1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
JAMOAT FONDLARI TOʻGʻRISIDA
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
Ushbu Qonunning maqsadi jamoat fondlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Jamoat fondlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining jamoat fondlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qoʻshish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni koʻzlaydigan, aʼzoligi boʻlmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi (bundan buyon matnda fond deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi.
4-modda. Fondlarning turlari
Oʻzbekiston Respublikasida respublika fondlari hamda mahalliy fondlar tashkil etiladi va faoliyat koʻrsatadi.
Faoliyatini oʻz ustaviga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki ikki yohud undan ortiq viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) hududida amalga oshiradigan fondlar respublika fondlari jumlasiga kiradi.
Faoliyatini oʻz ustaviga muvofiq tuman(lar), shahar(lar), viloyat yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan fondlar mahalliy fondlar jumlasiga kiradi.
5-modda. Fondning vakolatxonalari va filiallari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Fond Oʻzbekiston Respublikasi hududida va boshqa davlatlarda vakolatxonalar ochishi hamda filiallar tashkil etishi mumkin.
Fondning vakolatxonasi fondning oʻzi turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan alohida boʻlinmasidir.
Fondning filiali fondning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida boʻlinmasidir.
Fondning vakolatxonalari va filiallari fond nomidan ish koʻradi hamda ustavda belgilangan maqsad va vazifalarning amalga oshirilishi uchun fond oldida masʼuldir. Fondning Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan vakolatxonalari va filiallari yuridik shaxs boʻlmaydi, ushbu Qonun 6-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Vakolatxonalar va filiallarni fond mol-mulk bilan taʼminlaydi. Vakolatxona va filialning mol-mulki alohida balansda hamda fondning balansida hisobga olinadi.
Fondning vakolatxonalari va filiallari fond boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
6-modda. Chet el fondlarining vakolatxonalari va filiallari
Chet el fondlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolatxonalarini ochishi va filiallarini tashkil etishi mumkin.
Chet el fondlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan vakolatxonalari va filiallari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlishi kerak.
Chet el fondlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan vakolatxonalari va filiallariga, qonunda boshqacha qoidalar belgilangan boʻlmasa, fondlarning tashkil etilishi, faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida fondlarning faoliyat erkinligi, mulki daxlsizligi hamda ishchanlik nufuzi himoyasi kafolatlanadi.
Fondlarning mol-mulki natsionalizatsiya, rekvizatsiya qilinmaydi va musodara etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 202 — 204-moddalariga qarang.
8-modda. Fondlarning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlari
Fondlarning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlari ijtimoiy sheriklik, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish asosida koʻriladi.
Davlat organlari fondlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydilar, fondlarning ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qoʻllab-quvvatlashlari mumkin.
Davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining fondlar faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek fondlarning davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
II. FONDNI TASHKIL ETISH VA DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISH TARTIBI
9-modda. Fondni tashkil etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.02.00 Vasiyat boʻyicha meros]
Fond muassislarning (muassisning) qaroriga binoan yoki vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilishi mumkin.
10-modda. Fond muassislari (muassisi)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar]
Bir yoki bir nechta yuridik va (yoki) jismoniy shaxs fond muassislari (muassisi) boʻlishi mumkin.
Fond muassislari (muassisi) fond ustavini tasdiqlaydi, fond vasiylik kengashi dastlabki tarkibining aʼzolarini tayinlaydi hamda ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
11-modda. Fondning vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.02.00 Vasiyat boʻyicha meros]
Fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomada fondning maqsad va vazifalari, unga oʻtkazilayotgan mol-mulk hajmi koʻrsatilgan hamda vasiyatnomani ijro etuvchi belgilangan boʻlishi kerak. Vasiyatnomani ijro etuvchi fond vasiylik kengashi dastlabki tarkibining aʼzolarini, agar ular vasiyatnomada nomma-nom koʻrsatilgan boʻlmasa, tayinlaydi, shuningdek fondning tashkil etilishi bilan bogʻliq boshqa harakatlarni bajaradi.
Agar vasiyatnomani ijro etuvchi oʻz zimmasiga yuklatilgan harakatlarni amalga oshirishdan bosh tortsa yoki ularni amalga oshirishga qodir boʻlmasa, qonun hujjatlariga muvofiq vasiyatnomani ijro etuvchi yangi shaxs tayinlanadi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Fond ustavi fond muassislari (muassisi) tomonidan tasdiqlanadi.
Fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilgan taqdirda, fond ustavi vasiyatnomani ijro etuvchi tomonidan vasiyatnomaga muvofiq ravishda tuziladi.
Fond ustavida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
“jamoat fondi” degan soʻzlarni oʻz ichiga olgan fondning nomi;
fondning joylashgan yeri (pochta manzili);
fondning maqsad va vazifalari;
fond organlarining tuzilishi, vakolatlari va shakllantirilish tartibi;
fond organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash (saylash) va lavozimidan ozod qilish tartibi;
fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari, fondning, uning vakolatxonalari hamda filiallarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquq va majburiyatlari;
fond vakolatxonalarini ochish va filiallarini tashkil etish tartibi;
fondni qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
fond tugatilgan taqdirda uning mol-mulkidan foydalanish tartibi;
fond ustaviga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish tartibi.
Fond ustavida fondning tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan ramziy belgisining tavsifi, shuningdek qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.
13-modda. Fondni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uning vakolatxonalari va filiallarini qayd etish
Fondni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uning vakolatxonalari va filiallarini qayd etish adliya organlari (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Respublika fondlari, shuningdek chet el fondlarining vakolatxonalari va filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Mahalliy fondlar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Fondning vakolatxonalari va filiallari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida qayd etilishi lozim.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
14-modda. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayd etishda talab qilinadigan hujjatlar
Fond davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi uchun quyidagi hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladi:
muassislar (muassis) yoki ular (u) vakolat bergan shaxslar (shaxs) tomonidan imzolangan roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili va yashash joyi (pochta manzili) koʻrsatilgan ariza;
agar fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilayotgan boʻlsa, vasiyatnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
taʼsis yigʻilishi (syezdi, konferensiyasi) yoki muassis (fond bir yuridik shaxs tomonidan tashkil etilayotgan boʻlsa) tomonidan qabul qilingan, fond muassislari (muassisi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, fondning maqsad va vazifalari koʻrsatilgan qaror;
davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank toʻlov hujjati;
(14-modda birinchi qismining oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
fondning dastlabki mablagʻlari shakllanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar muassislar (muassis) fondni tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladi. Fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilayotgan boʻlsa, mazkur hujjatlar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berilganidan keyin ikki oy ichida taqdim etiladi.
Chet el fondlarining vakolatxonalari va filiallari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi uchun quyidagi hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladi:
roʻyxatga olish toʻgʻrisida fond vakolatli organining arizasi;
fondning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan, fondning vakolatxonasi yoki filiali toʻgʻrisidagi nizom;
vakolatxona yoki filial mol-mulkini boshqarish uchun fondning vakolatli organi tomonidan berilgan ishonchnoma;
fondning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va ustavning yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlarning belgilangan tartibda legallashtirilgan yoxud apostil qoʻyilgan hamda davlat tiliga tarjima qilingan matni;
(14-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi OʻRQ-322-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 164-modda)
davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank toʻlov hujjati.
(14-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Respublika fondlari va mahalliy fondlarning vakolatxonalari hamda filiallari qayd etilishi uchun quyidagi hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladi:
fond boshqaruvining fond vakolatxonasini ochish yoki filialini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori;
fond boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan, fondning vakolatxonasi yoki filiali toʻgʻrisidagi nizom;
vakolatxona yoki filial mol-mulkini boshqarish uchun fond boshqaruvi tomonidan berilgan ishonchnoma;
fond ustavining va fond davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxalari.
15-modda. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayd etish toʻgʻrisidagi qaror
Fondni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki fond vakolatxonasi va filialini qayd etish uchun hujjatlarni qabul qilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir oy ichida davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki qayd etish toʻgʻrisida yoxud davlat roʻyxatidan oʻtkazishni yoki qayd etishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqarishi shart.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan fondga, chet el fondining vakolatxonasi yoki filialiga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Respublika va mahalliy fondning qayd etilgan vakolatxonasi va filialiga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ qayd etilganlik toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
16-modda. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayd etishni rad qilish asoslari
Fondni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda fond vakolatxonasi va filialini qayd etish qonunda nazarda tutilgan hollarda rad qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Fondni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasida nazarda tutilgan hollarda rad qilinishi mumkin.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki qayd etishni rad qilish asoslantirilgan boʻlishi kerak. Fondni tashkil etish, uning vakolatxonalarini ochish va filiallarini tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki qayd etishni rad qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning fondni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va uning vakolatxonalari hamda filiallarini qayd etishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan, shuningdek mazkur organning davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayd etish muddatlarini buzganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
17-modda. Fond ustaviga, fond vakolatxonalari hamda filiallarining nizomlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Fond ustaviga ustavning oʻzida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Fond ustaviga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar fondning vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga mazkur oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilgan paytdan eʼtiboran ikki haftalik muddatda maʼlum qilinadi. Fond ustaviga kiritilayotgan va ustavda belgilangan maqsad hamda vazifalarni yoki fond organlarini tuzish tartibi hamda bu organlarning vakolatlarini, shuningdek fondning faoliyat sohasini oʻzgartiradigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar fondni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazishga sabab boʻladi.
