidagi qonunchilik normalari qoʻllanilishi yuzasidan maslahat yordamini koʻrsatadi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazish sohasidagi normativ bazani ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari lavozimlarining ikkita shtat birligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari;
soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilishga masʼul Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorining oʻrinbosarlari, tumanlar (shaharlar) prokurorlarining oʻrinbosarlari va yordamchilari lavozimlari;
tumanlar (shaharlar) prokurorlarining tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga masʼul oʻrinbosarlari hamda katta yordamchilari lavozimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tadbirkorlikni himoya qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻlimi tugatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tashkil etilsin va uni moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtkazilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki, mazkur Farmonga muvofiq prokuratura organlarining qisqartirilayotgan 1 198 ta shtat birliklaridan:
87 tasi — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonini;
470 tasi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi boʻlinmalarini toʻldirish uchun yoʻnaltiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda:
zimmalariga yuklatilgan xizmat majburiyatlarini yuqori professional darajada bajarishga qodir yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga ega, yuqori intellektual qobiliyat va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega xodimlarni tanlab olishda raqobat muhitini taʼminlovchi kadrlarni shaffof tanlov asosida tanlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi Prokuratura organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida yangilangan nizomni tasdiqlash uchun kiritsin;
huquqbuzarliklarning profilaktikasi va prokuratura organlari xodimi degan yuksak nomga noloyiq shaxslarni aniqlash, ularni zudlik bilan prokuratura organlari tizimidan boʻshatish mexanizmlarini joriy etishga alohida eʼtibor qaratgan holda prokuratura organlarining ichki xavfsizlikni taʼminlash boʻlinmalari faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqsin;
prokuratura organlariga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish imkonini beruvchi ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni ular faoliyatiga har tomonlama va toʻliq joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
7. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni shtatlar jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilga, zaruratga koʻra, oʻz devonining tashkiliy-shtat tuzilmasiga belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur moliyaviy, moddiy-texnik va transport masalalari hal etilishini taʼminlasin;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan holda Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan birgalikda mazkur Farmon qoidalarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati qonuniyligi kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasi tomonidan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilingunga qadar mazkur Farmon qoidalarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom amal qiladi.
9. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joylardagi Xalq qabulxonalari binolariga begʻaraz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilishga masʼul Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining oʻrinbosarlariga biriktirilgan transport vositalarining, shuningdek, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi xodimlari samarali faoliyat yuritishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan kompyuter texnikalarini belgilangan tartibda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilga oʻtkazilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining qoʻshimcha joriy etilayotgan shtat birliklarini hisobga olgan holda joylashtirilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-mart,
PF-5690-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 94 nafar.
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining shtatlar jadvali

T/r

Lavozimning nomlanishi

Birliklar

soni

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

1

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari — devon rahbari

1

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari

1

Murojaatlarni koʻrib chiqish va tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat shuʼbasi

4.

Bosh inspektor

1

5.

Yetakchi inspektor

5

Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish va takomillashtirish shuʼbasi

6.

Bosh inspektor

1

7.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish shuʼbasi

8.

Bosh inspektor

1

9.

Yetakchi inspektor

7

Xalqaro aloqalar boʻyicha bosh inspektor

10.

Bosh inspektor

1

Jamoatchilik bilan ishlash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etish shuʼbasi

11.

Bosh inspektor

1

12.

Yetakchi inspektor

2

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha bosh inspektor

13.

Bosh inspektor

1

Moliya shuʼbasi

14.

Buxgalter

1

15.

Moddiy buxgalter (kassir)

1

Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat koʻrsatuvchi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari

16.

Bosh inspektor

1

17.

Yetakchi inspektor

5

Andijon viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari

18.

Bosh inspektor

1

19.

Yetakchi inspektor

4

Buxoro viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari

20.

Bosh inspektor

1

21.

Yetakchi inspektor

4

Jizzax viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari

22.

Bosh inspektor

1

23.

Yetakchi inspektor

3

Qashqadaryo viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari

24.

Bosh inspektor

1

25.

Yetakchi inspektor

4

Navoiy viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari

26.

Bosh inspektor

1

27.

Yetakchi inspektor

3

Namangan viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari

28.

Bosh inspektor

1

29.

Yetakchi inspektor

4

Samarqand viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari

30.

Bosh inspektor

1

31.

Yetakchi inspektor

4

Surxondaryo viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari

32.

Bosh inspektor

1

33.

Yetakchi inspektor

4

Sirdaryo viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari

34.

Bosh inspektor

1

35.

Yetakchi inspektor

3

Toshkent viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari

36.

Bosh inspektor

1

37.

Yetakchi inspektor

4

Fargʻona viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari

38.

Bosh inspektor

1

39.

Yetakchi inspektor

4

Xorazm viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari

40.

Bosh inspektor

1

41.

Yetakchi inspektor

3

Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatuvchi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari

42.

Bosh inspektor

1

43.

Yetakchi inspektor

4

Jami

94

Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5019-son Farmonida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 4-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Prokuratura organlari boshqaruv xodimlarining umumiy soni 4 165 nafar (Harbiy prokuraturadan tashqari), shu jumladan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshqaruv xodimlarining umumiy soni 1 071 nafar etib belgilansin”;
v) 5-bandning ikkinchi xatboshisidan “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Jami prokuror-tergov xodimlari — 252 shtat birligi”;
d) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Departament boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 1 071 shtat birligi
shundan markaziy apparatda — 92 shtat birligi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili institutini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi PF-5037-son Farmonida:
a) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
beshinchi xatboshidagi “koʻrib chiqilishi” soʻzlari “ijro etilishi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qabul qilingan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar bundan mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat organlarining tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjatlarini toʻxtatib qoʻyish yoki bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
Belgilansinki, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va uning devoni xodimlari oʻz vakolati doirasida maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish huquqiga egadirlar”;
v) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5446-son Farmonida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
11-bandning 1-kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmonida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi-beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Belgilansinki, 2019-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar oʻtkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan amalga oshiriladi”;
b) 11-bandda “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga” soʻzlari “vakolatli organga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
v) 1-ilovaning rus tilidagi matni izohi ikkinchi xatboshisidagi “Generalnoy prokuraturi Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Upolnomochennogo pri Prezidente Respubliki Uzbekistan po zashite prav i zakonnix interesov subyektov predprinimatelstva” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovaning rus tilidagi matnida:
5-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

5.

Proverki po voprosam, vxodyashim v kompetensiyu Inspeksii po kontrolyu za agropromishlennim kompleksom pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan.

Inspeksiya po kontrolyu za agropromishlennim kompleksom pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan

ne boleye 30 dney

;

15-pozitsiyaning “Proverki (kontrolnie funksii)” ustunidagi “organami prokuraturi” soʻzlari “Upolnomochennim pri Prezidente Respubliki Uzbekistan po zashite prav i zakonnix interesov subyektov predprinimatelstva” soʻzlari bilan almashtirilsin;
izohda:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “Generalnoy prokuraturi Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Upolnomochennogo pri Prezidente Respubliki Uzbekistan po zashite prav i zakonnix interesov subyektov predprinimatelstva” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3802-son qarorida:
a) 15-bandning birinchi xatboshidagi “11 410” va “257” raqamlari tegishincha “11 880” va “369” raqamlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 369 shtat birligi.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoniga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5343-son Farmoning 1-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq va bojxona islohotlarini huquqiy taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5499-son Farmoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2749-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2022-y., 06/22/178/0681-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 17.04.2026-y., 06/26/63/0373-son)