toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida
Mamlakatda davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda demokratlashtirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu jarayonda prokuratura organlari tomonidan qabul qilinayotgan qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash choralari koʻrilmoqda.
Shu bilan birga, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining samarali roʻyobga chiqarilishi — mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash, demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlarini soʻzsiz ijro etish uchun prokuratura organlarining kuch va imkoniyatlarini toʻliq safarbar qilishni taqozo etadi.
Shu kabi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va yangi vazifalari prokuratura organlari faoliyatini tashkil etishni, shu jumladan, qonuniylik ahvolini tizimli tahlil qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyasini taʼminlash, tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligiga salbiy taʼsir etuvchi huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini oʻz vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish borasidagi faoliyatni yanada takomillashtirishni talab etadi.
Prokuratura organlarining qonunchilik ijrosini taʼminlash borasidagi masʼuliyatini yanada oshirish hamda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini soʻzsiz amalga oshirish maqsadida:
1. Jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash hamda demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni roʻyobga chiqarishga, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunlarning soʻzsiz ijro etilishi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish orqali “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” prokuratura organlarining ustuvor vazifasi etib belgilansin va bunda:
birinchidan, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini soʻzsiz bajarishni, amalga oshirilayotgan islohotlarga toʻsiq boʻluvchi omillar va tizimli kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etishni;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
uchinchidan, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq muloqot oʻrnatishni, fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida hal qilishni, aholining huquqiy madaniyatini oshirishni, jamiyatda qonun buzilishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishni;
toʻrtinchidan, profilaktika tadbirlarining, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasidagi tadbirlarning taʼsirchanligini, huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini oʻz vaqtida aniqlash hamda bartaraf etishni;
beshinchidan, kam taʼminlangan oilalarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni, yangi ish oʻrinlari yaratish dasturlarini amalga oshirishni, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlashni;
oltinchidan, malakali tibbiy yordam koʻrsatishni, aholiga arzon dori vositalari yetkazishni, taʼlim jarayonining sifati va taʼlim muassasalarida oʻquvchilar davomatini hamda ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishni;
yettinchidan, fuqarolarga arzon uy-joy ajratishni, uy-joy sotib olish uchun, birinchi navbatda, yosh oilalar, yetim bolalarga kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratishni, sifatli kommunal xizmat koʻrsatish va hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirishni;
sakkizinchidan, tabiiy resurslar, yer maydonlaridan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlashga asosiy eʼtibor qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
3. Qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash muammolarini tahlil qilish sohasidagi faoliyatni tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining yangilangan tashkiliy-shtat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining yangilangan tashkiliy-shtat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 06/18/5446/1251-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PF-272-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.

Prokuratura organlari boshqaruv xodimlarining umumiy soni 4 986 nafar, shu jumladan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshqaruv xodimlarining umumiy soni 1 131 nafar etib belgilansin.

(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga:
Oldingi tahrirga qarang.
zarur hollarda, prokuratura organlarining shtat birliklarini markaziy apparat va hududlar oʻrtasida, hududlar oʻrtasida, tumanlar (shaharlar) oʻrtasida qayta taqsimlash imkoniyati bilan birga prokuratura organlari (shu jumladan, Harbiy prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi) va ular boʻlinmalarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
prokuratura organlarining yuqori malakali va tashabbuskor, shuningdek, texnik va yordamchi xodimlariga prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan prokuratura organlarida amalda boʻlgan barcha toʻlovlarni saqlagan holda qonun hujjatlarida oʻrnatilgan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalarni hisoblashda ham hisobga olinadigan mehnatga haq toʻlash fondining uch baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda oylik shaxsiy ustamalar belgilash;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻrnatilgan normativlarga muvofiq Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan prokuratura organlari uchun texnik va yordamchi xodimlarning qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi PF-5499-sonli Farmoni tahririda)
6. Prokuratura organlari xodimlariga beriladigan uzoq muddatli ipoteka kreditlarini qaytarish uch yillik imtiyozli davr bilan amalga oshirilishi, mazkur davr mobaynida kreditlar boʻyicha faqat foizlar toʻlanishi tartibi oʻrnatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga boʻsh yotgan milliy va xorijiy valyutadagi budjetdan tashqari mablagʻlarni, shuningdek prokuratura organlari depozit hisobraqamlaridagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida depozitlarga qoʻyish huquqi berilsin.
(61-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-sentabrdagi PF-5837-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son)
Mablagʻlarni joylashtirishdan olingan daromadlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijtimoiy rivojlanish va ularning xodimlarini, istisno tariqasida, oʻrnatilgan meʼyorlardan yuqori miqdorda moddiy ragʻbatlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bayonnoma qarorlari va topshiriqlarida nazarda tutilgan alohida tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilgan holda, prokuratura organlarining rivojlanish jamgʻarmalari hisobraqamlariga kiritilishi belgilansin.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi PF-5499-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
62. Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining bayrogʻi va emblemasi namunalari 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PF-5436-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 06/18/5436/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mazkur Farmonni bajarish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 06/18/5446/1251-son)
8. Adliya vazirligi Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bosh prokuraturasi va Mudofaa vazirligi bir oy muddatda mazkur Farmonga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda Harbiy prokuraturasining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi prokuratura organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida ularning balansiga qabul qilingan maʼmuriy binolarni saqlash xarajatlarini Davlat budjetida nazarda tutsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PF-5436-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 06/18/5436/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PF-5436-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 06/18/5436/1175-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-aprel,
PF-5019-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI

Bosh prokuror

Bosh prokuror yordamchisi

Bosh prokuror birinchi oʻrinbosari

Bosh prokuror oʻrinbosari

Bosh prokuror oʻrinbosari

Bosh prokuror oʻrinbosari

Bosh prokuror oʻrinbosari

Bosh prokuror oʻrinbosari

Tashkiliy-nazorat va tahlilot boshqarmasi

10

Prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi

12

Yoqilgʻi-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

10

Jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmasi

14

Ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

20

Qurolli Kuchlar, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

7

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

12

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻlimi

3

Kadrlar boshqarmasi

10

 

Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmasi

6

Navbatchi qism

3

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

6

Tabiiy koʻllarda baliqchilikni rivojlantirish va suv resurslaridan foydalanishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

7

Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi

9

Xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi

4

Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

16

Qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

10

Fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmasi

8

Qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi

14

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi

16

Axborot-tahlil boʻlimi

3

Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

7

Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmasi

6

Iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

18

Birinchi boʻlim

2

Oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi

10

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi

12

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi

4

Tashqi savdo, investitsiyalar va tadbirkorlik sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

6

Xalqaro-huquqiy boshqarma

12

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi

8

Majburiy ijro byurosi

Ishlar boshqarmasi

11

“Huquq” gazetasi

Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

7

Uyushgan jinoyatchilik

va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi

10

 

Yer resurslari talon-toroj

qilinishining oldini olish boshqarmasi

8

Jami prokuror-tergov xodimlari — 316 shtat birligi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2023-y., 06/23/77/0298-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI

Boshliq yordamchisi

Boshliq

Matbuot kotibi

Boshliqning birinchi oʻrinbosari

Boshliq oʻrinbosari

Boshliq oʻrinbosari — Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi

Tashkiliy-nazorat boʻlimi

3

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi

2

Ijtimoiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi

10

Iqtisodiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi

10

Kadrlar boʻlimi

4

Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi

3

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi

25

Tezkor-qidiruv faoliyati hisobi boʻlimi

4

Tizimli tahlil boʻlimi

5

Taftish boshqarmasi

10

Xalqaro aloqalar boʻlimi

3

Raqamlashtirish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻlimi

2

Kriminalistika laboratoriyasi

1

Surishtiruv boʻlimi

4

Maxsus boʻlim

1

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻlimi

11

Navbatchilik qismi

Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi

2

Moliya-xoʻjalik boʻlimi

5

Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻlimi

4

Xavflarni baholash markazi

10

Hududiy boshqarmalar va boʻlimlar

Departament boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 1 131 shtat birligi,
shundan markaziy apparatda — 99 shtat birligi.
Bunda 100 shtat birligi Departamentning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PF-272-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PF-272-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-sonli Farmoniga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi bayrogʻining
TAVSIFI
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi bayrogʻi (keyingi oʻrinlarda bayroq deb yuritiladi) barqarorlik, matonat, sodiqlik, fidoiylik va mardlikni ifoda etuvchi moviy rangli toʻgʻri burchakli mato koʻrinishiga ega.
Bayroq markazida geraldik belgi — Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining emblemasi tasvirlangan.
Bayroq uzunligi — 250 sm, eni — 125 sm.
Bayroqning hajmi boshqacha ham boʻlishi mumkin, biroq barcha hollarda bayroqning eni uzunligiga nisbatan 1:2 boʻlishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-sonli Farmoniga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi emblemasi — geraldik belgi
TAVSIFI
Geraldik belgi — Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi emblemasi pastki qismi choʻzilgan, yuqori burchaklari kesilgan uchburchak qalqon koʻrinishiga ega boʻlib, davlat va jamiyatni himoya qilish ramzini anglatadi.
Qalqon ortida — ikkita diagonal kesishgan oʻtkir tigʻlari pastga yoʻnaltirilgan qilichlar joylashgan. Qilichlar dastasi beshta halqadan iborat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi faoliyatining asosiy prinsiplari — birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikni ifodalaydi.
Qalqon yuzasi va qilichlar kumush rangda. Qalqon markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbidan qalqonning Kambar hoshiyalariga qadar quyosh nurlarini ifodalovchi boʻrtma toʻgʻri chiziqlar tortilgan.
Qalqonning chap tomonida toʻq koʻk rangli bosh harflar bilan lotin alifbosida: “OʻZBEKISTON”, oʻng tomonida: “PROKURATURASI” deb yozilgan.
Geraldik belgi qonun hujjatlariga muvofiq bir xil rangda (siluet tarzida) tasvirlanishi mumkin.
(5 va 6-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PF-5436-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 06/18/5436/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-son Farmoniga
7-ILOVA
(7-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PF-5436-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 06/18/5436/1175-son)
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Alohida hollarda, iqtisodiyot, moliya, sotsiologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa sohalarda oliy maʼlumotga, yetarli bilim va ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislar prokuratura organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin”.
2. 14-bandning oltinchi xatboshisidagi “xoʻjalik nizolari” soʻzlari “iqtisodiy sudlarda ishlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, zarur hollarda, prokuratura organlari, shu jumladan Harbiy prokuratura va Departamentning tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtat soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega”.
4. 26-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlariga darajali unvonlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasiga asosan beriladi”.
5. 37-band:
a) quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“I, II, III darajali “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash”;
b) oʻn uchinchi — oʻn yettinchi xatboshilar tegishlicha oʻn toʻrtinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6.39-bandning uchinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining Faxriy xodimi” soʻzlaridan keyin “I, II, III darajali “Aʼlo xizmatlari uchun” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
7. 811-band:
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Alohida hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlariga ishga oʻtgan prokuratura organi xodimi Bosh prokuraturaning attestatsiya komissiyasi taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkin”;
b) ikkinchi xatboshisi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) uchinchi xatboshisidagi “ushbu bandning birinchi xatboshisida” degan soʻzlar “ushbu bandda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 82-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“82. Prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda boʻlgan prokuratura organlari xodimlariga ularning boshqa davlat organlaridagi vakolat muddatlari tugaganidan soʻng, prokuratura organlarida muqaddam egallagan yoki unga teng lavozim berilishi kafolatlari taʼminlanadi, xodimning egallab turgan lavozimiga noloyiqligi yoki sogʻligʻi holatiga yoxud mehnat (xizmat) majburiyatlarini bajarmaganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar bundan mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 18-apreldagi PF-5019-son Farmoniga
8-ILOVA
(8-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PF-5436-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 06/18/5436/1175-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim hujjatlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyuldagi “Qonunchilik ijrosini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4636-sonli Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlari va qarorlariga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4815-sonli Farmonining 1 — 3-bandlari hamda unga 1 — 4-ilovalar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari va qarorlariga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2016-yil 8-avgustdagi PF-4815-son Farmoniga oʻzgartish kiritish haqida”gi PF-4981-son Farmoni.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 285-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 06/17/5196/0034-son; 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 08.05.2018-y., 06/18/5436/1175-son, 10.05.2018-y., 06/18/5438/1189-son, 24.05.2018-y., 06/18/5446/1251-son, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son; 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son; 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 26.03.2021-y., 06/21/6196/0240-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son; 26.05.2023-y., 06/23/77/0298-son; 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)