Fond vakolatxonalari va filiallarining nizomlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar fond boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga mazkur oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilgan paytdan eʼtiboran ikki haftalik muddatda maʼlum qilinadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.00 Majburiyatlarning bekor boʻlishi;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Fond:
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar asosida mol-mulkli boʻlishga;
fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzishga;
xayriyalar, badallar, grantlar va boshqa mablagʻlar olishga;
sudda, boshqa organlar va tashkilotlarda oʻz manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilishga;
ommaviy axborot vositalari taʼsis etish va noshirlik faoliyatini amalga oshirishga;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar tarqatishga;
vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etishga;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritishga;
xalqaro aloqalar oʻrnatish, hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzish hamda xalqaro dasturlar va loyihalarda ishtirok etishga haqli.
Fond qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
Fond:
oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga va fondning ustaviga muvofiq amalga oshirishi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar]
Muassislar (muassis) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan fondga oʻtkazilgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk fondning mulkidir.
Binolar, inshootlar, turar joylar va boshqa imoratlar, asbob-uskunalar, inventar, pul mablagʻlari, shu jumladan chet el valyutasidagi mablagʻlar, qimmatli qogʻozlar va oʻzga mol-mulk fondning mulki boʻlishi mumkin.
Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Fondni tashkil etish uchun zarur dastlabki mablagʻlarning eng kam miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Fondning mol-mulki muassislar oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas va undan faqat fond ustavida belgilangan maqsadlar hamda vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Fondning mol-mulkidan garov yoki majburiyatlar bajarilishini taʼminlashning boshqa usuli sifatida foydalanilishi, shuningdek kreditlar berish uchun foydalanilishi mumkin emas.
21-modda. Fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
Fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilar boʻlishi mumkin:
muassislar (muassis) tomonidan bir yoʻla toʻlanadigan (oʻtkaziladigan) yoki muntazam kelib turadigan pul va boshqa tushumlar;
fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilgan taqdirda vasiyat qiluvchining fondga oʻtkazilgan mol-mulki;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari;
yuridik va jismoniy shaxslar, davlat, chet el va xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar ajratadigan grantlar;
fondning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar (foyda);
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari fond tomonidan faqat litsenziya asosida amalga oshirilishi mumkin.
Fondning tijorat tashkilotlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ishtiroki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
23-modda. Fondning oʻziga aloqador shaxslar bilan munosabatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar]
Fondga aloqador shaxslar quyidagilardir:
fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi;
fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi bilan yaqin qarindoshchilik yoki quda-andachilik aloqalari boʻlgan shaxslar, shuningdek mazkur muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining kreditorlari;
fond muassislari (muassisi) boʻlmish yuridik shaxslarning ishtirokchilari, kreditorlari, shuningdek ular bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlgan shaxslar;
ustav fondida (ustav kapitalida) fondning oʻzi ishtirok etayotgan yuridik shaxslar va ularning xodimlari, shuningdek mazkur xodimlar bilan yaqin qarindoshchilik yoki quda-andachilik aloqalari boʻlgan shaxslar;
fond vasiylik kengashining aʼzolari, fond boshqaruvining rahbari va aʼzolari, fond taftish komissiyasining aʼzolari, fondning boshqa xodimlari, shuningdek ular bilan yaqin qarindoshchilik yoki quda-andachilik aloqalari boʻlgan shaxslar.
