1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2994-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-dekabrdagi 28/3-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3411, 11.01.2023-y.) asosan 2023-yil 14-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/6-son qarori (roʻyxat raqami 2994, 2018-yil 5-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 14-son, 294-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-fevral,
4/13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 23-fevraldagi 4/13-son qaroriga ILOVA
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilyotgan oʻzgartirishlar
1. 6-banddan “tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.