

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-4216310">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18911"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;</span></div><div id="LBC6929"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-4216310">[<b>TSZ:</b><div id="LS3741"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-4224303">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4224305">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-4224306">Aholi punktlari qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4224308"></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-4224310">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7151"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.02 Aholi punktlari yerlari]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224310">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-apreldagi PQ-3677-son <a href="/mact/-3694418">qarorini </a>bajarish yuzasidan hamda aholi punktlarining hududlarni rejalashtirish va qurishga oid shaharsozlik hujjatlari, shu jumladan xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilish yoʻli bilan batafsil rejalashtirish loyihalari bilan qamrab olinishini taʼminlash, aholi punktlarining arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash va aholi turmush darajasi va sifatini tubdan oshirish imkonini beruvchi shaharsozlik sohasidagi davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224311">1. Aholi punktlari qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom <a href="javascript:scrollText(-4224319)">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224312">2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-4224313">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-4224314">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-4224316">2019-yil 26-fevral,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-4224317">169-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4224319"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4224322">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 169-son <a href="javascript:scrollText()">qaroriga </a><br />ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4224323">Aholi punktlari qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4224324"><strong>NIZOM</strong></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4224325"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4224331">1-bob. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224332">1. Mazkur Nizom aholi punktlari qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224334">2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224335"><strong>davlat-xususiy sheriklik </strong>(keyingi oʻrinlarda DXSH deb ataladi) — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va xavf-xatarlarni taqsimlash maqsadida davlat va xususiy sheriklarning muayyan muddatga yuridik rasmiylashtirilgan aholi punktlari qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish sohasidagi oʻzaro samarali sherikligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224336"><strong>DXSH toʻgʻrisida bitim</strong> (keyingi oʻrinlarda bitim deb ataladi) — tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilaydigan davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan yozma shartnoma;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224337"><strong>bitim muddati</strong> — tomonlar bitimni imzolagan vaqt (sana)dan boshlab xususiy sherik tomonidan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtgani toʻgʻrisidagi guvohnoma olingan vaqt (sana)gacha boʻlgan davr. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224338"><strong>DXSH toʻgʻrisidagi bitim tomonlari </strong>(keyingi oʻrinlarda tomonlar deb ataladi) — davlat sherigi va xususiy sherik;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224339"><strong>davlat sherigi</strong> — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224340"><strong>xususiy sherik</strong> — bitim tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Davlat tashkilotlari xususiy sheriklar boʻla olmaydi, shuningdek, xususiy sheriklar tarafida ishtirok eta olmaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224341"><strong>DXSH toʻgʻrisidagi bitim obyekti</strong> (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) — aholi punktlari qismlari uchun batafsil rejalashtirish loyihasi (aholi punktining bosh rejasi asosida aholi punktlari hududlarining qismlari uchun ishlab chiqilib,”qizil chiziqlar”, qurilish va yer uchastkalaridan foydalanishni tartibga soluvchi chiziqlar, yerdan foydalanish chegaralari, hududlarni zonalash va ulardagi qurilishlar navbatini, muhofaza qilinadigan zonalardan foydalanish rejimini, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻlovchilar uchun moʻljallangan zonalarni, shuningdek, transport va aloqa inshootlari, muhandislik uskunalari va hududni obodonlashtirish koʻrsatkichlarini, ijtimoiy va madaniy-maishiy soha obyektlarining tarkibi va joylashuvini, qurishning hajmiy-hududiy va arxitektura-rejali yechimini hamda qurish zichligi va koʻrstakichlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224342"><strong>DXSH loyihasi</strong> — muhim davlat, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan aholi punktlari qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini (keyingi oʻrinlarda BRL deb ataladi) ishlab chiqish sohasidagi investitsiyaviy va innovatsion tadbirlar majmui.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224343">3. DXSH quyidagi prinsiplarga asoslanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224344">DXSH toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ochiqligi va ulardan erkin foydalanish imkoniyatining mavjudligi, davlat yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224345">diskriminatsiyaga yoʻl qoʻymaslik, bitim tomonlarining teng huquqligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224346">tomonlarning bitim majburiyatlarini vijdonan bajarishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224347">bitim tomonlari oʻrtasida xavf-xatar va majburiyatlarning adolatli taqsimlanishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224348">DXSH tomonlari oʻzaro munosabatlarining shartnomaviy asosi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224349">4. DXSH loyihalarining amalga oshirilishi quyidagilarni nazarda tutadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224350">bitimda koʻrsatilgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan BRLning xususiy sherik tomonidan moliyalashtirilishi;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6110479"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-4224351">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6110479"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6110480">ushbu BRLda qayd etilgan chegara doirasida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bitta yer uchastkasi (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkasi) davlat sherigiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi va u tomonidan xususiy sherikka ijaraga beriladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6110483">(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli <a href="/mact/-6102472?ONDATE=08.07.2022 00#-6103804">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224352">BRL ishlab chiqilayotganda va DXSH shartlarida moliyalashtirish hisobiga ishlab chiqish jarayoni yakunlanganidan soʻng u davlat sherigiga tegishli mulk hisoblanadi va tasdiqlangandan keyin xususiy sherikka topshirilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224353">Xususiy sherik BRL ni ishlab chiqayotgan loyiha tashkilotlariga hamda BRL ni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashda ishtirok etayotgan boshqa tashkilotlarga uni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash jarayonida BRL boʻyicha shaharsozlik yoki boshqa tusdagi talablarni belgilash huquqiga ega emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224354">BRL ni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224355">5. DXSH loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim tanlov asosida tuziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224356">6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi deb ataladi) hududiy organlari hamda joylardagi davlat hokimiyati organlari vakillaridan iborat boʻlgan Tanlov komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) kamida ikki nafar ishtirokchidan ariza kelib tushganda tanlov oʻtkazadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224357">Komissiya aʼzolari soni toq boʻlishi va yetti kishidan kam boʻlmasligi lozim. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari Komissiya raisi sanaladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224358">7. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224359">a) oʻzining ish reglamentini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224360">b) tanlov takliflarini taqdim etish muddatlarini uzaytirish yoki tanlovni oʻtkazish sanasini tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomada belgilangan muddatdan koʻpi bilan bir oyga koʻchirish toʻgʻrisidagi qaror haqida tanlov hujjatlari taqdim etilgan barcha ishtirokchilarni (ular boʻlsa) yozma ravishda xabardor etib, mazkur Nizomning <a href="javascript:scrollText(-4224427)">20-bandida</a> nazarda tutilgan axborot resurslarida tegishli xabarnoma eʼlon qilgan holda qabul qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224361">v) tushunish uchun qulay boʻlgan, umumiy qabul qilingan belgilanish va nomlardan foydalangan holda tuzilgan, ikki maʼnoda talqin etilmaydigan soʻz, jumla va birikmalardan foydalanib tuzilgan tanlov hujjatlarini tasdiqlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224362">g) tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchi tomonidan zakalat pulini kiritish tartibini aniqlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224363">d) tanlov takliflarini koʻrib chiqish va tanlov gʻolibini aniqlash muddatini belgilash, ushbu muddat konvertlar ochilgan kundan eʼtiboran uch ish kunidan oshmasligi lozim;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224364">e) ishtirokchilarning takliflari tanlov hujjatlariga va tanlovni oʻtkazish shartlariga mos kelmagan taqdirda ishtirokchilarga xabar berib, rad etish sabablarini koʻrsatgan holda ularning takliflarini rad etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224365">j) quyidagi holatlarda tanlovni amalga oshmagan deb eʼlon qilish: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224366">xabarnomada koʻrsatilgan muddatda birorta ham buyurtma taqdim etilmasa;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224367">barcha taqdim etilgan tanlov takliflari tanlov hujjatlari shartlariga mos kelmasa;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5975258"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-4224368">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5975258"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5975259">mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi aniqlansa, tanlovni oʻtkazish tartibotlarini buzadigan kelishuvlar va kutilmagan vaziyatlar aniqlansa.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5975260">(7-band “j” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939544">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224369">8. Komissiya quyidagilar uchun javobgar boʻladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224370">oʻz faoliyatining shaxsan ishtirok etish tartibida tashkil etilishini taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224371">konvertlarni ochish va tanlov natijalarini eʼlon qilish chogʻida ishtirokchilar yoki ularning ishonchli vakillari va tegishli tuman (shahar) hokimliklari vakillarining ishtirok etishi uchun sharoitlarni taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224372">konvertlardagi muhrlarning butunligini va buzilmaganini tekshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224373">talablar yagonaligini va tanlov natijalariga koʻra qarorlar qabul qilish vaqtida xolislikni taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224374">tanlov takliflarini koʻrib chiqishda maxfiylikni taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224375">tanlov takliflari solingan konvertlarning birinchi nusxalarini belgilangan kun va soatda ochish, ikkinchi nusxasini esa takliflar mazmuni yuzasidan nizolar yuzaga kelganda ochish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224376">konvertlarni ochish vaqtida tanlov shartlari va tartibotlariga amal qilinganlikni, tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligini tekshirish.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-4718339"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-4224377">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4718339"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4718344">9. Komissiya tomonidan xususiy sherikning arizasi koʻrib chiqilgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdoridagi yigʻim puli xususiy sherik tomonidan davlat sherigining maxsus hisob raqamiga toʻlanadi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4718350">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli <a href="/mact/-4671960?ONDATE=29.12.2019 00#-4685301">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224378">10. Davlat yoki xususiy sherikning DXSH loyihasi boʻyicha tashabbus bilan chiqishi BRL ishlab chiqishni moliyalashtirishga oid bitim tuzilishi uchun asos hisoblanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4224379">2-bob. Xususiy sherik tomonidan DXSH loyihasi boʻyicha tashabbus bilan chiqish tartibi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224380">11. Xususiy sherik sifatida DXSH shartlarida batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilishini moliyalashtirish istagini bildirgan yuridik yoki jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda talabgor deb ataladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli ariza beradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224381">12. Arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224382">xususiy sherikning nomlanishi va joylashgan joyi — yuridik shaxslar uchun, shaxsiy maʼlumotlar va yashash manzili — jismoniy shaxslar uchun;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224383">loyihani amalga oshirishdan koʻzlanayotgan maqsad;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224384">bitim obyekti haqida maʼlumotlar — BRL ishlab chiqilayotgan aholi punkti hududining taxmin qilinayotgan qismi;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6110485"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-4224385">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6110485"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6110487">ishlab chiqilayotgan DXSH chegaralaridagi va xususiy sherikka undan ijaraga berilishi huquqi taqdim etilishi koʻzda tutilgan yer uchastkasi (keyingi oʻrinlarda soʻralayotgan yer uchastkasi deb ataladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (maqsadli belgilanishi, loyiha tashkilotining tegishli xulosasi bilan asoslangan maydon va boshqalar);</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6110488">(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli <a href="/mact/-6102472?ONDATE=08.07.2022 00#-6103806">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224386">soʻralayotgan yer uchastkasida talabgor tomonidan qurilishi rejalashtirilgan bino yoki inshootning (bino yoki inshootning bosh yoki yon fasadlari va obyektning bosh plani) eskiz loyihasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224387">soʻralayotgan yer uchastkasi hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha talabgorning takliflari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224388">atrof muhitni muhofaza qilish, ekologiya xavfsizligi hamda sanitariya va yongʻinga qarshi meʼyorlar va qoidalar talablariga amal qilish yuzasidan talabgorning takliflari;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5870104"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-4224389">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5870104"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5870108">ijtimoiy infratuzilma obyektlariga nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz kirib-chiqishi uchun sharoitlar yaratish borasida talabgorning takliflari (turar joy, jamoat, ishlab chiqarish bino va inshootlari, dam olish joylari, madaniy-koʻngil ochar muassasalar va boshqa obyektlar).</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5870109">(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli <a href="/mact/-5852486?ONDATE=08.02.2022 00#-5861203">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6110492"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-4224390">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6110492"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6110494">13. Talabgordan ariza kelib tushgandan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir kun muddatda tegishli tuman (shahar) hokimligiga boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning arizalarini, tegishli tuman (shahar) hokimligiga xabarnoma kelgan sanadan boshlab, talabgor arizasida ijaraga olish uchun koʻrsatilgan yer uchastkasi taqdim etilishini rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani yuboradi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6110500">(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli <a href="/mact/-6102472?ONDATE=08.07.2022 00#-6103807">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224391">14. DXSH loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida kelib tushgan ariza Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat sherigi bilan birgalikda besh ish kuni davomida mazkur Nizom talablariga javob berishi yuzasidan koʻrib chiqiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224392">15. Mazkur Nizomda koʻzda tutilgan talablarni buzgan holda ariza berilgani aniqlanganda hujjatlar talabgorga borish kuni davomida qaytariladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224393">Taqdim etilgan arizada talablar buzilishi holatlari aniqlangani toʻgʻrisidagi xabarnoma talabgorga yozma ravishda, shu jumladan elektron axborot tizimi orqali, aniqlangan buzilishlarni, qonunchilikning aniq normalari va talabgor buzilishlar va kamchiliklarni bartaraf etib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takroran koʻrib chiqish uchun yuborishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda topshiriladi (yuboriladi).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224394">Talabgor buzilishlarni bartaraf etish va takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega boʻlgan muddat yozma yoxud elektron xabarnoma olgan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224395">Takroran berilgan hujjatlar aynan takroriy berilgan kunda qabul qilingan deb hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224396">16. Ariza unda mazkur Nizomning <a href="javascript:scrollText(-4224381)">12-bandida </a>koʻrsatilgan maʼlumotlar yoʻq boʻlsa, shuningdek:</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5975261"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-4224397">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5975261"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5975263">soʻralayotgan yer uchastkasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga talabgor ariza berguniga qadar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy foydalanish uchun elektron auksion orqali realizatsiya qilinayotgan yer uchastkalari roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5975264">(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939545">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-7156553">Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-5819662#-5821062">nizom</a>.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224398">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga talabgor ariza berguniga qadar tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soʻralayotgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish uchun berilgan ariza boʻyicha davlat hokimiyati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish tartiboti amalga oshirilgan boʻlsa talabgorga qaytariladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224399">17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kelib tushgan arizani koʻrib chiqqandan soʻng arizaga ijobiy xulosani ilova qilgan holda uni davlat sherigiga tanlov eʼlon qilish uchun yuboradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224400">Davlat sherigi kelib tushgan ariza va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijobiy xulosasi asosida:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224401">a) DXSH toʻgʻrisida bitim loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan kelishadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224402">b) DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan kelishilganidan soʻng yer uchastkasini tanlash va ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlaydi hamda yer uchastkasi (obyekt) joylashuvi talabgor tomonidan taklif etilgan maqsadli belgilanishiga mosligi yuzasidan quyidagi tashkilotlar bilan kelishadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224403">tuman (shahar) hokimi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224404">tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi, Toshkent shahrida — yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224405">Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyat va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-7367682"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=20.11.2021 00#-5744699">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-7367682"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-7367683">Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimi, Toshkent shahrida — Toshkent shahar boshqarmasi;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-7367687">(17-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli <a href="/mact/-7350831?ONDATE=30.01.2025 00#-7352970">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224407">tuman (shahar) yongʻin xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi), Toshkent shahrida — Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasining yongʻin xavfsizligi boshqarmasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224408">Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bosh ilmiy-ishlab chiqarish boshqarmasining hududlararo (hududiy) davlat inspeksiyasi — madaniy meros yodgorliklari muhofaza qilinadigan zonada obyektni qurish uchun yer uchastkasi tanlanganda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224409">tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ulardan foydalanadigan tashkilotlar — qoʻriqlanadigan tabiat hududlaridagi qoʻriqlash, suvni qoʻriqlash, sanitariya himoyasidagi zonalar, magistral quvurlar oʻtgan, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, elektr uzatish va aloqa liniyalari, shuningdek aerodrom va chiqindi hamda boshqa zaharli moddalar koʻmilgan joylar yaqinidagi yer uchastkalari tanlanganda. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224412">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari — yer uchastkalari avtomobil turargohlari va yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir etadigan boshqa obyektlar uchun ajratilganda.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224413">Yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni tayyorlash va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224414">Davlat sherigi ushbu bandning <a href="javascript:scrollText(-4224400)">ikkinchi xatboshida </a>koʻrsatilgan manfaatdor tashkilotlarning ijobiy xulosalari olingandan soʻng tanlov eʼlon qiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224415">Davlat sherigi va mazkur bandning <a href="javascript:scrollText(-4224400)">ikkinchi </a>va <a href="javascript:scrollText(-4224401)">uchinchi xatboshilarida </a>koʻrsatilgan organlar va tashkilotlar tanlov ishtirokchilari arizasida bayon etilgan maʼlumotlarni oshkor qilish huquqiga ega emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224416">Tanlov ishtirokchisining ishonchli vakili va tuman (shahar) hokimligining vakili tanlov ishtirokchilari takliflari solingan konvertlarni ochish jarayonida ishtirok etish huquqiga egadirlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224417">Tanlovni oʻtkazish mazkur Nizomning<a href="javascript:scrollText(-4224426)"> 4-bobida </a>nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4224418">3-bob. Davlat sherigi tomonidan DXSH loyihasi boʻyicha tashabbus bilan chiqish tartibi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224419">18. Davlat sherigi alohida vaziyatlarda (normativ-huquqiy hujjatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bayonnoma qarorlarida koʻzda tutilgan BRL ishlab chiqilganda yoki talabgorlar arizalari taqdim etilganda) mazkur Nizomning ilovasidagi <a href="javascript:scrollText(-4229684)">sxemaga </a>muvofiq tanlovni eʼlon qilish yoʻli bilan BRL loyihasi amalga oshirilishi boʻyicha tashabbus bilan chiqadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224420">19. Davlat sherigi BRL loyihasini oʻz tashabbusiga koʻra amalga oshirish istagida boʻlsa,aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasi qoidalari va aholi punkti bosh rejasini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar majmuidan kelib chiqqan holda quyidagilarni bajaradi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224421">BRL ishlab chiqilayotgan hududni tanlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224422">xususiy sherikka DXSH shartlarida taqdim etilayotgan yer uchastkasini manfaatdor tuman (shahar) hokimligi bilan birgalikda tanlaydi va uning maqsadli belgilanishini aniqlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224423">yer uchastkasini tanlash va ajratish materiallarini tayyorlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224424">qonunchilikda belgilangan tartibda mazkur Nizom 17-bandining<a href="javascript:scrollText(-4224402)"> “b” kichik bandida </a>qayd etilgan tashkilotlar bilan yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224425">Yer uchastkasini tanlash va ajratish materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi toʻgʻrisida nizomning <a href="/mact/-3804166#-3808968">5-bandiga </a>muvofiq belgilanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4224426">4-bob. Tanlovni oʻtkazish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224427">20. Davlat sherigi tanlov boshlanishidan oʻttiz kalendar kun avval majburiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy saytida, “Oʻzbekiston bunyodkori” gazetasida, shuningdek, boshqa OAVlarida, shu jumladan Internet tarmogʻida tanlov savdolari oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224428">21. Tanlov haqidagi eʼlon quyidagi maʼlumotlardan iborat boʻlishi lozim:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224429">Davlat sherigining nomlanishi va pochta manzili, uning aloqa telefonlari va elektron pochta manzili;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224430">BRL ning nomlanishi va u qamrab oladigan hududning gektarlar hisobidagi maydoni;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224431">xususiy sherikka DXSH shartlarida taqdim etilayotgan yer uchastkasining belgilanishi, tavsifi va joylashgan joyi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224432">obyektning maqsadli belgilanishi, quvvati va muhofaza zonasi kattaligiga (zarurat boʻlsa) qarab loyiha tashkilotining xulosasi asosida belgilangan yer uchastkasining maydoni;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224433">BRL loyihasini amalga oshirish shartlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224434">talab etilayotgan