Fondning oʻziga aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzishiga, shuningdek ularning foydasini koʻzlab boshqa harakatlar sodir etishiga vasiylik kengashining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Fond quyidagi hollarda oʻziga aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzishga yoki ularning foydasini koʻzlab boshqa harakatlar sodir etishga haqli emas:
fondga aloqador shaxslar bilan bunday bitimlar tuzish yoki harakatlar sodir etish fondga aloqador boʻlmagan shaxslar bilan boʻlgandagiga nisbatan bir muncha qulay shartlarda amalga oshirilayotgan boʻlsa;
fondga aloqador shaxs fond vasiylik kengashining aʼzosi boʻlsa.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.00 Majburiyatlarning bekor boʻlishi]
Fondning mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda maʼmuriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Fondning maʼmuriy xarajatlari fond tomonidan hisobot davrida fondni boshqarish uchun qilingan barcha xarajatlarni va birinchi navbatda uning aktivlarini asrash hamda saqlab turish uchun zarur xarajatlarni, fondning oʻz ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun reklamaga sarflagan xarajatlarini, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq fond faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni va toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
Har yilgi maʼmuriy xarajatlarning jami summasi, shuningdek fondning vasiylik kengashi hamda taftish komissiyasi aʼzolariga haq toʻlash hamda ularning oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish fond barcha xarajatlari summasining yigirma foizidan oshmasligi kerak. Mazkur cheklov homiylik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlashga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(24-moddasining uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 7-dekabrdagi OʻRQ-121-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 500-modda)
Fondning mol-mulki fondga aloqador shaxslar oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas.
Fondning mol-mulkini koʻpaytirish uchun fondga mablagʻ kiritgan shaxslar mablagʻ berayotganda bu mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilishi toʻgʻrisida, shu jumladan fondni qayta tashkil etishda yoki tugatishda mablagʻlarni qaytarish shartlari toʻgʻrisida fond bilan shartnomalar tuzishi mumkin.
25-modda. Fondda hisobga olish va hisobot
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq toʻlovchilarning hisobi. Soliq hisoboti;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
Fond oʻz faoliyati natijalari hisobini yuritadi hamda belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlariga hisobot taqdim etadi.
Fond har yili oldingi yildagi oʻz faoliyati toʻgʻrisida quyidagilarni oʻz ichiga olgan hisobot eʼlon qiladi:
fondning hisobot davridagi faoliyati sharhini, bu faoliyat fondning ustavida belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiqligi darajasini koʻrsatgan holda;
fondning yillik moliyaviy hisobotini, auditorlik tashkilotining xulosasini koʻrsatgan holda;
fond olgan ixtiyoriy xayriyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
fondning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlari (foydasi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, bu daromadlarning (foydaning) kelib chiqish manbalarini alohida-alohida koʻrsatgan holda;
xarajatlar umumiy summasini, fond faoliyatining ayrim turlari boʻyicha va maʼmuriy xarajatlar boʻyicha alohida-alohida koʻrsatgan holda;
fond ustavi va fond organlaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
fondning ustavida yoki fondning vasiylik kengashi tomonidan belgilangan boshqa maʼlumotlarni.
V. FONDNI BOSHQARISH
26-modda. Fondning vasiylik kengashi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
Fondning vasiylik kengashi fondning organi boʻlib, u fond faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Fond vasiylik kengashining tarkibi kamida uch kishidan iborat boʻlishi kerak. Vasiylik kengashi dastlabki tarkibining aʼzolari muassislar (muassis) tomonidan yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilgan boʻlsa, vasiyatnomada nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi.
Fondning vasiylik kengashini tuzish, vasiylik kengashi yigʻilishlarini chaqirish va vasiylik kengashining qarorlarini qabul qilish tartibi fond ustavida belgilanadi.
Fond vasiylik kengashining aʼzolari ayni bir vaqtning oʻzida fondning boshqaruvi va taftish komissiyasiga aʼzo boʻlishlari mumkin emas.
Fondning ustavida fond vasiylik kengashining aʼzolariga haq toʻlash va ularning oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish nazarda tutilishi mumkin.
27-modda. Fond vasiylik kengashining vakolatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
Fond vasiylik kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
fond faoliyati ustidan hamda ushbu faoliyat qonun hujjatlari va fond ustaviga, fond vasiylik kengashining qarorlariga muvofiq boʻlishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
fondning joriy faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
fond tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik tuzilmalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
fond vasiylik kengashi bilan kelishuv asosida fond xodimlarining shtat jadvali va ish haqi miqdorini belgilash;
fond vasiylik kengashi bilan kelishuv asosida vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish hamda ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
fondning vakolatxonalari va filiallari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash, ularning rahbarlarini tayinlash.
