

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3193118" id="onLBC-3193118">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6054"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;</span></div><div id="LBC6812"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3193118" id="onLS-3193118">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;</span></div><div id="LS3725"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3193129" id="-3193129">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3193130" id="-3193130">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3193132" id="-3193132">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili institutini taʼsis etish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3193133" id="-3193133"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193134" id="-3193134">Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning faoliyatiga davlat organlarining asossiz aralashuvini oldini olish, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari huquqlarining ustuvorligi prinsipini taʼminlash maqsadida:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3193135" id="onLBC-3193135">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6054"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;</span></div><div id="LBC6812"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193135" id="-3193135">1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili instituti (keyingi oʻrinlarda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil deb yuritiladi) taʼsis etilsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3193136" id="onLBC-3193136">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6812"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193136" id="-3193136">2. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193137" id="-3193137">tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193138" id="-3193138">davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193139" id="-3193139">tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qoʻllab-quvvatlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193140" id="-3193140">tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda roʻyobga chiqarilayotganligini oʻrganish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193141" id="-3193141">qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga taʼsiri samaradorligini baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193142" id="-3193142">tadbirkorlik subyektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga, ularning rivojlanishini ragʻbatlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3193143" id="onLBC-3193143">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6019"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.04 Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi;</span></div><div id="LBC6053"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;</span></div><div id="LBC6400"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;</span></div><div id="LBC6403"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;</span></div><div id="LBC6812"><span class="iorRN">5.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;</span></div><div id="LBC7467"><span class="iorRN">6.</span><span class="iorVal">15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar;</span></div><div id="LBC7706"><span class="iorRN">7.</span><span class="iorVal">19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.11.00 Diplomatik daraja va martabalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193143" id="-3193143">3. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193144" id="-3193144">Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193145" id="-3193145">Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tizimli ravishda davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193146" id="-3193146">Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4229607" id="edi-4229607"><a href="/mact/-3193118?ONDATE=06.05.2017 00#-3193147">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4229607" id="-4229607"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4229617" id="-4229617">Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil maqomi, mehnat haqi, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosariga, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning oʻrinbosari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiriga tenglashtiriladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4229625" id="-4229625">(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli <a href="/mact/-4220140?ONDATE=01.02.2019 00#-4220372">Farmoni </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193148" id="-3193148">Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning faoliyati yuridik shaxs hisoblangan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni tomonidan taʼminlanadi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4229636" id="edi-4229636"><a href="/mact/-3193118?ONDATE=06.05.2017 00#-3193149">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4229636" id="-4229636"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4229645" id="-4229645">Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan tibbiy xizmat koʻrsatish, moddiy ragʻbatlantirish va mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlari tatbiq etiladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4229650" id="-4229650">(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli <a href="/mact/-4220140?ONDATE=01.02.2019 00#-4220372">Farmoni </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3868212" id="edi-3868212"><a href="/mact/-3193118?ONDATE=06.05.2017 00#-3868211">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3868212" id="-3868212"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3868213" id="-3868213">Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va uning devoni xodimlari uchun oldingi ish joyida berilgan koʻp yillik xizmatlari uchun qoʻshimcha haq va ustamalar, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik daraja va boshqalar) saqlanib qoladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3868214" id="-3868214">Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonidagi ish vaqti navbatdagi harbiy va maxsus unvon berish uchun ish stajiga kiritiladi hamda ular boʻyicha, shu jumladan koʻp yillik xizmatlar uchun ustamalar hisoblanadi hamda toʻlanadi; </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4229694" id="edi-4229694"><a href="/mact/-3193118?ONDATE=08.08.2018 00#-3868215">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4229694" id="-4229694"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4229695" id="-4229695">Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonida ish faoliyati davrida harbiy va maxsus unvonlar berish oldingi ish joyi boʻyicha nazarda tutilgan tartibda tegishli harbiy va maxsus unvonlar berish uchun zarur boʻlgan muddatlar oʻtgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining yoki Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4229696" id="-4229696">(3-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli <a href="/mact/-4220140?ONDATE=01.02.2019 00#-4220372">Farmoni </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7310394" id="edi-7310394"><a href="/mact/-3193118?ONDATE=08.08.2018 00#-3868237">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7310394" id="-7310394">(3<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli <a href="/mact/-7283080?ONDATE=28.12.2024 00#-7287468">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4251266" id="edi-4251266"><a href="/mact/-3193118?ONDATE=06.05.2017 00#-3193150">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4251266" id="-4251266">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli <a href="/mact/-4242834?ONDATE=16.03.2019 00#-4244432">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan  — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3193151" id="onLBC-3193151">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6812"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;</span></div><div id="LBC7533"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.04.00 Maʼmuriy javobgarlikning umumiy shartlari;</span></div><div id="LBC7623"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.06.00 Sud qarorlari ustidan shikoyat qilish va qayta koʻrib chiqish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193151" id="-3193151">5. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193152" id="-3193152">tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilishga doir qonun hujjatlari davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan soʻzsiz ijro etilishini oʻrganish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193153" id="-3193153">tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshirishlar amalga oshirilishi qonuniyligining monitoringini olib borish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuv holatlarining oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish yuzasidan takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193154" id="-3193154">tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish boʻyicha qonun hujjatlarining buzilishi mumkin emasligi toʻgʻrisida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantirish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4251272" id="edi-4251272"><a href="/mact/-3193118?ONDATE=06.05.2017 00#-3193155">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4251272" id="-4251272"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4251273" id="-4251273">davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda ijro etilishi majburiy boʻlgan aniqlangan qonunbuzilish holatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4251278" id="-4251278">(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli <a href="/mact/-4242834?ONDATE=16.03.2019 00#-4244432">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193156" id="-3193156">tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini koʻzlab sudlarga davlat boji toʻlamasdan arizalar va daʼvolar bilan murojaat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193157" id="-3193157">davlat organlari va tashkilotlaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar hamda boshqa axborot soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193158" id="-3193158">davlat organlarining tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq yigʻilishlarida ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193159" id="-3193159">zarur boʻlgan holatlarda oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tashkil etish huquqi berilsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4251282" id="edi-4251282"><a href="/mact/-3193118?ONDATE=06.05.2017 00#-4251280">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4251282" id="-4251282"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4251283" id="-4251283">tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qabul qilingan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar bundan mustasno; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4251284" id="-4251284">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat organlarining tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjatlarini toʻxtatib qoʻyish yoki bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4251285" id="-4251285">Belgilansinki, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va uning devoni xodimlari oʻz vakolati doirasida maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish huquqiga egadirlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4251286" id="-4251286">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli <a href="/mact/-4242834?ONDATE=16.03.2019 00#-4244432">Farmoniga </a>asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3193160" id="onLBC-3193160">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193160" id="-3193160">6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish uchun ikki oy muddatda “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6955082" id="-6955082"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi </em><a href="/mact/-3321352">Qonuni</a><em>.</em></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3193161" id="onLBC-3193161">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6106"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;</span></div><div id="LBC6812"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193161" id="-3193161">7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193162" id="-3193162">Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalar hal etilishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193163" id="-3193163">Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va uning devonini joylashtirish uchun qulay bino (xonalar) ajratilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193165" id="-3193165">8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning devonini zarur aloqa vositalari va turlari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan jihozlanishini, shuningdek, keng polosali internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4229680" id="edi-4229680"><a href="/mact/-3193118?ONDATE=06.05.2017 00#-3193167">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4229680" id="-4229680">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli <a href="/mact/-4220140?ONDATE=01.02.2019 00#-4220378">Farmoniga </a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3193168" id="-3193168">10. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3193186" id="-3193186">Ushbu Farmon “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 6-maydagi 90 (6784)-sonida eʼlon qilingan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3193169" id="-3193169">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3193170" id="-3193170">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3193171" id="-3193171">2017-yil 5-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3193172" id="-3193172">PF-5037-son</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4251287" id="edi-4251287"><a href="/mact/-3193118?ONDATE=06.05.2017 00#-3196840">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4251287" id="-4251287">(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli <a href="/mact/-4242834?ONDATE=16.03.2019 00#-4244432">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4229683" id="edi-4229683"><a href="/mact/-3193118?ONDATE=06.05.2017 00#-3196847">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4229683" id="-4229683">(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli <a href="/mact/-4220140?ONDATE=01.02.2019 00#-4220378">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3193173" id="-3193173"></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3193174" id="-3193174">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili institutini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-3193118">Farmoniga</a></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3193175" id="-3193175">SHARH</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3193176" id="-3193176"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3193182" id="-3193182"><p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span><span style="COLOR: black">Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, xususiy mulkning qonuniy hamda amaliy jihatdan ustuvor rolini taʼminlash, iqtisodiyotda davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgan aniq manzilli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.</span></span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span><span style="COLOR: black">Bu borada qabul qilingan qator qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvini bartaraf etish yoʻlida qatʼiy tartib oʻrnatildi.</span></span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span><span style="COLOR: black">Tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari bilan oʻzaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilmoqda. Qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati subyektining foydasiga hal etilmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilish davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga toʻsqinlik qilish sifatida qaralmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.