1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Naslli va sport otlariga “Ot pasporti”ni berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Respublikamizda yilqichilik sohasini yanada rivojlantirish, naslli va sport otlarini yetishtirish, sport otlarini xalqaro darajadagi koʻrgazmalarda, sport musobaqalarida ishtirok etishini taʼminlash, epizootik barqarorlikni nazorat qilish, shuningdek, naslli va sport otlariga milliy va xalqaro ot pasportini berish tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Naslli va sport otlariga “Ot pasporti”ni berish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
naslli va sport otlariga “Ot pasporti” ot egasining xohishiga koʻra beriladi;
naslli va sport otlarini auksionlarda, koʻrgazmalarda, milliy va klassik ot sporti oʻyinlarida, sport musobaqalarida ishtirok etishi, shuningdek otlardan xizmat otlari sifatida foydalanish ushbu “Ot pasporti” mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga uch oy muddatda:
otlarning genetik (qon) tahlilini oʻtkazish laboratoriyasini tashkil etish va laboratoriyada ishlaydigan mutaxassislarning xorijiy davlatlarda malaka oshirish kurslariga yuborilishini;
“Ot pasporti” namunasining Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) roʻyxatidan oʻtkazilishini;
“Ot pasporti”ni berish bilan bogʻliq barcha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilab, ularning ijrosini taʼminlash tavsiya etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-mart,
214-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 214-son qaroriga ILOVA
Naslli va sport otlariga “Ot pasporti”ni berish tartibi toʻgʻrisida
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom naslli va sport otlariga “Ot pasporti”ni berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
“Ot pasporti” — naslli va sport otlarining nasl-nasabi, zotga mansubligi, nasl qiymati, yuqumli kasalliklarga qarshi oʻtkazilgan emlanmalar (vaksinalar), laboratoriya sinovlari tahlillarining natijalari va diagnostik tekshiruvlar oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjat;
naslli ot — kelib chiqishi (nasl-nasabi) maʼlum bir zotga mansub boʻlgan va naslli ot sifatida Davlat naslchilik kitobida roʻyxatga olingan ot;
sport oti — otlar ishtirokida oʻtkaziladigan turli ot sporti musobaqalarida qatnashuvchi ot;
ot egasi — otga egalik qilish huquqiga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar;
Davlat naslchilik kitobi — nasl xususiyatlarini oʻzida mujassamlashtirgan otlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamlanmasi.
3. “Ot pasporti” mazkur nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
4. Naslli va sport otlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirib borish va naslli otlarning Davlat naslchilik kitobini yuritish Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
5. “Ot pasporti” Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar qaramogʻidagi naslli va sport otlariga:
milliy va klassik ot sporti oʻyinlari, sport musobaqalarida, koʻrgazmalarda va auksionlarda ishtirok etish;
otchoparlarda, ot sporti klublari va maktablarda hamda xizmat otlari sifatida foydalanish;
seleksiya-naslchilik ishlarini samarali amalga oshirish;
epizootik barqarorlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlarni nazorat qilish;
xalqaro miqyosda oʻtkaziladigan sport oʻyinlarida (Xalqaro musobaqa va Olimpiya oʻyinlarida) qatnashadigan sport otlariga Xalqaro ot sport federatsiyasining (FEI) pasportini olish uchun beriladi.
6. “Ot pasporti”ni rasmiylashtirish uchun ot egasining oʻz mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida toʻlov toʻlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
7. Toʻlangan toʻlov Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi huzuridagi Yilqichilik va ot sportini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
8. “Ot pasporti” mazkur nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
2-bob. “Ot pasporti”ni olishga doir talablar va uni berish tartibi
9. “Ot pasport”ni olish uchun ot egasi Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga yozma ravishda murojaat qiladi.
10. Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining vakili “Ot pasporti”ni olish uchun ot egasining murojaati boʻyicha joyiga chiqqan holda oʻrganadi va quyidagilar toʻgʻrisida maʼlumotlarni shakllantiradi:
otning grafik tasviri;
otning tana oʻlchamlari;
otning kelib chiqishi va nasl-nasabi (birlamchi zootexnika hujjatlar);
otning 7 dona fotosurati (otni oʻng yon tomondan, chap yon tomondan, boshining old tomonidan, tumshugʻi, old va orqa oyoqlarining oldindan koʻrinishi, old va orqa oyoqlarining orqa tomondan koʻrinishi va boʻynining past tomondan koʻrinishi).
11. “Ot pasporti” beriladigan otlarning kelib chiqishini aniqlash uchun zarur hollarda, maxsus laboratoriyalarda otning genetik (qon) tahlillari amalga oshiriladi.
12. Laboratoriya tahlili natijalari ushbu nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar tarkibiga kiritiladi.
13. “Ot pasporti” Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan va muhrlangan holda beriladi.
14. “Ot pasporti” Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining buyurtmanomasiga asosan tayyorlanadi hamda ushbu pasport naslli va sport otlarining butun umri davomida amal qiladi.