Fond ustavi fond boshqaruvining vakolatlariga boshqa masalalarni ham kiritishi mumkin.
30-modda. Fond boshqaruvining rahbari
Fond boshqaruvining rahbari fond boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va chet el tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fond nomidan ish koʻradi.
VI. FOND FAOLIYATI USTIDAN NAZORAT
31-modda. Fondning taftish komissiyasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
Fondning moliyaviy faoliyatini hamda uning pul mablagʻlari toʻgʻri sarflanishi va mol-mulkidan toʻgʻri foydalanilishini nazorat qilish uchun kamida uch kishidan iborat tarkibda fond taftish komissiyasi tuziladi.
Fond taftish komissiyasining aʼzolari fond vasiylik kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Fond taftish komissiyasining tarkibi, vakolatlari va faoliyat muddati fond ustavida belgilanadi.
Fond taftish komissiyasining aʼzolari ayni bir vaqtning oʻzida fondning vasiylik kengashi va boshqaruvi aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Fond taftish komissiyasi fond vasiylik kengashining navbatdan tashqari yigʻilishi chaqirilishini talab qilishga haqli.
Fond ustavida fondning taftish komissiyasi aʼzolariga haq toʻlash hamda ularning oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish nazarda tutilishi mumkin. Toʻlanadigan bunday haq va kompensatsiya miqdori fondning ustaviga muvofiq fond vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
Fondning moliyaviy faoliyatini va fond boshqaruvi tomonidan pul mablagʻlari toʻgʻri sarflanayotganligini hamda boshqa mol-mulkdan toʻgʻri foydalanilayotganligini tekshirishni fond vasiylik kengashining qaroriga binoan fond taftish komissiyasi fondning bir yillik yoki boshqa muddatdagi faoliyati yakunlari boʻyicha amalga oshiradi.
Fondning mansabdor shaxslari fond taftish komissiyasining talabiga binoan komissiyaga fondning moliyaviy faoliyati toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etishi shart.
Fondning moliyaviy faoliyatini tekshirish natijalari asosida fond taftish komissiyasi quyidagilarni oʻz ichiga olgan xulosa tayyorlaydi:
hisobotlardagi va boshqa moliyaviy hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchli ekanligiga berilgan baho;
buxgalteriya hisobi yuritilishi va moliyaviy hisobot taqdim etish tartibi buzilganligi hollari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar, shuningdek fond moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga oid takliflar.
33-modda. Fond faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish
Fond qonun hujjatlariga muvofiq har yili oʻz faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazadi.
Fond qonun hujjatlarini va fond ustavida belgilangan talablarni buzgan taqdirda uning faoliyati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning arizasiga binoan sud tomonidan toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
Fond faoliyati ustidan davlat nazorati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ va boshqa vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Fondning vasiylik kengashi qaroriga binoan fond qayta tashkil etilishi mumkin.
Fondning qayta tashkil etilishiga faqat boshqa fond bilan qoʻshib yuborilgan, boshqa fondni birlashtirib olgan yoki boshqa fondga birlashtirilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
37-modda. Fondni tugatish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Fondni tugatish manfaatdor shaxslarning arizasiga asosan sudning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Fond quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
fond tashkil etilishidan koʻzlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan;
faoliyat muddati tugaganligi munosabati bilan;
agar fondning mol-mulki fond oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga erishish va vazifalarni amalga oshirish uchun yetarli boʻlmasa, zarur mol-mulkni olish esa ehtimoldan yiroq boʻlsa;
agar fond oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga erishish mumkin boʻlmasa, mazkur maqsadlarni esa zarur tarzda oʻzgartirib boʻlmasa;
fond oʻz ustavida belgilangan maqsad va vazifalardan chetga chiqqan boʻlsa;
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda;
Fondni tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Fondning kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki fondning muassislari (muassisi), shuningdek fondning vasiylik kengashi, boshqaruvi, taftish komissiyasi aʼzolari yoki fond xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas va undan fond ustavida nazarda tutilgan tartibda, fondni tashkil etishdan koʻzlangan maqsadlarda va (yoki) xayriya maqsadlarida foydalaniladi.
38-modda. Nizolarni hal etish
Fondlarni tashkil etish, ularning faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-avgust.,
527-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 141-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 500-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2012-y., 15-son, 164-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)