investitsiyaviy majburiyatlarning minimal hajmi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224435">majburiyatlarning boshlangʻich hajmi, ularni bajarish shakli va shartlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224436">yer uchastkasiga oid huquqlar boʻyicha cheklovlar (majburiyatlar) belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224437">talabgorlar takliflari solingan konvertlarni ochish sanasi, vaqti va joyi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224438">tanlov gʻolibini aniqlash sanasi, vaqti, joyi va shartlari; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224439">zakalat toʻlovini kiritish miqdori, muddati va tartibi, uni kiritish uchun bank rekvizitlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224440">buyurtmalarni qabul qilishning soʻnggi muddati (kuni va soati koʻrsatiladi);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224441">tanlov hujjatlari va qoʻshimcha maʼlumotlarni olish mumkin boʻlgan manzil;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224442">tanlov hujjatlarini taqdim etishdagi toʻlov miqdori va uni kiritish uchun bank rekvizitlari.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224443">22. Tanlov hujjatlari toʻplami quyidagi hujjatlardan iborat boʻlishi lozim:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224444">talabgorlar uchun yoʻriqnoma;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224445">tanlovning texnik qismi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224446">tanlovning tijorat qismi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224447">Shuningdek, tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov gʻolibini saralash mezonlari tanlov hujjatlariga ilova qilinadi. Tanlov gʻolibini saralash mezonlarida tanlovning texnik va tijorat qismlariga qoʻyiladigan ballar koʻrsatiladi, bunda tanlovning texnik qismiga qoʻyiladigan ballar miqdori ballar umumiy summasining kamida 70% ni tashkil etishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224448">23. Tanlov talabgorlari yoʻriqnomasida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224449">davlat sherigi bilan aloqa oʻrnatish uchun tanlovni oʻtkazish qoidalari borasida tushuntirishlar olish mumkin boʻlgan pochta manzili va aloqa telefonlari, faks raqami, elektron pochta manzili;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224450">tanlovda ishtirok etish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224451">tanlov takliflarini rasmiylashtirishga oid talablar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224452">tanlov taklifini berish tartibotlariga qoʻyilgan talablar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224453">tanlov takliflari solingan konvertlarni ochish tartibi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224454">tanlov takliflarini baholash tartibi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224455">24. Tanlov hujjatlarining texnik qismi quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224456">DXSH shartlarida yer uchastkasini berish sharti va maqsadlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224457">obyekt qurilishini yakuniga yetkazish muddati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224458">tanlov majburiyatlarini bajarish toʻgʻrisidagi shartnoma loyihasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224459">DXSH shartlarida yer uchastkasini taqdim etish boʻyicha materiallar, shu jumladan joylashuv rejasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224460">davlat sherigi tomonidan tayyorlangan shaharsozlik topshirigʻi (ushbu yer uchastkasida qurilishi rejalashtirilayotgan bino yoki inshootning tashqi koʻrinishiga qoʻyilayotgan umumiy talablar majmuini belgilab beruvchi, shuningdek, talabgorning tanlov majburiyatlarida, bino va inshootning ishlab chiqilayotgan loyiha smeta hujjatlarida majburiy ravishda hisobga olinadigan ushbu yer uchastkasidagi qurilish maydonini, avtomobil turargohlari, hududga kirish va chiqish yoʻllari, kichik arxitektura shakllarining joylashtirilishini, koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirishning taxminiy maydonlarini nazarda tutuvchi hujjatlar);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224461">atrof muhitni himoya qilish, ekologiya xavfsizligi hamda sanitariya va yongʻinga qarshi meʼyor va qoidalar talablariga amal qilish yuzasidan tanlov gʻolibining majburiyatlari;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5870111"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-4224462">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5870111"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5870113">ijtimoiy infratuzilma (turar joy, jamoat, ishlab chiqarish bino va inshootlari, dam olish joylari, madaniy-dam olish muassasalari va boshqa obyektlar) obyektlariga nogironligi boʻlgan shaxslar toʻsiqsiz kirib-chiqishi uchun sharoitlar yaratish boʻyicha tanlov gʻolibining majburiyatlari;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5870116">(24-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli <a href="/mact/-5852486?ONDATE=08.02.2022 00#-5861204">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224463">qoʻriqlanadigan tabiat hududlari va madaniy meros obyektlarini saqlab qolish qismidagi talablarga amal qilish yuzasidan tanlov gʻolibining majburiyatlari.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224464">Shaharsozlik topshirigʻini ishlab chiqish qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi nizomning <a href="/mact/-2179397#-4188365">2-ilovasiga </a>muvofiq belgilanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224465">25. Tanlov hujjatlarining tijorat qismida BRL ishlab chiqilishiga yoʻnaltirilayotgan investitsiyalar hajmi boʻyicha taklif boʻlishi lozim. Qonunchilikda belgilangan tartibda BRL ishlab chiqilishiga jalb qilingan loyiha tashkilotining xulosasida BRL ni ishlab chiqish qiymati koʻrsatiladi. </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4224466"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-4718354"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-4718352">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4718354"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4718355">26. Eʼlon chop etilgandan soʻng talabgorlar tanlov hujjatlarini oladi, hujjatlar har bir talabgorga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdoridagi toʻlov evaziga taqdim etiladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4718361">(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli <a href="/mact/-4671960?ONDATE=29.12.2019 00#-4685306">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224467">Davlat sherigi tomonidan talabgorlardan axborot-maslahat xizmatlari uchun qoʻshimcha toʻlov talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224468">27. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor yoki uning vakili tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda qayd etilgan muddatlarda ikki nusxada tanlovda ishtirok etishga buyurtmani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda oʻzi olib boradi yoki buyurtma xat bilan pochta orqali davlat sherigiga taqdim etadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224469">tanlov hujjatlari talablariga muvofiq ravishda tuzilgan tanlov taklifi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224470">eskiz loyihasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224471">loyiha talabgorning oʻz mablagʻlari hamda kredit resurslari hisobiga moliyalashtirilishi taʼminlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224472">tanlov ishtirokchisining toza aktivlari haqidagi maʼlumot, ishtirokchi tomonidan BRL ni ishlab chiqishga ajratilayotgan va DXSH loyihasini amalga oshirishning moliyaviy imkoniyatlarini tasdiqlaydigan investitsiyalar hajmining kamida 25 foizi miqdorida boshqa tashkilotning kafilligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224473">tanlov ishtirokchisi komissiya uning arizasini koʻrib chiqishi uchun davlat sherigining maxsus hisob raqamiga yigʻim toʻlaganini tasdiqlovchi hujjat.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6550522"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-4224474">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6550522"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6550524">Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan yoki toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonida boʻlgan, mulkiga arest solingan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan yoki toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonida boʻlgan, mulkiga arest solingan ishtirokchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Komissiya tomonidan tegishli tashkilotlar va organlarga soʻrovnomalar yuborish yoʻli bilan tasdiqlanadi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6550528">(27-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli <a href="/mact/-6540922?ONDATE=22.07.2023 00#-6542851">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224475">Tanlovda ishtirok etish buyurtmasiga ilova qilingan barcha hujjatlar tanlov haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan bank hisobiga tanlov predmeti minimal qiymatining 10 foizi miqdorida oldindan toʻlov amalga oshirilganini tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusxasi solingan va muhrlangan (imzo bilan tasdiqlangan) konvertlarda talabgorlar tomonidan taqdim etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224476">Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgor imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224477">Tanlov takliflarining amal qilish muddati tanlov hujjatlarida belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224478">28. Tanlov takliflari solingan konvertlarning birinchi nusxalari belgilangan kun va soatda ochiladi, ikkinchi nusxasi esa davlat sherigida saqlanadi va takliflar mazmuni yuzasidan nizolar yuzaga kelganda ochiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224479">Tanlovda birgina talabgor ishtirok etgan holatlarda tanlov takliflari solingan konvert ochilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224480">Talabgorlar tanlov takliflari konvertlarini ochish vaqtida ishtirok etish huquqiga egadirlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224481">Tanlov takliflari konvertlarini ochish chogʻida tanlov komissiyasi tanlov shartlari va tartibotlariga amal qilinganini va tanlov hujjatlarida qayd etilgan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224482">29. Tanlov takliflarining baholanishi va tanlov gʻolibini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224483">talabgorning tanlov hujjatlari texnik qismi boʻyicha takliflari, shu jumladan loyiha eskizining baholanishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224484">talabgorning taxmin etilayotgan investitsiyalar hajmi yuzasidan bergan takliflarining baholanishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224485">ishlab chiqarishi rejalashtirilayotgan mahsulot turi, hajmi va assortimenti yoki koʻrsatilayotgan xizmat turlari boʻyicha talabgor tomonidan berilgan takliflarning baholanishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224486">BRL ishlab chiqilishiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmi boʻyicha talabgor tomonidan berilgan takliflarning baholanishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224487">DXSH loyihasining talabgor mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilishi bilan taʼminlanganligi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4224488">Zarurat boʻlganda, tanlov takliflarini moliyalashtirish uchun Komissiya tomonidan qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar talab etilishi mumkin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229585">auditorlik tashkilotining (yuridik shaxslar uchun) soʻnggi yildagi xulosasi (mavjud boʻlsa);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229587">talabgor — yuridik shaxsning soʻnggi ikki yildagi buxgalteriya balansi (mavjud boʻlsa).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229588">30. Tanlov gʻolibi konvertlarni ochish kunida tanlov komissiyasining yopiq yigʻilishida aniqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229589">Qaror Komissiya aʼzolarining umumiy soniga nisbatan koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229590">Komissiya qarorlari uning majlisida aʼzolarning kamida toʻrtdan uch qismi ishtirok etganida qonuniy hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229591">31. DXSH loyihasini amalga oshirish uchun eng optimal deb topilgan taklifni taqdim etgan ishtirokchi tanlov gʻolibi sifatida tan olinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229594">Tanlov toʻgʻrisidagi eʼlonda qayd etilgan investitsiya majburiyatlarining minimal hajmidan ortiqroq hajm koʻrsatilgan taklif bilan ishtirok etgan ishtirokchi gʻolib deb topilsa, BRL bilan qamrab olinadigan hudud maydoni tanlov gʻolibi qabul qilgan investitsiyaviy majburiyatlariga proporsional ravishda koʻpaytiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229595">32. Shuningdek, tanlov yakunlari boʻyicha taqdim etgan takliflarining parametrlari tanlov shartlariga mos boʻlgan, lekin tanlov hujjatlariga koʻra, tanlov gʻolibi taklif etgan parametrlardan pastroq boʻlgan zaxira gʻolib ham aniqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229597">Tanlov gʻolibi mazkur Nizomning<a href="javascript:scrollText(-4229605)"> 37-bandida </a>belgilangan muddatlarda DXSH toʻgʻrisidagi bitimni imzolashni rad etsa yoki undan bosh tortsa, tegishli bitimni zaxira gʻolib bilan imzolashga yoʻl qoʻyiladi. Zaxira gʻolib bilan bitim tuzish xuddi tanlov gʻolibi bilan bitim tuzish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229598">Zaxira gʻolib mazkur Nizomning <a href="javascript:scrollText(-4229605)">37-bandida </a>belgilangan muddatlarda DXSH toʻgʻrisidagi bitimni imzolashni rad etsa yoki undan bosh tortsa, tanlov natijalari bekor qilinadi va mazkur Nizomda belgilangan tartibda