1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 20-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2565-7]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3686, 09.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarigailovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-fevral,
65-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 20-fevraldagi 65-mh-son buyrug‘iga ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
“68. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, sanoat siyosati, iqtisodiyotning alohida sohalari va tarmoqlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan;
tashqi savdo va investitsiyalar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan;
tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan;
Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan;
fuqarolarning mehnat huquqlariga taalluqli masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan;
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan;
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bilan;
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan;
advokatlik faoliyati va sud ishini yuritish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan;
nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan;
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilishi lozim.”.
“115. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud uni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan yoxud bunga vakolatli boshqa organ tomonidan ushbu hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Boshqa vazirlik va idoralar bilan qo‘shma holda qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga shu vazirlik va idoralar bilan qo‘shma holda o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritiladi yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Bir nechta vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda, kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kelishilgan vazirlik va idoralardan qaysi birining manfaatlariga yoki vakolatlariga daxl qilsa, o‘sha vazirlik va idoralar bilan kelishiladi.
Boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar shu vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar uni qabul qilishda ishtirok etmagan vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim bo‘lsa, bunday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ushbu vazirlik va idoralar bilan ham kelishilishi lozim.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2565-7/2653-son)