</span></span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span><span style="COLOR: black">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi </span></span><span style="COLOR: black"><a href="/mact/3088008"><span style="COLOR: teal; TEXT-DECORATION: none; text-underline: none">Qonun </span></a>ishlab chiqildi va qabul qilindi. U xususiy mulk huquqiga gʻayriqonuniy tajovuzlarni, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga qaratilgan qator oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="COLOR: black">Tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish tizimini tubdan soddalashtirish va tadbirkorlik faoliyatini yuritishni yanada yengillashtirish masalalari ham davlatimiz eʼtiborida turibdi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/3103829"><span style="COLOR: teal; TEXT-DECORATION: none; text-underline: none">qarori </span></a>bilan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlarining faoliyati sifati va samaradorligini tubdan oshirish, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar turlarini yanada kengaytirishga qaratilgan aniq choralar belgilandi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="COLOR: black">Bu saʼy-harakatlar tadbirkorlik subyektlarining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi roli va ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Natijada aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish xohish-istagi oshib, yildan-yilga tadbirkorlik subyektlarining soni koʻpaymoqda. Tadbirkorlik faoliyati aholini ish bilan taʼminlashda, odamlarning hayot darajasi va sifatini oshirishda hal qiluvchi omillardan biriga aylandi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="COLOR: black">Islohotlar samaradorligi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimining yangi taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish hamda mamlakatimizda yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bilan uzviy bogʻliqligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili institutini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="COLOR: black">Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — Vakil) taʼsis etilmoqda. Ushbu institut kelgusida tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari oʻrtasidagi samarali muloqotning yangi mexanizmlarini joriy qilishga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan davlat himoyasining qoʻshimcha kafolatlarini yaratishga xizmat qiladi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="COLOR: black">Farmon bilan Vakilning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilanmoqda. Unga koʻra, Vakil mazkur sohada davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalarni bajaradi. Shuningdek, sohadagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda roʻyobga chiqarilayotganligini oʻrganish, ularning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga taʼsirini baholash, tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga, ularning rivojlanishini ragʻbatlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash Vakil faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="COLOR: black">Vakil Farmonda belgilangan oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi. Vakil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdor hisoblanadi. Bu qoida Vakilning oʻz faoliyatini faqatgina Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/20596"><span style="COLOR: teal; TEXT-DECORATION: none; text-underline: none">Konstitutsiyasi </span></a>va qonunlariga boʻysungan holda amalga oshirishida, tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining har qanday shaklda buzilishiga nisbatan adolat, qonun ustuvorligi hamda tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi nuqtai nazaridan xolisona baho berishida, qonunbuzilishlarga oʻz vaqtida barham berish uchun qatʼiy choralarni koʻrishida, qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻygan barcha mansabdor shaxslar uchun jazoning muqarrarligi prinsipini taʼminlashida muhim poydevor boʻlib xizmat qiladi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="COLOR: black">Farmon bilan Vakilga oʻz vazifalarini bajarishi uchun qator huquq va vakolatlar berilmoqda. Jumladan, Vakil tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish boʻyicha qonunchilikning soʻzsiz ijro etilishini oʻrganish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshirishlar amalga oshirilishi qonuniyligining monitoringini olib borish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuv holatlarining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilish yuzasidan takliflar kiritish, davlat organlari va tashkilotlaridan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish huquqiga ega.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="COLOR: black">Shu bilan birga, Vakil davlat organlari va boshqa muassasalar mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantirishi, ularga aniqlangan qonunbuzilish holatlarini, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishi mumkinligi koʻzda tutilayapti. Vakil tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini koʻzlab sudlarga davlat boji toʻlamasdan arizalar va daʼvolar bilan murojaat qilishi, davlat organlarining tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq yigʻilishlarida ishtirok etishi mumkin.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="COLOR: black">Ushbu huquq va vakolatlarning amalda roʻyobga chiqarilishi sohadagi qonunchilik talablarini tadbirkorlik subyektlari fikrlari, taklif va ehtiyojlaridan, mavjud muammolar, huquqni qoʻllash amaliyotining har tomonlama tahlilidan kelib chiqqan holda, doimiy ravishda takomillashtirib borishga hamda qonun hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrishga zamin yaratadi. Eng muhimi, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning, shu jumladan, har xil asossiz tekshiruvlar oʻtkazish yoʻli bilan aralashuvlarning zudlik bilan barham berilishiga, ularning huquq va qonuniy manfaatlari buzilishining har qanday shaklining oldini olish uchun samarali choralar koʻrilishiga, tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklash, shu jumladan, sud orqali tiklash mexanizmlaridan unumli foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="COLOR: black">Farmonda Vakil devoni faoliyati tashkil etilishi belgilanib, uning tuzilmasi tasdiqlandi. Vakil va uning devoni faoliyatini samarali tashkil qilish uchun zarur tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalarni hal etish ham nazarda tutilmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="COLOR: black">Ushbu hujjatda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish belgilangan. Unda Vakil faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari, asosiy prinsiplari, uning huquq va majburiyatlari, tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi, davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlik tartibini belgilash rejalashtirilmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="COLOR: black">Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi, shubhasiz, iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari manfaatlari ustuvorligini amalda taʼminlash, Vakil zimmasidagi vazifalarni toʻlaqonli roʻyobga chiqarish, davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali muloqotni mustahkamlash, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini ragʻbatlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini biror-bir shaklda buzish holatlariga barham berish imkoniyatini yaratadi. Pirovardida mamlakatimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, aholini barqaror va sifatli ish bilan taʼminlash, odamlar turmush sifati va darajasini yanada yaxshilash, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.</span></p>
<p></p></div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3200707" id="-3200707">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 333-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son; 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
