Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 23-dekabrdagi 131-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297, 2004-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 28-bandning
uchinchi xatboshisidagi “muhrlashi, oʻz imzosi va muhri bilan tasdiqlashi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar “imzo bilan tasdiqlashi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 38-bandning
birinchi xatboshisidan “va muhr bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“Olish-nazorat qilish varagʻining yuqoridagi chap burchagida varaq berilgan sana, korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi qoʻyiladi.”.