takroriy tanlov eʼlon qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229599">33. Tanlovda ishtirok etish uchun faqat bir ishtirokchidan ariza kelib tushsa, tanlov oʻtkazilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229601">34. Davlat sherigi tanlov ishtirokchisini tanlov natijalari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida Komissiya tanlov natijalari haqida qaror qabul qilgan kunda axborot joylashtirish orqali xabardor qilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229602">35. Qabul qilingan qarorga nisbatan eʼtiroz bildirgan ishtirokchi qaror yuzasidan shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4229603">5-bob. Bitimni tuzish, oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish va uni bekor qilish tartibi </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229604">36. Komissiyaning ijobiy qarori qabul qilingan kundan keyin oʻn ish kuni mobaynida davlat sherigi va xususiy sherik qonunchilik va ushbu Nizom talablariga rioya qilgan holda bitim tuzishadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229605">37. Bitim tarkibida, uning amalga oshirish shakliga bogʻliq ravishda, quyidagilar aks ettirilishi kerak:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229606">obyekt va xususiy investitsiyalar hajmi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229608">bitim muddati va shartlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229610">BRL ni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash muddatlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229611">soʻralayotgan yer uchastkasini xususiy sherikka berish tartibi va muddatlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229612">bitim ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229613">moliyalashtirish manbalari haqidagi maʼlumotlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229614">DXSH loyihasining monitoringi va loyiha amalga oshirilishi darajasining baholash tartibi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229615">xususiy sherik tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etilishining tartibi va muddatlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229616">davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan bitimni bajarish bilan bogʻliq xavflar taqsimlanishining tartibi va shartlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229618">bitim shartlariga rioya qilmaganlik uchun tomonlarning javobgarligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229619">bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229620">bitimni bekor qilish tartibi, bitimning muddatidan avval bekor qilinishi natijasida koʻrilgan zararlar uchun kompensatsiya toʻlash yoki zararlarni qoplash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229621">xususiy sherik tomonidan majburiyatlarning bajarilmasligi yoki tegishli ravishda bajarilmasligi uchun sanksiyalar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229622">bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish tartibi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5975265"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-4229623">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5975265"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5975266">Bitim tarkibida qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham boʻlishi mumkin.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5975267">(37-bandning oʻn oltinchi  xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939545">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229624">38. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun davlat sherigi xususiy sherikka bitim loyihasini taqdim etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229626">39. Zarurat boʻlganda, bitim shartlarini kelishish maqsadida, davlat va xususiy sheriklar oʻrtasida muzokaralar olib boriladi. Tanlov gʻolibining tanlov takliflarida koʻrsatilgan majburiyatlar va mazkur Nizom 21-bandining <a href="javascript:scrollText(-4224430)">uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilarida </a>bayon etilgan tanlov toʻgʻrisida berilgan eʼlondagi maʼlumotlar muzokaralar davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229627">40. Bitim davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida ikki nusxada imzolanadi va har bir tomon oʻz nusxasini oladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229628">41. Tuzilgan bitimlar reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan yuritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229629">42. Bitim uni tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi va muddati yakunlanishi yoki bekor qilinishigacha amal qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229630">43. Bitimga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229631">ikkala tomonning roziligi bilan;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5975268"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-4229632">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5975268"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5975269">davlat sherigining talabiga koʻra — shaharsozlik va yerdan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlarining tomonlarning shartnomaviy munosabatlari boʻyicha oʻzgarishi sababli;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5975270">(43-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939545">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229633">sud qaroriga koʻra kiritilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229634">44. Bitim quyidagi holatlarda bekor qilinadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229635">ikkala tomonning roziligi bilan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229637">xususiy sherik bankrot boʻlganida va/yoki tugatilganda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229638">davlat sherigining talabiga koʻra — xususiy sherik oʻz majburiyatlarini bajarmaganida;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229639">xususiy sherikning talabiga koʻra — davlat sherigi oʻz majburiyatlarini bajarmaganda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229640">Ushbu bandning <a href="javascript:scrollText(-4229638)">toʻrtinchi </a>va <a href="javascript:scrollText(-4229639)">beshinchi xatboshilarida </a>koʻzda tutilgan holatlarda bitim sud tartibida bekor qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229641">45. Bitim amal qilish muddati yakunlanganidan keyin tugatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229642">Bitimning amal qilish muddatining yakunlanishi tomonlarni uning buzilishi uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6110504"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-4229643">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6110504"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6110507">46. Bitim rasmiylashtirilgandan keyin bir kun oʻtgach davlat sherigi tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimiga taqdim etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6110508">Yer uchastkasini davlat sherigiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6110509">(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli <a href="/mact/-6102472?ONDATE=08.07.2022 00#-6103809">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-7156567">Qarang: Yer kodeksining <a href="/mact/-152653#-5616037">12-bobi</a>.