15. “Ot pasporti” 10 ish kunida rasmiylashtiriladi va ot egasiga taqdim etiladi.
16. “Ot pasporti”ni ot egasiga berish vaqtida Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasida yuritiladigan maxsus reyestr kitobiga tegishli yozuv kiritilgan holda roʻyxatga olinadi va elektron shaklda rasmiy veb-saytga joylashtiriladi.
17. Naslli otlarga “Ot pasporti” berilgandan soʻng ushbu naslli ot belgilangan tartibda Davlat naslchilik kitobiga roʻyxatga olinadi va buning uchun toʻlov toʻlanmaydi.
18. “Ot pasporti”ga tegishli yozuvlar Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan har yili kiritib boriladi.
19. Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan “Ot pasporti”ga kelgusi yillarda ham har yili kiritiladigan tegishli yozuvlar kiritilganda, ot egasidan toʻlov undirilmaydi.
Bunda kelgusi yillarda “Ot pasporti”ga tegishli yozuvlarni kiritish bilan bogʻliq (xizmat safari) xarajatlar Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi zimmasida qoladi.
20. Otlardan xizmat otlari sifatida foydalanuvchi tashkilotlarning murojaatlariga koʻra “Ot pasporti” berilishi mumkin. Bunda, ushbu nizom qoidalariga amal qilinadi.
21. “Ot pasporti”ga otlarni emlash tadbirlari, laboratoriya va diagnostik tekshiruvlar oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi tegishli yozuvlar veterinariya vrachi tomonidan kiritiladi hamda imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.
3-bob.Ot pasportini qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirishlar kiritish va hisobdan chiqarish
22. “Ot pasporti” yoʻqolganda va yaroqsiz holatga kelganda, ot egasi tomonidan Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga murojaat qilinadi va “Ot pasporti” ikki ish kunida bepul qayta rasmiylashtirilib beriladi.
23. Otning egasi oʻzgarganda, uning yangi egasining murojaatiga koʻra “Ot pasporti”ga Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan ikki ish kunida tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
24. “Ot pasporti”ga ega boʻlgan otlar majburiy soʻyilsa yoki boshqa sabablar oqibatida nobud boʻlgan taqdirda, ot egasi tomonidan bir ish kunida “Ot pasporti” Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga qaytariladi.
25. Naslli va sport otlari belgilangan tartib asosida eksport qilinganda “Ot pasporti” hisobdan chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 5-bobi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. “Ot pasporti”ga oid birlamchi maʼlumotlar bazasining saqlanishiga Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi javobgar hisoblanadi.
27. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Naslli va sport otlariga “Ot pasporti”ni berish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Mazkur hujjat ot egasi (qarovchisi)da saqlanadi va ot sotilgan paytda yangi egasiga beriladi.
Nastoyashiy dokument soxranyayetsya vladelsem (smotritelem) loshadi i peredayetsya novomu vladelsu pri prodaje loshadi.
This document is retained by the owner (caretaker) of the horse and transferred to the new owner when a sale of horse.
Ot egasining F.I.Sh. va manzili F.I.O., vladelsa i adres
Name, address of the owner
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi vakilining
imzosi va muhrining oʻrni
Podpis i mesto pechati
Signature and Company Stamp
Nasl-nasabi/Rodoslovnaya/Parentage
Qayd etish raqami_____________________________ Registratsionniy №_________________________________ Registration number №_________________________________
Tugʻilgan joyi Mesto rojdeniya Place of birth ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________
Immunitet ekspertizasi raqami, canasi № ekspertizi immuniteta i data Immunity expertise №, date _______________________________
Chipning identifikatsiya raqami Identifikatsionniy nomer chipa Chip identification number
Sana Data Date
Chip kodi Kod chipa Chip code
Shtrix kod Barcode
M.Oʻ/M.P/R.R
Federatsiya raisi oʻrinbosari Zamestitel predsedatelya Federatsii Deputy-chairman of Federation_____________________________________________________________________
Berilgan vaqti Data vidachi Date of issue:__________________________________________________________________________________
Otning egasi oʻzgarganda mazkur ot pasportiga Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti Federatsiyasi tomonidan otning yangi egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilib, roʻyxatdan oʻtkaziladi va otning yangi egasiga qaytaradi.
Pri smene vladelsa pasport doljen nezamedlitelno vozvrashatsya v Federatsiyu konevodstva i konnogo sporta Uzbekistana, pri etom soobshayutsya familiya i adres novogo vladelsa, posle registratsii, kotorix Federatsiya vozvrashayet pasport novomu vladelsu.
On change of ownership the passport must immediately be lodged with the “Norse breeding and Equestrian Federation of Uzbekistan” giving the name and address of the new owner, for re-registration and forwarding to the new owner.
Naslli va sport otlariga “Ot pasporti”ni berish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Naslli va sport otlariga “Ot pasporti”ni berish
sxemasi
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/214/2761-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)