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6110513"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-6110510">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6110513"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6110517">46<sup>1</sup>. Davlat sherigi unga yer uchastkasi ajratilgan kundan boshlab bir kun ichida yer uchastkasini davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida xususiy sherikka ijaraga berish boʻyicha bitimga qoʻshimcha kiritilishini taʼminlaydi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6110520">(46<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli <a href="/mact/-6102472?ONDATE=08.07.2022 00#-6103812">qaroriga</a> asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6110528"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-4229648">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6110528">(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli <a href="/mact/-6102472?ONDATE=08.07.2022 00#-6103814">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4229651">6-bob. Bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229652">48. Xususiy sherik quyidagi huquqlarga ega:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229653">davlat sherigi tomonidan bitim shartlari buzilsa bitimni sud tartibida bekor qilishni talab qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229654">davlat sherigidan BRL ning ochiq jadval qismi nusxasini olish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229656">Xususiy sherik qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229657">49. Xususiy sherik quyidagilarga majbur:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229658">loyiha-qidiruv ishlari boshlanishidan oldin BRLni ishlab chiqish qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan mablagʻlarni davlat sherigining hisob raqamiga oʻtkazish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229659">loyiha tashkiloti tomonidan har oyda taqdim etiladigan loyiha-qidiruv ishlarini bajarish dalolatnomasiga muvofiq davlat sherigining hisob raqamiga loyiha tashkiloti tomonidan hisobot oyida bajarilgan ishlar uchun tegishli summani oʻtkazish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229660">bitim shartlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga qatʼiy rioya qilish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229661">Xususiy sherik oʻziga DXSH shartlarida berilgan yer uchastkasini, ushbu yer uchastkasidagi obyekt qurilishi yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirilmaguniga qadar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berish huquqiga ega emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229662">Xususiy sherik ushbu Nizomda va qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229663">50. Davlat sherigi quyidagi huquqlarga ega:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229665">xususiy sherikdan bitim shartlari bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni olish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229666">bitim shartlari bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish va DXSH loyihalari amalga oshirilishini baholash;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5975272"><a href="/mact/-4216310?ONDATE=26.02.2019 00#-4229667">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5975272"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5975273">qonunchilik hujjatlari talablari va bitim shartlarining bajarilishi boʻyicha oʻtkazilgan monitoring jarayonida aniqlangan buzilishlarni bartaraf qilishni talab qilish;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5975275">(50-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939545">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229668">xususiy sherik aybi bilan yuzaga kelgan zararlarning qoplanishini talab qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229669">xususiy sherik tomonidan bitim shartlari buzilsa bitimni sud tartibida bekor qilishni talab qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229670">DXSH loyihasini amalga oshirishni mahalliy budjet mablagʻlarini jalb qilish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtirishda ishtirok etish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229671">Davlat sherigi qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229672">51. Davlat sherigi quyidagilarga majbur:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229673">BRL ni ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajarish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229674">xususiy sherikdan kelib tushgan mablagʻlarni uch ish kunidan oshmagan muddat ichida tegishli BRL ni ishlab chiqayotgan loyiha tashkilotining bank hisob raqamiga oʻtkazish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229675">tanlovda ishtirok etish uchun ariza berilgan kundan boshlab hisoblaganda bir oy muddatdan koʻp boʻlmagan holat boʻyicha talabgorda soliq, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik yoʻqligi va talabgorga nisbatan qoʻllanilgan boshqa moliyaviy sanksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mustaqil ravishda olish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229676">DSHX bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229677">xususiy sherik tomonidan amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatiga aralashmaslik.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229678">Davlat sherigi ushbu Nizomga va qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4229679">7-bob. Yakunlovchi qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229681">52. Xususiy sherikka DXSH shartlarida taqdim etilgan yer uchastkasida obyekt qurilishini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4229682">53. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4229684"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4229685">Aholi punktlari qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="javascript:scrollText(-4224319)">nizomga </a><br />ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4229686">DXSH bitimini tuzish uchun tanlov oʻtkazish</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4229687"><strong>SXEMASI</strong></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4229688"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-4229689"><img src="/files/4231484" /></a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-4224307">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 09/19/169/2671-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)</a></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
